Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda mo‘minlardan ajralinglar!”
- “Albatta, “Parvardigorimiz – Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida)
- “Hech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar”
- “Rostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar”
- II bob. O‘lim qo‘rqinchi va shiddati bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi 14 “Faqirligingdan oldin boyligingni”, degan so‘zlaridagi mazmun shuki, agar Alloh taolo senga bergan narsasiga rozi bo‘lsang, mana shuni g‘animat bilgin. Odamlarning qo‘lidagi narsalarni, xoh mol va dunyo bo‘lsin, xoh boshqa narsa bo‘lsin, tama’ qilmagin. “O‘limdan oldin tirikligingni”, degan so‘zlari ma’nosi shuki, inson tirik ekan, u amal qilishlikka qodirdir, agar o‘lsa, uning amallari ham to‘xtaydi. Shuning uchun mo‘min kishiga bu o‘tkinchi kunlarni bekor o‘tkazmay, abadiy qolguvchi kunlari uchun g‘animat bilmog‘i lozimdir. Forslarndan bir hikmat sohibi aytibdiki: “Yosh bola bo‘lgan chog‘ingda bolalar bilan o‘ynaysan, agar yigit bo‘lganingda, ko‘ngilni chog‘lash bilan g‘aflatda yursang, qarib, zaiflashib qolganingda Alloh taolo uchun qanday amal qilasan? Demak, o‘lganingdan keyin esa zinhor Alloh taologa ibodat etmoqqa qodir bo‘lmaysan, yoshlik paytingda harakatga qodirsan, shu paytdan o‘lim farishtasi kelishiga tayyorgarlik ko‘rgin. Har vaqt Allohni yod etgin. Albatta, Alloh taolo sendan g‘aflatda emas”. 25. Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) o‘lim farishtasini ansorlardan bir kishining boshi tarafida ko‘rdilar. Unga: “Mening do‘stim bilan do‘stlashgin, u mo‘mindir”, dedilar. Shunda o‘lim farishtasi: “Ey Muhammad! Xushxabar beramanki, men mo‘minlarning hammasi bilan do‘stdirman. Allohga qasamki, ey Muhammad, agar nido qilguvchi nido qilsa, men Odam bolalarining ruhini batahqiq olaman, deb”. “Bu nido nedir?” dedilar. Aytdi: “Allohga qasamki, unga zulm qilmaymiz, ajalidan o‘tkazib yubormaymiz, qadarini tezlashtirmaymiz. Uning jonini olishlikda bizga gunoh yo‘q. Agar Alloh sizlar uchun qismat qilib qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsangizlar, mukofotlanasizlar va agar g‘azab qilsangizlar, besabrlik qilsangizlar, gunohkor bo‘lib, shu narsalar bilan o‘ralashib qolaverasizlar. Bizning huzurimizda sizlar uchun hech narsani peshlamoqlik yo‘q. Bizda sizlarga berilgan va’dalarni o‘tashlik bordir, ehtiyot bo‘lmoq lozim. Har bir tirik jon xoh quruqlikda va xoh dengizda yashovchi bo‘lsin, men har kecha-kunduz besh marotaba uning yuzlariga diqqat bilan nazar solaman va ularning har birlarini alohida, xoh katta, xoh kichik bo‘lsin, tanib-bilib olaman. Allohga qasamki, ey Muhammad, agar men biror chivinning jonini olishni xohlasam ham, jonlarni olishlikka buyuruvchi zot Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lmaguncha, men ana shunga ham qodir bo‘lmayman”. 26. Abu Said Hudriydan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) bir qancha kulayotgan kishilarni ko‘rdilar va ularga: “Agar sizlar lazzatlarni ketkazguvchi o‘limni ko‘proq eslaganlaringda edi, men ko‘rib turgan bu mashg‘ullikdan qaytgan bo‘lur edingiz”, dedilar. So‘ng: “Nafsga yoqadigan har xil lazzatlarni ketgazguvchi, uni yo‘q qilguvchi zikrlarni ko‘paytiringlar”, dedilar. Yana aytdilarki: “Albatta qabr jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lgay yoki do‘zax chohlaridan bir choh bo‘lgaydir”. Ka’bga Umar roziyallohu anhu shunday dedi: “Ey Ka’b, bizlarga o‘lim haqida biror narsa aytib bering”. U bunday dedi: “O‘lim odam farzandlarining ichiga kirib olgan bir tikan daraxtga o‘xshaydi. Uning har bir tikani badanga tomirlar kabi joylashgandir, so‘ng daraxtni bir kuchli kishi sug‘urib, kuch bilan tortadi. Uzilgani sug‘urilib chiqadi. Qolgani qoladi”. Sufyon Savriyning huzurida o‘lim eslatilsa, bir necha kunlar mana shu bilan mashg‘ul bo‘lib qolar va hech narsaga chalg‘imas edi. Agar undan biror narsa so‘ralsa, “Bilmayman, bilmayman”, deb javob berardi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 15 Hakim aytadiki: “Oqil inson uch narsani hech esdan chiqarmasin. Dunyoning o‘tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o‘limning shunday ofatlariniki, undan hech bir kishi omonda qolmagay”. Hotamul Asam aytadiki: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi bilgay: yoshlikning qadrini yoshi o‘tib qolganlar, tinchlik-xotirjamlik qadrini boshiga balo tushganlar biladi. Sog‘lik- salomatlik qadrini kasal bo‘lib, hech narsaga yaramay qolganlar, tiriklik qadrini o‘tganlar biladi”. Shu so‘zlar yuqorida aytilgan: “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil” degan gapga muvofiq keladi. Amr ibn Osning o‘g‘li Abdullohdan rivoyat qilinadi: Otam: “Men o‘lim to‘shagida yotgan kishidan ajablanaman, uning aqlu hushi, tili joyida bo‘lsa, endi qanday qilib o‘limni sifatlab bera olmaydi”, der edi. So‘ng vaqti kelib, o‘zi ham o‘lim to‘shagida yotdi, uning aqlu hushi, tili joyida edi. Shunda otamga: “Ey ota! Siz o‘layotgan kishi aqlu hushi, tili bo‘la turib, o‘limni sifatlab bermasligiga ajablanaman”, der edingiz”, dedim. Shunda u: “Ey o‘g‘lim, o‘lim sifatlab berishlikdan kattaroq narsa ekan. Lekin senga o‘limdan ba’zi narsalarni sifatlab beraman. Allohga qasamki, go‘yo yelkamda Rizvo va Tuhoma tog‘i turgandek. Go‘yo mening ruhim igna teshigidan chiqayotgandek, go‘yo mening ichim tikanlar bilan to‘lgandek. Go‘yoki osmon yer ustiga yopilganu men ularning orasida qolib ketgandekman”. So‘ng shunday dedi: “Ey o‘lim, mening holatim uch ko‘rinishda o‘tdi. Avvalida Muhammadni (s.a.v.) o‘ldirish uchun insonlarning eng horisrog‘i bo‘ldim. Ey voh, ne ko‘rgilik bo‘lardi agar o‘sha vaqtda o‘lib ketsam, keyin Alloh meni Islomga hidoyat qildi va Muhammad (s.a.v.) men uchun odamlarning eng yaxshisiga aylandi, meni askarlarga boshliq qildi. Koshki men ana o‘sha vaqtda o‘lsam edi. Rasulullohning (s.a.v.) duolari menga yetgan bo‘lardi. Shundan so‘ng dunyo ishlari bilan shug‘ullanib, ovora bo‘lib ketdik, endi Allohning huzurida holim ne bo‘ladi, bilmayman”. O‘g‘li uning huzurida jon taslim qilguncha turdi. Shaqiq ibn Ibrohim aytadi: “Insonlar o‘z so‘zlarida to‘rt narsada men bilan muvofiq bo‘ldilar. Menga amallarida o‘sha to‘rtta narsada xilof bo‘ldilar. Birinchisi, biz Alloh taoloning qulimiz, bandasimiz, deydilar, ammo hurlarning ishlarini qiladilar. Ikkinchisi, Alloh bizning rizqimiz uchun kafildir, deydilar, lekin ularning qalblari hech tinchlanmaydi, magar shu dunyodan biror narsa topishi bilan taskin topadi. Uchinchisi, oxirat bu dunyodan yaxshiroq, deydilar, ammo faqat shu dunyolari uchun mol-dunyo to‘playdilar. Hammamiz uchun o‘lim bor, deydilar, biroq xuddi o‘lmaydigan qavmning ishlarini qiladilar”. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi: “Uch narsa meni ajablantirib, oxiri kuldiradi va yana uch narsa meni g‘amgin qilib, oxiri yig‘latadi. Meni kuldiradigan uchtadan birinchisi, o‘lay deb turib, dunyoni orzu-havas qilguvchi kishidir, ya’ni orzu qilishda chuqur ketadi va o‘limni hech o‘ylamaydi. Ikkinchisi, o‘limning ichida turib g‘aflatda bo‘lguvchi kishidir, ya’ni o‘limdan g‘aflatda bo‘ladi, ko‘z oldida qiyomat bo‘lsa ham. Uchinchisi, Alloh taolo undan g‘azabdami yoki rozimi bilmasdan turib, xoxolab kuluvchi kishidir. Yig‘latadigan narsalar: eng yaxshi ko‘rganidan ayrilish, ya’ni Muhammadning (s.a.v.) va sahobalarining bu dunyodan o‘tib ketganligi. Ikkinchisi, ko‘tarishlikning dahshati, ya’ni Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 16 o‘limning boshga tushishi. Uchinchisi, Alloh taolo huzurida turishlik. Rabbim menga qaerga kirishni buyuradi: jannatgami yo do‘zaxgami – bilmayman”. 27. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilarki: “Agar hayvonlar o‘lim haqida sizlar bilgan narsani bilganlarida edi, ularning yog‘liq go‘shtini hech qachon yemagan bo‘lar edingizlar”. Homid Liffofdan zikr qilindi. U aytadi: “Kimiki o‘limni ko‘p eslasa, uch narsada ulug‘ bo‘ladi: tavbani tez qilishda, rizqiga qanoat qilishda va ibodatda g‘ayratli bo‘lishda. Endi kimiki o‘limni esdan chiqarsa, uch narsada orqada qoladi: tavbasini orqaga suradi, kun ko‘rishga yetarli narsaga rozi bo‘lmaydi, ibodatlarida yalqovlik qiladi”. Zikr qilinadiki, Iso alayhissalom Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltirar edi. Unga kofirlardan ba’zilari: “Sen hozirgina o‘lgan o‘likni tiriltirding, balki u o‘lmagandir. Bizga qadim zamonda o‘lgan o‘likni tiriltir”, dedilar. Iso alayhissalom ularga: “Xohlagan kishingizni ayting”, dedilar. Ular: “Bizga Nuhning o‘g‘li Somni tiriltir”, deyishdi. Iso alayhissalom uning qabri oldiga kelib, ikki rak’at namoz o‘qidilar va Allohga duo qildilar. So‘ng Alloh taolo Nuhning o‘g‘li Somni tiriltirdi. Uning soch-soqollari oqarib ketgan edi. Shunda unga aytdilarki: “Axir, senga nima bo‘ldi, qarilik sening davringda bo‘lmagan edi-ku?” Nuhning o‘g‘li Som ularga: “Men bir chaqiriq eshitdim va qiyomat bo‘lib qolibdi- da, deb o‘yladim va qiyomat qo‘rqinchidan boshimdagi sochim hamda soqollarim oqarib ketdi”, dedi. Undan so‘radilar: “Sening o‘lganingga qancha vaqt bo‘ldi, qanchadan beri shu qabrdasan?” U: “To‘rt ming yildan beri shunda yotibman, lekin o‘lim azobini boshdan kechirganim haligacha mendan ketgani yo‘q”, dedi. Deydilarki: “Bir mo‘min o‘lsa, unga qayta tirilishlik va hayotga qaytishlik taklif qilinadi. Lekin u o‘lim azobini, jon berish qiynog‘ini boshidan kechirgani uchun hayotga qaytishni xohlamaydi, faqat shahidlargina xohlaydilar. Chunki ular o‘lim azobinni totmaganlar. Ular ikkinchi bor hayoti dunyoga qaytib, Alloh yo‘lida jang qilib, halok bo‘lishni orzu qiladilar”. Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Unga: “Agar biz bilan o‘tirsang, sendan ul-bul narsa eshitar edik”, dedilar va u: “Men to‘rt narsa bilan mashg‘ulman, agar shu ovoralik bo‘lmaganida edi, sizlar bilan o‘tirgan bo‘lar edim”, dedi. “U narsa nima?” deb so‘rashdi. Shunda: “Uning birinchisi, men al-Miysoq, ya’ni va’da berilgan kun haqida o‘ylayapman, o‘sha kunda odam farzandlaridan Alloh taolo va’da olgan”. 28. Alloh aytadi: “Ana ular jannatga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi va ana ular do‘zaxga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi”. Ana shu vaqtda men bu ikki firqaning qaysi birida bo‘lganman, bilmayman. Ikkinchisi, Alloh taolo onaning qornida bolani yaratadi va unga ruhni puflaydi, shunda maloika Allohdan: “Yo Rabbim, bu do‘zaxga kirguvchi baxtsizmi yoki jannatga kirguvchi baxtiyorlardanmi?” deb so‘raydi. Bilmaymanki, o‘sha vaqtda men uchun berilgan javob qanday bo‘ldi, ana shu haqda fikrlayapman. Uchinchisi, o‘lim farishtasi kelib, jonimni olmoqchi bo‘lgan vaqtda Allohga: “Yo Rabbim, bu musulmonlar bilan birgami yoki kofirlar bilanmi?” deydi. Menga bo‘lgan javob qanday bo‘ladi, bilmayman. To‘rtinchisi, Alloh taolonning Yosin surasining 59- oyatida zikr qilingan: “Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda mo‘minlardan ajralinglar!” degan oyati karimasiga binoan fikr qilyapman. Shunda firqalarning qaysi birida bo‘laman, bilmayman”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Faqih Samarqandiy aytadi: Alloh taolo fahm-farosat bergani, g‘aflat uyqusidan uyg‘otgani, bu dunyodan o‘tib, oxiratini o‘ylaydigan qilib qo‘ygani naqadar yaxshidir va biz Alloh taolodan umrimizning yakunini yaxshilik qilishligini va hayotimizning oxiri xursandchilik bo‘lishini so‘raymiz. Albatta, mo‘min kishi uchun uning o‘limi vaqtida Alloh taoloning bashorati bordir: “Albatta, “Parvardigorimiz – Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib (derlar): “Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar” (Fussilat, 30). Ya’ni, Allohga va rasuliga imon keltirib, shu imonlarida sobit turgan, ya’ni Allohning farzlarini ado etgan va Uning harom qilganlaridan qaytgan kishilarning oldilariga maloikalar tushadi, o‘layotgan vaqtlarida ularga jannatning bashorati – xushxabarini beradi. “Qo‘rqmanglar va g‘amgin ham bo‘lmanglar”, ya’ni maloikalar ularga dunyo ishlarida sizlar boshlaringizdan o‘tkazib turgan narsadan qo‘rqmanglar, deydilar. “Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan xursand bo‘linglar!”. Ya’ni, bu jannat sizlarga Alloh taoloning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) tili bilan va’da qilingan jannatdir. Yana aytiladiki, o‘lim vaqtidagi bashorat besh ko‘rinishda bo‘ladi: 1) mo‘minlar ommasi uchun beriladigan bashorat. Ularga: “qo‘rqmanglar, sizlar azobda abadiy qolmaysizlar. Sizlarni payg‘ambarlar va solihlar shafoat qiladilar. Savob amallar yo‘qligiga g‘amgin bo‘lmanglar, jannatga qaytarilishingiz bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi. 2) solih amal qilganlar uchun. Ularga: “Amallaringiz rad qilinishidan qo‘rqmanglar, amallaringiz qabul qilingandir. Savobingiz kamligidan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning savoblaringiz ko‘paytirilgandir va tavba qilganingizdan so‘ng qilgan amallar uchun ham g‘amgin bo‘lmanglar”, deyiladi. 3) tavba qiluvchilar uchun. Ularga: “Gunohlaringizdan qo‘rqmanglar. Ular kechirilgandir. Tavbadan keyin savobli amallar bo‘lmaganiga g‘amgin bo‘lmanglar. Tavbadan oldin ko‘p gunohlar qilib, yaxshi amallar qilmadik, deb xafa bo‘lmanglar. Men tavbalaringizni qabul qildim, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirgayman”, deyiladi; 4) zohidlar uchun. Ularga: “Qiyomat kuni qayta tirilib bir joyga jamlanishdan, hisob- kitobdan qo‘rqmanglar, zaiflik nuqsonlari bo‘lgan narsaga g‘am chekmanglar, hisob- kitobsiz, azobsiz jannat bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi; 5) odamlarga yaxshilikni o‘rgatgan va ilmiga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: “Qiyomat kunida bo‘ladigan dahshatlardan qo‘rqmanglar, g‘amgin ham bo‘lmanglar, chunki Alloh sizlarni qilgan amallaringiz evaziga mukofotlaydi. Sizlar va sizlarga ergashganlar jannatda bo‘lishligi bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi. Endi kimningki umri oxiri bashorat bilan bo‘lsa, unga naqadar yaxshidir. O‘z amallarida mo‘min bo‘lgan kishilar uchun, albatta bashorat bo‘ladi va maloikalar uning oldiga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 18 tushadilar. Shunda insonlar maloikalarga: “Sizlar kimsizlar?” Biz sizlardan ham ko‘ra hidlari bunchalar xushbo‘y, yuzlari bunchalar go‘zal kimsalarni ko‘rmaganmiz”, deyishadi. Maloikalar ularga: “Biz sizlarni shu hayoti dunyoda amallaringizni yozgan va oxiratda sizlar bilan birga bo‘ladigan do‘stlaringizmiz”, deydilar. Xullas, har bir aql egasi g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqligi lozim. G‘aflat to‘shagidan uyg‘onish alomatlari to‘rt narsadir: 1. Dunyoning ishlarini qanoat bilan, shoshqaloqlik qilmasdan bajarish. 2. Oxirat ishlariga hirs qo‘yish va uni shoshilib bajarish. 3. Din ishlarini ilm va ijtihod bilan qilish. 4. Xulq-atvor ishlarini nasihat bilan qilish. Kimdaki quyidagi besh xislat topilsa, insonlarning eng afzali deyiladi: 1. Rabbisi qabul qiladigan ibodatda bo‘lishligi. 2. Birovlar uchun uning g‘amxo‘rligi, foydasi yaqqol ko‘rinib turmoqligi. 3. Insonlar u qilsa, qo‘lidan keladigan yomonlilaridan omonda bo‘lishliklari. 4. Odamlar qo‘lida bo‘lgan narsalardan, xoh mol-dunyo, xoh mansab bo‘lsin, umidni uzishligi. 5. O‘lim uchun har vaqt hozir turmoqlligi. Ey birodarlar! Albatta, hammamiz o‘lishga mahkum, o‘lim uchun yaratilganmiz. Undan hech kim qochib qutula olmas. Alloh taolo bunday deydi: “Hech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar” (Zumar, 30); Ayting: “Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biror foyda bermas” (Ahzob, 16). Har bir musulmon kishiga o‘lim boshiga tushmasidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoqlik vojibdir. Alloh taolo bunday deydi: “Rostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar” (Baqara, 94-95). Alloh taolo bizlarga, albatta Allohga va oxiratga hamda uning jannatiga ishonadiganlar, ya’ni sodiqlar o‘limni orzu qilishlarini bayon etadi. Va endi, albatta, Allohga ishonmay, oxiratni va Uning jannatini yolg‘on deguvchilar o‘z amallarinning yomonligi sababli o‘limdan qochadilar. Chunki mo‘min kishi o‘lim uchun har vaqt hozirlik ko‘radi va u Rabbisiga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘limni orzu qiladi. Shu haqda Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U aytadiki: “Men faqirlikni Rabbimga kamtarlik qilish uchun yaxshi ko‘raman va kasallikni gunohlarga kafforat bo‘lishligi uchun yaxshi ko‘raman. O‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganligim uchun yaxshi ko‘raman”. Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilindi: “Xoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir. Agar o‘sha nafs yaxshilardan bo‘lsa, Alloh taolo aytadiki: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 19 “Yaxshilar uchun Alloh huzuridagi narsa (ya’ni savob-ajr kofirlarning muvaqqat kayf-safolaridan) afzalroqdir” (Oli Imron, 198). Agar u fojir bo‘lsa, Alloh taolo bunday deb aytadi: “Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muhlatimizni zinhor o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob blordir” (Oli Imron, 178). 29. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “O‘lim mo‘minning rohatidir”, deganlar. 30. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Ibn Mas’ud rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimizdan mo‘minlarnning qaysinisi afzalroq” deb so‘ralganida, “Ularning hulqlari go‘zalroqlari”, dedilar va yana: “Mo‘minlarning eng aqllisi kimlar”, deb so‘ralganda, “O‘limni ko‘p eslaydiganlari va unga yaxshi tayyorgarlik ko‘radiganlari”, deb javob berdilar. 31. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Aql egasi ul kishiki, o‘z nafsini hisob-kitob qiladi va o‘limidan keyingi narsa uchun amal qiladi. Ojiz va nodon ulki, o‘z nafsi-havosiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni orzu qiladi”. ___________ II bob. O‘lim qo‘rqinchi va shiddati bobi hadislari 1. Anas ibn Molik. “Kimiki Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa...” Sahih*. Buxoriy (6507) va Muslim (14/2673), Ahmad (107/3). 2. Hasan. “Mo‘min odamga o‘lim og‘irligi va uning qiyinligi...” Zaif*. Uning illati irsoldir. 3. Jobir ibn Abdulloh. “Bani Isroildan gapiringlar...” Isnodi zaif*. Ibn Abu Shayba, “Al-musnaf” (62/9), Ahmad, “Az-Zuhd” (23), Abdu ibn Hamid, “Al-miyzon” va Hofiz Haysaliy, “Majma’ul zavoid” (1). 4. Abdulloh ibn Ma’sur Hoshimiy. “Bir kishi Payg‘ambarimiz huzurlariga kelib...” Mavzu’*. Uni Zubaydiy “Ixtof” kitobida zikr qilgan (1). 5. Abdulloh ibn Ma’sur Hoshimiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) ushbu oyatni o‘qidilar...” Mavzu’*. Bayhaqiy “Asmoi va sifat”ida rivoyat qilgan va Zubaydiy “Ixtof”da (327/9) zikr qilgan. 6. Maymun ibn Mahron. “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil...” Sahih*. “Sahihul-jome’”ga (101/7) qarang. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (1250). 7. Hadis. “Qish mo‘min g‘animatidir...” Zaif* Ahmad (75/3). Abu Ya’lo (72/1). Abu Na’im (325/8) va “Zaiful jome’” (3429). 8. Abu Said Xudriy. “Agar sizlar badanga yoqadigan zikrlarni...” Juda zaif*. Termiziy (2460/4) va Termiziyning zaiflariga qarang. 9. Hadis. “Agar hayvonlar...” Zaif*. Ibn Muborak, “Zavoiduz zuhd” (152) va Qazo’iy (1434) va “Zaif’ul jome’”ga qarang (48/3). 10. Anas ibn Molik. “O‘lim mo‘minning rohatidir...” Mavzu’*. Abu Na’im “Al-xulya”da (121/3) va Bayhaqiy “Ash-Shu’ab”da (9886-9885) va Javziy “Al-mavzu’ot”larda keltirgan (121/3). 11. Ibn Mas’ud. “Payg‘ambarimizdan: “Mo‘minlarni qaysi afzal?” deb so‘ralganda...” Hasan*. Abu Na’im, “Al-xulya” (313/1) va Hokim (540/4). Bayhaqiy, “Shua’bul imon” (7993). 12. Hadis. “Aql egasi ul kishiki...” Zaif*. Ahmad (124/), Termiziy (2459), Ibn Moja (4260). III BOB. QABR AZOBI VA UNING QATTIQLIGI 32. Barro’ ibn Ozib rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik. Hali qabr kavlanib bo‘lmagan edi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirdilar. Biz ham u kishining oldilarida boshimizda qush turgandek o‘tirdik. U kishining qo‘llarida yer kavlaydigan cho‘p bor edi. So‘ngra boshlarini ko‘tarib: “Alloh taoloning qabrda beradigan azobidan panoh tilanglar”, deb ikki yoki uch marta aytdilar. Keyin: “Mo‘min banda agar oxiratga yuzlanib bu dunyodan ketayotgan bo‘lsa, uning oldiga yuzlari xuddi quyoshdek nurli, oppoq farishtalar tushadi. Ularning qo‘llarida jannatdan kafan va jannat atirlaridan xushbo‘y atir bo‘ladi. Ular ko‘z ko‘radigan joygacha o‘tiradilar, so‘ng o‘lim farishtasi keladi va u mayyitning oldida o‘tiradi. So‘ngra: “Ey xotirjam nafs, Allohning mag‘firatiga va roziligiga chiqqin”, deydi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 20 So‘ngra ruh chiqib, idishning og‘zidan tomchi tomgandek oqadi. Uni tezlik bilan olib, xushbo‘y atirlik kafanga o‘raydilar. Undan yer yuzidagi barcha mushkning anqishidek is taraladi. So‘ngra uni olib osmonga ko‘tariladilar. Ular maloikalar to‘dasi oldidan o‘tgan vaqtlarida so‘rashadi: “Bu qanday yaxshi ruh?” Javob berishar ekanki: “Bu falonchining o‘g‘li falonchidir. U dunyoda yaxshi, solih kishi edi”, deb yaxshi ismlar bilan atashadi. So‘ng dunyo osmoni darvozasida to‘xtaydilar. Bu ruhga eshikni ochishni so‘raydilar, uni tanishtirib ketishadi va oxirgi yettinchi osmonga yetishadi. Alloh taolo buyuradi: “Uning kitobini illiyinda yozinglar va uni yerga qaytaringlar. Ularni o‘sha yerda yaratdim va o‘sha joyga qaytargayman”. (Yana boshqa gal: “uni o‘sha yerdan chiqargayman”), deb javob aytadi. So‘ngra ruh jasadga qaytadi, unga ikki farishta kelib so‘rashadiki: “Rabbing kim?” Aytadi: “Rabbim Alloh”. “Dinning qaysi?”. “Islomdir”. Yana aytishadi: “Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima bilasan?” Javob beradiki: “U Allohning rasuli”. Aytishadiki: “Qanday bila-san?” “Allohning kitobi Qur’onni o‘qidim va unga imon keltirdim va uni to‘g‘ri deb bildim”, o‘shanda nido keladiki: “Bandam rost so‘zladi. Unga jannat to‘shaklaridan to‘shanglar va jannat liboslaridan kiygizinglar, jannat eshiklarini unga ochinglar. Jannat hidi, yaxshiligi kelib turadigan eshiklarni ochinglar”. Uning qabri ko‘z yetadigan masofada kengayadi. Uning oldiga chiroyli yuzli, xushbo‘y hidli bir farishta kelib aytarkanki: “Xursand bo‘lgin, mana bu kunki, seni xursand qiladi, bu kun xususida sen va’da olgan eding”. Mayyit so‘raydi: “Sen kimsan?” “Men sening yaxshi amallaringman. Yo Parvardigor, qiyomatni keltirginki, men o‘z ahlimga qaytayin”, deb aytadi. Agar kofir banda o‘lsa, dunyo olamidan uzilib, oxiratga kelayotgan bo‘lsa, uning oldiga qora yuzli farishtalar tushadi. Ularda dag‘al kanop mato ham bo‘ladi. Ular ko‘z yetadigan masofada o‘tirishadi, keyin o‘lim farishtasi kelib, u bandaning boshi ustiga o‘tirib aytadiki: “Ey iflos nafs, Allohning g‘azabiga chiqqin!” So‘ngra uning a’zolari ajratib tashlanadi. Jonni shunday oladiki, ho‘l jundan tikanli sixni sug‘urgandek. Olayotgan paytida tomir va paylari uzilib ketadi. Uni tezlik bilan olib o‘sha dag‘al matoga o‘raydilar. Undan eng badbo‘y hid chiqadi. Keyin uni olib osmonga ko‘tariladilar, qaysi bir maloikalar to‘dasi o‘tib qolsa, so‘rashadiki: “Bu qanday iflos ruh?” Aytishadiki: “Bu falonchining o‘g‘li falonchi”, deb yomon ismlar bilan atashadi. Hattoki, dunyo osmonida to‘xtasharkan, eshikni ochishni so‘rashadi, unga ochilmaydi...” Keyin Rasulluloh (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling