Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


“...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


“...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan 
o‘tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar” (A’rof, 40). 
 
Yana davom etdilar: “Keyin Alloh taolo aytadi: “Uning kitobini sijjiynga yozinglar”. Keyin 
uning ruhini qattiqlik bilan yerga tashlaydilar. 
 
“Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron 
vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga 
uchirib ketgan kabidir” (Haj, 31). So‘ngra uning ruhini jasadiga qaytaradi. Keyin ikki 
farishta kelib o‘tirishadi. “Rabbing kim?” Aytadiki: “Bilmayman”. “Dining qaysi?” 
“Bilmayman”. Va undan yana so‘rashadi: “Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima 
deysan?” Aytadi: “Ey bilmayman”. Shunda osmondan nido qiluvchi nido qiladi: “Bandam 
yolg‘on gapirdi! Unga do‘zax to‘shaklaridan to‘shak qilinglar va do‘zaxga kiradigan 
eshikni ochib qo‘yinglar”. Keyin uning ustiga do‘zaxning issig‘i va zahri kiradi. Qabri 
torayadi. Shunda qovurg‘alari aralashib ketadi va badbashara, yomon kiyimli, sassiq 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
hidli kishi kelib, unga aytadiki: “Xabardor bo‘lgin bu yomon kuning bilanki, sen shu kun 
xususida va’da olgan eding”. Ruh so‘raydi: “Sen kimsan?” deb. Aytadi: “Men sening 
yomon amalingman”. U aytadi: “Ey Parvardigor, qiyomat kunini keltirmagin, qiyomat 
kunini keltirmagin...” 
 
33. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min vafot 
etadigan vaqtda maloikalar kelishadi. Rayhonning turli hidlari va mushkli harir bilan 
kelishadi va uning ruhini xamirdan qilni sug‘urgandek olishadi va aytiladi: “Ey xotirjam-
sokin jon, sen rozi bo‘lgin va (sendan ham) rozi bo‘lingan holda Parvardigoringga 
(Parvardigoring rahmatiga va roziligiga) qaytgin”. Ruh chiqarilgandan so‘ng, rayhon va 
mushk, ichiga qo‘yiladi. Harir uning ustiga yopiladi va uni illiyinga yuboriladi. Agar kofir 
bo‘lsa, o‘layotgan paytida cho‘g‘ bo‘lgan bir mato bilan maloikalar kelishadi va uni joni 
qattiq qiynoq bilan olinadi va aytiladi: “Ey iflos nafs-jon, sen g‘azabda bo‘lgan va g‘azab 
qilingan holda Allohning xorligi va azobiga qaytgin”. Vaqtiki uning ruhi chiqarilsa, o‘sha 
cho‘g‘li matoga qo‘yiladi va unda qo‘rqinchli ovozlar bordir, uning ovozi guldirab-o‘kirib 
turadigan holatdadir va uning ustiga dag‘al matoni yopishib, shu bilan sijjiynga 
yuboriladi”. 
 
34. Faqih Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi. Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, u zot 
aytadiki: “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi va rayhonlar 
uning ustiga sochiladi, harir bilan berkitiladi. Agar u Qur’ondan yodlagan bo‘lsa, 
Qur’onning nuri u joyda kifoya qiladi. Agar bu bo‘lmasa, xuddi quyoshning nuridek bir 
nur qo‘yiladi. Uning misoli xuddi uxlayotgan kelinchak kabidirki, uni faqat yaqin, 
suyukliroq kishisi uyg‘otadi. So‘ngra xuddi uyquga to‘ymagandek uyg‘onadi. Agar kofir 
bo‘lsa, uning qabri unga tor bo‘ladi, suyaklari, qovurg‘alari qorni ichiga kirib ketadi, 
uning ustiga ilonlarni yuborishadi. Ilonlarning bo‘g‘inlari yo‘g‘onligi xuddi Xuroson 
tuyasining bo‘yniga o‘xshaydi. Uning suyagida go‘shti qolmaguncha yeydi. So‘ngra azob 
farishtalarini yuboradi. Ular, ko‘r, kar, soqovlar, ularda katta temir gurzi bo‘lib, uni o‘sha 
bilan urishadi. Unga nisbatan qalblarida rahm-shafqat uyg‘onmasligi uchun ovozini 
eshitmaydilar, unga muloyimlik qilmaslik uchun uni ko‘rmaydilar va unga erta-yu kech 
do‘zax ko‘rsatilib turadi”. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadiki: Kimki qabr azobidan qutulmoqni xohlasa, unga to‘rt 
narsa lozim bo‘ladi, to‘rt narsadan esa uzoqlashishi kerakdir. Lozim bo‘lgan to‘rt narsa: 
namozlarini to‘liq ado qilmoqlik, (zakot) sadaqa bermoqlik. Qur’on o‘qimoqlik, tasbehni 
ko‘paytirmoqlikdir. Bu narsalar qabrni ravshan qiladi va kengaytiradi. Uzoqlashi kerak 
bo‘lgan to‘rt narsa yolg‘onchilik, xiyonat, chaqimchilik va siydikdan saqlanmaslik. 
Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadi: 
 
35. “Siydikdan poklaninglar, chunki qabr azobining ko‘prog‘i o‘shandandir”. 
 
36. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yana rivoyat qilinadiki:”Alloh taolo to’rt narsani sizlar 
uchun yomon ko’radi: namozda ortiqcha ishlar bilan shug’ullanishni, qiroatda lag’v 
qilishni, ro’zada yomon so’z va amallardan uzoq bo’lmaslikni , qabristonda kulmoqlikni”. 
 
Muhammad ibn Sammokdan rivoyat qilinadi: U kishi qabristonga qarab aytdilar:”Bu 
qabrlarning jim turmoqligi sizlarni aldab qo’ymasin. G’am-tashvish 
chekkanlarningko’prog’I shu yerdadir, qabrlarning barobarligi sizlarni aldab 
qo’ymasin,xilma-xil tafovutdagilar(yaxshi-yomon, jannati, do’zzaxi) shu yerdadir”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
 
Oqil kishi qabrga kirmasdan oldin qabrning zikrini eslashni ko’paytirishi lozim bo’ladi. 
Sufyon Savriy, Alloh rahmat qilsin aytadi:”Kimiki qabr zikrini ko’paytirsa, uni jannat 
bog’laridan bo’lgan bog’dek topadi, kimiki o’shandan g’ofil qolsa, uni do’zax chohlaridan 
bo’lgan chohdek topadi”. 
 
Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilindi. U kishi bir xutbasida aytdi:”Ey 
Allohning bandalari! O’limni eslanglar. O’limdan xech kim qutula olmaydi. Agar o’lim 
uchun (tayyor) o’tirsalaringiz ham yetadi va agar qochsalaringiz ham, yetib oladi. O’lim-
peshonalaringizga yozilgan taqdir. Qabr azobidan Allohdan tilangizlar. Panoh tilangizlar! 
Dunyoni tashlab, oxiratdan ogoh bo’lingizlar. Ogoh bo’lingizlar. Albatta sizlarning 
orqalaringizda tezkor haolatda talab qilguchi border, u qabrdir. Ey odamlar!!! Ogoh 
bo’lingizlar, albatta qabr jannat bog’laridan bir bog’dir yoki do’zzah chohlaridan bir 
chohdir. Ogoh bo’lingizlar, qabr har kuni uch marta chaqiradi. Aytadiki, men qorong’ulik, 
daxshat va qurtlar makoniman. Ogoh bo’lingizlar! O’sha kunning ortida undan ham 
qattiqroq kun border, u kun yosh bolalarning , go’daklarning sochlarini oqartirib 
qo’yadigan, kattalar behud bo’ladigan kundir. Emizguchilar o’zi emizadigan narsasini 
esdan chiqarib qo’adi, homladorlarni tug’ib qo’yadi. Insonlar dovdirashidan mastga 
o’xshab ko’rinadilar, lekin ular mast bo’lmaydilar. Balki Allohning qattiq azobi shu 
ahvolga solib qo’yadi. Ogoh bo’lingizlar! Uning orqasida jahannam bor,uning issiqligi 
qattiqdir, u juda chuqurdir, bezagi temirdir, suvi yiringdir, qayt-qusuqdir. Unda Allohning 
rahmati yo’qdir”. So’nra musulmonlar qattiq-qattiq yig’ladilar. Ali aytdi:”O’sha kunning 
orqasidan jannart border, uning kengligi yeru osmonlarchadir. Mutaqqin bandalar uchun 
tayyorlangandir. Alloh bizlarni alamli azobdan saqlasin, bizlar va sizlarga jannati na’imni 
nasib aylasin!”. 
 
Abdurahmon o’g’li Usayddan rivoyat qilinadi:”Men eshitdimki, mo’min kishi vafot etsa, 
meni tezroq olib boringlar, deb aytar ekan. Uni qabrga qo’yganlaridan keyin, yer aytar 
ekanki:”Sen mening ustimda ekanligingda seni yaxshi ko’rar edim. Endi meni ichimda 
yanada yaxshiroqsan”. Agar kofir bo’lsa, tobuti ko’tarilganda, aytadiki:”Meni 
qaytaringlar”. Qabrga qo’yilgandan so’ng yer:”Sen mening ustimda ekanligingda men 
seni yomon ko’rar edim, endi sen menga yanada yomonroqsan!” der ekan”. 
 
37. Hazrati Usmon ibn Affondan rivoyat qilinadi (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin): “U kishi 
qabr oldida to‘xtab yig‘labdi. So‘rabdilar: “Jannat va do‘zax eslatilsa, yig‘lamaysiz, lekin 
bu yerda yig‘laysiz”, deb. Usmon roziyallohu anhu aytadi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
aytganlarki: “Qabr oxirat manzillarining birinchisidir. Agar qabrdan najot topsa, keyingisi 
yengildir, agar undan najot topolmasa, keyingisi yanada qiyinroqdir”. 
 
Abdulhamid ibn Mahmud Mug‘iliy aytadi: “Hazrati ibn Abbosning oldida o‘tirgan edim. Bir 
qavm keldi. Aytishdi: “Biz hajga chiqqan edik. Zoti Safox mahallasida to‘xtadik. Bir 
do‘stimiz o‘sha joyda vafot qildi. Biz uni dafn qilish uchun zarur narsalarni tayyorladik, 
keyin unga qabr kavladik. Lahadda bir qop-qora narsa bor edi, ya’ni ilon yotardi. Keyin u 
yerni qo‘yib, boshqa joyni kavladik, u yerda ham o‘shanday ilon yotar edi, u yerni ham 
tashlab, uchinchi joyni kavladik, u yerda lahadni to‘ldirib ilonlar yotar edi, keyin 
oldingizga keldik”. Ibn Abbos (Alloh ikkallalaridan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bu hol uning 
qilgan yomon ishidandir. Boringlar, uni qabrning bir tomoniga ko‘maveringlar. Allohga 
qasamki, agar yerning hamma joyini kavlasalaringiz ham, o‘sha ilon chiqib kelaveradi. 
Bu gapni uning qavmiga xabar qilinglar”. So‘ngra u kishining oldidan jo‘nadik, uni o‘sha 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
qabrning bir tomoniga dafn qildik. Uyga qaytgandan keyin uning bizlarda qolgan ba’zi 
matolari bor edi, o‘shalarni oilasiga keltirdik va xotinnidan so‘radik: “U nima ish qilardi?” 
Xotini aytdi: “U bug‘doy sotardi, u har kuni o‘ziga yetarli miqdordagi ovqatlikni olardi-da, 
keyin qora bug‘doy poxolini uning o‘rniga tashlab, aralashtirib sotardi”. 
 
Faqih rahimallohu aytadi: Bu xabar xiyonatlik ish qabr azobiga sabab bo‘lishiga dalildir. 
Bu yerda tiriklar uchun ibrat shuki, xiyonatdan tiyilmoqlari kerakdir. Aytiladiki, albatta, 
yer har kuni besh marta nido qiladi. Birinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda yurasan 
va ichimga qaytasan!” Ikkinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda xilma-xil narsalarni 
yeysan va ichimda seni qurtlar yeydi”. Uchinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda kulib 
yurasan, ichimda hademay yig‘laysan”. To‘rtinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda 
shodu xursand yurasan, yaqinda ichimda xafa bo‘lasan”. Beshinchi nidosi: “Ey odam 
farzandi! Ustimda gunoh qilasan, yaqinda ichimda azoblanasan”. 
 
Amr ibn Dinordan rivoyat qilindi: “Madinalik bir kishining singlisi Madinaning bir chetida 
yashar edi. O‘sha singlisi kasal bo‘lib qoldi va uni ko‘rib, qaytib keldi. Keyin singlisi o‘ldi. 
Uni ko‘mish uchun kerakli narsalarni tayyorlaganlaridan so‘ng, qabrga olib borishdi. 
Ko‘mib bo‘lib, uyiga qatgandan so‘ng, o‘zining hamyonini o‘sha qabrda qoldirgani esiga 
tushdi. O‘rtoqlarining biridan yordam so‘radi, so‘ngra ikkalasi qabrga kelib, qabrni 
kavlashib, hamyonni topishdi. O‘rtog‘iga aytdi: “Sen nariroqqa ketgin, men singlimning 
holatini ko‘rayin”. So‘ng qabrni ustini o‘rab turgan narsalarni oldi va singlisining qabrida 
o‘t shu’lalanib yonib turganligini ko‘rdi, so‘ng qabrni yopib uyiga qaytdi. Uyga kelib 
onasidan: “Singlim nima ishlar qilishini ayting!” deb so‘radi. Onasi: “Nima uchun 
singlingnni so‘rading, u axir o‘lgan-ku?”, dedi. U yana so‘radi: “Ayting”. Onasi aytdiki: 
“Singling namozlarni kechiktirardi, namozlarni to‘liq, tahorat bilan o‘qimasdi, 
qo‘shnilarning eshigiga kelib quloq tutib, ularning gaplarini eshitardi, gaplarini eshitib, 
birovlarga yetkazardi...” 
 
O‘sha chaqimchiligi uning qabr azobida qolishiga sabab bo‘lgan. Qabr azobidan kim najot 
topmoqlikni xohlasa, u chaqimchilikdan o‘zini ozod qilishi kerakdir va boshqa 
gunohlardan ham saqlanib, qabr azobidan qutulishi lozimdir. Unga Alloh Munkar-Nakir 
savollarini oson qiladi. Alloh taolo aytadi: 
 
“Alloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, 
oxiratda ham ustivor So‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur” (Ibrohim, 27). 
 
Barro ibn Ozib roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) aytdilar: “Musulmon kishi qabrda so‘ralgan paytda: “Alloh taolodan boshqa 
ma’bud yo‘qdir. Muhammad (s.a.v.) Alloh taoloning elchisidir”, deb guvohlik beradi. Bu 
xususda Alloh taolo “Alloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda 
ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, deydi”. 
 
Quvvatlantirish – sobitqadam qilish Alloh taologa ishongan, ixlos qilgan, itoat qilgan 
mo‘minlar uchun uch holatda bo‘ladi. Birinchisi, ajal farishtasini ko‘rgan paytda: 
ikkinchisi, Munkar-Nakir savol qilgan paytda; uchinchisi, qiyomat kunidagi hisoblashish 
paytida bo‘ladi. 
 
Ajal farishtasini ko‘rgan vaqtdagi quvvatlantirish uch turli bo‘ladi. 
1. Kufrdan saqlaydi va tavhid uzra to‘xtashga muvaffaq qiladi hamda uning ruhi islomiy 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
holatda chiqadi. 
2. Maloikalar uni rahmat bilan hursand qiladi. 
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi. 
 
Qabrda quvvatlantirish uch turlidir: 
1. Alloh taolo yaxshi to‘g‘ri so‘zlarni unga bildirib (o‘rgatib) qo‘yadi. Shu bilan ikki 
farishtaga Parvardigori rozi bo‘ladigandek javob beradi. 
2. Undan ayanchli, dahshatli qo‘rquvni ketkazadi. 
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi, so‘ngra qabr jannat bog‘laridan bir boqqa aylanadi. 
 
Hisob paytida quvvatlantirish uch turlidir: 
1. Undan so‘raladigan hujjatni Alloh taolo unga o‘rgatib qo‘yadi. 
2. Uning ustida bo‘ladigan hisobni yengil qilib qo‘yadi. 
3. Adashishlik va xatolarni o‘tkazib, kechirib yuboradi. 
 
Va aytiladiki, quvvatlantirish to‘rt holatdadir: 
1. O‘lim vaqtida. 
2. Qabrda javob berishlikda. 
3. Hisob paytida. 
4. Sirot ko‘prigi oldida, ya’ni undan ko‘rinmay ovoz chiqaradigan chaqmoq kabi o‘tib 
ketadi. 
 
Agar: “Qabrdagi savol qanday bo‘ladi?” deb so‘ralsa, aytiladiki: “Bu savolga ulamolar 
ko‘p so‘z aytadilar. Unda turli rivoyatlar, qarama-qarshiliklar bor. Ba’zilari aytdilar: 
“Savol Ruhga bo‘ladi, jasadga emas. U vaqtda ruh jasadning ichiga kiradi”, deyiladi. 
Yana aytiladi: “Ruh jasad va kafan orasida bo‘ladi”, deb. Bu so‘zlarning hammasi oyat va 
hadislardan, haqiqiy rivoyatlardan kelib chiqqan. Ahli ilmlar nazdidagi to‘g‘ri ish 
insonning qabr savollariga iqror bo‘lishligidir. Savol-javobning kayfiyati bilan mashg‘ul 
bo‘lib qolmasligi kerak. Va: “Alloh biluvchiroqdir, uning qanday ekanligini albatta, 
o‘lganimizda ko‘rgaymiz”, deb aytmoq to‘g‘riroqdir. 
 
Qabrda bo‘ladigan Munkar-Nakir savol-javoblariga ishonmaslik ikki turli bo‘lishi mumkin. 
1. Bu holat g‘ayritabiiy bo‘lganligi uchun, bu aqlga sig‘maydi, deyish bilan. 
2. Bo‘lishi mumkin, deydiyu, lekin bu haqdagi dalillarni asossiz deb biladi, ya’ni dalillarga 
qanoatlanmaydi. 
 
Agar kimki, bu holat g‘ayritabiiy, bo‘lishi mumkin emas, desa, bunday so‘z 
payg‘ambarlikni inkor qilish va mo‘jizani yo‘qqa chiqarishdir, chunki payg‘ambarlar 
odamlardandir. Ularning tabiati odamlarning tabiati kabidir. Albatta, payg‘ambarlar 
farishtani ko‘rdilar, u ularga vahiy tushirdi. Muso alayhissalom uchun dengiz yorildi, u 
zotning hassasi ajdahoga aylandi.  Buning hammasi tabiatga xilofdir. Ammo bu 
narsalarni dalillar kuchli emas deb inkor qilishlik Islomdan chiqishlikdir. Bizdan uni 
quvvatlaydigan javoblar yetardi. Alloh o‘z kitobida dalil qilib aytdi: 
 
“Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang-tor – 
baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holatda tiriltirurmiz” (Toho, 
124). 
Bir guruh tafsir olimlari tang-tor hayot qabr azobi deb tafsir qilishgan. Alloh taolo aytadi: 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
“Alloh taolo mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham utsivor so‘z (imon 
kalimasi) bilan solbitqadam qilur” (Ibrohim, 27). 
 
38. Faqih aytadi: Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Agar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikki farishta keladi 
va uni qabrida o‘tqazib qo‘yishib, savolga tutishadi. O‘lgan kishi odamlar orqalariga 
qaytganlaridan keyin, oxirgi oyoq tovushlarini eshitgay. So‘rashadi: “Rabbing kim?” 
“Dining nima?” “Payg‘ambaring kim?” U aytadi: “Rabbim Alloh”, “Dinim Islom”, 
“Payg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)”. So‘ngra aytishadi unga: “Alloh seni quvvatlantirdi, 
uxlagin xursand bo‘lib”. Bu Allohning so‘zidir. “Alloh mo‘minlarni hayoti dunyoda 
ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, ya’ni 
uni haq so‘z – “La ilaha illalloh” bilan quvatllantiradi, va “zolimlarni 
adashtiradi” (Ibrohim, 27), ya’ni kofirlarni haq so‘zni aytishga muvaffaq qilmaydi. Agar 
kofir va munofiq qabrga kirsa, ikki farishta so‘raydi: “Rabbing kim?” “Dining nima?” 
“Payg‘ambaring kim?” Aytadi: “Bilmayman”. Ikki farishta: “Bilmaysan”, deb katta gurzi 
blilan urishadi, uning dodlagan ovozini g‘arb va sharq orasidagi hamma narsa eshitadi, 
faqat insonlar va jinlar eshitmaydi”. 
 
39. Abu Hasan ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: 
“Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Nima qilgaysan, ey Umar, agar sening oldinga ikki 
farishta – Munkar-Nakir kelishsa, ikkovi qop-qora, ko‘zlari ko‘k bo‘lsa, tishlari bilan yerni 
o‘yib kelsa. Ikkovlarining ovozlari qattiq momaqaldiroqday bo‘lsa, ko‘zlari chaqmoqday 
bo‘lsa?” Umar roziyallohu anhu aytdilar. “Ey Allohning Rasulli, mening ahlim bo‘ladimi, 
xuddi men bu kunda bo‘lganimdek?” Rasululloh: “Ha”, dedilar. Umar roziyallohu anhu 
aytdi: “Unday bo‘lsa, ikkoviga ham kifoya qilurman, Allohning izni bilan”. Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Umar muvaffaq qilinadi”. 
 
40. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: 
“Inson vafot etgandan keyin uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi, faqat insonlar 
eshitmaydi. Agar eshitsa, albatta, xuddi yashin urgandek bo‘lib hushidan ketadi. Uni 
qabriga olib borishadi. Agar u solih bo‘lsa, meni tezroq olib boringlar, mening oldimdagi 
yaxshilikni bilganlaringda edi, meni tez yetkazar edilaring, deb aytadi. Va agar yomon 
bo‘lsa, men uchun shoshilmanglar, agar mening oldimdagi yomon ishlarni bilsalaring edi, 
hech qachon shoshilmas edinglar”, deb aytadi. 
 
Qabriga qo‘yilgach, qora, ko‘k ko‘zli ikki farishta keladi. Uning oldiga boshi tomonidan 
kelishadi. Namozi aytadi: “Men tomondan kelmagin, bu kishi ko‘pincha kechasi mana bu 
joydan qo‘rqib, saharlari turib chiqar edi”. Keyin ikki oyog‘i tomondan kelishadi, ota-
onasiga qilgan yaxshiligi kelib aytadi: “Biz tomondan kelmagin, bu oyoqlari bilan xizmat 
qilib yurar edi, mana shu joydan qo‘qqan holda”. So‘ngra o‘ng tomonidan kelishadi, 
bergan sadaqalari aytadiki: “Men tomondan kelmagin, mana shu joydan qo‘rqqan holda 
sadaqalar berar edi”. So‘ngra chap tomonidan kelishadi. Ro‘zasi aytadiki: “Men 
tomondan kelmanglar. Albatta, u chanqoq, och yurar edi, mana shu joydan qo‘rqqan-
saqlangan holda”. 
 
So‘ngra uni uxlagan odamni uyg‘otgandek uyg‘otib aytishar ekan: “Aytgan gapini 
so‘zlagan kishi uchun nima deysan?” Aytadi: “U Allohning elchisi Muhammaddir (s.a.v.). 
So‘ngra aytadi: “Shohidlik beraman, albatta, u Allohning rasulidir”. Keyin ikki farishta 
aytarkan: “Mo‘min bo‘lib yashading, mo‘min bo‘lib o‘lding”. Va uning qabri kengayadi va 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Allohning hamma saxiyliklari Alloh xohlaganicha yog‘iladi”. 
 
Allohdan tavfiq va gunohdan saqlanishlikni so‘ray-miz, kibr-havodan, adashishliklardan 
va g‘aflatda qolishlikdan, qabr azobidan panoh tilaymiz. 
 
41. Albatta, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham qabr azobidan panoh tilar edilar. 
 
42. Oyisha onamiz aytadi: “Men qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim. Bir kuni bir 
yahudiy xotin mening oldimga kelib, bir narsa so‘radi. So‘ragan narsasini berdim, keyin 
aytdi: Allohdan sen uchun qabr azobidan panoh tilayman. Men o‘yladimki, uning so‘zlari 
yahudiylarning yo‘q ishlaridan bo‘lsa kerak, deb Payg‘ambar (s.a.v.) keldilar. Men u 
kishiga o‘shani eslatdim. Menga xabar berdilarki: “Albatta, qabr azobi bordir”. 
 
Har bir musulmon Alloh taolodan qabr azobidan panoh tilamoqligi vojibdir va qabrga 
kirmasdan turib yaxshi amallar bilan tayyorlanmoqligi ham vojibdir. Chunki bu ishlar shu 
dunyoda bo‘lib turgan bo‘lsa, unga yengil bo‘ladi. Agar qabrga kirsa, bir yaxshilik qilish 
uchun ruxsat berilsa, deb orzu qiladi. Unga ruxsat berilmaydi. So‘ngra hasrat va 
pushaymonda qoladi. Oqil kishi o‘liklar  borasida o‘y-fikr qilmog‘i lozimdir. Chunki o‘liklar 
ikki rak’at namoz o‘qishlariga ruxsat berishlarini yoki bir marta: Allohdan boshqa iloh 
yo‘q. Muhammad (s.a.v.) Uning elchisidir”, deb aytmoqlikni yoki bir marta Allohga 
tasbeh aytishlikni orzu qilishadi, lekin ularga ruxsat berilmaydi. Ular tiriklarga hayron 
holda ajablanadilarki, ular kunlarini g‘aflat va bekorchilikda zoe o‘tkazayotirlar-ku, deb. 
Ey do‘stim, kunlaringni bekor o‘tkazmagin. Chunki bu kunlar sening dastmoyangdir. Sen 
molingni sarflashga qodirlikda  davom etsang, foydaga erishasan.  Chunki oxirat matohi 
bu kuningda kasoddir. Bas, harakat qilgin, kasod vaqtda oxiratnning kasod matohini 
jamlashga uringan. Chunki bir kun keladiki, bu matohlar aziz narsaga aylanadi. Sen aziz 
kuning uchun kasod kunda bu matohni ko‘paytirgin. Albatta, sen u kunda bu narsani 
talab qilishga qodir bo‘lmaysan. Alloh taolodan hojatmand va faqirona kun uchun 
tayyorlanishga bizni muvaffaq qilishllikni so‘raylik. Bizlarni pushaymon bo‘lguvchilardan 
qilmaginki, ular dunyo hayotiga qaytishlikni talab qiladilar, bas, javob berilmaydi ularga. 
Sakarot-ul mavtni – o‘lim onini bizga va barcha musulmonlarga oson qilgin va bizni va 
barcha musulmonlarni qabr azobidan o‘zing asragin, omin. 
 
___________ 
III bob. Qabr azobi va uning qattiqligi bobi hadislari 
 
1. Barro’ ibn Ozib. “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik...” Sahih*. Ahmad (288-
287/4) va Abu Dovud (4753). 
2. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min vafot etadigan vaqtida maloikalar kelishadi...” Sahih*. Abu Na’im, “Al-xulya” (104/3) 
va “Sharxus-sudur” (102 bet) ga qarang. 
3. Abudulloh ibn Umar. “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi...” Sahih*. “Majma’ul zavoid” (328/2) va “Sharhus-
sudur” (102). 
4. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Siydikdan poklaning...” Sahih*. “Sahihul-jome’” (3002). 
5. Hadis. “Alloh taolo to‘rt narsani sizlar uchun yomon ko‘radi...” Zaif*. Ibn Muborak “Az-zuhd”da (1557), Al-Qazo’iy (1087) “Zaiful-jome’”da 
(1631). 
6. Usmon ibn Affon. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qabr oxirat uylaridan birinchi uydir...” Hasan*. Termiziy (2308) va Ibn Moja (4268). 
“Sahihul jome’” (1684)ga qarang. 
7. Barro’ ibn Ozib. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min bandani qabrga...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (1369/3) va Muslim (2871/4). 
8. Ibn Umar. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Agar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikkita farishta kelgaydir» Hasan*. Termiziy (1071). 
9. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nima qilgaysan, ey Umar, agar...” Munkar*. Bayhaqiy “Azabul-qabr” (116-117), Abu Dovud, “Al-
ba’s”. 
10. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimiki o‘limga ketsa, uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi...” Hasan*. Ibn Hibbon (781) 
va Tabaroniy “Al-avsat”da keltirgan. 
11. Hadis. “Albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) ham panoh tilar edilar...” Sahih*. Buxoriy (832/2) Oyisha onamizdan rivoyat qilgan. 
12. Oyisha. “Men qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (1372/3) va Muslim (586).
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling