Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari
- Sultonlarga aralashish bobi hadislari
Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari 817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 818-hadis. Muttafiqun alayh. 819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang. 820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 821-hadis. Isnodi noma’lum. 822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 318 YETMISH BESHINCHI BOB NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN QAYTARISH 823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Musulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning yaxshisi birinchi salom berganidir“. 824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Arazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi”. 825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Allohning shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar”. Sahobalar: “Ular kim, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Ular Alloh yo‘lida do‘st tutinganlardir”. 826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Jannat eshiklari seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda Allohga shirk keltirmagan har bir musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari bilan o‘rtasida adovati bo‘lgan kishiniki kechirilmaydi. “Bu ikkalasi yarashguncha kutinglar”, deb to‘xtatib turiladi va uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi”. 827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “ Sha’bon oyi yarmiga yetganida kechasi Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini kechiradi”. Faqih aytdilar: “Allohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo: “Bas, Alloh ular hisobga olmagan tomondan keladi”, deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi”. 828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Besh kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning”. 829. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani aytaymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, ey Rasululloh”, deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Bu ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir”. 830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): “Namoz, ro‘za va sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha”, deyishdi. “Orasi uzilganlarni isloh qilish”, dedilar Nabiy (s.a.v.). Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: “Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 319 uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi: – kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin; – kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin; – kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin; – kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga qarshi jihod qilsin; – kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan narsasidan ta’lim bersin; – kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin; – kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin; – kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”. 831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. “Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular: “Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi fazilatingiz nima edi?” deb savol qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar yomonlik kelsa, uni kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari qaerda?” Jannatni umid qilganlardan bir to‘dasi turadi. Ularga farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi: “Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar qaerda?” Bir to‘da jannatni xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi: “Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning yeridagi qo‘shnilarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi. “Bizlar Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir- birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”. 832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib, kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”. Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod qilganlik savobini beradi”. Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar va xulqning har Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 320 biridan ikkita narsani talab qildi. Qalbdan Allohning ishlarini ulug‘lash va Uning maxluqlariga shafqatli bo‘lish; tildan Allohni har doim zikr qilish va xalqqa xushmuomala bo‘lish; a’zolarlardan Alloh taologa ibodat qilish va musulmonlarga yordam berish; xulqdan taqdirga rozi bo‘lish va odamlar bilan yaxshi hayot kechirish”. 833. Sahl ibn Abu Solih Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan (r.a.), u Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: “Ogoh bo‘linglarki, din nasihatdir”, deb uch marta aytdilar. “Kim uchun, ey Rasululloh?” deyishdi. “Alloh uchun, payg‘ambari uchun, kitobi uchun, mo‘minlarning imomlari uchun va ularning hammalari uchun”, deb javob qildilar. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a) aytadilar: “Alloh taolo uchun nasihat”, degani Allohga iymon keltirish, Unga sherik qilmaslik, U buyurgan narsani bajarish, qaytarganidan qaytish va odamlarni ham shu narsaga chaqirish va ularga uni dalolat qilishdir. “Payg‘ambar uchun nasihat” – u zotning sunnatlariga amal qilish va odamlarni unga chaqirish. “Uning kitobi uchun nasihat” esa, Qur’onga iymon keltirish, uni tilovat qilish, undagi bor narsaga amal qilib, odamlarni ham unga amal qilishga chaqirishdir. “Imomlar uchun nasihat” degani ularga qilich bilan qarshi chiqmaslik, ularni insof va adolatga chaqirish, odamlarni ham shunga da’vat qilish degani. “Hamma uchun nasihat” degani esa, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rish, oralarni isloh qilish, odamlar bilan arazlashmaslik va ularni Islomga chaqirish, deganidir». Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Mag‘firatni vojib qiluvchi narsalardan biri musulmon birodaringiz ko‘ngliga xursandchilik kirg‘izmog‘ingizdir”. 834. Muammar Zuhriydan, u kishi Humayddan, u kishi onasi Ummu Gulsum binti Uqbadan, u esa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.): “Yaxshi gap aytib yoki yaxshi gapni qo‘shib, odamlarning orasini isloh qilgan kishi yolg‘onchi emasdir”, dedilar. Odamlar orasini isloh qilish payg‘ambarlik ishidan bir bo‘lakdir. Odamlarning orasini buzish esa, sehrgarlik ishidan bir parchadir. 835. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh nazdida qiyomat kunida savob jihatidan odamlarning afzali, Allohga yaqinrog‘i va dunyoda odamlar uchun foydalirog‘i odamlar orasini isloh qilguvchilardir”. _________________ Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari 823-hadis. Muttafaqun alayh. 824-hadis. Zaif. 825-hadis. Zaif. 826-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 827-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 828-hadis. Hasan-sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 829-hadis. “Kanzul-ammol”da keltirilgan. 830-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 831-hadis. Juda zaif. Ibn Abud Dunyo, Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. 832-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan. 833-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 834-hadis. Muttafaqun alayh. 835-hadis. Isnodi noma’lum. “Al-majma’”ga qarang. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 321 YETMISH OLTINCHI BOB SULTONLARGA ARALASHISH 836. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: “Olimlar sultonlarga aralashmasalar va dunyoga kirmasalar, payg‘ambarlarning omonatdorlaridir, agar sultonga qo‘shilsalar, dunyoga kirishib ketsalar, bas, ulardan uzilinglar va ehtiyot bo‘linglar”. 837. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kishi sultonga qancha ko‘p yaqinlashsa, Allohdan shuncha ko‘p uzoq bo‘ladi. Agar unga ergashuvchilar ko‘paysa, demak, uning shaytonlari ko‘payadi, moli ko‘paysa, demak, hisobi qattiqlashadi”. Huzayfa (r.a.): “Fitnalarga muvofiq bo‘lib olishdan saqlaninglar”, dedilar. “Fitnaga muvofiq bo‘lish nima?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Amirlarning eshigiga borish”. Ibn Umarga: “Biz sulton oldida bir so‘zni gapiramiz, chiqqandan keyin esa, uning teskarisini gapiramiz”, deyishdi. U kishi: “Biz bu narsani munofiqlik deb sanaymiz”, dedilar. Ibn Mas’ud (r.a.): “Agar dindor kishi saltanat egasi oldiga kirsa, dinsiz bo‘lib chiqadi”, dedilar. “Qanday qilib?” deb so‘rashdi. “Allohning g‘azabini keltiradigan narsalar bilan uni rozi qiladi”, dedilar Ibn Ma’sud (r.a.). Oldingilardan biri aytgan ekan: “Agar qorining boylar bilan aralashganini ko‘rsang, bilginki, u riyokordir. Agar olimning amrilar bilan aralashganini ko‘rsang bilgilki, u o‘g‘ridir”. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib qo‘ygandir”. Makhul (r.a.) aytadilar: “Kim Qur’onni o‘rganib, din ilmida faqih bo‘lganidan keyin sulton eshigiga xushomadgo‘ylik qilib kelsa va uning boyligidan tama’ qilsa, jahannamga g‘arq bo‘libdi”. Maymun ibn Mahron aytadilar: “Sultonning suhbati xatarlidir. Agar unga itoat qilsang, diningda xatar bo‘ladi, osiylik qilsang, nafsingga zarar. Yaxshisi, seni u tanimagani ma’qul”. Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Agar kishi sultonlar bilan aralashmasa va farzlari ustiga farz qo‘shmasa, kunduzi ro‘za tutib, kechalari namoz o‘qib, haj va jihod qilib, ammo sultonlarga qo‘shilib yurgan kishidan yaxshidir”. 838. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Modomiki, abrorlari fojirlarini ulug‘lamasa, yaxshilari yomonlarga do‘st bo‘lmasa, qorilari amirlariga mayl qilmasa, Allohning qo‘li bu ummatning ustida davomli bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, Alloh ulardan barakani ko‘taradi va ularga zolimni bosh qilib, qalblariga qo‘rqinch soladi va ularni kambag‘allashtirib qo‘yadi. Iso ibn Maryam (u zotga va onalariga Allohdan salovot va salomlar bo‘lsin) aytganlar: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 322 “Ey ulamolar, podshohlar hikmatni sizlarga tashlab qo‘yganidek, sizlar uning mulkini o‘zlariga qoldinglar”. 839. Shaqiq ibn Salama rivoyat qiladilar: “ Umar ibn Xattob (r.a.) Bashr ibn Osim Saqafiyni Havozin qabilasining zakotiga bosh qilib tayinladilar. Ammo u rozi bo‘lmadi. Umar (r.a.): “Nimaga rozi bo‘lmaysan, sen bizga itoat qilishing shart ekanini bilmaysanmi?” dedilar. Shunda Bashr aytdi: “Bilaman, lekin men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Qaysi kishi odamlarga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni u keltiriladi-da, jahannam ko‘prigi ustida to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi, agar yomon bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi”, deganlarini eshitganman”. Keyin Umar (r.a.) xafa bo‘lib chiqdilar. U kishiga Abu Zarr (r.a.) duch kelib: “Nima bo‘ldi, xafa ko‘rinasiz?” deb so‘radilar. Hazrati Umar Bashr ibn Osimning gapini aytdilar. Abu Zarr: “Bu hadisni ilgari eshitmaganmidingiz?” dedilar. Umar: “Yo‘q” deb aytdilar. Abu Zarr shunda: “Guvohlik beramanki, men Nabiyning (s.a.v.): “Kim odamlardan loaqal bittasiga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni keltirilib, jahannam ko‘prigi ustiga to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi va agar yomon bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi. U joy qop-qorong‘i zulmatdir”, deganlarini eshitganman”, dedilar”. 840. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: “Qiyomat kuni adolatli qozi keltirilib, qattiq hisob qilinganidan so‘ng, hecham ikki kishi orasida hukm qilishni istamay qoladi”. 841. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim hukm chiqarishga tayinlansa, pichoqsiz so‘yilibdi”. Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) Abu Jafar oldiga kirganlarida u: “Ey Abu Hanifa, bizning ishimizga yordam bering”, dedi. U zot aytdilar: “Men sizga yordam berishga qodir emasman”. Xalifa yana: “Subhonalloh, bizning ishimizga yordam bering”, dedi. Abu Hanifa aytdilar: “Ey mo‘minlarning amiri, agar meni rostgo‘y bilsangiz, demak haqiqatda qodir emasman, mabodo yolg‘on aytyapti, deb o‘ylasangiz, yolg‘onchini bu ishga tayinlashingiz halol emas”, deb javob qildilar. 842. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kirdim, men bilan yana ikki kishi kirib: “Ey Rasululloh, bizlarga bir vazifa bering, ishlaymiz”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Biz vazifa talab qilib kelgan kishiga vazifa bermaymiz”. 843. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinishicha, u zot Ka’b ibn Ujraga: “Ey Ka’b, Alloh senga ahmoqlarning amirligidan panoh bersin”, deb uch marta aytdilar. Keyin davom etdilar: “U amirlar mendan keyin keladi. Kim ularning yolg‘on so‘zlarini to‘g‘ri desa va qilayotgan zulmlariga yordam bersa, ular mendan uzoqdirlar, men ulardan bezorman. Ey Ka’b, har bir go‘shtki, harom yo‘l orqali topilgan narsa bilan o‘sgan bo‘lsa, undan o‘t yaxshidir. Ey Ka’b, ro‘za to‘siqdir, sadaqa xatolarni o‘chiradi. Namoz yaqinlikdir. Ey Ka’b, odamlar ikki sinf bo‘ladi: nafsini sotib olib, so‘ngra ozod qilganlar va nafsini sotib, halokatga tushuvchilardir” 844. Muso ibn Abdusamad Zazzondan rivoyat qiladilar: “Biz Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bilan birga u kishiga qarashli tepalikda edik. U kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 323 sahobalaridan. O‘shanda odamlar narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va “Ularga nima bo‘ldi?” deb so‘radilar. “Ular vabodan qochib ketyapti”, deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Ey vabo, meni ol, meni ol”. “Nima uchun o‘limni so‘rab duo qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz- ku?” deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman”. Biz: “U nima edi?” deb so‘radik. “Bolalarning boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi, qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir (surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar”, dedi Ibn Abbos. Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “U kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida (u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: “Ey qorilar! Nima deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas”. 845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi va bozorlarning qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”. Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin topolmayman”. Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning dunyosidan sizlarga biron narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular barbod etadilar”. Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga, yomon amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”. _________________ Sultonlarga aralashish bobi hadislari 836-hadis. Juda zaif. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 837-hadis. Zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang. 838-hadis. Zaif. 839-hadis. Juda zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 840-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Uqayliy rivoyat qilgan. 841-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 842-hadis. Muttafaqun alayh. 843-hadis. Sahih. Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 844-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 845-hadis. Isnodi noma’lum. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 324 YETMISH YETTINCHI BOB KASALLIK VA KASALNI KO‘RISHLIK FAZILATI 846. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Ato ibn Yasor Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini naql qilganlar: “Agar banda kasal bo‘lsa, Alloh: “Bandam kelib ketguvchilarga nima deyapti ekan?” deb unga ikki farishatni yuboradi. Agar u ziyoratchilar kelganida Allohga hamd aytsa, hamdini farishtalar Allohga yetkazishadi, holbuki, Alloh o‘zi bilib turibdi”. So‘ng: “Bandamga aytinglar, agar Men uni vafot ettirsam, jannatga kirgizaman, agar shifo bersam, uning go‘shtidan yaxshiroq go‘shtni beraman (ya’ni kasal bo‘lmaydigan) va qonini yaxshiroq qonga almashtiraman hamda gunohlarini kechiraman”. Said ibn Vahb aytadilar: ”Salmon Forsiy bilan birga u kishining do‘stinikiga kirdik. Salmon aytdilar: “Albatta, Alloh taolo mo‘min bandaga bir kasallik bersa, so‘ng unga salomatlik beradi. U kasallik o‘tgan ayblariga kafforat, keyingilariga rozilik bo‘ladi. Alloh fojir bandani bir kasallikka duchor qilib, so‘ng salomatlik beradi. U kasallik bog‘lab qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. So‘ng uni qo‘yib yuborishadi. Ular nimaga bog‘lashdi, nimaga qo‘yib yuborishdi, bilmaydi”, dedilar. 847. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kirdim. U kishi darmonsizlikdan xasta edilar. Shunda qo‘llaridan tutib: “Sizga darmonsizlik va lohaslik qattiq tegibdi”, dedim. “Ha, – dedilar, – sizlardan ikki kishining kasali bilan kasallandim”. “Sizga ikki baravar ajr bor”, dedim. U zot: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yer yuzida qaysi muslimga kasallik yetsa, Alloh taolo uning xatolarini daraxt barglari to‘kilganidek to‘kadi”, dedilar. 848. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Agar mo‘min nafsga isitma qelsa, nafsning ichidan ruh nido qiladi: “Ey isitma, bo‘ mo‘min nafsdan nima xohlaysan?” Isitma: “Ey yaxshi ruh, bu nafsing pok edi. Uni gunohlar va xatolar iflos qildi. Men uni o‘shalardan poklayman”, deb javob beradi. Shunda ruh aytadi: “Unday bo‘lsa, yaqin kel, yaqin kel, yaqin kel va uni pokla”. Ibn Ashja’ aytadilar: “Muhojirlardan bittasi kasal bo‘ldi. Shunda: “Menga yetdiki, kasalning kasalligida to‘rtta xislat bordir: undan qalam ko‘tariladi, ajr sog‘ paytida amal qilganidek oqib kelaveradi va hamma xatolari bo‘g‘imlaridan ketadi, agar vafot etsa, kechirilgan holda vafot etadi, agar yashab ketsa, kechirilgan holda yashaydi”. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: ”Agar Alloh taolo mo‘min bandani kasallikka duchor qilsa, chap tomon farishtasiga: “Undan qalamni ko‘tar”, deb, o‘ng tomon farishtasiga: “Bandamga sog‘liq vaqtidagi amalidan ham yaxshirog‘ini yoz”, deb buyuriladi. 849. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Isitma Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga qora ayolga o‘xshab keldi. Undan: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Maldamning onasiman”, dedi. “Nima ish bilan shug‘ullanasan, ey Maldamni onasi?” deb so‘radilar so‘ng. “Go‘sht yeyman, qon hidlayman, issiqligim jahannam issig‘idandir”, deb javob qildi. Payg‘ambar (s.a.v) uning isitma ekanini bildilar. So‘ng isitma aytdi: “Ey Rasululloh, meni o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ahlingizga yuboring”. Nabiy (s.a.v.) uni ansorlarga yubordilar. Ularni yetti kun isitma oldi. Oh-vohlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling