Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari
- “So‘ngra ana o‘sha kunda, albatta (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar”
- “Endi qachon o‘zing va sen bilan birga bo‘lgan kishilar kema ustida joylashib olsa: “Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin”, deb ayt”
- “Menga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadya qilgan zot – Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, albatta, Parvardigorim barcha duolarni eshituvchidir”
- “Bizlarni ko‘p mo‘min bandalardan afzal qilib qo‘ygan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin”
- “Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘minlardan) ajralinglar”
- “Va ular (jannatga kirganlarida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va
- “Bizlarni bu (ne’matga) yo‘llagan zot – Allohga hamdu sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh hidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik”
- “Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz
- “Hamdu sano butun olamlar xojasigadur”
- “(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar”
- “Va uning uchun temirni (xamirdek) yumshoq qilib qo‘ydik”
- “Agar Alloh (barcha) bandalarining rizqlarini mo‘l-ko‘l qilsa, albatta, ular yer yuzida zulm-tajovuzkorlik qilgan bo‘lur edilar”
www.ziyouz.com kutubxonasi 274 687. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan ekanlar: «Otaning yuziga qarash – ibodat, Ka’baga qarash – ibodat, Mushafga qarash – ibodat, olimning yuziga qarash – ibodat». Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa yurishni bilmay, hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”. __________________ Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari 682-hadis. Muttafaqun alayh. 683-hadis. Muttafaqun alayh. 684-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qilgan. 685-hadis. Muttafaqun alayh. 686-hadis. Hasan. Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan. 687-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qildilar. “Kashful xofa”ga qarang. Hadisning oxirgi jumlasi sahih deb hisoblanmagan. OLTMISHINCHI BOB SHUKR HAQIDA 688. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahih sanad orqali Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo yeb- ichganidan keyin Unga hamd aytgan bandasidan rozi bo‘ladi”. 689. Asmo binti Yazid aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. U zot aytdilarki: “Qachon Alloh taolo avvalgiyu oxirgilarini yig‘sa, bir nido qiluvchi kelib: “Bugun hamma kim hurmatga loyiq ekanini biladi. Yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lganlar tursinlar”, deb nido qiladi. Uni butun xaloyiq eshitadi. Ular turishadi, lekin ular ozdir. Keyin yana nido qiladi: «Allohning zikridan tijorat ham, oldi-sotdi ham chalg‘itolmaganlar tursinlar». Ular ham turishadi, ular ham ozdirlar. So‘ng yana nido qiladi: “Alloh taologa xursandlikda ham, xafalikda ham hamd aytganlar tursinlar”. Ular ham turishadi, ular ham kamchilik bo‘ladi. Shundan keyin boshqa odamlar hisob-kitob qilinadi”. Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “Muso (alayhissalom) Allohdan: “Ey Rabbim, inson qanday qilib Senga shukr qila oladi? Uni qo‘ling bilan yaratding, ruhingdan og‘ziga puflading, jannatingdan joy berding, farishtalaringni unga sajda qilishga buyurding”, deb so‘radi. Alloh taolo: “Ey Muso, odam u narsalar hammasi Mendan ekanini bildi, so‘ngra Menga hamd aytdi. Bu aytgan hamdu sanosi yaratgan narsalarimning shukri bo‘ldi”, deb javob qildi”. 690. Qatoda (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “To‘rt narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va mo‘mina soliha xotin”. Aytishlaricha, Dovudning (alayhissalom) duolaridan biri bunday bo‘lgan ekan: “Ey Parvardigor, men Sendan to‘rt narsani so‘rayman va to‘rt narsadan panoh tilayman. So‘raydiganlarim: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va dunyoyu oxiratimda yordam beradigan soliha xotin. Ammo menga xo‘jayinlik qiladigan farzanddan, sochim oqarishni boshlamasdan oq tushiradigan xotindan, menga azob beradigan moldan va mening yaxshiligimni yashiradigan, yomonligimni oshkorqiladigan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 275 qo‘shnidan panoh tilayman”. Muoviya ibn Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi suhbatdoshlaridan: “Sizlar uchun dunyoning yaxshiligi nimada?” deb so‘radilar. Ularning har biri fikrini aytishdi. Shunda Muoviya dedilar: “Ofiyat kishi uchun uch narsadadir: boshpana bo‘larlik uy, qoniqtirarlik yashash sharoiti, rozi qiladigan xotin. Bizlar ularni bilmaymiz”. O‘sha paytda u zot xalifa edilar. Sufyoni Savriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi deydilar: “Alloh taolo sizni ikki ne’mat bilan rizqlantirgan – sultonning va tabibning eshigiga borishdan saqlagan bo‘lsa, Unga hamd ayting va shukr qiling”. Bakr ibn Abdulloh Mazaniy aytadilar: “Kim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa, unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining sayyidi – salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi – Islom”. 691. Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki ne’mat bor. Ko‘p odam ularning qadriga yetmaydi. Bu ikki ne’mat salomatlik va bo‘sh vaqtdir”. Ba’zi tobe’inlardan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Kimda ne’matlar ko‘rinish berib ko‘paysa, Allohga hamd va zikrni ko‘paytirsin. Kimning g‘amlari ko‘paysa, istig‘forni ko‘paytirsin. Kimga kambag‘allik yopishsa, “la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym”ni ko‘p aytsin”. 692. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Agar taomda to‘rt narsa bo‘lsa, mukammal bo‘ladi: haloldan bo‘lsa, yeyilayotganida Alloh nomi zikr qilinsa, shu taomdan yeydigan qo‘llar ko‘p bo‘lsa, yeyilgandan so‘ng Allohga hamd aytilsa”. 693. Hasan Basriy Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Alloh bandaga xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, bir ne’mat bersa va banda Allohga hamd aytsa, batahqiq, unga olganidan ham afzalroq narsa berilibdi”. 694. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi o‘ziga foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr qiladi va u uchun yaxshi bo‘ladi. Agar yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham yaxshilik bo‘ladi”. Makhuldan (r.a.) Alloh taoloning: “So‘ngra ana o‘sha kunda, albatta (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar” (Takasur surasi, 8-oyat), degan so‘zi haqida so‘rashdi. U kishi aytdilar: “Bu ne’matlar yaxna ichimlik, salqin maskanlar, to‘ygan qorinlar, qomatning to‘g‘ri bo‘lishi va uyqu lazzatlaridir”. Iso ibn Maryamdan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi bir kuni sahobalarining oldiga chiqdilar. Egnilarida jundan bo‘lgan qattiq kiyim va yopinchiq bor edi. Sochlari qirilgan, mo‘ylovlari olingan edi. Ochlikdan ranglari o‘zgarib, yig‘lagan, chanqoqlikdan lablari qurigan, ko‘krak va bilaklaridagi mo‘ylari o‘sgan edi. Shunda u zot dedilar: “Men Allohning izni bilan dunyoning manzilatini belgiladim Bunga ajablanmanglar ham, faxrlanmanglar ham, ey Bani Isroil. Dunyoni yengil sananglar, shunda sizlarga u yengil bo‘ladi. Dunyoni past bilinglar, oxirat diyori sizlarni ikrom etadi. Oxiratni qadrlanglar, bu dunyo sizlarni qadrlaydi. Dunyo mukarram zotlar diyori emas. U har kuni fitna va Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 276 xasratga chaqiradi”. Keyin yana aytdilar: “Agar sizlar mening hamsuhbatlarim, sahobalarim bo‘lsangizlar, nafslaringizga dushmanlik qilish va dunyodan g‘azablanishda qattiq turinglar. Agar sizlar bu ishlarni bajarmasanglar, mening sahobalarim va birodarlarim emassizlar. Ey Bani Isroil, masjidlarni uyingiz kabi saqlang. Qabrlarga doimo borib turing. Mehmon qancha izzatlanishi lozim bo‘lsa, shuncha izzatlang. Ko‘rmaysizlarmi osmondagi qushlarni, ular ekmaydilar ham, o‘rmaydilar ham. Allohga qasamki, ular osmonda yurib, rizqlarini topadilar. Ey bani Isroil, arpa nondan, mevasabzavotlardan yeb turinglar. Bilinglarki, sizlar hech qachon o‘sha narsalarning shukrini ado qila olmaysizlar. Shunday ekan, bulardan-da, yuqoriroq ne’matlarning shukrini qanday ado etasizlar!” Sa’d ibn Jubayr aytadilar: “Birinchi bo‘lib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir”. Faqih aytadilar (Alloh rahmat qilsin): “Bilingki, hamd va shukr avvalgilaru oxirgilarning ibodatidir. U maloikalarning ibodati, payg‘ambarlarning ibodati, yer ahlining ibodati, jannat ahlining ibodati. Payg‘ambarlarning ibodati ekani shuki, Odam (alayhissalom) aksa urganlarida, “alhamdulillah”, dedilar. Nuhning (alahissalom) qavmi suvga g‘arq bo‘lib, u kishi bilan bo‘lgan mo‘minlar najot topganidan keyin Alloh taolo hamd aytmoqni buyurgan edi: “Endi qachon o‘zing va sen bilan birga bo‘lgan kishilar kema ustida joylashib olsa: “Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin”, deb ayt” (Mo‘minlar, 28-oyat). Ibrohim xalilur Rahmon (alayhissalotu vassalom) aytganlar: “Menga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadya qilgan zot – Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, albatta, Parvardigorim barcha duolarni eshituvchidir” (Ibrohim, 39-oyat). Dovud (alayhissalom) va Sulaymon (alayhissalom) aytadilar: “Bizlarni ko‘p mo‘min bandalardan afzal qilib qo‘ygan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin” (Naml surasi, 15-oyat). Jannat ahllarining ibodati ekani shuki, ular olti o‘rinda Alloh taologa hamd aytadilar: 1. Allohning: “Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘minlardan) ajralinglar” (Yosin surasi, 59-oyat), degan so‘zi aytilgan paytda, shunday deydilar: “Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin” (Mo‘minlar surasi, 280-oyat). 2. Sirotdan o‘tgan vaqtlarida: “Va ular (jannatga kirganlarida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir” (Fotir surasi, 34-oyat). 3. Jannatdagi hayot suvida cho‘milganlarida jannatga qaraydilar va aytadilar: “Bizlarni bu (ne’matga) yo‘llagan zot – Allohga hamdu sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh hidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik” (A’rof surasi, 43-oyat). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 277 4. Jannatga kirganlarida: “Va bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga vorid qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin” derlar” (Zumar surasi, 24-oyat), deb shukrona aytadilar. 5. Jannatda joylashgan vaqtlarida aytadilar: “Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir. U o‘z fazlu marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdi” (Fotir surasi, 34 –35- oyatlar). 6. Ovqatdan forig‘ bo‘lganlaridan keyin aytadilar: “Hamdu sano butun olamlar xojasigadur” (Fotiha surasi, 1-oyat). Hakimlardan bittasi aytadi: “To‘rt narsada shukr qildim: 1. Alloh taolo maxluqlardan ming xilini yaratdi, so‘ng ularning ichida odamni ulug‘ etdi va meni ham odam farzandidan yaratdi. 2. Erkaklarni xotinlardan fazilatli etdi va meni erkak qilib yaratdi. 3. Islomni dinlarning afzali etdi va meni musulmonlardan qildi. 4. Muhammadning (s.a.v.) ummatlarini ummatlar ichida eng yaxshi ekanini ko‘rdim va meni ham u zotning (s.a.v.) ummatlaridan qildi”. Shukr ikki xil bo‘ladi: umumiy va xususiy. Umumiy shukr til bilan hamd aytish, Allohning ne’matlarini e’tirof etishdir. Xos shukr til bilan hamd aytish, qalb bilan tanish va ruknlar bilan xizmat etish hamda halol bo‘lmagan narsalardan tilini va a’zolarni saqlashdir. Muhammad ibn Ka’bdan rivoyat etiladi. U kishi aytadilar: “Shukr - Allohning: “(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar” (Saba’ surasi, 13-oyat), degan so‘ziga amal qilishdir”. 695. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki: “Ikki xislat kimda bo‘lsa, Alloh uni shukr va sabr etuvchi, deb yozib qo‘yadi. Biri – dindorlikda o‘zidan baland bo‘lgan kishiga qarab, unga ergashish va ikkinchisi – dunyoda o‘zidan past bo‘lgan kishiga qarab, so‘ngra Allohga hamd aytish». Faqih aytadilar: «Shukrning mukammalligi uch narsa bilandir: Alloh sizga bir narsa bersa, kim orqali berayotganiga qarashingiz va Unga hamd aytmog‘ingiz; bergan narsasiga rozi bo‘lmog‘ingiz; modomiki, o‘sha sizga ato qilingan narsa jasadingizga quvvat berar ekan, u tufayli Allohga osiylik qilmasligingiz lozim bo‘ladi”. Maymun ibn Mahron Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning yaratgan bandalari ichida muxtor-tanlanganlari bor, ular yaxshilik qilsalar, xursand bo‘ladilar, gunoh qilsalar, mag‘firat so‘raydilar, ne’mat kelsa, shukr aytadilar, balolarga duchor bo‘lsalar, sabr qiladilar. Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Sulaymon ibn Dovud (alayhissalom) ulovlariga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 278 minganlarida, qavmlaridagi odamlar kelib shunday dedilar: “Ey Allohning rasuli, sizga oldingilarga berilmagan biron narsa ato qilinganmi?” Sulaymon (alayhissalom) aytdilar: “To‘rt xislat kimda bo‘lsa, Dovud oilasiga berilgan dunyo matolaridan ham yaxshiroq narsalar berilibdi: Allohdan oshkora va yashirin holatda qo‘rqish, kambag‘allik va boylikda o‘rtacha bo‘lish, rozilik va g‘azab holatida adolatli bo‘lish, xursandchiligu xafalikda Allohga hamd aytish”. Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.): “Odamlarning qaysisi ne’matga boy?” deb so‘rashdi. Aytdilarki: “Azobdan omonda bo‘lib, savob kutayotgan tuproqdagi jasad”. ___________________ Shukr bobi hadislari 688-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 689-hadis. Isnodi zaif. Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. 690-hadis. Zaif. Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 691-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy rivoyat qilgan. 692-hadis. Juda zaif, marfu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang. 693-hadis. Hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Sahihul-jomi’a”ga qarang. 694-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 695-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Termiziy, Bag‘oviy rivoyat qilgan. OLTMISH BIRINCHI BOB KASB-HUNAR FAZILATI HAQIDA 696. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Kimki dunyoni tilanchilikdan saqlangan holda, ahli uchun harakat qilib, qo‘shnisiga muloyimlik bilan halol talab etsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning yuzini badr kechasidagi (to‘lin) oydek qilib tiriltiradi. Kimki dunyoni halol yo‘llar bilan ko‘paytirib, (lekin) faxrlanish va riyo qilish uchun talab etsa, qiyomat kuni Alloh taoloning g‘azabiga yo‘liqadi”. Ba’zilar aytishadi: “Dovud (alayhissalom) odamlar tanimaydigan suratda chiqib, mamlakat ahlidan, o‘zlari haqida so‘rar edilar. Bir kuni u kishiga Jabroil (alayhissalom) odam qiyofasida ko‘rindi. Dovud (alayhissalom) aytdilar: “Ey yigit, Dovud haqida nima deysan?” “U yaxshi odam, lekin bir yomon xislati bor – musulmonlar xazinasidan istifoda etadi. Bandalarining ichida Allohga sevimlirog‘i o‘z mehnati bilan topib yeydiganlardir”, dedi Jabroil. Shundan so‘ng Dovud (alayhissalom) mehroblariga qaytib, yig‘lab-yig‘lab, tazarru’lar qilib aytdilar: “Ey Rabbim, menga bir hunar o‘rgatgin, mo‘minlarning molidan o‘zimni behojat etay”. Alloh taolo u kishiga temirchilikni o‘rgatdi. Temirlar u kishining qo‘lida xuddi xamirdek yumshoq bo‘lib qolardi. Ish vaqtlaridan bo‘shaganlaridan keyin sovut yasardilar. So‘ngra uni sotib o‘zi va ahlining ehtiyojlariga sarflar edilar. Bu xususda Alloh taolo dedi: “Va uning uchun temirni (xamirdek) yumshoq qilib qo‘ydik” (Saba’ surasi, 10- oyat). Yana aytadi: “Unga (Dovudga) sizlarga ziyon yetishidan saqlaydigan sovut yasashni ta’lim berdik” (Anbiyo surasi, 80-oyat). Sobit Banoniy (r.a.) u zot dedilar: “Menga aytishlaricha, salomatlik o‘n qismdir: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 279 to‘qqiztasi sukut qilishda va bittasi odamlardan qochishda. Ibodatlar o‘n bo‘lakdir: to‘qqiztasi tirikchilik talabida va bittasi ibodatdadir”. 697. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimda kim tilanchilik eshigini o‘ziga ochsa, Alloh unga faqirlik eshigini ochib qo‘yadi. Kim o‘zini undan tiysa, Alloh ham uni saqlaydi. Kim behojat bo‘lishni so‘rasa, Alloh uni behojat qiladi. Sizlarning biringiz arqon olib, vodiyga chiqib, u yerdan o‘tin terib bozorga keltirib, bir mud xurmoga sotsa, o‘sha ishi odamlar beradigan yoki bermaydigan sadaqani so‘rashidan yaxshidir”. 698. Nabiyning (s.a.v.) bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Gazlama savdosi bilan shug‘ullaninglar. Chunki bobolaringiz Ibrohim (alayhissalom) bazzoz (gazlama savdogari) edilar”. 699. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot: «Zakariyo (alayhissolatu vassalom) duradgor edi», deb xabar berganlar. Oisha onamizning bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Sulaymon (alayhissalom) odamlarga minbarda xutba qilayotganlarida, qo‘llarida palma daraxtining novdalari bo‘lar edi, undan savat yoki shunga o‘xshagan biron narsa yasab turardilar. Agar to‘qib bo‘lsalar, bir kishiga berib: “Bozorga olib borib sot”, derdilar. Shaqiq ibn Ibrohim aytdilar: Alloh taoloning: “Agar Alloh (barcha) bandalarining rizqlarini mo‘l-ko‘l qilsa, albatta, ular yer yuzida zulm-tajovuzkorlik qilgan bo‘lur edilar” (Sho‘ro surasi, 27), degan oyati haqida aytadilar: “Alloh taolo agar bandalariga kasb-hunarsiz rizq-ro‘z berganida, ular ishsiz qolib, oqibatda buzilib ketardilar. Lekin buzg‘unchilikka bo‘sh vaqt topmasinlar, deya ularni kasblar bilan shug‘ullantirib qo‘ydi”. Sa’d ibn Musayyab aytdilar: “Molini haloldan topmagan, undan haqlarni chiqarib turmagan, u bilan obro‘-sharafini saqlamagan kishida yaxshilik yo‘qdir”. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi dedilar: “Ey kambag‘allar jamoasi, boshlaringni ko‘taringlar, savdogarlik qilinglar, albatta, yo‘lingiz ravshan bo‘ladi. Boshqalarning qo‘liga qarab qolmanglar”. Umarning (r.a.) ozod qilgan quli Abu Solih (r.a.) rivoyat qiladilar: “Umar bizga uch kishining sherikchilik qilishini buyurdilar: bittasi yig‘adi, boshqasi sotadi va uchinchisi Alloh yo‘liga chiqadi”. Avvom aytadilar: “Abu Solih sohilda qo‘riqchilik qilayotganida menga: “Biz uch kishimiz. Bu kun g‘azotda mening navbatim”, deb aytgan edi”. Faqih Abu Ja’far (r.a.) deydilar: “Abu Muborakning: “Kim bozorni tashlasa, muruvvati ketib, xulqi yomon bo‘ladi”, deganini eshitdim”. Ibrohim ibn Yusuf (Alloh rahmat qilsin) Muhammad ibn Salamaga: “Bozorni mahkam tut, chunki u egasiga kuch-quvvat beradi”, deb nasihat qilganlar. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 280 700. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir daraxt yoki ekin eksa, shu ekkanidan inson, hayvon yoki qush yo yirtqich yesa, mana shu (eganlari) uning uchun sadaqadir”. 701. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Birortangiz qo‘lida ko‘chatni tutib turgan holida qiyomat qoyim bo‘lib qolsa, uni ekishga imkoni bo‘lsa, eksin”. 702. Makhul (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “G‘iybatchi, maddoh, ta’na qiluvchi yoki o‘likka o‘xshab yuruvchi kishilar bo‘lishdan saqlaninglar”, degan hadislaridagi “o‘likka o‘xshab yuruvchilar”ni kasb bilan shug‘ullanmaydigan kishilar, deb izohlaganlar”. 703. A’mash (rahmatullohi alayh) Abu Maxoriqdan rivoyat qiladilar. U kishi xabar beradilarki, Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalari bilan o‘tirganlarida, yosh a’robiy yigit o‘tib qoldi. Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) deyishdi: “Agar u yigitligiyu kuch- quvvatini Alloh yo‘lida sarflaganida, katta ajr olgan bo‘lardi”. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar qarib qolgan ota-onasiga yordam berishga harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Kichkina bolalari uchun harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar u o‘z nafsi uchun, odamlardan behojat bo‘laman, deb harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar odamlar ko‘rsin va eshitsin, deb harakat qilsa, u shayton yo‘lidadir”. 704. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo har bir kasbi bo‘lgan kishini yaxshi ko‘radi, o‘zi sog‘-salomat bo‘lib, yo oxiratning ishi bilan, yo dunyo ishi bilan shug‘ullanmaydigan kishini yomon ko‘radi”. 705. Ja’far ibn Muhammad otalaridan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bozorga chiqib, oila ahllari uchun kerakli narsalarni sotib oldilar. Bu qilgan ishlarining sababini so‘rashganida: “Menga Jabroil (alayhissalom), odamlarning qo‘liga qarab qolmasligi uchun ahli oilasi yo‘lida harakat qilgan kishining Alloh yo‘lida ekani xabarini berdi”, deb javob qildilar”. 706. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga kelib, o‘ziga kerakli narsani so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) undan: “Uyingda biror bir narsang bormi?” deb so‘radilar. “Ha, bor, ey Allohning elchisi, bir namatimiz bor. Ammo uning ba’zi joylari kuygan. Bizlar uning ustida o‘tiramiz, yotamiz, bir chetini ustimizga yopamiz, bir chetini tagimizga to‘shaymiz. Yog‘och tovog‘imiz ham bor, unda ovqat yeymiz, suv ichamiz va boshlarimizni yuvamiz”, dedi haligi kishi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ikkovini ham menga olib kel”, dedilar. U kishi namat bilan tovog‘ini olib kelganidan so‘ng, Payg‘ambar (s.a.v.) u narsalarni qo‘llariga olib: “Bu ikkalasini kim sotib oladi?” dedilar. Bir kishi: “Men bir dirhamga sotib olaman”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Bunga yana bir dirham qo‘shib sotib oladigan kishi yo‘qmi?” dedilar. Boshqa kishi: “Men ikkovini ikki dirhamga sotib olaman”, dedi. Rasuli Akram (s.a.v.) u odamga namat va tovoqni berib, ikki dirhamni oldilar va molning egasiga topshiraturib: “Bir dirhamiga ovqat sotib olib, uyingga olib bor. Bir dirhamiga esa, bolta xarid qil va mening oldimga kel”, dedilar. Haligi kishi keyin bolta sotib olib qaytib keldi, Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Borib, o‘tin terib, bozorda sot. So‘ng o‘n besh kundan keyin mening oldimga kel”, dedilar. Keyin u kishi ketdi, o‘tin sotib, o‘n dirham ishladi. Pulining bir qismiga taom, ozrog‘iga kiyim sotib oldi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: “Bu ishing senga qiyomat kuni yuzingda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling