Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


“Ey Muso, haqiqatdan Men seni odamlar ustida payg‘ambarim bo‘lishga va


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


“Ey Muso, haqiqatdan Men seni odamlar ustida payg‘ambarim bo‘lishga va 
(bevosita) kalomimni eshitishga tanlab oldim. Bas, senga  ato etgan narsamni 
(ya’ni payg‘ambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin” (A’rof, 144oyat);  
 
“Muso qavmidan shunday jamoat ham borki”, haq (so‘z) bilan (odamlarni) 
to‘g‘ri   yo‘lga boshlarlar va haq (hukmlar) bilan adolat qilurlar” (A’rof, 159-
oyat). Shundan keyin Muso (alayhissalom) rozi bo‘ldilar. 
 
806. Muqotil ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isro 
kechasida Jabroil (alayhissalom) bilan Sidratul muntahoning oldidagi katta parda 
ro‘parasida to‘xtadik. Jabroil alayhissalom: “O‘ting, ey Muhammad (s.a.v.)”, dedi. Men: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
311
“Siz o‘ting, Jabroil”, dedim. Jabroil aytdi: “Ey Muhammad, sizdan boshqaning bu 
makondan o‘tishi mumkin emas. Siz Allohga mendan ko‘ra hurmatliroqsiz”. Keyin 
pardaning naryog‘iga o‘tib tillo so‘riga yaqinlashdim. Unda jannat hariridan bo‘lgan 
to‘shak bor edi. Orqamdan Jabroil (alayhissalom): “Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo 
sizga sano aytyapdi. Eshiting va itoat qiling. Uning kalomi sizni cho‘chitmaydi”, deb nido 
qildi. Men Alloh taologa sano ayta boshladim. Orqasidan: “Attahiyyatu lillahi vassolavatu 
vattoyyibat”ni o‘qidim. Alloh taolo: “Assalamu ‘alayka va rohmatullohi va barokatuh”, 
dedi. Men aytdim: “Assalamu alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn”. Keyin Jabroil dedi: 
“Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh”. Alloh 
taolo: 
 
“Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi”
dedi. Men: “Ha, Rabbim, senga iymon keltirdim”, 
 
“va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar)”. Yahudiy va nasorolar Muso bilan Isoni 
(alayhissalom) ajratdi. “Allohga, farishtalariga, kitoblariga va 
payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi: “Uning payg‘ambaridan 
birontasini ajratib qo‘ymaymiz”, dedim”. 
 
Alloh taolo aytdi: 
“Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi”, ya’ni, faqat 
toqati yetsagina buyuradi”, 
 
“(Har kimning) qilgan amali o‘zi uchundir”, ya’ni yaxshilikdan topgan savobi 
o‘zigadir...” 
 
“Va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynidadir”. Keyin aytdi: “So‘rang, beriladi”. 
Men: 
 
“Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O‘zingga 
qaytajakmiz”, dedim. Alloh taolo aytdi: “Sizni va ummatingizni va kim Meni bir degan 
va sizga ishongan bo‘lsa, kechirdim”. Keyin yana aytdi: “Ey Muhammad (s.a.v.), 
so‘rang, beriladi”. 
 
“Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor 
aylama!” dedim. Alloh aytdi: “So‘raganingiz berildi, xato qilsangizlar, unutsangizlar yoki 
majburlansangizlar, u uchun azobimga giriftor qilmayman”. So‘ng aytdi: “So‘rang, 
beriladi”. Men: 
 
“Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga 
qo‘ygan yukingni yuklama”, dedim. Chunki Bani Isroil bir xato qilsa, Alloh taolo 
taomlarning yaxshisini harom qilardi. Alloh bu haqda: 
 
“Ko‘p kishilarni zulm bilan Alloh yo‘lidan to‘sganlari sababli ularga oldin halol 
qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik” (Niso, 160-oyat), degan. 
 
 Alloh taolo aytdi: “O‘sha so‘raganingiz sizga”. So‘ng aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men: 
 
“Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama”, chunki 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
ummatim kuchsiz”, dedim. Alloh taolo aytdi. “Bu ham sizga. So‘rang, beriladi”. So‘ngra: 
 
“Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing 
xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga o‘zing bizni g‘olib qil!” (Baqara, 285 – 
286-oyatlar), dedim. Keyin Alloh taolo: “Bu ham sizga, 
 
“Agar sizlardan yigirmata sabr-qanoatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) 
yengar” (Anfol, 65-oyat), dedi”. 
 
807. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘amg‘ar (s.a.v.) aytdilar: “Boshqa 
payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa menga berildi: butun ins- jinlarga elchi qilib 
yuborildim; men uchun yer yuzi masjid va poklovchi qilindi; (dushmanga) bir oylik 
masofadan qo‘rquv solish bilan menga madad berildi; men uchun o‘ljalar halol qilindi va 
menga shafoat qilish huquqi berildi, uni ummatim uchun saqlab qo‘ydim”. 
 
808. Faqih aytadilar: “Umar ibn Xattobning (r.a.) bir yahudiyda haqi bor edi. Umar (r.a.) 
uni topib: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagan zotga qasamki, menga 
beradiganingni bermaguningcha  sendan ajramayman”, dedilar. Yahudiy aytdi: “Abul 
Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q”. Umar (r.a.) shunda yahudiyning 
yuziga shapaloq tortib yubordilar. Yahudiy: “Sen bilan mening oramni Abul Qosim 
ochadi”, dedi. Ikkalasi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelishdi. Yahudiy aytdi: “Umar, 
Alloh seni insoniyatga payg‘ambar qilib tanladi”, deb da’vo qildi. Men esa, seni Alloh 
taolo insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q, dedim. Shunda u meni bir tarsaki 
urdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Umar, tarsaki uchun uning roziligini ol”, dedilar. 
So‘ngra: “Ha, ey yahud, Odam (alayhissalom) Alloh safiysi, Ibrohim (alayhissalom) 
Allohning do‘sti, Muso (alayhissalom) Allohning payg‘ambari, Iso (alayhissalom) 
Allohning ruhi va men Allohning habibi bo‘laman. Ey yahud, ummatim Allohning ikki ismi 
bilan nomlandi. Alloh o‘zini salom deb atadi va ummatimni musulmonlar dedi. O‘zini 
mo‘min deb atadi va ummatimni mo‘minlar dedi. Ey yahud, bizlar uchun saqlab 
qo‘yilgan kunni (ya’ni, juma kunini) istadinglar, ammo bu kun bizlarniki, ertasi sizlarniki 
va indingi kun nasorolarniki bo‘ldi. Ey yahud, siz birinchi edingiz, biz oxir, qiyomat kuni 
esa, biz birinchilarmiz. Ey yahud, men kirmagunimcha jannat barcha payg‘ambarlarga 
haromdir. Ummatim ham jannatga kirmagunicha hamma ummatlarga haromdir”, dedilar 
yana Rasululloh (s.a.v.)”. 
 
Ka’bul Ahbor aytadilar: “Alloh taolo bu ummatni payg‘ambarlarni ikrom qilgan uchta 
narsa bilan ikrom qildi: 
1. Har bir payg‘ambarni qavmiga guvoh qildi, bu ummatni esa, butun odamlarga. 
2. Alloh payg‘ambarlariga aytdi: 
 
“Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!” 
(Mo‘minlar, 51-oyat), bu ummatga qarata: 
 
“Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar!” 
(Baqara, 172-oyat), dedi. 
 
3. Har bir payg‘ambar uchun aytdi: “Menga duo qiling, ijobat qilaman”, dedi, bu ummat 
uchun esa:  

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
“Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob 
qilurman” (G‘ofir, 60-oyat), deb va’da berdi”. 
 
Aytishlaricha, Alloh taolo musulmon ummatini beshta narsa bilan ikrom qilgan: 
1. Kibrlanmaslik uchun ularni zaif qilib yaratdi. 
2.   Ovqat, ichimlik va kiyimga bemalol bo‘lsin, deb ularni kichkina qildi. 
3.   Gunohlari kam bo‘lsin uchun umrlarini qisqa qildi. 
4.   Hisob-kitoblari qiyomatda oson bo‘lsin uchun ularni kambag‘al qilib yaratdi. 
5.   Qabrlarida kamroq yotsin, deb ularni oxirgilardan qildi. 
 
Zikr qilinishicha, Odam (alayhissalom) aytganlar: “Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.) 
ummatiga menga bermagan to‘rtta mukarramlikni beradi: 
1. Mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammadning (s.a.v.) ummati qaerda tavba 
qilsa, Alloh qabul qiladi. 
2. Men kiyimda edim, gunoh qilganimdan keyin yalang‘och holga tushdim. 
Muhammadning (s.a.v.) ummati esa, yalang‘och holda gunoh qiladi, so‘ngra Alloh ularni 
kiyintirib qo‘yadi. 
3. Gunoh qilganimda men va xotinim orasini ajratdi. Muhammad (s.a.v.) ummati gunoh 
qiladi, lekin ular bilan xotinlari orasini ajratmaydi. 
4. Men jannatda gunoh qildim va meni u yerdan chiqardi. Muhammad (s.a.v.) ummati 
jannatdan tashqarida gunoh qiladi. So‘ngra tavba qilib, unga kiradi”. 
 
809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru 
ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. “Ey Muhammad, – 
deyishdi ular, – bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va 
muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz”. 
Payg‘ambar (s.a.v.): “So‘ranglar-chi”, dedilar. “Bizga ummatinga Alloh farz qilgan besh 
vaqt namozning xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Quyosh zavolga 
ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi 
vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda 
Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni 
chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi. 
Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa 
quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni 
qo‘yib, unga sig‘inadi”. 
 
Yahudiylar: “To‘g‘ri  aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob 
borligining xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Peshin namozi vaqtida 
jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni 
jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh 
taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi”. So‘ng bu oyatni o‘qidilar: 
 
“Barcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar” (Baqara, 238-oyat). 
Keyin yana davom etdilar: “Shom namozi Alloh Odam alayhissalomning tavbasini qabul 
qilgan soat. Qaysi mo‘min  bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Alloh taolodan biror 
narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘raganini beradi. Albatta, qabr qorong‘udir, qiyomat 
kuni ham qorong‘ulik. Qaysi mo‘min kechaning qorong‘usida xufton namozi uchun yurib 
borsa, Alloh taolo unga ikkita ozodlikni beradi. Birinchisi, do‘zaxdan ozodlik, ikkinchisi 
munofiqlikdan ozodlik”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
 
 “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad”, deyishdi yahudiylar. So‘ngra yana savol qilishdi: 
“Nima uchun Alloh taolo ummatingga o‘ttiz kun ro‘zani farz qildi?”  “Odam 
(alayhissalom) o‘sha daraxtning mevasidan yeganida, u narsa qornida o‘ttiz kun 
saqlangan edi. Shuning uchun Alloh taolo farzandlariga o‘ttiz kun och yurishni farz qildi, 
kechqurun esa, marhamati ila taom yeyishga izn berdi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). “To‘g‘ri 
aytding, ey Muhammad, bu ro‘zani tutgan ummatingga qanday savoblar bor?” deyishdi 
keyin. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi banda ramazon oyida chin qalbdan ro‘za tutsa, 
Alloh taolo unga yetti xislat beradi: jasadidagi harom go‘shtlarni eritadi, rahmatiga 
yaqinlashtiradi, amallarning yaxshisini beradi, ochlik, chanqoqlikdan omon saqlaydi, 
qabr azobidan asraydi, qiyomat kunida sirotdan o‘tish uchun nur beradi, jannatda ikrom 
qiladi”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad! – deyishdi yahudiylar. – Endi payg‘ambarlardan 
ortiqliging nimada ekanini ayt-chi!?” Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Har bir payg‘ambar o‘z 
qavmini badduo qilgan. Men esa, duoimni (ya’ni, shafoatni) ummatim uchun saqlab 
qo‘yganman”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.)  shohidlik beramizki, Allohdan 
boshqa hech qanday iloh yo‘q va sen Allohning elchisidirsan”, deyishdi yahudiylar. 
 
Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: “Musoga (alayhissalom) nozil qilingan narsaning ba’zilarini 
o‘qidim. Unda: “Ey Muso, Muhammad va uning ummati ikki rak’at namoz o‘qishadi. U 
bomdod namozidir. Kim uni o‘qisa, kunduz va kechasida qilgan gunohlarini kechirdim va 
u Mening himoyamda bo‘ladi. Ey Muso! Muhammad va uning ummati to‘rt rak’at namoz 
o‘qishadi. U peshin namozidir. Uning birinchi rak’ati bilan ularni mag‘firat qilaman, 
ikkinchi rak’ati bilan ularning tarozularini og‘ir qilaman, uchinchi rak’ati bilan ularga bir 
farishtani vakil qilamanki, ular uchun tasbeh va istig‘for aytib turadilar. To‘rtinchi rak’ati 
bilan ularga osmon eshiklarini ochaman, ular Hurul ‘iynlarga musharraf bo‘lishadi. Ey 
Muso, Muhammad (s.a.v.) va uning ummati yana to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U asr 
namozidir. Osmon va yerda biron farishta qolmasdan ularga istig‘for aytadi. Kim uchun 
maloikalar istig‘for  aytsa, uni azoblamayman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati 
quyosh botgan vaqtda uch rak’at namoz o‘qishadi. Ularga osmon eshiklarini ochaman, 
qaysi hojatlarini so‘rashsa, ularning hojatini beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati 
shafaq yo‘qolgan vaqtda to‘rt rak’at namoz o‘qishadi, bu dunyo va undagi bor 
narsalardan o‘sha to‘rt rak’at yaxshidir, onalaridan tug‘ilgan kundagidek gunohlaridan 
poklanadilar. Ey Muso, Ahmad va uning ummati buyurganimdek tahorat qiladilar, u 
suvdan sachragan har bir qatra barobarida Men ularga kengligi osmonu yerga teng 
bo‘lgan jannatni beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati har yili ramazon oyida 
ro‘za tutadi. Har kungi ro‘zasiga jannatda bir shahar beraman. Ularning nafl amallariga 
farz amallarining ajrini beraman. Laylatul qadr kechasida kim gunohlariga pushaymon 
bo‘lib, qalbdan sodiq istig‘for so‘rasa, keyin shu kecha yoki shu oyda vafot etsa, unga 
o‘ttiz shahidning ajrini beraman. Ey Muso! Muhammadning (s.a.v.) ummatida shunday 
kishilar borki, ular ulug‘ martabada turadilar va “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik 
beradilar. Ularning mukofoti payg‘ambarlarning mukofoti kabidir. Mening rahmatim 
ularga vojib va g‘azabim ulardan uzoqdir. Modomiki “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik 
berib tursalar, ulardan hech biriga tavba eshigini berkitmayman”, deb yozilgan edi”. 
 
810. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kuni 
chaqiriladigan birinchi kishi Nuh (alayhissalom) va uning ummatidir. Keyin u kishidan: 
“Sen bilan yuborilgan narsani yetkazdingmi?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, ey 
Rabbim”, deydilar. Keyin qavmiga aytiladi: “Sizlarga Nuh Allohning risolatini 
yetkazdimi?” “Yo‘q, Allohga qasamki, agar bizlarga elchi yuborganingda, albatta, Sening 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
oyatlaringga ergashar va mo‘minlardan bo‘lar edik. Lekin u Sen buyurgan narsalarni 
bizlarga yetkazmadi”, deydi qavm. Nuhga (alayhissalom) keyin: “Sen ularga 
yetkazmaganingni  da’vo qilishyapti. Senda ularga qarshi guvohlar bormi?” deyiladi. Nuh 
(alayhissalom): “Ha, bor”, deydilar. “Kim ular?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom) 
aytadilar: “Ular  Muhammadning (s.a.v.)  ummatlaridir”. Shunda ular chaqirilib, 
so‘raladi. “Ha, bizlar Nuhga (alayhissalom) guvohlik beramiz, – deyishadi ular. – U kishi 
qavmiga yetkazdi”. Nuhning (alayhissalom) qavmi aytadi: “Sizlar bizlarga qanday qilib 
guvohlik berasizlar? Bizlar avvalgi, sizlar esa, keyingisizlar”. Ular: “Guvohlik beramizki, 
Alloh taolo bizga payg‘ambar yubordi va unga kitob tushirdi. Unga nozil qilingan narsada 
sizlarning xabarlaringiz kelgan”, deydi”. 
 
Abu Hurayra (r.a.) keyin aytdilar: “Bizlar (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kunida esa 
oldingilar. Bu Allohning so‘zidir: 
 
“Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa 
odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh 
bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143-oyat). 
 
______________ 
Muhammad (s.a.v.) ummatlari  fazli bobi hadislari 
 
805-hadis. Isnodi mavzu’. 
806-hadis. Sanadida uzilish bor, zaif. 
807-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
808-hadis. Isnodi noma’lum. 
809-hadis. Isnodi noma’lum. 
810-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 
 
 
 
YETMISH UCHINCHI BOB 
ERNING XOTINI USTIDAGI HAQQI 
 
811. Faqih aytadilar: “Bir a’robiy Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: “Men Islomga 
kirdim. Yana biror narsa ko‘rsating, ishonchim ziyoda bo‘lsin”, dedi. Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.): “Nima istaysan?” deb so‘radilar. “Anuv daraxtni chaqiring, oldingizga kelsin”, 
dedi a’robiy. Nabiy aytdilar: “Borib, uni chaqir”. A’robiy daraxt oldiga borib: “Allohning 
rasuliga javob ber”, dedi. Daraxt ag‘darildi. Tomirlari uzildi. Keyin bu tomonga, oldinga 
va orqaga ag‘darildi. Keyin tomirlari, shoxlari bilan yurib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
oldlarida to‘xtab, salom berdi. A’robiy tan berib: “Yetadi, yetadi”, dedi. Unga qaytishni 
buyurdilar. Daraxt qaytib ketdi, tomirlari o‘rniga qadalib, to‘g‘ri o‘rnashdi. A’robiy aytdi: 
“Ey Allohning elchisi, menga boshingizni va oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat bering”. Unga 
ruxsat berdilar. Boshlarini va oyoqlarini o‘pganidan keyin: “Sizga sajda qilishga ruxsat 
bering”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga sajda qilma, maxluqlar 
(yaratilganlar) bir-biriga hech sajda qilmaydilar. Agar maxluqqa sig‘inishni biron kishiga 
buyurganimda, xotinga erining haqqini hurmatlashi uchun unga sajda qilishni buyurar 
edim”. 
 
812. Ato ibn Omir (r.a.) rivoyat qiladilar. Bir xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib 
aytdi: “Ey Allohning elchisi, erning xotin ustidagi haqqi nima?” Nabiy (s.a.v.): “Agar eri 
tuyaning ustida turib uni xohlasa, e’tiroz qilmasligi; ramazondan tashqari har qanday 
nafl ro‘zani faqat erning izni bilan tutishi. Agar shunday qilmasa, erga ajr bor, xotinga 
gunoh. Yana erining ruxsatisiz ko‘chaga chiqmasligi. Agar chiqsa, rahmat va azob 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
farishtalari to qaytgunicha unga la’nat o‘qishadi”, dedilar. 
 
 Ka’bul Ahbor aytadilar: “Qiyomat kuni xotindan birinchi so‘raladigan narsa namoz, so‘ng 
erining haqqi bo‘ladi”. 
 
813. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar xotin erining uyidan qochib ketsa, qaytgunicha 
va qo‘lini erining qo‘liga qo‘yib, nima qilsang, qil, degunicha namozi qabul qilinmaydi. 
Agar xotin namoz o‘qib, eri uchun duo qilmasa, eriga duo qilmagunicha namozi qabul 
bo‘lmaydi”. 
 
814. Qatoda (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Payg‘ambarning (s.a.v.) Minodagi xutbalarida 
shunday deganlari zikr qilindi: “Ey odamlar, albatta, sizning xotinlaringizda haqqingiz va 
xotinlaringizning sizlarda haqqi bor. Ularning ustidagi sizlarning haqlaringiz – ular 
sizlarning to‘shaklaringizni muhofaza qilmoqlari va sizlar yomon ko‘radigan kishilarning 
uyingizga kirishiga ruxsat bermasliklari, yomon ish qilmasliklari. Agar ular yuqoridagi 
ishlarni qilsalar, ularni zarar yetkazmasdan urishlaringiz halol bo‘ladi. Ularning sizning 
ustingizdagi haqqi – ularni kiyintirishingiz, yaxshilik bilan nafaqa qilishingiz”. 
 
815. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar xotin 
besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon oyi ro‘zasini tutsa, avratini saqlasa va eriga itoat 
qilsa, jannat eshigining xohlaganidan kiradi”. 
 
816. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytganlar: “Agar erni ikki burnining biridan qon va 
biridan yiring oqsa, uni xotini artsa, bu bilan ham erining haqqini ado qilolmaydi”. 
 
_________________ 
Erning xotini ustidagi  haqlari bobi hadislari 
 
811-hadis. Zaif. 
812-hadis. Zaif. 
813-hadis. Zaif. 
814-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan. 
815-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 
816-hadis. Zaif. Bazzor, Hokim rivoyat qilgan. 
 
 
 
YETMISH TO‘RTINCHI BOB 
XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI 
 
817. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat 
qilishlaricha, Payg‘ambardan (s.a.v.): “Qaysi mo‘minlarning iymoni mukammalroq?” deb 
so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ahllari bilan yaxshi xulqda bo‘lganlari”, deb javob qildilar“. 
 
818. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Hammalaringiz boshliqsiz 
va hammalaringiz qo‘l ostingizdagilardan so‘ralasiz. Odamlarga boshliq bo‘lgan imom 
raiyatidan mas’uldir. Ahliga  boshliq erkak ahlidan mas’ul, qul xo‘jayinining moliga 
boshliq va undan so‘raladi, xotin erining uyiga boshliq va u qo‘l ostidagi narsalardan 
so‘raladi. Ogoh bo‘linglarki, hammalaringiz boshliqsizlar va hammalaringiz qo‘l ostidagi 
narsasidan so‘raluvchisizlar”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
317
819. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir 
xotinga mahri misl (odatdagi mahr) bo‘yicha uylansa-yu, mahr bermaslikni niyat qilsa, u 
zinokordir. Kim birovdan qarz so‘rab, qaytarmaslikni niyat qilsa, u o‘g‘ridir”. 
 
820. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Xotinlar bilan yaxshi 
muomalada bo‘linglar. Chunki ular sizlarning oldlaringizda yordamchi, nafslari uchun 
hech narsaga molik emaslar. Ularni Allohning omonati, deb olingizlar. Avratlarini Alloh 
taoloning so‘zi bilan o‘zingizga halol qildingizlar”. 
 
Faqih aytadilar: “Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir: 
1. Uning satrdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Chunki ayol avratdir. Ayolning satrdan 
chiqishi gunoh va erkaklik g‘ururining toptalishidir. 
2. Unga tahorat, namoz va ro‘za kabi zarur ilmlarni o‘rgatish. 
3. Uni haloldan ovqatlantirish. Chunki go‘sht haromdan o‘ssa, olov bilan eriydi. 
4. Unga zulm qilmaslik. Chunki ayol er uchun omonatdir. 
5. Agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun 
unga nasihat qilish”. 
 
Zikr qiladilarki, bir kishi Umar ibn Xattob oldlariga xotinidan shikoyat qilish uchun keldi. 
Eshikning oldiga yetganida xotini Ummu Gulsumning u kishiga qattiq gapirgani eshitildi. 
Haligi kishi: “Men xotinimdan shikoyat qilish uchun kelgan edim. Bu kishida ham menga 
o‘xshash g‘am bor ekan”, deb o‘ylab, ortiga qaytdi. Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar-da, 
chaqirdilar va nima uchun kelganini so‘radilar. Haligi kishi: “Xotinimdan shikoyat qilish 
uchun keluvdim, ammo xotiningizning so‘zlarini eshitib, ortga qaytdim”, dedi. Shunda 
Umar (r.a.) aytdilar: “Menda uning haqqi bo‘lgani uchun qilmishlarini kechib yuboraman. 
Avvalo, u men bilan do‘zax orasini to‘sadi, u tufayli qalbim haromni xohlamaydi. 
Ikkinchidan, u mening xazinabonim, agar uydan chiqsam, qo‘riqchimdir. Uchinchidan, u 
mening kiyimlarimni yuvib, tozalaydi. To‘rtinchidan, u farzandlarimni tarbiya qiladi. 
Beshinchidan, u men uchun non pishiradi, ovqat tayyorlaydi”. Keyin haligi kishi: “Meniki 
ham sizniki kabi, siz kechibsiz, men ham kechiraman”, dedi.   
 
821. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Aytdilarki: “To‘rt 
xil nafaqasi (sarf-xarajati) uchun banda qiyomat kuni hisob bermaydi: ota-onasiga 
qilgan nafaqasi, saharlik uchun qilgan nafaqasi, iftorlik uchun qilgan nafaqasi, oilasiga 
qilgan nafaqasi”. 
 
822. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dinorlar (pullar) to‘rtta: Alloh yo‘lida infoq qilgan 
dinoring, miskinlarga bergan dinoring, qulni ozod etishga bergan dinoring va ahlingga 
infoq qilgan dinoring. Dinorlarning ajri ulug‘rog‘i ahlingga infoq qilgan dinoringdir”. 
 
__________________ 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling