Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim) uchun ajr-mukofot so‘ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do‘stlik
- «Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi (Undagi oyatlarning benazir va bemisl
- «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur»
- «Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi»
- «Bas, o‘zlari kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar, ko‘p yig‘lasinlar»
- XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ
- «Va g‘azablarini ichlariga yutadigan»
- «Shak-shubhasiz bu ishlarning maqsadiga muvofig‘idir»
- «Banogoh, siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur»
- «Zotan, Ibrohim halim – ko‘ngilchan va ibodatli kishidir»
www.ziyouz.com kutubxonasi 119 g‘amiga sherik bo‘lishni xohladim», dedi». ________ XXI bob. Ixtikor bobi hadislari 1. Muammar ibn Abdulloh Adaviy. “Payg‘ambarning (s.a.v.) mana bunday deganlarini eshitganman...” Sahih*. Muslim (130-1605/3). 2. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimki ovqatni 40 kun saqlab tursa...” Inkor qilingan zaif*. Ahmad (33/2), Hokim (11/2) va “G‘oyatul-marom” (324) ga qarang. 3. Said ibn Musayyab. “Chetdan mol olib keluvchi...” Zaif*. Ibn Moja (2153), Hokim (11/2), Bayhaqiy (30/6) va “G‘oyatul marom” (327) ga qarang. 4. Sha’biy. “Bir kishi o‘g‘lini kasbli qilmoqni xohladi...” Munqoti’*. “Almatolibul oliya” (1272/379/1) ga qarang. 5. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Men narx qo‘ymayman...” Sahih*. Abu Dovud (3401), Termiziy (1314) va Ibn Moja (2200) Anasdan. 6. Hadis. “Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “...” Botil*. Uqayliy “Az-zuafo” (1399), Ibn Javziy, “Al-Mavzu’ot” (341/2) va Suyutiy ham “Al- lao” kitobida bu hadisni bekor hadis deganlar. XXII BOB. KULISHDAN QAYTARISH Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Sufyon ibn Uyayna aytdi: Iso alayhissalom sahobalariga aytdilar: «Ey yerning tuzlari, buzilmanglar. Agar narsalardan buzilsa, tuz bilan davolanadi. Agar tuz buzilsa, hech narsa bilan davo qilinmaydi. Ey havoriylar jamoasi, o‘zingiz ilm o‘rgatgan kishilardan haq olmangizlar, magar menga ozgina hadyalar qilganingizdan boshqa. Bilingizlar, sizlarda ilmsizlikdan ikki xislat bor: sababsiz kulishlik va kechasi uxlab, yana kunduzi uxlashlik». Faqih aytadi: Iso alayhissalom so‘zlarining ma’nosi bunday: Yerning tuzlari ulamolardir. Albatta, ulamolar xalqni isloh qiladilar, tazatadilar, ularga oxirat yo‘lini dalolat qiladilar. Agar olimlar oxirat yo‘lini tark qilsalar, ularni kim bu yo‘lga dalolat qiladi?! Bilmaganlarni kim ergashtiradi?! Bilmaganlar kimga ergashadi?! Yana so‘zning davomi: «Ta’lim bergan kishilaringizdan haq olmangizlar, magar menga bergan ozgina hadyalaringizdan boshqa». Ya’ni olimlar nabiylarning vorislaridir. Shuningdek, payg‘ambarlar xalqni haq olmasdan o‘qitishgan. Allohning so‘zi: «(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim) uchun ajr-mukofot so‘ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do‘stlik, yaqinliknigina (so‘rayman)» (Sho‘ro, 23); «Mening ajr-mukofotim yolg‘iz Allohning zimmasidadir» (Sa’ba, 47). Shuningdek, olimlar ham payg‘ambarlarga ergashmoqliklari va bergan ilmlariga haq olmasliklari lozim bo‘ladi. Ammo Iso alayhissalomning so‘zidagi «qahqaha bilan kulishlik» makruhdir. Ushbu amallar, axmoqlarninggina amallaridandir. «Kechasi bedor bo‘lmay, yana kunduzi uxlashlik», ya’ni kunduzning avvalida uxlashlik, kechasi bedor bo‘lmasdan, bu ham ahmoqlikdir. 248. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kunning avvalida uxlashlik ahmoqlik, o‘rtasida uxlashlik xush xulqlilik, kunning oxirida uxlashlik nodonlikdir». 249. Ibn Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar, qavm gapirib, kulishib turardi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularning oldida to‘xtab, salom berdilar va ularga: «Lazzatlarni kesuvchi narsani ko‘p zikr qilinglar», dedilar. Bizlar: «Yo Rasulalloh, lazzatlarni kesuvchi narsa nima?» deb so‘radik. «O‘lim», dedilar. Shundan keyin, yana bir kuni chiqdilar. Qavm kulishib turgan edi. Ularga salom Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 120 berib: «Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi, albatta, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar», dedilar. Shundan so‘ng, yana bir kun masjidga chiqdilar. Qavm kulishib, gapirishib turgan edi, ularga salom berib: «Albatta, Islom g‘arib holatda boshlandi va g‘arib holatga qaytadi. Qiyomat kunida g‘ariblarga qanday ham yaxshi», dedilar. So‘rashdilarki: «Qiyomat kunidagi g‘ariblar kimlar?» deb. «Odamlar buzilib ketgan vaqtda ular salohiyat va yaxshilikda bo‘ladilar», dedilar». Faqih aytadi: Bizlarga Ishoq ibn Mansur aytadiki: «Xizr alayhissalom Muso alayhissalomdan ajralayotgan vaqtda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Menga mav’iza qiling», dedilar. Xizr alayhissalom: «Yo Muso, tortishishdan saqlaning, biror hojatsiz yuruvchi bo‘lmang, sababsiz kulmang, xato qilgan kishiga xatosini aytib ayb- lamang», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Xato qilguvchilarning xatosini aytib, ayblamang va qilgan xatolaringizga yig‘lang, ey Imron o‘g‘li», degan edilar». 250. Ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar, balki tabassum qilardilar, qaraganlarida ham hammaga barobar qarar edilar». Bu xabar tabassum qilishning mubohligiga dalildir. Albatta, qahqaha otib kulishdan qaytardilar. Kishi qahqaha otib ozgina kulsa, oxiratda ko‘p yig‘laydi. Endi o‘ylangchi, dunyoda ko‘p kulsa, qiyomat kunida uning holi qanday bo‘ladi? Alloh taolo: «Bas, o‘zlarining kasb qilgan narsalarini (ya’ni kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda) ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!» (Tavba, 82). Rabi’ ibn Husayma deydi: Allohning kalomida: «Ozgina kulsinlar» – dunyoda va «ko‘p yig‘lasinlar» – oxiratda jahannam o‘tida «qilgan kasblariga jazo bo‘lib», deyilmoqda. Hasan Basriy aytdi (roziyallohu anhu): «Ajabo kuluvchidan! Uning orqasida do‘zax! Ajabo xursand bo‘luvchidan! Uning orqasida o‘lim!» Aytiladiki: «Hasan Basriy kulib turgan yigitni oldidan o‘tdi va unga qarab: «Ey o‘g‘lim, sirotdan o‘tdingmi?» dedi. Yigit: «Yo‘q!» deb javob qildi. Yana savol qildi: «Senga ravshan bo‘ldimi jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishing?» Yigit: «Yo‘q!» dedi. Hasan Basriy so‘radi: «Kulishingga ne sababdir?» Bu suhbatdan keyin o‘sha yigitning kulgani ko‘rilmadi. Hasan Basriyning so‘zlari uning qalbiga o‘rnashib, kulishdan tavba qilgan ekan». Zikr qilinishicha, o‘sha zamonning olimlari shunday edilar. Ular biror mav’izada gapirsalar, ularning kalomlari eshituvchiga ta’sir qilardi. Chunki ular ilmlariga amal qilardilar, ularning ilmlari boshqalarga ta’sir qilardi. Ammo bizning zamonamiz olimlari ilmlariga amal qilmaganidan, boshqalarga ham ilmlari foyda bermaydi. Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Kim kulib gunoh qilsa, u do‘zaxga yig‘lab kiradi». Aytildi: «Odamlarning dunyoda ko‘p kulganlari oxiratda ko‘p yig‘laydilar. Dunyoda ko‘p yig‘laganlari jannatda ko‘p kuladilar». Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 121 Yahyo ibn Maoz Roziy aytadi: «To‘rt xislat mo‘minning kulishdan va xafa bo‘lishidan man’ qilib qo‘yadi: 1) oxirat g‘ami; 2) yashash bilan shug‘ullanish; 3) gunohlar g‘ami; 4) musibatlarning og‘riqlari». Mo‘min kishiga mana bu to‘rt xislat bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. Bu xislatlar kulishlikdan uni man’ qiladi. Albatta, kulish mo‘minning amalidan emas. Alloh taolo kulish bilan yurgan qavmni aybladi: «Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? (Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?» (Najm, 59–61). Yig‘lash bilan yurgan qavmlarni maqtadi: «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur» (Al-Isro, 109). Va aytildi: «Tiriklarning g‘ami besh narsadir. Inson mana shu besh g‘am bilan yurmog‘i lozim bo‘ladi: 1. O‘tgan gunohlarining g‘ami, chunki u qilgan gunohlari afv qilingani ravshan emas. Mana shundan g‘amgin va mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. 2. U yaxshi amallar qildi, ammo uning qabul qilinganligi aniq-ravshan emas. 3. U o‘tgan hayotining qanday, qaerda o‘tganini bildi, lekin qolgan umrining qanday o‘tishini bilmaydi. 4. U Allohning ikki uyi borligini biladi. Lekin qaysi birida bo‘lishini bilmaydi. 5. Alloh taolo undan rozi yoki g‘azabli ekanligini bilmaydi. Kimning hayotida bu besh narsalar bo‘lsa, albatta u kulishdan qaytadi. Kimning hayotida mana bu besh narsa bo‘lmasa, o‘limidan keyin besh g‘am uning istiqboliga chiqadi: 1. Harom va shubhalardan yig‘ib qoldirgan narsalari va ularni dushman (vorislariga) qoldirganiga hasrat qilishligi. 2. Yaxshi amallarni yaqinda qilaman, deb kechiktirganligiga pushaymon bo‘lishlik va amallarini kitobida (nomai a’molida) kam ko‘rganidan keyin, yaxshi amallar qilish uchun ruxsat so‘raydi, unga ruxsat berilmaydi. 3. Gunohlariga pushaymon bo‘lishligi, u kitobida ko‘p gunohlarni ko‘radi, shundan so‘ng tavba qilishga, qaytishga ruxsat so‘raydi. Unga ruxsat berilmaydi. 4. O‘zida dushmanlarni ko‘p ko‘rmoqligi. Ularga o‘z yaxshi amallarini berib, rozi qilishdan boshqa yo‘l topolmaydi. 5. Allohning unga g‘azabi borligini ko‘radi va Uni rozi qilish mumkin bo‘lmaydi» 251. Abu Zarr G‘iforiy rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Agar men bilgan narsani sizlar bilganlaringizda edi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi baland joylarga chiqib, baland ovozda Rabbilaringizga duo qilar edingizlar va yig‘lardingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, xotinlaringiz bilan quvonib yurmas edingizlar va to‘shaklaringizga ham olmas edingizlar. Koshki, Alloh taolo meni xalq etgan kunda kesiladigan daraxt qilib yaratganda edi!» Yunus Hasan Basriydan rivoyat qiladi: «Basriy aytdi: «Mo‘min xafa holatda kechani o‘tkazadi va xafa holatida tong ottiradi». Hasan Basriyni qachon ko‘rsam u kishiga yangi musibat kelgandek ko‘rardim». Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 122 Boshqa rivoyatda aytiladi: Hasan Basriy xuddi onasini ko‘mib kelgan kishi suratida xafa holatida ko‘rinar edilar. Avzoiy Allohning: «Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi» (Kahf, 49) oyati haqida aytdi: «Kichigi tabassum, kattasi – qahqahadir», ya’ni qahqaha katta gunohlardandir. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilindi: «Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, kam kulib, ko‘p yig‘lardingiz. Agar men bilgan narsani bilganla-ringizda edi, bellaringiz uzilguncha sajda qilardingiz, ovozingiz o‘chguncha baqirardingiz. Alloh taologa yig‘langlar! Agar yig‘lamoqqa qodir bo‘lmasangiz, yig‘lovchiga o‘xshanglar». 252. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar : «Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z yig‘laydi: 1. Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z. 2. Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan ko‘z. 3. Alloh yo‘lida tong ottirgan ko‘z». Abu Hanifa aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Men bir marta kulganman, o‘shanga ko‘p pushaymonlarim bor. Amr ibn Ubayd Qadariy mutaziliylarining imomi bilan munozara qildim. Vaqtiki, g‘alabani sezib, kuldim, menga aytdiki: «Ilmdan gapirib, yana kulasan. Senga hech qachon gapirmayman». Men o‘sha ishga pushaymon bo‘ldim. Shu vaqtda kulmaganimda edi, uning menga aytgan so‘ziga javob qaytarardim. Bunda olimning salohiyati bordir». Muhammad ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: «Kim ortiqcha qarashni tark qilsa, xushu’ga yetgan bo‘ladi, kim kibrni tashlasa, tavozu’ga yetgan bo‘ladi, ko‘p gapirishni tashlasa, hikmatga yetadi. Kim ko‘p ovqat yeyishni tashlasa, ibodatning halovati bo‘ladi, kim mazax qilishni tashlasa, yuzi yorug‘ bo‘ladi, kim kulishni tark qilsa, haybatga yetgan bo‘ladi, kim rag‘batni tark qilsa, muhabbatga yetgan bo‘ladi. (Ya’ni odamlarning mollaridan rag‘bat qilishni tashlasa, odamlar uni yaxshi ko‘radi.) Kim josuslikni tark qilsa o‘zining ayblarini isloh qilishga yetadi, kim Allohning sifatlarida gumonni tashlasa, shubha va nifoqdan najot topadi». 253. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taoloning: «Uning tagida ular uchun bir xazina bor edi» (Kahf, 82), degan so‘zidagi «xazina» tillodan lavh (taxta) bo‘lib, unda beshta satr yozilgan: 1. O‘limga ishonib, xursand bo‘lib yurgan kishiga ajablandim. 2. Do‘zaxni bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim. 3. Qadarga ishonib, yana xafa bo‘ladigan kishiga ajablandim. 4. Dunyoning ketib qolishini va ahliga kelishini bilib, xotirjam bo‘lgan kishidan ajablandim. 5. La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh – Allohdan boshqa ma’bud yo‘q, Muhammad uning elchisidir». Sobit Banoniy, Alloh rahmat qilsin, aytdi: «Mo‘minning kulishligi oxirat ishlaridan g‘aflatda qolishidandir. Agar undan g‘aflatda bo‘lmaganda edi, hech kulmasdi». Yahyo ibn Maoz Roziy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: «Bir xursandchilikni talab qilgin, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 123 uning orqasida xafachilik bo‘lmasin, bir xafachilikni talab qilgin, uning orqasida xursandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xur-sandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xursand-chiligiga yetmoqlikni xohlasang, bu dunyoda xafa holda bo‘lgin. Kuluvchi, xursand holda bo‘lmaginki, jannat xursandchiligiga yetishing uchun. U xursandchilikning orqasida xafalik yo‘q. Va yana aytildi: «Uch narsa qalbni qattiq qiladi: sababsiz kulish, qorni och bo‘lmasdan yeyishlik va hojatsiz gapirishlik». 254. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Yolg‘on gapirib, odamlarni kuldirgan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin!» Ibrohim Naxaiy aytdi: «Kishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bu kalima bilan Alloh g‘azab qiladi va unga Allohning g‘azabi bo‘ladi. Bu g‘azab uning atrofidagilarni umum qiladi (qo‘shib yuboradi). Kishi bir kalima gapiradi. U kalima bilan Alloh rozi bo‘ladi, unga va atrofidagilarga rahmat yetadi». 255. Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga aytdilar: «Ey Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan, qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qilguvchirog‘i bo‘lasan, o‘zing yaxshi ko‘rgan narsani odamlar uchun ham yaxshi ko‘rgin, mo‘min bo‘lasan, kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi». Ahnaf ibn Qays aytadi: Umar ibn Xattob, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Ey Ahnaf, kim kulishni ko‘paytirsa, uning haybati kamayadi; kim mazax qilsa, u bilan yengil sanaladi; kim bir narsani ko‘paytirsa, o‘sha bilan taniladi. Kim gapni ko‘paytirsa, uning xatosi ko‘payadi; xatosi ko‘pning hayosi kamayadi; kimning hayosi kamaysa, uning taqvosi kamayadi; kimning taqvosi kamaysa, uning qalbi o‘ladi; kimning qalbi o‘lsa, do‘zax unga avloroq bo‘ladi». Faqih aytadi: Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bordir: 1. Seni ulamolar va aqlli kishilar yomon ko‘radi. 2. Senga johillar va axmoqlar jur’at qiladi. 3. Agar johil (ilmsiz) bo‘lsa, ilmsizligi ortadi, agar olim bo‘lsa, ilmi kamayadi. Chunki xabarda keldi: «Albatta, olim kishi kulsa, uning ba’zi ilmi otilib chiqadi». 4. Qahqaha otib kulishdan o‘tgan gunohlarni unutish bordir. 5. Qahqaha otib kulinsa, kelajakda gunohlarga jur’at qilinadi. Chunki, kim kulsa, qalbi qattiq bo‘ladi. 6. Unda o‘limni va oxirat ishlarini unutish bordir. 7. U kuldirgan kishining gunohi unga o‘tadi. 8. Ozgina kulish bilan oxiratda ko‘p yig‘lash «mukofoti» bor. Alloh taolo aytdi: «Bas, o‘zlari kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar, ko‘p yig‘lasinlar» (Tavba, 82). Abu Zarr (roziyallohu anhu) Allohning kalomidagi «ozgina kulsinlar»ning ma’nosini aytadi: «Albatta, dunyo ozgina (qisqa), unda xohlaganlaringcha kulinglar. Agar Allohga qaytsalar, shunchalik yig‘laydiki, yig‘i uzilmaydi. Bu Allohning so‘zi: «o‘zlarining kasb qilgan narsalari jazosiga ko‘p yig‘lasinlar». Allohning so‘zi haqdir. Alloh haqni aytdi». Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 124 __________ XXII bob. Kulishdan qaytarish bobi hadislari 1. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunning avvalida uxlashlik...” Sahih mavquf*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (4737-4737) va Daylamiy (7161) va “Tanzihush-shariyati” (198/2)ga qarang. 2. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar...” Hasan*. Termiziy (2308), Nasoiy (414), Ibn Moja (4258). 3. Hadis. “Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6486/11) va Muslim (2359) Anasdan. 4. Hadis. “Albatta Islom g‘arib holatda boshlandi...” Sahih*. Muslim (145), Termiziy (2629) va Ibn Moja (3976) Abu Hurayradan. 5. Ibn Abdulloh. “Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar...” Mu’zal*. “Sahihul jome’” (48/1) ga qarang. 6. Abu Zarr G‘iforiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi...” Hasan*. Ahmad (173/5) va Termiziy (2313) va Ibn Moja (4190). 7. Muhammad ibn Ajlon. “Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z yig‘laydi...” Zaif*, Abu Na’im, “Al-xulya” (163/3) va Ibn Javziy, “Zammul-havo” (141) va “Az-zaifatu” (1562) ga qarang. 8. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Alloh taolo so‘zi: “Uning tagida ular uchun bir xazina bor edi...” Zaif* Ibn Jarir tafsirlarida (6,5/16) Hasandan. Bayhaqiy, “Az-zuhd” (540). 9. Ibn Abbosdan. “Yolg‘on gapirib, u bilan...” Hasan*. Ahmad (523/5), Abu Dovud (4990), Termiziy (2315), Dorimiy (2702). XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ 256. Faqih Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir. Kimga g‘azab kelsa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan holda g‘azabi to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan taqdirda ham g‘azabi kelsa, tuproqqa yumalasin». 257. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «G‘azabdan saqlaninglar. Albatta, u inson yuragida o‘t yondiradi. Ko‘rmaysizmi, agar birontalaringizga g‘azab kelgan vaqtda ko‘zlari qanday qizarishini va bo‘yin tomirlarining bo‘rtib chiqishini. Agar sizlardan birontangiz g‘azabdan biron narsani sezsa, yotib yerga yopishib olsin». Va yana aytdilar: «Sizlardan g‘azabi tez kelib, tez ketadiganlaringiz bor. Bittasi ikkinchisi bilan. Sizlardan g‘azabi sekin kelib sekin qaytadiganlar bor. Biri boshqasi bilan. Sizlardan yaxshilaringiz g‘azabi sekin kelib, sekin ketadiganlaringizdir». 258. Abu Amoma Bohiliy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib, o‘ch olmasdan, g‘azabini bossa, Alloh uning qalbini qiyomat kunida rizo bilan to‘ldiradi». Aytilishicha, Injilda bunday yozilgan: «Ey Odam farzandi! Meni o‘zingga g‘azab kelganda eslagin, Men seni g‘azabim kelganda eslayman. Senga bergan yordamimga rozi bo‘lgin. Albatta, Mening senga yordamim o‘zingga qilgan yordamingdan yaxshidir». Umar ibn Abdulaziz g‘azabini keltirgan bir kishiga aytdi: «Agar sen mening g‘azabimni keltirmaganingda men seni jazolar edim». Allohning: «Va g‘azablarini ichlariga yutadigan» (Oli Imron, 134) so‘zini iroda qilib aytgan edi. Zikr qilindi: U kishi bir mastni ko‘rgan ekan. Unga ta’zir berishni xohladi. Haligi mast u kishini so‘kibdi. So‘kayotganida Umar qaytib ketdi. So‘ngra so‘rashdiki: «Ey mo‘minlarning amiri, sizni so‘kayotganda nima uchun uni tark qildingiz?» Umar: «Chunki u mening g‘azabimni keltirdi, shu paytda unga ta’zir berganimda, nafsimning g‘azabi uchun bo‘lar edi. O‘zimning hamiyatim uchun musulmon kishini urmoqni xohlamayman», dedi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 125 Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilindi: U kishining cho‘risi sho‘rvani keltirayotib, bir narsaga qoqilib, sho‘rvani u kishining ustiga to‘kib yubordi. Maymun uni urmoqchi bo‘ldi. Joriya: «Ey xo‘jayin, Allohning «va g‘azablarini ichlariga yutadigan...» degan so‘ziga amal qilgin», dedi. Aytdi: «Shunday qildim». Cho‘ri: «Va odamlardan kechiruvchilar», degan oyatga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Kechirdim». Cho‘ri: «Alloh muhsinlarni sevguvchidir», oyatiga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Sen o‘zingga yaxshilik qilding, sen Alloh yo‘lida ozodsan». 259. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Kimda uch xislat bo‘lmasa, imon mazasini topmaydi. Halimlik – u bilan johilning johilligini qaytaradi. Taqvodorlik – u harom narsalardan saqlaydi. Xulqlilik – u bilan odamlar bilan muomala qilinadi». Oldin o‘tgan kishilarning biridan zikr qilindi: «U kishida bir ot bor edi. U kishi otini ko‘p yaxshi ko‘rardi. Bir kuni kelib, oti uch oyoqli bo‘lib qolganini ko‘rdi. G‘ulomidan so‘radi: «Bu ishni kim qildi?» G‘ulom: «Men», dedi. Xo‘jayini: «Nima uchun?» dedi. G‘ulom: «Seni g‘amga solmoqchi edim», dedi. Xo‘jayin: «Albatta, seni bu ishga buyurgandan (ya’ni, shaytondan) ranjidim. Endi ketavergin, sen ozodsan, ot ham senga», dedi. Faqih aytadi. «Mo‘min kishi halim, sabr qilguvchi bo‘lmog‘i lozim. Albatta, bu taqvodorlarning xislatlaridandir. Alloh taolo halim kishini o‘z kitobida maqtadi. «Albatta, kim sabr qilsa va kechirib yuborsa», ya’ni kimki o‘ziga yetgan zulmga sabr qilsa va intiqom olmay Alloh uchun kechirib yuborsa, «Shak-shubhasiz bu ishlarning maqsadiga muvofig‘idir» (Sho‘ro, 43). Ya’ni, ishlarning haqlaridanki, uning qilguvchisi qilgan ishida ulug‘ savobga erishadi. Boshqa oyatda aytiladi: «Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas», ya’ni yaxshi so‘z bilan yomon so‘z barobar bo‘lmaydi. Musulmon uchun yaxshi so‘zni yomon so‘z bilan mukofotlash lozim bo‘lmaydi. «Siz eng go‘zal so‘zlar bilan daf qiling», ya’ni yomon so‘zlarni yaxshi so‘zlar bilan ketkazing. «Banogoh, siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur» (Fussilat, 34). Agar sen shunday qilsang, dushmaning do‘stga aylanadi, xuddi qarindosh-urug‘dek. Alloh taolo do‘sti Ibrohim alayhissalomning halimligini maqtadi: «Zotan, Ibrohim halim – ko‘ngilchan va ibodatli kishidir» (Hud, 75). Bas, halim kishi gunohlarni kechirguvchidir. Ko‘ngilchan odam o‘z gunohlarini eslab ko‘ngilchanlik qiladi. Ibodatli kishi esa Allohning ibodatiga yuzlangan. Albatta, Alloh taolo Payg‘ambarga (s.a.v.) sabrli va halim bo‘lishni buyuryapti. U kishiga ul zotdan oldingi payg‘ambarlarga shunday zotlar ekanini xabar berdi: «Bas, (Ey Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling