Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
“Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ey Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!”
- “Aniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar”
- “Xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi. Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach (shayton unga): “Albatta men sendan
- “Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va har giz sizlarni
- Shayton adovat va hiylalari bobi hadislari
- “Qachon birovlarga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar”
- “Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz”
- “O‘g‘ri erkakning ham, o‘g‘ri ayolning ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun, Alloh tomonidan azob bo‘lsin uchun qo‘llarini kesinglar”
- “Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar”
- “Har bir jon o‘limni totuvchidir”
- “Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil, albatta, mana shu ishlaring maqsadga muvofiqdir”
- “Albatta quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur, (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har narsasi uchun kishi qiyomat
- “Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning
- “Toki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato qilgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar”
“Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldlaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelaman va ularning ko‘plarini shukr qilgan hollarida topmaysan” (A’rof, 1617-oyatlar). Boshqa bir oyatlarda aytadi: “Ey Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!” (A’rof, 27-oyat), “Shayton sizlarni (agar in’om-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi” (Baqara, 268-oyat); “Aniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar” (Fotir, 6- oyat). Alloh taolo shayton Odam farzandlari uchun dush man ekanini bayon qildi va u ularni Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 369 adashtirishni, o‘zi bilan birga do‘zaxga tushirishni xohlashini bildirdi. Aqlli kishi u bilan kurashda o‘zini undan xalos qilish uchun jiddu jahd qilmog‘i vojib. Chunki shayton mo‘minlar uchun ochiq dushmandir. Mo‘min kishining shaytondan boshqa dushmanlari ham bordir. 953. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min beshta kulfat orasida: bir mo‘min unga hasad qiladi, munofiq uni yomon ko‘radi, dushman u bilan urishadi, shayton uni adashtiradi, nafsi uni sargardon qiladi”. Bas, musulmon kishi Allohdan dushmanlariga qarshi yordam va quvvat hamda o‘zi yaxshi ko‘radigan, rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq qilishini so‘ramog‘i lozim. Bu ishlarning hammasi Alloh taolo muyassar qilgan kishiga yengildir. Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: “Muso alayhissalom bir majlisda o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi. Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Men iblisman”, dedi u. Muso aytdilar: “Bu yerga kelishing sababi nima?” “Sizga salom berish uchun keldim, chunki Alloh taolo huzurida martabangiz bor”. Muso: “Bu do‘ppi nima uchun?” deb so‘radilar keyin. Iblis: “U bilan Odam bolalarining qalblarini ushlayman”, dedi. Muso aytdilar: “Menga xabarini ayt-chi, Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?”. Iblis: “Nafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman”, deb javob berdi. Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad (s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen kimsan?” “Men shaytonman”. “Nima uchun kelding?” deb so‘radilar keyin. “Alloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va savollaringizga javob berishimni buyurdi”, dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?” Iblis javob qildi: O‘n beshta: birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi, sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi, to‘qqizinchisi, haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam, o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi, Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar uxlaganida, ibodat qiluvchi odam”. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatim ichida nechta do‘sting bor?” Iblis javob berdi: “O‘nta. Birinchisi, zolim podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir”. 954. Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): “Kim uni fitnaga sola Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 370 oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti”, dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: “Men uni fitnaga solaman”. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman”, dedi. Iblis aytdi: “U seniki”. Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: “Qizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi”. So‘ng qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: “Qizingiz tuzalishini xohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar”, dedi. Qizni tashlab kelish uchun qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay, u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: “Sen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi”, dedi. Rohib turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: “U tuzalib, uyiga ketdi”, deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi). Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: “Rohib unga qo‘shildi, u homilador bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi”. Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan vaqtda shayton kelib: “O‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb aytaman. Ular menga ishonishadi”, dedi. Rohib aytdi: “Bu holatda qanday sajda qilaman?” Shayton: “Boshing bilan imo qilsang ham, roziman”, dedi. Rohib unga sajda qildi. So‘ngra shayton unga: “Men sendan bezorman”, dedi. Alloh bu haqda aytadi: “Xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi. Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach (shayton unga): “Albatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqaman”, dedi. Bas, ikkisining (shayton va uni so‘ziga kirib kofir bo‘lgan insonning) oqibati do‘zaxga kirib, unda mangu qolish bo‘ldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir” (Hashr, 16 17-oyatlar). Faqih aytadilar: “Bandaning to‘rtta dushmani bor va ularning hammasi bilan kurashmoqqa banda muhtojdir: 1. Dunyo. U aldamchi va makkordir. Alloh taolo aytadi: “Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va har giz sizlarni g‘urur (ya’ni, shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33-oyat). 2. Nafs. U dushmanlarning eng yomonidir. 3. Shayton. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 371 5. Shaytoniy insonlar. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. U jin shaytonidan yomonroqdir. Chunki jin shaytonining aziyati vasvasa bilan bo‘ladi, shaytoniy odam esa, u eng yomon do‘st, uning aziyati har qadamda ro‘baro‘ kelib turadi. U doimo bandani to‘g‘ri yo‘lidan chalg‘itish payida bo‘ladi”. 955. Shaddod ibn Avs (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ziyrak kishi nafsini hisobkitob qilib, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilgan kishidir”. Ya’ni dunyoda o‘z nafsi bilan hisoblashadi va o‘limdan keyin foydalanish uchun amal qiladi. «Fojir esa havoyi nafsiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni umid qilgan kishidir». Iso ibn Maryam (alayhissalom) aytadilar: “Kimning qanday halok bo‘lishi ajablanarli emas, ajablanarlisi, kishi qanday qilib najot topganidir”. Ya’ni, jannat nafs yoqtirmagan narsalar bilan, do‘zax esa, shahvatlar bilan o‘ralgan. Har bir bandada uni vasvasa qiladigan shayton va yaxshi ishlarga ilhomlantiradigan farishta bor. Shayton ziynatlash va aldashda davomli bo‘lsa, farishta undan qaytarishga va yaxshilikka ilhomlantirishga harakat qiladi. Nafs qaysi tarafda bo‘lsa, o‘shanisi g‘olib bo‘ladi””. __________________ Shayton adovat va hiylalari bobi hadislari 951-hadis. Muttafaqun alayh. 952-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 953-a-hadis. Ibn Lol rivoyat qilgan. 953-b-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan. 954-hadis. Sahih-mavquf. Abn Abud Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 955-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. TO‘QSONINCHI BOB RIZO Faqih aytadilar. Maymun ibn Mahron dedilar: ”Umar ibn Abdulaziz (r.a.) menga har oyda ikki marta kelib turishimni buyurdilar. Bir kuni u kishining oldlariga keldim. U kishi devorning ustidan qarab turgan ekanlar. Eshikka yetmasimdan kirishga ruxsat berdilar. Uyga kirganimda, sholchalari ustida o‘tirgan edilar. Sholchaga teng keladigan supacha bor edi. U kishi ko‘ylaklarini yamab turardilar. Salom berdim, alik oldilar. Meni darrov supachaga o‘tkazdilar, keyin amirlarimizdan, mirshablarimizning ishlaridan, tartibni saqlovchilarimizdan, qamoqxonalarimizdan va narx-navolardan, so‘ng o‘zimdan hol- ahvol so‘radilar. Keyin ketmoqchi bo‘lib o‘rnimdan turayotganimda: “Ey Mo‘minlarning amiri, uyingizda siz uchun bu ishni qiladigan biror kishi yo‘qmi?” deb so‘radim. Aytdilar: “Ey Maymun, senga qorning to‘yadigan miqdordagi mol-dunyo kifoya qiladi. Biz bugun bu yerda bo‘lsak, ertaga boshqa joydamiz”. So‘ng uydan chiqdim”. Alloh taoloning ushbu: “Qachon birovlarga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar” (Nahl, 58-oyat), degan so‘zi haqida Qatoda aytadilar: “Bu ish arab mushriklarining ishlaridan edi. Alloh taolo ularning qilayotgan ishlari yomonligining xabarini berdi. Ammo mo‘min kishi Alloh unga nima narsani qismat qilgan bo‘lsa, shunga rozi bo‘lmog‘i munosibdir. Alloh taoloning mo‘minga taqdir qilgan narsasi kishi o‘ziga qilgan narsasidan yaxshidir. Ey Odam bolasi, Alloh taoloning yomon ko‘rgan narsangni senga taqdir qilishi yaxshi ko‘rib qilgan narsangdan yaxshidir. Allohga taqvo qil va Uning hukmiga rozi bo‘l”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 372 Faqih aytadilar: Qatodaning so‘zi Allohning ushbu so‘ziga muvofiq keladi: “Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz” (Baqara, 216-oyat), ya’ni, sizlarga taqdir qilingan narsaga rozi bo‘linglar, zero, sizlar nafsingizni nima isloh qilishini bilmaysizlar. Hakimlardan biri aytadi: “Manzil to‘rtta: dunyoda yashaymiz; qabrda yotamiz; mahshargohda to‘planamiz; yaratilishimiz sababi bo‘lgan abadiyatga qaytamiz. Dunyoda yashashimiz hojilarning ovqatlanishiga o‘xshaydi, ular xotirjam o‘tirmaydilar, ulovlaridan yuklarini tushirmaydilar, chunki bu manzildan tezda o‘tib ketishlari kerak. Qabrda yotishimiz karvonsaroyga tushishlariga o‘xshaydi. Hojilar u yerda yuklarini tushiradilar, bir-ikki kun dam oladilar, so‘ng jo‘nab ketadilar. Mahsharga to‘planishimiz hojilarning Makkada to‘planishiga o‘xshaydi. Ular haj ruknlarini bajaradilar, So‘ng o‘ng va chap tomonlarga ajralib ketadilar. Shuningdek, qiyomat kuni ham hisob-kitobdan keyin bir firqalari jannatga, bir firqalari do‘zaxga ajraladi”. Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Yetti yuzta olimdan beshta narsa to‘g‘risida so‘radim. Ularning javoblari bir xil bo‘ldi. “Oqil kim?” deb so‘radim. “Oqil dunyoni yaxshi ko‘rmagan kishidir”, deyishdi. “Ziyrak kim?” deb so‘radim. “Dunyoga aldanib qolmagan kishi”, deyishdi. “Boy kim?” deb so‘radim. “Allohning taqsimotiga rozi bo‘lgan kishi”, deyishdi. “Kambag‘al kim?” deb so‘radim. “Qalbi to‘ymaydigan kishi”, deyishdi. “Baxil kim?” deb so‘radim. “Molidan Allohning haqqini (ya’ni, zakotni) bermaydigan kishi”, deyishdi”. Aytdilarki, Alloh bandaga uch narsada g‘azab qiladi: 1. Alloh taolo buyurgan ishni nuqsonli qilsa. 2. Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘lmasa. 3. Bir narsani so‘rab, so‘ng unga yetisholmay, Rabbiga g‘azab qilganida. Ba’zi hakimlar aytadi: “Allohning: “O‘g‘ri erkakning ham, o‘g‘ri ayolning ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun, Alloh tomonidan azob bo‘lsin uchun qo‘llarini kesinglar” (Moida, 38-oyat), degan so‘zi haqida faqihlar deydilar: “Kim o‘n dirham o‘g‘irlasa, uning qo‘li kesiladi. Mo‘min kishining qo‘li o‘n dirhamning hurmatidan emas, balki ikki ish sababidan kesiladi: musulmonlar hurmatini oyoq-osti qilgani va Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lmagani uchun. U boshqaning moliga ko‘z olaytirdi. Alloh taolo uning qo‘lini qilgan ishi sababli jazo sifatida va boshqa Allohning taqsimotiga rozi bo'lmaydiganlarga ibrat uchun kesishga buyurdi”. Mo‘min kishi Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lishi lozim. Chunki Alloh o‘lchab bergan narsaga rozi bo‘lish payg‘ambarlar va solihlarning xulqlaridandir. Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U zot (r.a.) aytdilar: “O‘n ikkita narsa payg‘ambarlarning xislatlaridandir: 1. Allohning va’dasiga ishonish. 2. Odamlardan umid qilmaslik. 3. Shaytonga dushmanlik qilish. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 373 4. Nafsning amri ustiga boshqanikini qabul etish. 5. Maxluqotlarga mehr-shafqat ko‘rsatish. 6. Xalqning musibatiga sherik bo‘lish. 7. Jannatga ishonish, ya’ni, agar amal qilsa, Alloh amalining savobini zoe’ ketkazmasligiga qat’iy ishonish. 8. Haqiqat ro‘parasida mutavoze’ bo‘lish. 9. Adovat o‘rinlarida ham nasihatni tark qilmaslik. 10. Kambag‘allikni dastmoya qilish, ya’ni, ortiqcha molni ushlab turmasdan, faqirlarga ishlatish. 11. Doimo tahoratli yurish. 12. Dunyoning narsasiga ega bo‘lganda, quvonmaslik, shuningdek, u narsa qo‘ldan ketganda, g‘am yemaslik”. Ulamolarning ba’zilari aytadi: “Zohidlarning mashg‘uloti o‘nta narsa: 1. Shaytonga dushmanlik qilishni vojib bilish. Alloh taolo aytadi: “Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar” (Fotir, 16- oyat). 2. Faqat jannat uchun amal qilish, ya’ni, zohidlar amalni faqat hujjat sobit bo‘lgandan keyin qiladi. Alloh taolo bu haqda aytadi: “Ayting ( ey Muhammad): “Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, hujjat keltiring” (Baqara, 111-oyat). 3. O‘lim uchun tayyorlanish. Alloh taolo aytadi: “Har bir jon o‘limni totuvchidir” (Oli Imron, 185-oyat). 4. Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish. Allohning bu haqda so‘zi bor: “Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chizig‘idan chiqqan kimsalar bilan, garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘g‘illari, yoki og‘a-inilari, yoki qarindosh urug‘lari bo‘lsalar-da, do‘stlashayotganlarini topmassiz. Ana o‘shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo‘ygandir” (Mujodala, 22-oyat), ya’ni, kim mo‘min bo‘lsa, Allohning amriga muxolif keladigan odam bilan do‘st bo‘lmaydi, garchi u otasi, o‘g‘li yo akasi yoki qarindoshlari bo‘lsa ham. 5. Yaxshi ishlarga buyurib, yomon narsalardan qaytarish. Alloh taolo bu haqda aytgan: “Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil, albatta, mana shu ishlaring maqsadga muvofiqdir” (Luqmon, 17-oyat). 6. Allohning amrlari haqida tafakkur qilib, ibrat olish. Alloh taolo aytadiki: “Osmonlar va yerning yaratilishi haqida fikr qiladilar” (Oli Imron, 191-oyat). “Bas, ey aql egalari, ibrat olingiz” (Hashr, 2-oyat). 7. Alloh rozi bo‘lmaydigan ishlarni fikrlashdan qalbni tiyish. Alloh bu haqda aytadi: “Albatta quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur, (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har narsasi uchun kishi qiyomat Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 374 kunida javob beradi)” (Isro, 36-oyat). 8. Allohning makridan xotirjam bo‘lmaslik. Alloh taolo aytadi: “Bas, Allohning “makridan” faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur” (A’rof, 99-oyat). 9. Allohning rahmatidan umid uzmaslik. Alloh aytadiki: “Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir” (Zumar, 53-oyat). 10. Alloh bergan dunyoviy narsalarga xursand bo‘lmaslik va qo‘lidan ketgan narsaga xafa bo‘lmaslik. Alloh taolo bu haqda deydi: “Toki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato qilgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar” (Hadid, 23-oyat). Chunki banda yaxshilik yo‘qotilgan narsadami yoki topilganda, bilmaydi. Shuning uchun ikki holatga ham birdek bo‘lish lozim. Mo‘minning misoli doim bir xil turadigan o‘simlikka o‘xshaydi. U issiqda ham, sovuqda ham bahordagidek yashnab turadi. Munofiq esa, sal sovuq tushsa, qovjirab qoladigan gulga o‘xshaydi, unga kichkinagina ofat kelsa ham, ahvoli o‘zgaradi. Mo‘minning holati yengillik va qiyinchilik paytlarida bir xil bo‘ladi. U hamisha Allohning taqsimotiga rozi bo‘ladi. Ammo munofiq Alloh o‘lchab bergan narsaga rozi bo‘lmaydi. Ne’mat bor paytida haddidan oshadi, qiyinchilik vaqtida betoqatlik qiladi. Mo‘min odam payg‘ambarlar va zohidlarning fe’llariga ergashmog‘i, kofir va munofiq kimsalar ishiga ergashmasligi lozim. Tavfiq Allohdandir. TO‘QSON BIRINCHI BOB MAV’IZA 956. Faqih rivoyat qiladilar. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga asrdan keyin, quyosh botmasidan oldin xutba qildilar. Bu xutbani yodlaganlar yodladi, unutganlar unutdi. Aytdilarki: “Ogoh bo‘linglar, dunyo yaxshi, shirin, Alloh sizlarni bunda xalifa qilib qo‘ydi va U zot nima qilishlaringizni kuzatuvchidir. Ogoh bo‘linglar, dunyodan taqvo qilinglar, xotinlaringdan ham taqvo qilinglar. Odam bolalari turli tabaqalarda yaratildi. Ulardan qaysi birlari mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib yashaydi va mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ulardan yana biri mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib yashaydi, kofir bo‘lib o‘ladi. Yana ulardan biri kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi va kofir bo‘lib o‘ladi. Yana bir toifasi kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi, mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ogoh bo‘linglar, g‘azab cho‘g‘dir. U odam bolasi qalbini yondiradi. G‘azab kelganida, ikSSki ko‘zning qizarganini, yuzlarning shishib ketganini ko‘rmaysizlarmi? Kimning g‘azabi kelsa, o‘tirib olsin. Ogoh bo‘linglar, albatta, kishilarning yaxshisi g‘azabi sekin kelib, tez ketadigan kishidir. Agar g‘azabi tez kelib, tez ketsa ikkovi tengdir. Ogoh bo‘linglar, kishilarning yomoni g‘azabi tez kelib, sekin ketadigan kishidir. Agar g‘azab sekin kelib, sekin ketsa, ikkalasi barobardir. Ogoh bo‘linglar, savdogarlarning yaxshisi olishi ham, sotishi ham chiroyli bo‘lganidir. Agar olishi chiroyli, sotishi yomon bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglarki, savdogarlarning yomoni olishi ham, sotishi ham Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 375 yomon bo‘lganidir. Agar olishi yomon bo‘lib, sotishi chiroyli bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglar, har bir va’dasini buzuvchining bayrog‘i bo‘ladi. U qiyomat kuni shu bayrog‘i bilan bilinadi. Ogoh bo‘linglar, agar boshliq va’dasini buzsa, va’dani buzuvchilarning katta si o‘sha bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar, jihodning afzali zolim podshoh oldida haq so‘zni aytishdir. Ogoh bo‘linglar, sizlarning birontalaringizni odamlardan qo‘rqish, haq gapni ko‘rgan yoki bilgan bo‘lsa, uni aytishdan to‘sib qo‘ymasin. Garchi quyosh mag‘ribdan chiqqan bo‘lsa ham. Ogoh bo‘linglar, dunyoning umri mana shu quyosh botishigacha bo‘lgan vaqt miqdorida qoldi”. 957. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Biz Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga Hunayn jangida ishtirok qildik. Payg‘ambar (s.a.v.) Islom da’vosida bo‘lgan bir kishi haqida: “Bu do‘zax ahlidan”, dedilar. Ammo o‘sha kishi urush boshlanganida qattiq urushdi. Sahobalardan biri Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: “Ey Rasululloh, siz do‘zax ahli degan kishini ko‘rdim. Allohga qasamki, u Alloh yo‘lida qattiq jang qilyapti”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q, u do‘zax ahlidandir”. Ba’zilar bu gapga shubha qilishdi. Shu orada u odam qattiq jarohat yedi. U qo‘li bilan o‘qdondan bir o‘q oldi. So‘ng munkar gaplarni gapirib, o‘zini o‘ldirdi. Sahobalar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga shoshilib kelib: “Ey Rasululloh, sizning gapingizni Alloh to‘g‘ri qildi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Tur, ey falonchi, jannatga faqat mo‘min kiradi”, deb nido qil. Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi). Ko‘p namoz, ko‘p ro‘zaning e’tibori yo‘q. Albatta ishning oxiriga qaraladi”. 958. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Sizlarning yaralishingiz ona qornida qirq kun nutfa holida jamlanadi. Keyin qirq kun laxta qon bo‘ladi. So‘ng qirq kun homila holida bo‘ladi, so‘ng Alloh taolo unga bir farishtani to‘rt kalima bilan yuboradi. Unga: “Uning ajalini, umrini, amalini, rizqini, baxtsiz yoki baxtli bo‘lishini yoz”, deb aytiladi. Bir kishi ahli jannat amallarini qiladi, hattoki u bilan jannat orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ngra unga yozilgan narsa yetadi va u ahli do‘zax ning amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng do‘zaxga kiradi. Yana biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi, hattoki, u bilan do‘zax orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ng unga yozilgan narsa yetadi va u jannat ahli amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng jannatga kiradi”. Bu hadis yuqoridagi “Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi)” hadisiga muvofiqdir. Har bir musulmon Alloh taolodan umrining oxirini xayrli qilishini so‘rab, duo qilishi vojibdir. Chunki iymon boy berilishidan eng ko‘p qo‘rqiladigan vaqt jon chiqar vaqtidir. Yahyo ibn Maoz Roziy (r.a.) aytadilar: “Parvardigoro, mening xursandchiligim meni iymon bilan mukarram qilishing bilandir. Uni mendan olib qo‘yishingdan qo‘rqaman. Modomiki, bu xavf men bilan birga ekan, uni qalbimdan sug‘urib olmasligingga umid qilaman”. Abul Qosim Hakimdan: “Bandadan iymonni oladigan gunoh bormi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Gunohlardan uchtasi bandadan iymonni oladi: 1. Unga iymon berib, ikrom qilgani uchun Allohga shukr etmaslik. 2. Undan iymonning ketmog‘idan qo‘rqmaslik. 3. Islom ahliga zulm qilish”. Hasan Basriydan rivoyat qiladilar. Aytdilar: “Kishi do‘zaxda ming yil azoblanadi. So‘ng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling