Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
288
ustida qoim turadi: ishonch, adolat, sabr va jihod”. 
 
Ulamolar bu  to‘rtta narsani tafsir qilib  aytishadiki: “Ishonch ikki xil: biri, amalini xolis 
qilish, uni dunyo boyligi talabida va odamlarning roziligini olish uchun bajarmaslik. 
Ikkinchisi, Allohning rizq haqidagi va’dasiga amin bo‘lish. Adolatning  ikki xili 
quyidagilar: agar zimmasida birovning haqqi bo‘lsa, o‘zinikini talab qilishdan oldin uni 
ado etish va va boshqa kishidan haqqini yumshoqlik bilan so‘rash. Sabrning ikki xili: 
Allohning farzlarini ado qilishda sabrli bo‘lish va  Alloh man’ qilgan narsalarga sabr qilish. 
Jihod ham ikki xildir: birinchisi, dushmandan g‘aflatda qolmaslik. U dushman shaytondir. 
Banda undan g‘aflatda qolsa ham, u bandadan g‘ofilda qolmaydi. U bo‘riga o‘xshaydi. 
Bo‘ri ham podaga tushganida, g‘aflatda qolgan qo‘yni ovlaydi. Ikkinchisi, mol-dunyodir. 
Chunki odam farzandining aksar fitnasi mol-dunyo uchundir. Bas, g‘ururlantirib 
qo‘ymasligi uchun molning kamiga rozi bo‘l”. 
 
Shaqiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Hotamul Asamdan (r.a.): “Siz mening oldimga 
qachondan beri kelasiz?” deb so‘radilar. Hotam: “O‘ttiz yildan beri”, dedilar. “Shu o‘ttiz 
yil ichida nima o‘rgandingiz?” deya savol berdilar keyin Shaqiq. “Olti kalima o‘rgandim. 
Agar bularga amal qilsam, dunyo fitnasidan najot topaman, deb umid qilaman”, dedilar 
Hotam. Shaqiq: “U kalimalarni menga ham ayting, shoyad, men ham amal qilib, najot 
topsam”, dedilar. Hotam aytdilar: “Birinchisi, Allohning: 
 
“Qimirlagan jonzot borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud, 6), 
degan oyatiga qaradim va men ham o‘zimni Alloh taolo rizq berayotgan shu jonzotlardan 
biri deb bildim, menga ajratilgan narsalar, albatta yetishiga ishondim. Shunday katta 
filni rizqlantirgan Alloh taolo kichkinagina pashshani ham unutmagan, shuning uchun 
ishlarimni Allohga tashlab, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldim. Boshqa ishlarni muhim 
bilmadim”. 
 
Shaqiq: “Siz tushingan narsa qanday yaxshi ekan. Ikkinchi kalima nima?” dedilar. 
Hotam aytdilar: “Allohning: 
 
“Mo‘minlar shak-shubhasiz og‘a-inilardir” (Hujurot, 10¬oyat), degan so‘ziga ko‘ra, 
mo‘minlarning hammasini birodar deb bildim.  Birodar birodariga shafqatli bo‘lmog‘i 
lozim. Va odamlar orasidagi dushmanchilikning aslini hasaddan deb bildim. Shuning 
uchun harakat qilib, hasadni qalbimdan chiqarib tashladim. Hattoki mashriqda bir 
mo‘minga g‘am yetsa, o‘sha g‘am menga yetgandek g‘amgin bo‘ldim, mag‘ribdagi bir 
musulmonga yaxshilik yetsa, go‘yoki menga yetgandek xursand bo‘ldim”. 
 
Shaqiq: “Siz tushungan narsa qanday yaxshi ekan. Uchinchi kalima nima?” deb 
so‘radilar. Hotam aytdilar: “Har bir insonning do‘sti¬habibi borligini ko‘rdim. Do‘st 
do‘stiga muhabbatini zohir qilmog‘i lozim. Men Allohning toatini do‘st tutdim. Chunki 
undan boshqa hamma do‘stlar mendan uziladi. Faqat Allohning toati qoladi. U men bilan 
qabrda, mahshargohda, sirot ustida birgadir. Barcha do‘stlarimdan uzildim va Allohning 
toatini do‘st qilib oldim”.  
 
Shaqiq yana dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Endi to‘rtinchi kalimani ayting”. 
Hotam aytdilar: “Har bir insonning dushmani borligini ko‘rdim, dushmanga dushmanlik 
qilish, undan saqlanish lozim. Bas, men kofir va shaytonni o‘zimga dushman deb 
topdim. Kofirning dushmanligini shaytonning dushmanligidan yengil ko‘rdim. Chunki u 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
289
men bilan urishib, meni o‘ldirsa, shahid bo‘laman, agar uni o‘ldirsam, savobga yetgan 
bo‘laman. Shayton esa, meni men uni ko‘rmagan joyda ko‘radi. So‘ngra o‘zi bilan birga 
do‘zaxda bo‘lishimni xohlaydi. Uning dushmanligi bilan bo‘lib, boshqaning dushmanligini 
unutdim”. 
 
Shaqiq aytdilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Beshinchi kalima nima?” Hotam 
dedilar: “Har bir insonda uy borligini ko‘rdim. Albatta, uy uchun ta’mir lozim. Men esa, 
qabrni manzil bildim va uning ta’miri bilan mashg‘ul bo‘ldim”. 
 
Shaqiq dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi. Endi oltinchi kalimani ayting”. Hotam 
aytdilar: “Har bir narsaning xaridori borligini ko‘rib, xaridorimni o‘lim farishtasi deb 
bildim. Ammo uning qachon kelishini bilmayman. Unga to‘y kechasi kuyov uyiga olib 
ketadigan kelinchakdek tayyorlandim. Qachon kelsa, undan kechiktirishni talab 
qilmayman”. Shunda  
 
Shaqiq aytdilar:“Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Agar amal qilsak, siz ham, men ham, 
albatta, najot topamiz”. 
 
732. Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga 
kelib: “Ey Allohning elchisi, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab 
qo‘yibmi?” deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.): “Uni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil”, dedilar”. 
 
Hakimlardan biri aytadi: “Alloh do‘stlarining xislati uchtadir: Allohga ishonch, har 
narsada Allohga muhtojlik qilish va har narsada Allohga murojaat etish”. 
 
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Odamlarga odamlarning yoqimli odamlardan behojat 
bo‘lgani va ulardan hech narsa so‘ramaydiganidir. Odamlarga odamlarning 
yoqmaydigani ularga muhtoj bo‘lganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirog‘i Allohga 
muhtoj bo‘lgani va undan so‘ragani, Allohga odamlarning yomonrog‘i Undan behojat 
bo‘lgani va hech narsa so‘ramaganidir”. 
 
Zikr qilinishicha, Luqmoni Hakim o‘lim mahalida o‘g‘illariga aytganlar: “Shu paytgacha 
senga ko‘p nasihat qildim. Endi men senga oldingilaru oxirgilar ilmini jamlagan oltita 
narsani vasiyat qilaman: 
1) dunyoning keragidan ortig‘i bilan shug‘ullanib qolma; 
2) Alloh taologa hojating boricha ibodat qil; 
3) oxirat uchun, unda qanday maqomni ko‘zlayotgan bo‘lsang, shu miqdorda amal qil; 
4) shug‘ullanishing do‘zaxning har bir jonga tegishi aniq bo‘lgan oloviga chidaming 
miqdorida bo‘lsin; 
5) Allohga gunoh qilishing Uning azoblariga sabr qilishing miqdoricha bo‘lsin; 
6) agar Allohga gunoh qilsang, Alloh va farishtalar ko‘rmaydigan joyda qil”. (Unday 
joyning esa, o‘zi yo‘q. – Muharrir.) 
 
Bir hakimdan: “Yaqiyn (aniq ishonch) bilan tavakkulning orasida qanday farq bor?” deb 
so‘rashdi. “Yaqiyn oxirat ishlarida, tavakkul dunyo ishlarida Allohni tasdiq etmog‘ingdir”, 
deb javob qildi u. 
 
Aytishlaricha, tavakkul ikki xildir: rizqdagi tavakkul, ya’ni rizqning kelishidan xotirjam 
bo‘lish; amalning savobidan tavakkul, ya’ni, Allohning savob berish to‘g‘risidagi 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
290
va’dasiga iymon keltirish va amalning qabul bo‘lish-bo‘lmasligidan qo‘rqish. 
 
Ato ibn Soib Ya’lo Ibn Murraning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Alining (r.a.) 
sohiblaridan bir nechtasi yig‘ilib, “Amirul mo‘mininni qo‘riqlasak, chunki u kishi jang 
qilyaptilar, jonlariga suiqasd etilishi mumkin”, dedik. O‘shanda biz u kishining hujralari 
oldida turgan edik, u kishi namozga chiqayotgan ekanlar, “Bu nima qilganlaringiz?” deb 
so‘radilar. Sizni qo‘riqlab turibmiz. Chunki siz jang qilyapsiz. Sizga suiqasd qilinishidan 
qo‘rqamiz”, deyishdi yonimdagilar. Ali: “Meni osmon ahlidan qo‘riqlaysizlarmi yoki yer 
ahlidan?” dedilar. “Yer ahlidan qo‘riqlaymiz, ey Amirul mo‘minin. Osmon ahlidan sizni 
qo‘riqlashga qodir emasmiz”. Shunda Ali (roziyallohu anhu) aytdilar: “Yerda hech narsa 
bo‘lmaydi, toki, Alloh osmonda taqdir qilmagunicha. Har bir kishiga ikki farishta vakil 
qilingan, uni qadari kelgunicha qo‘riqlashadi. Qachon taqdiriga yozilgani kelsa, uni va 
qadarining orasini xoli qo‘yishadi”. 
 
________________ 
Allohga tavakkul bobi hadislari 
 
729-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Shofe’iy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-dava”ga qarang. 
730-hadis. Juda zaif. Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. 
731-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
732-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
 
 
 
OLTMISH BESHINCHI BOB 
XUDOJO‘YLIK 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy Muhammad ibn Fazldan, u Muhammad ibn Ja’fardan, u 
kishi Ibrohim ibn Yusufdan, Abu Ja’fardan, Saiddan Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini 
rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Mutraf: “Ikki kishiga uchradingiz, birining namozi, ro‘zasi, 
sadaqasi ko‘p, ammo ikkinchisining savobi unikidan ortiq”, derdi. “Bu qanday bo‘ladi?” 
deyishsa, “Ikkinchisining taqvosi kuchliroqdir”, deb javob qilar edi”. 
 
733. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketayotib: “Ey Rasululloh, menga vasiyat 
qiling”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen sajda kam bo‘lgan joyga boryapsan. 
U yerda sajdani ko‘paytir”. Ibn Ravoha: “Yana qo‘shing” dedilar. Nabiy (s.a.v.): “Allohni 
zikr qil. Chunki U sen istayotgan narsaga yordam beradi”, deb aytdilar. Ibn Ravoha 
ketdilar, ammo qaytib kelib, tag‘in: “Ey Rasululloh, menga yana nasihat qiling”, dedilar. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloni zikr qil. Alloh taolo toq, toq narsalarni yaxshi 
ko‘radi”. Ibn Ravoha: “Yana ziyoda qiling”, dedilar. Nabiy (s.a.v.): “O‘nta yomonlik 
qilsang, bitta yaxshilik qilishga ojiz bo‘lma”, dedilar. 
 
734. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mendan olti narsani 
olinglar, sizlarga jannat bo‘ladi. Gapirsanglar, to‘g‘ri gapiringlar, va’da bersanglar, xilof 
qilmanglar, omonat olsanglar, xiyonat etmanglar, ko‘zlaringni (haromdan) tiyinglar, 
farjlaringni saqlanglar, qo‘l va oyoqlaringni haromdan to‘singlar va Parvardigorlaringning 
jannatiga kiringlar”, dedilar”. 
 
735. Amron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh 
taolo: “Ey bandam, senga farz qilgan narsamni ado et, insonlarning obidrog‘i bo‘lasan, 
qaytargan narsalarimdan qayt, insonlarning taqvodorrog‘i bo‘lasan, rizq qilib bergan 
narsamga qanoat et, insonlarning boyrog‘i bo‘lasan”, dedi”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
291
 
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Beshta narsa baxtning alomatidan: qalbdagi qat’iy 
ishonch, dindagi taqvo, dunyoning ichida turib, undan yuz o‘girish –zuhd, ikki ko‘zdagi 
hayo va badandagi qo‘rqinch. Beshta narsa badbaxtlik alomatidan: qalbning qattiqligi, 
ikki ko‘zning quruqligi (ya’ni, Allohdan qo‘rqib yig‘lamaslik. – Muharrir), hayoning ozligi, 
dunyoga rag‘bat etish, uzun orzu qilish”.  
 
Umar ibn Xattob (r.a.): “Bizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib 
qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik”, deydilar.  
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) ham shunga o‘xshash gapni aytganlar. 
 
Yana  hakimlardan biri deydilar: “Dunyoning ishlari ajib, lekin men g‘ururlangan odam 
bolasining beshta narsasiga ajablanaman: 
1) dunyosi ko‘p bo‘lgan kishining ortiqcha molini muhtoj bo‘ladigan kuni (ya’ni, oxirati) 
uchun ishlatmaganiga hayronman; 
2) gapiruvchi tilning Alloh zikridan, Qur’on tilovat qilishdan qolganiga ajablanaman; 
3) salomat bo‘lgan, lekin ro‘za tutmasdan yurgan odamga hayronman. Qanday qilib 
oyda uch kun ro‘za tutmaydi va ro‘za tutsa, ro‘zasining mukofoti qanday bo‘lishi haqida 
fikr yuritmaydi; 
4) tonggacha uxlaydigan kishiga ajablanaman. Nega kechasidagi ikki rak’at namozning 
fazli haqida fikrlamaydi, fikr yuritib, bir soatgina qoim bo‘lmaydi; 
5) Allohga isyon qilishga jur’at etgan kishiga hayron bo‘laman. Alloh qaytargan, gunoh 
ishlarni qiyomat kuni Unga ro‘baro‘ bo‘lishini bilaturib qiladi. Qilgan ishi xususida fikr 
yuritmaydi, yomonlikdan qochmaydi”. 
 
Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: “Haromdan topilgan bir so‘mni tark etish yuz ming so‘mni 
sadaqa qilishdan afzaldir”. 
 
Abdulloh ibn Muborak haqida bunday rivoyat ham bor. U kishi Shom shahrida hadis 
yozayotgan edilar, yozayotgan qalamlari sinib qolib, bir kishidan qaytarib berish sharti 
bilan qalamini oldilar. Yozib bo‘lgach, qaytarish yodlaridan ko‘tarilib, qalamdonga solib 
qo‘ydilar. So‘ng Marv shahriga kelganlarida, qalamni ko‘rib qoldilar va uni qaytarishni 
unutgani yodlariga tushdi, so‘ng qalamni egasiga yetkazish uchun yana Shom safariga 
hozirlandilar.   
 
736. Sha’biy (r.a.) No‘’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: 
Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: “Harom va halol narsalar bayon 
etildi. Ikkovining o‘rtasida ko‘p shubhali narsalar bor. Ularni ko‘pchilik insonlar 
bilishmaydi. Kim harom narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok saqlabdi. Kim 
shubhali narsalarga tushib qolsa, harom narsalarga yo‘liqadi. Bu hol cho‘pon qo‘ylarni 
ta’qiqlangan joy yaqinida boqqanida, unga o‘tib ketishi mumkinligiga o‘xshaydi. Ogoh 
bo‘linglarki, har bir podshohning ta’qiqlari bordir. Allohning ta’qiqlari harom qilgan 
narsalaridir. Ogoh bo‘linglarki, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa , butun 
jasad to‘g‘ri bo‘ladi, agar buzilsa, butun jasad buziladi. Ogoh bo‘linglar, u qalbdir”. 
 
Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: “Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islom 
chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, shukr, sabr. Taqvo ishlarning asosidir, 
kamtarlik kibrdan uzoq bo‘lish, sabr do‘zaxdan najot topish, shukr jannat bilan  
mukofotlanishdir”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
292
 
737. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar sizlar egilib qolguningizgacha namoz o‘qib, 
torga o‘xshab qolguningizgacha ro‘za tutsalaringiz ham, faqat taqvo bilangina ular sizga 
foyda beradi”. 
 
Faqih aytadilar: “Taqvoning alomati o‘nta narsada bilinadi: 
1. Tilni g‘iybatdan saqlash. Alloh taolo aytadi: 
“Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin” (Hujurot, 12-oyat). 
 
2. Yomon gumondan saqlanish. Alloh taolo aytadi: 
“Ko‘p gumonlardan chetlaninglar, chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!” (Hujurot, 
12-oyat). 
 
738. Payg‘ambarning (s.a.v.) ham bu xususda so‘zlari bor: “Gumondan saqlaninglar. 
Chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir”. 
3. Masxara qilishdan saqlaninglar. Alloh taolo deydi: 
“Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmni 
masxara qilib kulmasin, ehtimol, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq 
bo‘lsalar” (Hujurot, 11-oyat). 
 
4. Harom narsalardan ko‘zni tiyish. Alloh taolo aytadi: 
“(Ey Muhammad) mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga 
tikishdan) to‘ssinlar” (Nur, 30-oyat).  
 
5. Rost gapirish.  
 
6. Allohning bergan ne’matlarini tanimoq va nafsiga ajablanib qolmaslik. Alloh taolo 
aytadi: 
“Balki agar (iymonlaringizda) sodiq bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni iymonga 
hidoyat etganini minnat qilur” (Hujurot, 17-oyat). 
 
7. Molini haq narsalarga ishlatish, botildan saqlash. Alloh taolo aytadi: 
“Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik, baxillik ham qilmasalar, 
(balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik va isrofning) o‘rtasida mo‘’tadil bo‘lur” 
(Furqon, 67-oyat), ya’ni gunoh ishga sarflashdan ayamaydilar. 
 
8. Nafsi uchun ulug‘lik va kibrni talab qilmaslik. Alloh taolo bu haqda aytadi: 
“Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida buzg‘unchilik, mutakabbirlik qilishni 
istamaydigan kishilar uchun qilurmiz” (Qasos, 83-oyat). 
 
9. Besh vaqt namozni vaqtida, ruku’lari, sajdalarini mukammal qilib o‘qish. Alloh taolo 
aytadi: “Barcha namozlarni va xususan, o‘rta namozni (asr namozini) 
saqlanglar – o‘z vaqtida ado etinglar! Va Alloh uchun bo‘ysungan hollaringda 
turinglar!” (Baqara, 238-oyat). 
 
10. Jamoat bilan bo‘lish va sunnatda istiqomat qilish. Alloh taolo aytadi: 
“Albatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! 
Allohga bergan ahdingizga vafo qilinglar! Shoyadki, eslatma (nasihat) 
olursizlar deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi” (An’om surasi, 153-oyat). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
293
 
Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Agar uchta narsani qoldirmasdan qilishga qodir 
bo‘lsang, hech qoldirma: biror kimsaga zo‘ravonlik qilma. Chunki Alloh taolo aytadi: 
“Ey odamlar, bu zo‘ravonligingiz faqat o‘zingizning ziyoningizdir” (Yunus, 23-
oyat). Hech kimga makr qilma, chunki Alloh taolo: 
 
“Yomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur” (Fotir, 43-oyat). 
Ahdingni hech qachon buzma, chunki Alloh taolo bu haqda: 
 
“Endi kim (qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga bo‘lur”, deb aytgan 
(Fath, 10-oyat).  
 
Ibrohim ibn Adham aytadilar: “Zuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl va zuhdi 
salomat. Zuhdi farz haromda zuhd qilish. Zuhdi fazl halolda zuhd qilish. Zuhdi salomat 
shubhalarda zuhd qilishdir”. 
 
So‘ng yana aytdilar: “Taqvo ikki xildir: farz taqvosi, saqlanish taqvosi. Farz taqvosi – 
Alloh taologa ma’siyat-gunoh qilishdan taqvo qilish, saqlanish taqvosi – shubhalardan 
taqvo qilish. G‘am ham ikki xildir: biri foyda beradi, boshqasi zarar. Foydali bo‘lgan g‘am 
oxirat g‘amidir. Zararli bo‘lgan g‘am dunyo va uning ziynatlari uchun uyg‘ongan g‘am”. 
Faqih aytadilar: “Xolis taqvo ko‘zni xaromdan, tilni g‘iybat va yolg‘ondan tiyish, barcha 
a’zolarni haromdan saqlashdir”. 
 
Umar ibn Xattobga (r.a.) Shom shahridan zaytun yog‘i keltirishdi. Yog‘ bir necha idishga 
solingan edi. Umar (r.a.) uni odamlarga qadah bilan taqsim qila boshladilar. U yerda 
sochi o‘sib ketgan bir yigit ham bor edi. Bo‘shagan idishning yog‘ini boshiga surtardi. 
Shunda Umar (r.a.) u yigitga: “Soching musulmonlarning yog‘iga rag‘batli ekanini 
ko‘ryapman”, dedilar va qo‘lidan tutib, sartaroshga sochini oldirishga jo‘natdilar. Yigit 
sochini oldirdi. Umar (r.a.) unga: “Mana shu ish senga yengilroqdir”, dedilar. 
 
Ibrohim ibn Adhamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Ummonga borayotganlarida bir 
hayvonni ijaraga oldilar. Ketayotib, qamchilari tushib qoldi. Shunda u zot ulovdan 
tushdilar, uni bog‘ladilar, keyin ortga piyoda qaytib, qamchini olib keldilar. U kishiga: 
“Ulovingizning boshini burib, qamchini olsangiz bo‘lmasmidi?” deyishdi. Shunda Ibrohim 
ibn Adham aytdilar: “Men uni faqat borish uchun ijaraga olganman, qaytish uchun 
olganim yo‘q”. 
 
739. Maoz ibn Jabal (r.a.) hikoya qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edim. U kishi 
egarlangan eshakning ustida o‘tirgan edilar. Menga: “Ey Maoz, bandalarning ustidagi  
Allohning haqqi nima?” dedilar. “Alloh va Uning rasuli biluvchiroq”, deb javob berdim. 
“Allohga hech narsani shirk keltirmasdan, Ungagina ibodat qilmoq”, dedilar. So‘ng 
aytdilar: “Bularni qilgandan keyin Allohning zimmasidagi bandalarning haqqi nima?” 
Yana: “Alloh va rasuli biluvchiroq”, dedim. “Ularni jannatga kirgizish”, dedilar Nabiy 
(s.a.v.). 
 
_____________ 
Xudojo‘ylik bobi hadislari 
 
733-hadis. Isnodi mavzu’. Roviylardan bo‘lgan Abulaziz ibn Abonni ibn Muayyin va boshqalar yolg‘onchi, degan. 
734-hadis. Sahih. “As-sahiha”ga qarang. 
735-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
294
736-hadis. Muttafaqun alayh. 
737-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”dan keltirgan. 
738-hadis. Muttafaqun alayh. 
739-hadis. Muttafaqun alayh.
 
 
OLTMISH OLTINCHI BOB 
HAYO 
 
740. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambardan 
(s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rtta narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridan: atr surtish, 
nikoh, misvok va hayo”. 
741. Uqba ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Avvalgi 
payg‘ambarlarning so‘zlaridan odamlarga yetib kelgani shuki, uyalmasang, 
xohlaganingni qilaver”, dedilar. 
 
742. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.): “Alloh taolodan haqiqiy 
hayo bilan hayo qilinglar”, dedilar. “Bizlar Alloh taolodan uyalamiz, alhamdulillah”, 
deyishdi. “Bu hayodan emas, – dedilar Nabiy (s.a.v.), – lekin kim Alloh taolodan chindan 
ham hayo qilsa, boshni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, qorinni va uni o‘rab olgan 
narsalarni saqlasin, o‘limni va fano bo‘lishni zikr qilsin. Kim oxiratni xohlasa, dunyo 
ziynatini tashlaydi. Kim bularni bajarsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo‘ladi”. 
 
743. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hayo qilish iymondandir. Iymon jannatdadir. 
Behayolik jafodandir. Jafo do‘zaxdadir”. 
 
Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: “O‘lmog‘im, keyin tirilmog‘im, so‘ng o‘lib, yana 
tirilmog‘im birovning avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan 
uch karra sevimliroqdir”.  
 
Ali (karramallohu vajhah) aytadilar: “(Avratga) qaragan kishiga ham, (avratini) 
ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin”. 
 
744. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hech kimning hammomga ishtonsiz kirmog‘i halol 
emas”. 
 
Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi: “Hammomga ikki izor bilan 
kiriladi. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi ko‘z uchun, ya’ni, ko‘zini odamlarning 
avratidan to‘sish uchun”. 
 
Iso ibn Maryam (alayhis salom) aytgan ekanlar: “Qarashdan saqlaninglar. Chunki u 
qalbda shahvatd urug‘ini ekadi va u qalb egasini fitnaga solish uchun yetib ortadi”.  
Hakim bir zotdan fosiq  kishi haqida so‘rashdi. “Ko‘zini odamlarning eshiklaridan va 
avratlaridan yummaydigan odam”, deb javob qildilar. 
 
745. Ato (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) cho‘milayotgan kishining oldidan o‘tdilar. 
Shunda: “Ey odamlar, Alloh taolo hayo qiluvchi, halim, pardali zotdir. U hayo va pardani 
yaxshi ko‘radi. Agar birontalaringiz yuvinishni xohlasangizlar, odamlarning ko‘zidan 
panada bo‘lsin”, dedilar”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
746. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) qazoi hojatda ko‘ylaklarini 
ko‘tarmas edilar, hatto yerga tegay deb turardi”. 
 
Faqih aytadilar: “Hayo ikki xil bo‘ladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo, Alloh bilan 
sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol 
bo‘lmagan narsalardan ko‘zingizni to‘sishingizdir. Siz bilan Alloh o‘rtasidagi hayo 
Allohning ne’matlarini bilmog‘ingiz, so‘ngra Unga gunoh qilishdan uyalmog‘ingizdir”. 
 
747. Umar (r.a.) Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kirganlarida, u kishini yig‘lab turgan 
holatda ko‘rdilar. Shunda: “Ey Rasululloh, nima uchun yig‘layapsiz?” deb so‘radilar. 
Nabiy (s.a.v.): “Jabroil (alayhissalom) menga Alloh taolo Islomda sochi oqargan kishini 
azoblashdan uyalishi xabarini berdi. Endi Islomdan sochi oqargan kishi gunoh ishlarni 
qilishga Allohdan uyalmaydimi?!” deb javob berdilar. 
 
748. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. “Ey Allohning elchisi, avratlarimizni 
kimlarga ko‘rsatib, kimlardan bekitaylik?” deb so‘radim. “Avratingni xotining va 
cho‘ringdan boshqa hammadan saqla”, dedilar. Keyin: “Ey Rasululloh, agar yakka 
holatda bo‘lsak-chi?” degan edim, “Alloh hayo qilinishga haqliroq zotdir”, deb aytdilar”. 
 
Salaflardan biri o‘g‘liga shunday nasihat qilgan ekan: “Agar nafsing katta gunohga 
chaqirsa, ko‘zingni osmonga qarat va seni ko‘rib turgan Zotdan uyal. Agar buni 
qilolmasang, yerga qarat va uning ustida yurgan kimsalardan uyal. Oliy Zotdan 
qo‘rqmasang, yerdagi odamlardan uyalmasang, o‘zingni hayvonlar qatorida 
hisoblayver”. 
 
Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: “Eshigingni yopasan, pardalaringni tushirasan, odamlardan 
uyalasan, ammo qalbingdagi Qur’ondan, har bir maxfiy narsani biluvchi ulug‘ Zotdan 
hayo qilmaysan”. 
 
Mansur ibn Ammor aytadilar: “Kim o‘zining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi 
bo‘lmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalang‘och  bo‘lsa, unga hech kim parda tutolmaydi. 
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo‘lsa, boshqalarning qo‘lidagi  narsaga xafa 
bo‘lmaydi.  Kim zulm qilichini sug‘ursa, shu qilichi bilan qo‘li kesiladi. Kim birodariga 
choh qazisa, unga o‘zi tushadi. Kim  birovning parda¬xijobini oyoqosti qilsa, o‘zining 
avrati ochiladi. Kim o‘z xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta 
ishlarga kirishsa va o‘ziga xatarli yo‘l topsa, halok bo‘ladi. Kim aqli bilan cheklansa, 
adashadi. Kim odamlarga kibr qilsa, xor bo‘ladi. Kim amalga berilsa, qiyinchilikka duchor 
bo‘ladi. Kim odamlar ustidan faxrlansa, sinadi. Kim ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi. Kim 
razillar bilan suhbatdosh bo‘lsa, tubanlashadi. Kim ulamolar bilan o‘tirsa, viqorli bo‘ladi. 
Kim yomonlik ko‘chasiga kirsa, tuhmatga yo‘liqadi. Kim dinda dangasalik qilsa, o‘tirib 
qoladi. Kim odamlarning mollarini o‘lja olsa, faqirga aylanadi. Kim ofiyatga intizor bo‘lsa, 
sabr qiladi. Kim qadamini to‘g‘ri bosishdan adashsa, pushaymon bo‘ladi. Kim Allohdan 
qo‘rqsa, muvaffaqiyatga erishadi. Kimningki, ishlarida tajribasi bo‘lmasa, aldanadi. Kim 
jannatni bilsa, orzu-istaklari kamayadi. Kim ilmsizlik yo‘liga ko‘niksa, adolat yo‘lini tark 
qiladi”. 
 
________________ 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling