Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh 
taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib 
yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan 
xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi". 
 
528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh 
titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan 
joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga 
jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman". 
 
____________ 
Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari 
 
516-hadis. Juda zaif. 
517-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang. 
518-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang. 
519-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan.  
520-hadis. Zaif. Buxoriy “Adabul-mufrad”da rivoyat qilgan. 
521-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
522-hadis. Zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
523-hadis. Zaif. Ibn Adiy rivoyat qilgan. 
524-hadis. Muttafaqun alayh. 
525-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
526-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
527-hadis. Zaif. 
528-hadis. Zaif. 523-hadisning izohiga qarang.
 
 
 
QIRQ BESHINCHI BOB 
ZINO HAQIDA 
 
529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki 
kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning 
kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi – u ilmliroq edi – aytdi: "Ha, Allohning rasuli, 
o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar. 
"O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, – dedi u, – uning xotini bilan zino qilib 
qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga 
yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz 
darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning 
jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida 
bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman. 
Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun 
qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga 
xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof 
etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi". 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak, 
zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz 
darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida 
sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni) 
botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir. 
Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa, 
qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
Alloh taolo keyin aytyaptiki: "Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi 
bo‘lsangizlar", ya’ni, Allohning birligiga va qiyomat kuniga ishonsanglar, "hadni 
botil qilmanglar". "Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar"
(Nur, 2) ya’ni, zinokorni urayotganda mo‘minlardan bir toifasi hozir bo‘lsin. 
 
Albatta, hadni urilayotganda, odamlar kelishsa, ularga azob ziyodalashadi. Chunki 
qavmning oldida uyalishadi va bu ham ularni zinodan qaytaradi. Bunday had urish eri 
yoki xotini bo‘lmagan zinokorlarga uchundir. 
 
Ammo muhsan, ya’ni, turmushi mavjud holatda zino qilsa, ularning haddi toshbo‘ron 
qilishlikdir. 
 
530. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Moiz ibn Molikni toshbo‘ron qildirganlar. 
 
531. Rivoyat qilinishicha, bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, 
zino etganini aytdi. U o‘shanda homilador edi. U zot ayolga qaytishni, homilasini 
tuqqanidan keyin kelish buyurdilar. Homilasini tuqqandan keyin ayol keldi. Uni 
toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi. 
 
Bilingki, zinoning haddi Islomning avvalida ayblamoq va etiklar bilan urmoq edi. Alloh 
taolo aytadi: 
"Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni – zinoni, "...ularning 
ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch 
qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir" (Niso, 16). 
 
Agar zinokor ayol muhsan bo‘lmasa, ya’ni, beva bo‘lsa, erkakning ham xotini bo‘lmasa, 
yuqorida aytib o‘tganimizdek, erkakning haddi darra va surgun, xotinning haddi esa, to 
o‘lgunicha uyga qamab qo‘yish edi. Alloh taoloning so‘zi shunday: 
"Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida 
o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to 
bu ayollarga o‘lim kelgunicha yoki Alloh biron yo‘lga solgunicha ularni uylarda 
saqlangiz" (Niso, 15). 
 
Bu hukm Islomning avvalida, hadlar tushmasdan oldin edi. Keyin bu oyat Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bilan nasx (bekor) bo‘ldi: 
 
532. "Mendan olinglar, mendan olinglar. Alloh u ayollarga bir yo‘l qildi. Bikr bikr bilan 
zino qilsa, yuz darra va bir yil surgun, tul tul bilan zino qilsa, yuz darra va toshbo‘ron 
qilish". 
 
Bu ikki hukm Qur’on bilan emas, sunnat bilan joriy bo‘lgan. Bu hadisda xotinlarning zikri 
bilan xotinlar va erkaklarga ishora qilindi. Boshqa oyatda erkaklarning zikri bilan 
erkaklar va xotinlar ishora qilingan edi. Keyinchalik bir yillik surgun bikrning 
(bo‘ydoqning) haqqidan o‘chirildi va muhsan xotinning haqqidan darra urish tushirildi. 
Surgun qilish haddi ushbu oyat bilan nasx qilindi: "Zinokor xotin va zinokor 
erkakning har birini yuz darradan uringlar" (Nur, 2). Muhsan ayolni darra urish 
Mo’izning, Fomidiya voqeasidagi ayolning hamda zinoga iqror bo‘lgan kishining hadislari 
bilan nasx qilindi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
Ulamolarimiz aytishadi: Surgun qilishdan o‘sha yerdan haydashni iroda etsalar, bunday 
qilish oyat bilan nasx qilingan. Agar surgundan qamashni va qamoqda ushlashni murod 
etsalar, bu ish hukmdir. Chunki maqsad yomonlikni kesish. Zoniyning yomonligi surgun 
bilan kesilmaydi. 
 
Bu hukm zinoning dunyodagi haddidir. Bu had ularga bu dunyoda qoim qilinmasa, 
oxiratda qilinadi va oxirat azobi dunyo azobidan qattiqroq va uzoqroqdir. Bas, zinodan 
hazar qilinglar, zino katta gunohdir. 
 
Alloh taolo aytadi: 
"Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar, 
zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning 
g‘azabiga duchor qiladi. U shunday "eng yomon yo‘ldir" (Isro, 32). Naqadar 
yomon yo‘l! Zinokorlar bu yo‘lni tutib do‘zaxga boryaptilar. 
 
Alloh taolo aytadi: 
"Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz" (An’om, 
151). "Oshkorasi", ya’ni, kattasi – zino, "...va maxfiysi", ya’ni, o‘pishlik, silash-siypash, 
hammasi zinodir. 
 
533. Xabarda kelganidek: "Ikki qo‘l zino qiladi, ikki ko‘z zino qiladi". 
 
Alloh taolo aytadi: 
"(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga 
tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar. Mana shu ular 
uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan 
xabardordir. Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga 
tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar hamda ko‘rinib 
turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-
ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar" (Nur, 30-31). 
 
Alloh taolo ayollarga va erkaklarga ko‘zlarini haromdan to‘sishni va avratlarini haromdan 
saqlashni buyurdi. 
 
Alloh taolo zinoni Tavrotda, Zaburda, Injil va Furqonning ko‘p oyatlarida harom qilgan. U 
katta gunohdir, u bilan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo‘ladi, nasablar aralashib 
ketadi. 
 
Rivoyat qilinishicha, Ja’far ibn Abu Tolib (r.a.): "Hurmatimni toptashlari menga 
yoqmaydi, mening o‘zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar. 
o‘zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar. 
 
Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, 
uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda. 
 
Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan 
mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni 
Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan. 
 
534. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mana bu olovlaringiz jahannam 
olovining yetmishdan bir bo‘lagidir". 
 
535. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga: 
"Menga do‘zaxni sifatlab ber", dedilar. Jabroil aytdilar: "Ey Muhammad, qop-qorong‘u, 
zulmat, agar ignaning teshigidek teshik ochilsa, so‘zsiz yer yuzidagi hamma narsa kuyib 
ketadi. Agar do‘zax kiyimining bittasi osmon va yer orasida osib qo‘yilsa, yer ahli uning 
sassiqligidan o‘lib ketadi. Agar zaqqumdan bir tomchi yerga tashlansa, yer ahlining 
butun hayoti buzilib ketadi. Agar Allohning kitobida zikr qilingan o‘n sakkizta farishtaning 
bittasi yer ahliga ko‘rsatilsa, uning badbasharaligidan va a’zolarining har xilligidan yer 
ahli hammasi o‘lib ketadi. Agar Alloh taolo kitobida zikri kelgan zanjirlarning bir 
bo‘lakchasi yerga tashlansa, yerning eng pastigacha buzib yuboradi, keyin uni tiklash 
mumkin bo‘lmaydi". So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, yetadi", 
deb yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Ey Jabroil, sen nega yig‘layapsan, Alloh huzurida sening joying bor-ku?" deb. Jabroil 
alayhissalom aytdilar: "Ey Muhammad, men Allohning oldida bo‘lganim bilan Horut va 
Morutni yoki mal’un iblisni imtihon qilgani kabi meni ham imtihon qilmasligiga ishonchim 
yo‘q". 
 
Jabroil (a.s.) Rabbi oldidagi shuncha hurmati bilan yig‘lab tursa, gunohkorlar qanday 
yig‘lamasinlar?! Bas, hayotingiz, sihatingiz sizni aldab qo‘ymasin, chunki bu dunyo 
o‘tkinchi, ammo uning azobi uzoqdir. Zinodan hazar qiling. Chunki u g‘azab va alamli 
azobni keltiradi. Zinoning yomoni unda davomli bo‘lishdir. Chunki unday odam xotinini 
taloq qiladi. Lekin xotini bilan haromda turaveradi, chunki odamlar oldida 
sharmandalikdan qo‘rqib, iqror bo‘lmaydi. Endi, qanday qilib, oxirat kunida, sirlar oshkor 
qilinganda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqmaydi. O‘sha kundagi sharmandalikdan qo‘rq, 
zinodan saqlan, unda davom etma, chunki senda Allohning azobiga toqat yo‘qdir. 
Allohga tavba qil, chunki Alloh taolo bandalaridan tavbalarni qabul qiluvchi zotdir. 
O‘limdan keyingi pushaymon va tavbalar foyda bermaydi. Tavba va pushaymonni 
tirikligingda qilsang, foyda beradi. 
 
Alloh taolo avratlarini saqlagan mo‘minlarni maqtab, najot va xursandchilikning 
bashoratini beradi. Alloh aytadiki: 
"Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l 
ostidagilardangina (saqlamaydilar), ular malomat qilinmaslar. Endi kim 
shundan o‘zgani istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchilardir" (Mo‘minlar, 
5–7). 
 
Avratni saqlash haromdan pok tutishdir. "Magar o‘z jufti halollaridan", ya’ni, xotinlaridan 
tiymaydilar "yoki qo‘l ostidagilardan", ya’ni, qo‘l ostida turgan cho‘rilaridan ham 
tiymaydilar. Bu oyat erkaklar uchun xosdir, "yoki qo‘l ostidagilardan (saqlamaydilar)" 
jumlasi ayollarga tegishli emas. "Ular malomat qilinmaslar", ya’ni, avratini xotini va 
cho‘risidan boshqalardan saqlash bilan malomat qilinmaslar. Malomat qilinadigan vaqti 
ham bor: Hayz va nifos holatida saqlamasalar, chunki u man’ qilingan. Endi kim 
shundan o‘zgani istasa, ya’ni, xotini va qo‘l ostidagi cho‘risidan boshqalarni talab etsa, 
"ana o‘shalar haddan oshguvchilardir". 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
 
Bu yerda qo‘l bilan shahvatni qondirishning haromligigacha dalil bor. Bu so‘zlar 
ulomalarning so‘zlari. Jurayj aytadilar: "Atodan shu ish haqida so‘ragan edim, makruh, 
dedi. Bir qavm qiyomat kuni qo‘llarida homilalari bilan to‘planishini eshitdim va o‘shalar 
deb gumon qildim". 
 
Said ibn Jubayr aytadilar: "Zakarlari bilan o‘ynaydigan ummatni Alloh azoblaydi". 
 
Boshqa oyatda ham: "Ular o‘z avratlarini saqlovchilardir, magar o‘z jufti halollardan va 
qo‘l ostidagilardan", deydi. 
 
Bu ikkisi (jufti halol va cho‘rilar)ning sanalishi er bilan erning qo‘shilishi, istimno 
(onanizm) va boshqalar harom ekaniga dalildir. 
 
Demak, bu ikkisidan keyin ham avratlarini saqlay olmasa, u Alloh belgilab bergan 
haddan oshuvchi zolimdir, gunohkordir. Qaysi bir musulmon zino etgan bo‘lsa, tavba 
qilmog‘i va odamlarni bu ishdan qaytarmog‘i vojibdir. Chunki qay joyda bu ish ko‘payib, 
odamlar unga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, Alloh ularni vabo bilan balolaydi. 
 
Ibn Abbosga (r.a.) Ka’bul Ahbor (r.a.) aytdilar: "Agar qilichlar yalang‘ochlanganini 
ko‘rsanglar, qonlar oqsa, bilinglarki, Allohning hukmi ularni halok qilibdi, Alloh taolo bir-
birlari bilan ulardan intiqom olayotir. Agar yomg‘ir yog‘mayotganini ko‘rsanglar, 
bilinglarki, odamlar zakot bermay qo‘yganlar. Alloh ham ularga yomg‘ir bermay qo‘ygan. 
Agar vabo tarqalganini ko‘rsanglar, bilinglarki, u yerda zino tarqalgandir". 
 
536. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim ustida Lut qavmining 
amalidan qo‘rqqanchalik qo‘rqmayman". 
 
537. Ibn Abbos (a.s.) aytadilar: "Lut qavmi amalini qilayotgan kishilarni ko‘rsanglar, 
foilni ham maf’ulni ham, ya’ni, ikkisini ham, o‘ldiringlar. Kim hayvonga yaqinlik qilgan 
bo‘lsa, u bilan birga hayvonni ham o‘ldiringlar". 
 
Aytishlaricha, to‘rt amal bilan arsh larzaga keladi va Alloh g‘azablanadi: Nohaq birovni 
o‘ldirsa; fosiqni maqtasa; erkak erkak bilan aloqa qilsa; ayol ayol bilan aloqa qilsa. 
 
538. Xabarda keladi: "Agar lo‘ttivoz dengizda cho‘milsa ham, tavba qilmasa, pok 
bo‘lmaydi". 
 
Jufti halollardan va cho‘rilardan boshqalarga qo‘shilish haromdir. 
 
539. "Qur’on harom qilganini halol sanagan odam unga imon keltirmabdi". 
 
___________ 
Zino bobi hadislari 
 
529-hadis. Muttafaqun alayh.  
530-hadis. Muttafaqun alayh. 
531-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
532-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
533-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 
534-hadis. Muttafaqun alayh. 
535-hadis. Izohi yo‘q. 
536-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
537-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
538-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan. 
539-hadis. Zaif. Termiziy uning isnodini zaif degan.
 
 
 
QIRQ OLTINCHI BOB 
RIBO YEYISH HAQIDA 
 
540. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu 
alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Isro kechasi yettinchi osmonda boshim ustida 
momaqaldiroq bilan qichqiriqni eshitdim. Chaqmoqni va qorinlari oldilarida uy kabi katta 
bo‘lib osilib yotgan kishilarni ko‘rdim. Ichlarida ilonlar bo‘lib, tashqarisidan ko‘rinadi. 
Shunda: "Ey Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. "Ular ribo yeydigan sudxo‘r kishilardir", 
dedi u". 
 
Ato Xurosoniydan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Sudxo‘rlik 
yetmish ikki gunohdir. Gunohning eng kichigi onasi bilan zino qilganga barobar. Bir 
ribodan topilgan bir dirham o‘ttiz olti marta zino qilishdan yomon. Alloh taolo qiyomat 
kunida yaxshiga ham, fojirga ham turishga ruxsat beradi. Ribo yeganga ruxsat 
berilmaydi. Ular shayton chalgan kabi turadi", ya’ni, jinni kabi, qachon tursa, 
yiqilaveradi. 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qur’on oyatlarining oxirgi tushgani ribo oyati edi. 
So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar, bizlarga uning tafsirini 
aytmadilar. Sizlar ribo va rabiyani tashlanglar", ya’ni, katta va kichik gunohlarni tark 
qilinglar. 
 
541. Ali (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, unga 
vakil bo‘lganni, guvohlarni va uni yozganni, bezovchi xotinni, unga da’vat qiluvchini, 
bosh-qaning badaniga iz yoki surat soluvchini, surat soldiruvchini, uch taloq qilingan 
ayolni halol qilib borish maqsadida nikohiga oluvchini, uni o‘zi uchun halol qildiruvchini 
(ya’ni, uch taloq qilingan ayolning erini), zakotni bermaydigan kishilarni la’natladilar". 
 
Ribo yeyuvchi – molning egasi, foyda oluvchi, vakil qilingan kishi esa, unga ribo 
beruvchi. Shuningdek, guvohlar – o‘shaning ustidagi va uni yozgan kishilar. Chunki ular 
bu ishda yordam qilyaptilar. Bezovchi xotin boshqa xotinlarning badanlariga naqsh 
soladi, ularni igna bilan yorib, yoriqning ostiga ko‘k bo‘yoq qo‘yadi, unga da’vat qiluvchi 
xotin boshqalarni ham bu gunohga tortadi. 
 
542. Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ribo 
yeyuvchini, unga vakil qilingan kishini, badanga surat soluvchini, unga boshqalarni ham 
chaqiruvchilarni va musavvirlarni la’natladilar". 
 
543. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qiladilar: "Banda molni haromdan topsa, so‘ngra uni sadaqa etsa, unga ajr olmaydi, 
nafaqa qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirgani esa do‘zaxdagi azobini ziyoda 
qiladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, balki yaxshilik bilan 
yomonlikni o‘chiradi. Chunki nopok narsa nopoklikni ketkazmaydi". 
 
Alloh taolo aytadi: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
"Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz 
sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq qilingizlar" (Baqara, 267). 
 
544. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hech kim peshona teri bilan topib 
yegan taomidan yaxshiroq taom yemaydi. Allohning payg‘ambari Dovud o‘zi mehnat 
qilib, topib yer edi. Alloh pokdir va pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo payg‘ambarlarga 
buyurgan narsalarni mo‘minlarga ham buyurdi. Aytdiki: 
"Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar" (Mo‘minlar, 51); 
 
"Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar" 
(Baqara, 172)". Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni zikr qildilar: 
"Bir kishi uzoq safar qilib, sochlari to‘zg‘igan, yuzlariga g‘ubor qo‘ngan holda: "Ey 
Rabbim, ey Rabbim", deb, osmonga qo‘lini ko‘taradi, holbuki, uning taomi harom, 
sharbati harom, kiyimi harom, uyqusi harom, yurishi harom, kelishi harom, endi 
qanaqasiga uning duosi ijobat qilinsin. Bir zamonlar keladiki, kishi olgan narsasi 
haloldanmi, haromdanmi, parvo qilmaydi". 
 
"Alloh taolo pokdir", degan so‘zlaridan murod Alloh barcha kamchiliklardan, ayb va 
nuqsonlardan pok zot ekanidir. Agar banda pok, deyilsa, uning razil xulqlardan va 
yomon amallardan xoli ekani tushuniladi. Agar amallar pok, deyilsa, yaxshi molning 
haloli tushuniladi. 
 
Xullas, hadisning ma’nosi – Alloh bilguvchiroq – U zot ayblardan pok zotdir. Aybli 
narsalarni qilmaydi, Unga yaqinlashish Unga loyiq bo‘lgan amallar bilangina mumkin. 
Kalomida aytadi: "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha 
hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz" (Oli Imron, 92). 
 
"Uzoq safarda yuzlariga g‘ubor qo‘ngan, sochlari to‘zg‘igan holda", deganda Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam hajga ketayotgan kishini nazarda tutdilar. Unday kishi safarda 
sochlari to‘ziydi, ust-boshiga tuproq-chang o‘tiradi, qiyinchilik, ochlik, chanqoqlik va 
bedorlik bilan Allohning baytiga yetadi, uni tavof qilib, shu holatida Allohga duo etadi. 
Duosining ijobatini va hajining qabulini umid qiladi. Ammo duosi ijobat qilinmaydi, 
haromdan sarflagan nafaqa-ehsoni qabul bo‘lmaydi. Kim haromdan sadaqa bersa, uni 
halol va yaxshi deb sanasa, savobdan umid qilsa, Alloh taolaga kufr keltiribdi. Bu haqda 
sadaqa bobida zikr qilindi. 
 
545. Abu Rofe’ aytadilar: "Oyoqqa taqiladigan kumush halqani Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) 
sotdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) halqani torozining bir pallasiga va pullarni ikkinchisiga 
qo‘ydilar. Halqa puldan ozgina og‘ir keldi. Keyin uni kesib tenglashtirmoqchi bo‘lib 
qaychini oldilar. Men: "Ey Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xalifasi, ortiqchasi 
sizga", dedim. "Yo‘q, – dedilar u zot. – Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: 
"Ziyoda qiluvchi ham, ziyoda qilishni so‘ragan ham do‘zaxda", deganlarini eshitganman". 
 
546. Abu Said Xudriy, Uboda ibn Somit, Abu Hurayra va boshqalar Nabiy sollallohu 
alayhi vasallamdan rivoyat qilishgan. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kumush 
tengi kumush bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir. Bug‘doyning tengi bug‘doy bilan, ortiqchasi 
sudxo‘rlikdir". Keyin donni, xurmoni va tuzni ham zikr qildilar. So‘ng aytdilar: "Kim 
ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, ribo qilibdi". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Biz riboga tushib qolishdan qo‘rqib, halolning o‘ndan to‘qqiz 
qismini tark qilardik". 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qaysi shaharda zino va sudxo‘rlik tarqalgan bo‘lsa, u 
shahar xarob bo‘ladi". 
 
Salaf olimlarimizdan Abu Hanifa, Sufyoni Savriy, Fuzayl ibn Iyoz, Dovud Toiy, Shofi’iy va 
boshqalar aytadilar: "Imon, namoz, zakot, haj, ro‘za, g‘usl, jinobat va tahorat ilmlaridan 
keyin sotish, olish, nikoh, taloq, hayz, kasb va boshqa ilmlarni o‘rganish shariatda 
farzdir". 
 
547. Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam: "Ilmni talab qilish har bir muslim va 
muslimaga farz", degan so‘zlariga ko‘ra, har bir farz bo‘lgan amalni yoki shariat ilmini 
talab qilish farzdir". 
 
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.U zot aytdilar: "Kim din ilmini o‘rganmasdan 
oldin savdogarlik qilsa, u riboga tushibdi, riboga tushibdi, riboga tushibdi", ya’ni, unga 
cho‘kib ketibdi. 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytganlar: "Bozorlarimizda din ilmini o‘rganmagan, torozida 
mukammal o‘lchamaydigan kishilar oldi-sotdi qilmasin". 
 
Abdurahmon ibn Sobit aytadilar: "Qavm to‘rt narsani halol sanasa, uning halok bo‘lishiga 
izn beriladi: Torozidan urishni; o‘lchovdan kamaytirishni; zinoni oshkora qilishni; riboni 
yeyishni. Zinoni oshkor qilsalar, ularga vabo yetadi, torozidan urib, o‘lchovdan 
kamaytirsalar, yomg‘irdan mahrum bo‘ladilar. Agar ribo yesalar, ularga qilich 
yalang‘ochlanadi". 
 
Ubayd Muhoribiy aytadilar: "Men Ali ibn Tolib (r.a.) orqalaridan bozorda yurardim. U 
kishida qamchi bor edi. Agar o‘lchovni barobar qilmagan kishini ko‘rsalar, qamchi bilan 
urardilar va, o‘lchovni to‘g‘ri qil, der edilar". 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Ey ajamlar jamoasi, sizlar ikki narsaga mutasaddi 
qilindinglar, bu ikkalasi bilan sizlardan oldingi o‘tganlar halok bo‘lishgan edi. Ular – 
o‘lchov va tarozi". 
 
548. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladiki, u 
vaqtda hech kim ribo yemasdan qolmaydi". "Ey Allohning elchisi, hamma ribo yeydimi?" 
deb so‘rashdi. "Undan yemaganga changi yetadi", ya’ni, gunohidan yetadi, dedilar. 
Chunki yoki riboga yordam bergan bo‘ladi, yo ko‘radi, yo yozadi, yoki bu ishiga rozi 
bo‘ladi yoki uning hadyasini qabul qiladi, yoki dasturxonidan yeydi, xullas, gunohdan 
nasibasini oladi. 
 
Abu Bakr Siddiq (r.a.) aytganlaridek: "Ziyoda qiluvchi va ziyoda qilishni so‘rovchi 
do‘zaxdadir". 
549. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Odamlarga bir zamon keladi, hech kim ribo yemasdan qolmaydi, undan yemasa, g‘ubori 
yetadi". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling