Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
salovot aytadi, darajasini o‘n marta ko‘paytiradi va o‘nta gunohini o‘chiradi". 
 
Faqih aytadilar: Otam bunday hikoya qilar edilar: "Sufyoni Savriy tavof qilib 
yurganlarida, oyog‘ini har ko‘tarib qo‘yganida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga 
salovot aytayotgan kishini ko‘rdilar. "Ey Allohning bandasi, tasbeh, tahlillarni tark qilib, 
Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot o‘qiyapsan. Bunga biron hujjating 
bormi?" dedilar u zot. Haligi kishi: "Alloh ofiyat qilsin, siz kim bo‘lasiz?" deb so‘radi. 
"Men Sufyoni Savriyman", dedilar. Haligi kishi: "Agar siz zamonimizning g‘aribi 
bo‘lmaganingizda, holimning xabarini aytmasdim, sirimni bildirmasdim", dedi. So‘ng 
ushbularni so‘zladi: "Otam ikkimiz Allohning baytini ziyorat qilish uchun chiqdik. Bir 
manzilga yetganimizda otam kasal bo‘lib qoldi. Men u kishini davolashga tushdim. 
Xullas, bir kuni tepasida turganimda otam vafot etdi va yuzi qorayib ketdi. Men: "Inna 
lillahi va inna ilayhi roji’un", deb yuziga ro‘mol yopib o‘rab qo‘ydim. Ko‘zimga uyqu kelib 
uxlab qolibman. Tushimda bir kishini ko‘rdim, hayotimda hali bunchalik yuzlari chiroyli, 
kiyimlari pok va hidlari iforli kishini ko‘rmagan edim. Ohista yurib, otamning oldiga keldi. 
Yuzidan ro‘molni olib, qo‘llari bilan siladi. Otamning yuzi oppoq bo‘lib qoldi. Keyin 
ketmoqchi bo‘lib burildi. Kiyimidan ushlab: "Ey Allohning bandasi, siz kim bo‘lasiz, 
nechuk siz tufayli bu musofirlikda otamni Alloh bunchalik siyladi?" dedim. Aytdilar: "Meni 
tanimayapsanmi, men Muhammad ibn Abdulloh, Qur’on sohibiman. Ammo otang nafsiga 
zarar qilib qo‘ygan edi. Lekin menga ko‘p salovot aytardi. U mana shu holga tushgach, 
mendan yordam so‘radi, men ko‘p salovot aytuvchilarga yordam beraman". So‘ng 
uyg‘onib ketdim. Bu payt otamning yuzi oppoq bo‘lib qolgan edi". 
 
627. Amr ibn Dinor Abu Ja’fardan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Kim menga salovot aytishni unutsa, u jannat yo‘lidan adashibdi". 
 
628. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘rtta narsa jafodir: Tik turib 
siymoq, namozdan chiqmasdan peshonasini artmoq, azonni eshitib turib, muazzin 
shohidlik berganidek shohidlik bermaslik, men zikr qilinsam, menga salovot aytmaslik". 
 
629. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Menga salovot aytinglar, chunki menga salovot aytish sizlar uchun zakotdir. Va 
Allohdan men uchun vasila so‘ranglar". Sahobalar so‘rashdi: "Vasila nima, yo 
Rasululloh?" Aytdilar: "Jannatdagi oliy daraja. Unga faqat bir kishi yetadi va o‘sha kishi 
men bo‘lishimni xohlayman". 
 
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sizlar 
uchun zakotdir", deganlarining ma’nosi sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiluvchi
poklovchi deganidir. Agar Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot aytganga u 
zotning shafoatlaridan boshqa savob berilmasa ham, shuning o‘zi kifoya qiladi. 
Salovotda mag‘firat va Allohdan rahmat bordir, u bilan shafoat umid qilinadi. Demak, 
oqil kishi bu narsadan g‘ofil bo‘lmasligi kerak. 
 
630. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Kim menga bir marotaba salovot aytsa, unga Alloh taolo o‘n marta salovot 
yuboradi va undan o‘nta xatosini o‘chiradi". 
 
Agar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish boshqa ibodatlardan 
afzalroq ekanini bilishni xohlasang, Alloh subhonahu va taoloning ushbu so‘zlarini 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
tafakkur qil: 
"Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambariga duoyu salovotlar 
ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar" (Ahzob, 
56). 
 
Boshqa ibodatlarda Alloh taolo bandalariga buyurib qo‘ya qolgan. Ammo Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishda esa, Allohning o‘zi avval salovot o‘qidi, 
so‘ngra maloikalarini buyurdi. Undan keyin mo‘minlarga u kishiga salovot yo‘llamoqni 
amr etdi. Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot 
o‘qish ibodatlarning afzalidir. 
 
631. Ka’b ibn Ujra aytadilar: "Ey Rasululloh, sizga qanday salovot aytaylik?" deb 
so‘radik. Aytdilar: "Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad. Va barik ‘ala 
Muhammad va ‘ali Muhammad, kama sollayta va barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali 
Ibrohiym. Innaka hamidum majid", deb aytinglar". 
 
Ba’zilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotni "Allohumma sollaytu kama 
sollayta anta va maloikatuka ‘ala Muhammad", deyishadi. 
 
Ayrimlar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotni "Allohumma inni ushhiduka 
va ashhidu maloikataka anni usolli ‘ala Muhammad", deb aytishadi. 
 
Ba’zilar: "Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Nabiyyil ummiyyi va ‘ala alihi", 
deyishadi. 
 
______________ 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish bobi hadislari 
 
622-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahih”ga qarang. 
623-hadis. Hasan. Termiziy va boshqalar rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 
624-hadis. “Sahihul jome’”ga kirgan. 
625-hadis. Ibn Munda rivoyat qilgan. Abu Muso Madiniy, g‘arib hasan, degan. 
626-hadis. Sahih. Nasoiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. 
Shu o‘rinda Sufyoni Savriydan rivoyat qilingan naql-ning sanadi yaxshi emas. 
627-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 
628-hadis. Zaif. Ibn Adiy va Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
629-hadis. Zaif. Ahmad va Asbahoniy rivoyat qilgan. 
630-hadis. Sahih. Nasoiy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyat qilgan. 
631-hadis. Muttafaqun alayh.
 
 
 
ELLIK BESHINCHI BOB 
"LA-A ILAHA ILLALLOH" KALIMASINING FAZILATI HAQIDA 
 
632. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abulloh ibn 
Amr ibn Osdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So‘ngra to‘qson to‘qqizta 
metin daftari chiqariladi. Har daftarning uzunligi ko‘z nuri yetgunchadir. Unda xatolari, 
gunohlari yozilgan. Ularni torozining bir pallasiga qo‘yiladi, so‘ng barmoqning uchidek bir 
varaq chiqariladi. Unda shahodat kalimasi – "la-a ilaha illallohu va anna Muhammadan 
‘abduhu va rosuluh" yozilgan bo‘ladi. Uni torozining ikkinchi pallasiga qo‘yiladi va u 
xatolardan og‘ir keladi". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
633. Mutallib ibn Hantab Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Men va 
mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning eng afzal so‘zi la-a ilaha illallohdir". 
 
634. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga 
Jabroil (a.s.) kelib:  
 
"Yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda 
(barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda 
(qiyomatda) intiqom oluvchidir" (Ibrohim, 47-48), oyatini tilovat qildi. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda 
bo‘ladilar?" Jabroil aytdi: "Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan 
yerda bo‘ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib 
oladilar. Har bir farishta: "Ey Alloh, faqat o‘zimizning nafsimizni Sendan so‘raymiz", 
deydi. Tog‘lar esa titilgan jundek bo‘lib jahannamning qo‘rqinchidan osmonda uchib 
yuradi. So‘ngra jahannam keltiriladi. U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish 
ming arqoni bor, har bir arqonda yetmish mingta farishta bo‘ladi, keyin Alloh oldida 
to‘xtaydi. Alloh taolo: "Ey jahannam, gapir", deydi. Jahannam aytadiki: "La-a ilaha 
illalloh, Sening izzating va pokligingga qasamki, bugun Sen bergan rizqni yeb, boshqaga 
ibodat qilgan kishidan, albatta, o‘ch olaman. Mening huzurimdan faqat o‘tish huquqi 
bo‘lgan kishilargina o‘tadi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, qiyomat 
kunidagi o‘tish nima?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a 
ilaha illalloh kalimasini aytib, guvohlik bergan bo‘lsa, jahannam ko‘prigidan o‘tadi", dedi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasi 
bilan ilhomlantirgan Zotga hamdu sano bo‘lsin". 
 
Ato ibn Abu Raboh aytadilar: "Ibn Abbosdan  
"...gunohni mag‘firat qiluvchi, tavba-tazarru’ni qabul qiluvchi, azobi qattiq" 
(Fofir, 3) oyati haqida so‘radim. Ibn Abbos javob berdilarki: "Gunohni mag‘firat qiladi, 
kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, tavba-tazarru’ni qabul qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb 
aytsa, azobi qattiq, kim la-a ilaha illallohni aytmasa". 
 
Faqih aytadilar: Har bir inson la-a ilaha illalloh kalimasini ko‘paytirmog‘i va Allohdan 
kecha va kunduz uni imondan ayirmasligini so‘ramog‘i, shuningdek, gunohlardan o‘zini 
saqlamog‘i lozimdir. Ko‘p kishilar bu kalimani aytib yurishadi, keyin umrlarining oxirida 
yomon amallari tufayli bu kalima ulardan olib qo‘yiladi. Bu dunyodan kofir holatida 
chiqadilar. Allohdan panoh tilaymiz. Bu musibatdan kattaroq musibat yo‘q! 
 
Bir kishining ismi butun hayotida musulmonlar ichida bo‘lib, qiyomat kuni kofirlar ismi 
bilan tursa. Bu hasrat-nadomatdan kattaroq nadomat bo‘ladimi?! Cherkov yoki 
majusiylar ibodatxonasidan chiqib, so‘ngra jahannamga kirgan kishining holi hasrat-
nadomatli emas, balki masjiddan chiqib, do‘zaxga tashlangandagi holat hasratlidir. 
Bularning hammasi yomon amallari va yashirin holatdagi harom gunohlaridandir. 
Ko‘pincha, kishining qo‘liga musulmonlarning mollari tushib qoladi, ularni ishlatib, keyin 
qaytaraman, deydi yoki egasini rozi qilaman deb, rozi qilmasdan o‘lib ketadi. Yana, 
kishining xotini va o‘zi orasiga taloq tushib qoladi. U kishi, qanday qilib uni tark etaman, 
axir oramizda bolalar bor, deydi. So‘ngra shu holda unga o‘lim keladi, u harom ustidadir. 
Ko‘pincha, mana shunday sabablar kishidan imon olinishiga sabab bo‘ladi. 
 
Ey birodar, qarang, o‘lim kelmasdan oldin ishlaringizni isloh qilib oling. Chunki siz 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
qachon o‘lim kelishini bilmaysiz. Bilingki, umr ozgina, hasrat esa uzoqdir. Sizga la-a 
ilaha illaloh so‘zini ko‘paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim. Shukr ulug‘ ne’mat 
uchundir. Chunki ne’mat shukr bilan boqiy. 
 
Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir". 
 
635. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U 
kishidan: "Ey Allohning elchisi, jannatning qiymati bormi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Ha, 
u la-a ilaha illallohdir". 
 
636. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Ey Allohning elchisi, sizning shafoatingiz birinchi 
kimlarga bo‘ladi?" deb so‘radim, u zot aytdilar: "La-a ilaha illalloh"ni ixlos bilan aytgan 
kishiga". 
 
Mujohid  
"Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar" 
(Hijr, 2), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illalloh kalimasini aytgan kishilar do‘zaxdan 
chiqarilganda kofirlar: "Koshki bizlar ham musulmonlardan bo‘lsak edik", deyishadi". 
 
Ato aytadilar: "Alloh taolo:  
"Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot 
bo‘lur", deb aytgan, ya’ni, kim la-a ilaha illalloh, desa, unga jannatdir.  
 
"Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do‘zaxga tashlanur" (Naml, 
89-90), ya’ni, kim shirk bilan kelsa, u do‘zaxga tashlanadi". 
 
Hasan Basriy  
"Ehson – yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir" (Rahmon, 60), oyati haqida 
aytadilar: "La-a ilaha illallohning mukofoti jannatdir". 
 
637. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamning oldilariga keldi va: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Rabbingiz 
sizga salom yubordi, u Zot aytdiki, nima uchun (sizni) xafa holda ko‘ryapman?" dedi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni qiyomat kunidagi ishini 
fikrlayapman". Jabroil: "Ey Muhammad, kufr ahlining ishinimi yoki Islom ahlining ishini?" 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, ey Jabroil, balki la-a ilaha illalloh 
ahlining ishini aytyapman". Jabroil Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
qo‘llaridan ushlab, Bani Salama qabristoniga olib bordilar. Bir qabrning chetiga o‘ng 
qanotlarini urib: "Allohning izni bilan turgin", dedi. Qabrdagi o‘lik yuzlari oppoq bo‘lib 
turdi va: "La-a ilaha illallohu Muhammadur-Rasullulloh, alhamdulillahi robbil ‘alamin", 
dedi. Jabroil (a.s.) unga: "Qaytgin", dedi. Oldingi holatiga qaytdi. Keyin chap qanotlari 
bilan urdi va: "Alloh izni bilan tur", dedi. Yuzlari qorayib, ko‘zlari ko‘karib ketgan kishi 
turdi. U: "Vah, pushaymon, vah, hasrat, vah, yomon", derdi. Jabroil: "Qayt", dedi. U o‘z 
holatiga qaytdi. So‘ng Jabroil aytdi: "U kalimada o‘lgan insonlar qiyomat kunida mana 
shunday tiriladi". 
 
638. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘liklaringizga la-a ilaha illallohni 
sekin aytib turingiz. Chunki u gunohlarni parchalab tashlaydi". So‘radilarki: "Ey Allohning 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
elchisi, agar uni hayotligida aytsa-chi?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"U (gunohlarni) parchalaydi, parchalaydi". 
 
639. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘limi yaqinlashgan kishilarning 
oldida la-a ilaha illalloh kalimasini aytib turinglar va jannatning xushxabarini beringlar. 
Chunki erkak va ayollarning hakim va olimlariga uzilish vaqtida u qo‘shni bo‘ladi. 
 
Iblis Allohning dushmani ham bandaga eng yaqin joyda, dunyodan uzilayotgan va 
yaxshilarini tark qiladigan vaqtda o‘sha joyda bo‘ladi. Ularni noumid qilmangiz, chunki 
g‘am qattiq. Ish esa ulug‘dir. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, 
Malakul mavtning muolajasi ming marta qilich bilan urgandan qattiqroqdir". 
 
Xabarda rivoyat qilinishicha, bani Isroildan bir kishi boshqalardan ko‘ra ko‘p ibodat qilar 
edi. Yana bir kishi fojir edi. So‘ngra obid o‘ldi va Musoga aytilindiki: "U do‘zaxda". Fojir 
ham o‘ldi, Musoga (a.s.) aytilindiki: "U ahli jannatdir". Muso (a.s.) obidning ayoliga 
aytdilar: "Uning nima amali bor edi?". Xotini: "Sizlarga yashirin emas, u odamlarning 
eng ko‘p ibodat qiluvchirog‘i edi", dedi. Muso (a.s.) aytdilar: "Yana qaysi amali bor edi?" 
Ayoli aytdiki: "Joyiga yotayotganida, Muso keltirgan narsa agar haq bo‘lsa, bizga qanday 
ham yaxshi", deb aytardi. Muso (a.s.) fojirni ayoliga: "Eringning amali nima edi?" 
dedilar. "Odamlarning eng buzg‘unchisi edi", dedi uning xotini. Muso (a.s.) aytdilar: 
"Undan boshqa nima amali bor edi?" Ayol: "Joyiga yotayotgan paytda la-a ilaha illalloh 
Musoga (a.s.) kelgan narsa uchun Alloh taologa hamd-sano bo‘lsin", derdi", dedi. 
 
640. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim la-a ilaha illalloh desa, uning 
og‘zidan ko‘k qush chiqadi. Uning ikki oq qanoti dur va yoqut bilan qoplangan bo‘ladi. 
So‘ngra osmonga ko‘tariladi va undan asalarining tovushi kabi g‘ung‘illash eshitiladi, 
unga: "Jim turgin", deyiladi. So‘ngra u: "Yo‘q, sohibimning gunohi kechirilmaguncha jim 
turmayman", deydi, shunda u aytgan kishining gunohi kechiriladi. So‘ng u qushda 
yetmishta til paydo bo‘lib, qiyomat kunigacha egasining gunohini kechirishini so‘raydi. 
Qiyomat kuni bo‘lsa, u qush keladi va egasining qo‘lidan ushlab, unga jannatni 
ko‘rsatuvchi va yo‘l boshlovchi bo‘ladi". 
 
Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qildi va Musoni (a.s.) qutqardi. 
Muso aytdilar: "Ey Alloh, menga bir amalni dalolat etginki, uni qilsam, Sen menga 
bergan ne’matga shukr qilay. Alloh aytdi: "Ey Muso, la-a ilaha illalloh, deb ayt. Muso 
(a.s.) ziyoda qilishni so‘radilar. Alloh aytdiki: "Ey Muso, agar yetti osmon va yetti yerni 
torozining bir pallasiga qo‘ysang, la-a ilaha illalloh kalimasini bir pallasiga qo‘ysang, 
albatta, la-a ilaha illalloh kalimasi og‘ir keladi". 
 
Mujohid aytadilar: "Uchta narsa borki, uni Alloh taolodan hech narsa to‘solmaydi: La-a 
ilaha illalloh kalimasi, ijobat bo‘lishiga ishongan holda qilingan duo, otaning farzandi 
haqqiga va mazlumning zolimga qarshi qilgan duosi". 
 
641. Bir sahobiydan rivoyat qilindi: "Kim ixlos bilan la-a ilaha illalloh desa, ulug‘lab 
ovozini ko‘tarsa, Alloh uning to‘rt mingta katta gunohini kafforat qiladi". Aytildiki: "Agar 
unda to‘rt mingta gunoh bo‘lmasa-chi?" deb. Aytdilar: "Unda ahli va qo‘shnilarining 
gunohlari kechiriladi". 
 
Faqih aytadilar: Kim yetti kalimani yodlasa, u odam Allohning nazdida ulug‘, 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi 
dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti 
ham yaxshi holda bo‘ladi. 
1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa. 
2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa. 
3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin 
astag‘furulloh, desa. 
4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa. 
5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil 
azim, desa. 
6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi 
roji’un, desa. 
7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa. 
 
642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan 
(r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, – 
dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib 
bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan 
holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar". 
 
643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha 
illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi". 
 
644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning 
dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi". 
 
645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga 
buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib, 
ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga 
buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh 
ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va 
bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va 
xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan 
qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va 
yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr 
bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar". 
 
646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa, 
jannatga kiradi". 
 
Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos 
bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy 
emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan 
narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin. 
 
Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi 
ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga – muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy 
berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga 
berilgan narsada tadbir yo‘qdir. 
 
647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi 
aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning 
kalitidir", deyilgan. 
 
Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari 
bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til, 
hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va 
gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir". 
 
648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan, 
do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi 
vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki 
yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a 
ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot. 
 
649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib 
ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan 
oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi. 
"Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan 
najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.). 
 
_____________ 
"La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari 
 
632-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
633-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. 
634-hadis. Juda zaif. “Al-mezon”ga qarang. 
635-hadis. Juda zaif. Abu Na’im “Sifatul-junna”da keltirgan. 
636-hadis. Sahih. Imom Buxoriy rivoyat qilgan. 
637-hadis. Sanadi topilmadi. 
638-hadis. Avvalgi jumlasi sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
639-hadis. Zaif. Abu Na’im “Al-hulya”da keltirgan. 
640-hadis. Ibn Javziy shunga o‘xshagan hadisni “Mavzu’ot”ga kiritgan. 
641-hadis. Botil. Daylamiy rivoyat qilgan. 
642-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 
643-hadis. “Kanzul ‘ummol”da keltirilgan. 
644-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
645-hadis. Zaif. Abd ibn Hamid rivoyat qilgan. Oxiri sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
646-hadis. Sahih. 642-hadisning izohiga qarang. 
647-hadis. Zaif. 
648-hadis. Sanadida bir zaiflik bor. Ahmad rivoyat qilgan. 
649-hadis. Sahih marfu’. Ibn Mojja rivoyati. Hokim sahih sanagan.
 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling