Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
VI bob. Jannat va jannat ahlining sifatlari bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Alloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir”
- “Mening rahmatim hamma narsadan kengdir”
- “Men uni (rahmatimni) taqvo qiladigan va zakot beradigan zotlarga yozurman”, ya’ni rahmatim shirkdan saqlanganlargadir; “va zakot beruvchilarga va bizning oyatlarimizga
- “Ular shunday kishilarki, ummiy (savodsiz) Payg‘ambarga nomini o‘z oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topshiradigan elchimizga ergashadilar”
- “(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening o‘zimgina mag‘firatli, mehribon ekanligimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!”
- “Albatta, Alloh taolo o‘ziga sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk
- Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarini qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar”
- “Kim bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat
- VII bob. Allohning rahmatidan umid qilish bobi hadislari
VI bob. Jannat va jannat ahlining sifatlari bobi hadislari 1. Abu Hurayra. “Dedikki: “Yo Rasululloh! Jannat nimadan yaratilgan?...”Sahih*. Termiziy (2526) va Ahmad (305/2) va Abu Na’im (136). 2. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jannatda bir daraxt bor...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7498) va Muslim (2826). 3. Abu Hurayra. «Qur’onni Muhammadga (s.a.v.) tushirgan zotga qasamki...» Abu Na’im, «Sifatul-janna» (264, 207) va Ibn Abu Shayba, «Al- musnaf» (114, 95/14). 4. Suhayb. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jannat egalari jannatga kirgach...» Sahih*. Muslim (181). 5. Anas ibn Molik. «Jabroil alayhissalom Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi...» Zaif*. Shofiiy, «Al-um» (185/1) Ibn Jarir tafsirida keltirgan (109/26); Uqayliy (359) va Ibn Kasir tafsiriga qarang (229/4). 6. Hadis. «Xabarda rivoyat keldi: «Agar ahli jannat xotinlaridan birini...» Sahih*. Ahmad (171, 169/1), Termiziy (2538). 7. Zayd ibn Arqam. «Ahli kitoblardan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) kelib...» Sahih*. Ahmad (381/14), Ibn Muborak (1459), Hokim va Tabaroniy (178/5). 8. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3327/6) va Muslim (2834/4). 9. Ibn Abbos. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albutta, ahli jannatlar soqolsiz...» Zaif*. Abu Na’im, «Sifatul-janna» (260). 10. Hadis. «Do‘stlarni ko‘paytiringlar...» Mavzu’* Hokim, «Tarixuh». 11. Anas ibn Molik. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kimiki Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa...» Sahih*. Termiziy (2572) va Nasoiy (279/8), Ibn Moja (4330) va «Al-mishkot» (2478) ga qarang. 11. Abdulloh ibn Mas’ud. «Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar...» Sahih*. Muslim (178). VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH 73. Faqih aytadi: Abu Hurayra deydi: “Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdim: “Alloh taolo rahmatini yuz qism qildi. O‘ziga 99 tasini olib qolib, bittasini yer yuziga tushirdi. Yaralganlar bir-birlariga rahm qilishlari uchun. Hattoki ot tuyoqlari bolasiga tegib ketishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib yurishi shundan”. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taoloda yuzta rahmat bor, dunyo ahliga shulardan bittasini tushirgay. Ularni insoniyat umriga tarqatib yuborgay. Alloh taolo qiyomat kunida o‘sha rahmatni olib qo‘yib, 99 taga qo‘shib, yuzta qilib, o‘zining avliyolari uchun, ahli toatlar uchun mukammal aylagay”. 74. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam bayon qildilar: “Alloh mo‘minlar uchun hozirlagan rahmatini Allohga hamd aytmoqlari uchun, ularni o‘z rahmatidan ikromli qilib qo‘yganiga Allohga shukr etmoqliklari va solih amallar qilmoqliklari uchun tayyorlab qo‘ydi. Chunki kim Allohning rahmatidan umid etsa, u yaxshi amal qiladi va o‘sha rahmatga erishishga harakat qiladi. Chunki Alloh taolo aytdi: “Alloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir” (A’rof, 56). Yana: “Bas, kimiki Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin” (Kahf, 110). Yana: “Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir” (A’rof, 156), ya’ni har narsa uchun Allohning rahmatidan nasiba bor. Ibn Abbos, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, aytadi: “Vaqtiki bu “Mening rahmatim hamma narsadan kengdir” oyati nozil bo‘lganida iblis alayhil la’na g‘ururlandi va aytdi: “Men ham Allohning rahmatidan nasibadorman”. Yahudlar va nasorolar ham Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 47 g‘ururlandilar, aytdilar: “Bizlar yaratilgan maxluqlarning bittasimiz. Bizga Alloh rahmatidan nasiba bor”. Keyin Alloh taolo bu oyatni tushirdi: “Men uni (rahmatimni) taqvo qiladigan va zakot beradigan zotlarga yozurman”, ya’ni rahmatim shirkdan saqlanganlargadir; “va zakot beruvchilarga va bizning oyatlarimizga keltirguvchi kishilarga”, ya’ni Allohning oyatlarini to‘g‘ri, deydiganlarga. Shundan keyin iblis Allohning rahmatidan noumid bo‘ldi. Yahud va nasorolar, bizlar shirkdan saqlanamiz, zakot beramiz va oyatlariga imon keltiramiz, dedilar. Keyin bu oyat tushdi: “Ular shunday kishilarki, ummiy (savodsiz) Payg‘ambarga nomini o‘z oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topshiradigan elchimizga ergashadilar” (A’rof, 157), ya’ni Muhammad (s.a.v.) ishonadilar. So‘ngra yahud va nasorolar noumid bo‘lishdi. Rahmat faqat mo‘minlar uchun xos bo‘lib qoldi. Har bir mo‘min imon ne’mati bilan ikrom qilinganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi vojibdir, mo‘minlar jumlasidan nom qo‘yilganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi va Rabbisidan gunohlaridan o‘tishligini so‘ramoqligi vojibdir. Yahyo ibn Maozdan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilinadi. U kishi aytadi: “Ey Parvardigor, bizga bitta rahmat tushirding. O‘sha rahmat bilan hurmatli qilding. U Islomdir, bas, Sen bizga yuzta rahmat tushirsang, qanday qilib Sening mag‘firatingdan umid qilmaymiz!” O‘sha kishidan yana zikr qilindi: “Ey Parvardigor, agar savobing itoat qiluvchilar uchun bo‘lsa, rahmating gunohkorlar uchun bo‘lsa, bas, men itoatda bo‘lmasam-da, Sening savobingdan umid qilaman, gunohkorlardan bo‘lsam-da, rahmatingdan umid qilaman. Ey Parvardigor, jannatni yaratding va uni do‘stlaring uchun dasturxon qilding, kofirlarni undan noumid qilding. Maloikalarni jannatdan behojat qilib yaratding. O‘zing jannatdan behojatsan, agar jannatni bizlarga bermasang, unda jannat kim uchun bo‘ladi?!” 75. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Bir odam jannatga amalsiz “La ilaha illaloh” bilan kirdi, o‘layotgan vaqtida ahllariga aytdi: “Agar men o‘lsam, o‘tda yoqinglar, keyin uvalab, yarmimni dengizga, yarmimni quruqlikka sepinglar!” U odam o‘ldi, aytganidek qilishdi. Alloh taolo buyurdi, quruqlik va dengiz jam bo‘ldi. Alloh aytdi: “Bu ishni qilishga seni nima majburladi?” Kishi aytdi: “Ey Rabbim, sendan qo‘rqishligim!” Shu ishi bilan Alloh taolo uning gunohlarini kechirdi. 76. Faqih Abu Ja’far aytadi: Payg‘ambarimizning sahobalaridan biri rivoyat qildi: “Bizlarning oldimizga Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam chiqdilar, bizlar kular edik. Aytdilar: “Do‘zax orqalaringizda bo‘lib, kulasizlarmi? Allohga qasamki, sizlarning kulganlaringizni ko‘rmay!” Keyin burildilar. Go‘yoki bizning boshimizda bir qush turgandek jim qoldik. Keyin bizlarga qaytdilar va aytdilar: “Mening oldimga Jabroil alayhissalom kelib dedi: “Alloh taolo sizga aytdi: “Ey Muhammad, nima uchun bandalarimni rahmatimdan noumid qilasiz?” deb. “(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening o‘zimgina mag‘firatli, mehribon ekanligimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!” (Hijr, 49-50.) Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 48 77. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun uning gunohini katta sanamaydi. Sizlardan oldin o‘tgan bir kishi 98 kishini o‘ldirgan edi. Rohibning oldiga kelib: “Men 98 kishini o‘ldirdim, tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib: “Sen haddan oshirib yuboribsan!” dedi. U kishi turib uni o‘ldirdi. Keyin boshqa bir rohibnning oldiga kelib: “Men 99 kishini o‘ldirdim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib: “Haddidan oshirib yuboribsan”, dedi. Uni ham o‘ldirdi. So‘ng boshqa bir rohibning oldiga kelib: “Men 100 kishini o‘ldirdim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib aytdi: “Haddidan oshiribsan, bilmadim, lekin ana u yerda ikki qishloq bor, bittasining oti “Basra” deydi, ikkinchisini “Kufra” deydi. Ammo ahli Basra jannat ahllarining amallarini qiladigan qavm, u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Ammo Kufra ahli do‘zax ahli qiladigan amallarni qiladilar va u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Agar sen Basraga borsang va ularning amallarini qilsang, sening tavbangda shubha bo‘lmaydi. Haligi kishi o‘zi xohlagan tomonga jo‘nadi. U ikki qishloqning o‘rtasida ekanligida o‘lib qoldi. Uning ustida azob farishtasi bilan rahmat farishtasi munozara qilib qolishdi. Maloikalar Allohdan bu ishni so‘radilar, aytildiki: “Ikki qishloq orasini o‘lchanglar, qaysisiga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha qavm ahlidan bo‘lgaydir!” Ikki qishloqning orasini o‘lchadilar, u Basra qishlog‘iga bir qarich yaqin ekanligi bilinadi va u o‘sha qishloq ahlidan deb yozildi”. Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta narsaga qasam ichdim. Agar to‘rtinchisiga qasam ichsam, u ham to‘g‘ri bo‘ladi. Birinchisi: Dunyoda Alloh taolo biron kishini do‘st tutsa, qiyomat kuni uning ustiga o‘zidan boshqani hokim qilib qo‘ymaydi. Ikkinchisi: Alloh Islomdan nasibador bo‘lgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo‘ymaydi. Uchinchisi: Kishi qaysi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kunida ular bilan birga bo‘ladi. To‘rtinchisi: Alloh taolo dunyoda bir bandaning (gunohlarini) berkitsa, oxiratda ham berkitadi”. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Niso surasidagi to‘rt oyat jam’i dunyodan yaxshidir. Birinchisi: “Albatta, Alloh taolo o‘ziga sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq aqldan ozibdi” (Niso, 116). Ikkinchisi: “Agar ular jonlariga zulm qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarini qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar” (Niso, 64). Uchinchisi: “Agar sizlar man, etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga kiriturmiz” (Niso, 31). To‘rtinchisi: “Kim bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 49 so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topap-ko‘rar” (Niso, 110). 78. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening shafoatim ummatimning katta gunoh qilganlari uchundir, buni kim yolg‘onga chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi”. Jobir ibn Abdulloh aytdi: “Kim katta gunoh qiluvchilardan bo‘lmasa, shafoatga muhtoj bo‘lmaydi”. 79. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Mening shafoatim katta gunoh qiluvchi ummatimgadir. Buni kim yolg‘onga chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi”. 80. Jobir ibn Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Bizlarning oldimizga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar va aytdilar: “Mening oldimdan hozirgina do‘stim Jabroil alayhissalom chiqdi, aytdi: “Ey Muhammad, sizni haq payg‘ambar qilib jo‘natgan Zotga qasamki, Allohning bandalaridan biri besh yuz yil tog‘ning ustida Allohga ibodat qildi. Tog‘ning uzunligi va kengligi o‘ttiz gaz edi. Dengiz uni har tomonlama to‘rt ming farsax masofadan o‘rab turardi. Alloh taolo uning uchun shirin suvli buloq oqizgan edi. Va yana anor daraxti bor edi. Har kuni undan bir dona anor chiqar edi. Kechasi o‘tsa, tahorat olganidan keyin, o‘sha anorni olib yer, keyin namozga qoyim bo‘lar edi. U Allohdan sajda qilib turgan vaqtida jonini olishni va yer va boshqa qurt-qumursqalar yemasligini so‘rar edi” Alloh taolo uning aytganidek qildi. Jabroil alayhissalom aytdi: “Bizlar qachon uning oldidan o‘tsak, tushsak va chiqsak, uning sajdada ekanini ko‘rar edik. Ilmda topdikki, qiyomatda u tirildi va Allohning qudrati oldida to‘xtadi. Alloh taolo: “Bandamni jannatga kirgizinglar, rahmatim bilan!” dedi. Banda aytdi: “Yo‘q, meni amalim bilan kirgizgin”. Maloikalarga Alloh aytdi: “Uning amallarini unga berilgan ne’matlar bilan hisoblanglar”. Unga berilgan ko‘z ne’matining o‘zi besh yuz yillik ibodatini qamrab oldi va jasad ne’mati qarz bo‘lib qoldi. Alloh: “Bandamni do‘zaxga kirgizinglar”, dedi. So‘ngra ular do‘zaxga olib borar ekanlar, u nido qilar edi: “Ey Rabbim, rahma-ting bilan jannatingga kirgizgin!” Alloh taolo uni qaytarishni buyurdi. Alloh qudrati oldida to‘xtatildi. Alloh: “Ey bandam, sen oldin yo‘q eding, seni kim yaratdi?” dedi. “Ey Rabbim, Sen yaratding!” “Bu sening amalingmi yoki mening rahmatimmi?” Aytdi: “Sening rahmating!” “Kim seni besh yuz yil ibodat qilishga yarasha quvvatlantirdi?” Aytdi: “Ey Rabbim, sen quvvatlantirding!” “Tog‘da senga tagi ko‘rinmaydigan katta suvni kim chiqardi? Sho‘r suvdan shirin suvni kim chiqardi? Har kecha senga bir dona anorni kim chiqardi? Anor yilda bir marotaba chiqar edi-ku! Sajda qilib turgan vaqtingda joningni olishimni so‘rading. Men shunday qildim. Bularni kim qila olardi?” “Sen, ey Rabbim!” dedi. Alloh aytdi: “Bularning hammasi Mening rahmatimdir va rahmatim bilan jannatga kirgizgayman!.. Bandamni rahmatim bilan jannatga kirgizinglar! Sen qanday yaxshi bandam bo‘lding!” Alloh taolo uni jannatga kirgizdi”. Jabroil alayhissalom aytdi: “Bularning hammasi Allohning rahmatidir!” 81. Hasandan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘lim vaqtida musulmon kishining qalbida xavf bilan umid jam bo‘lganida, nimani umid qilsa, Alloh taolo shuni beradi va nimadan qo‘rqqan bo‘lsa, uni ketkazadi”. 82. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar!” “Siz ham najot topmaysizmi, yo Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 50 Rasululloh?” Aytdilar: “Men ham, lekin meni Alloh o‘z rahmati bilan o‘rab oladi! Alloh taologa yaqin bo‘ladigan amallarga yaqinlashinglar. To‘g‘ri so‘zni aytinglar. Allohga ibodat qilinglar va kunning ikki tarafi va kechaning qorong‘u paytida zikr qilinglar. Amal qilinglar quyosh chiqishida va quyosh botishida, qorong‘i kechalarda ibodatni lozim tutinglar”. 83. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yengil qilinglar, og‘ir qilmanglar, xursand qilinglar va qochirmanglar!” Ibn Mas’ud aytadi: “Odamlarga qiyomat kuni rahmat davomli bo‘lganini ko‘rgan iblis boshini ko‘tarib, Alloh rahmatining kengligini, shafoat qiluvchilarning shafoatini ko‘radi!”. 84. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kunida Arshning tagidan nido qilguvchi nido qiladi: “Ey Muhammadning ummati! Mening tomonimdan sizlarga nimaiki bo‘lsa, berdim. Endi bandalarning haqlari qoldi. Bir-biringizga beringizlar va jannatga Mening rahmatim bilan kiringizlar”. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Xavf inson salomat bo‘lgan paytda bo‘lsa, afzaldir. Vaqtiki kasal va amaldan ojiz bo‘lsa, umid qilishi afzaldir”. Ya’ni kishi salomat bo‘lsa, qo‘rqinch afzal, toatlarda kuch va g‘ayrat ko‘rsatmoqligi, gunohlardan qaytishligi kerakdir. Agar kasal va ojiz bo‘lsa, umid qilish afzaldir. Abu Ravvodning otasi aytadi: “Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: “Ey Dovud! Gunohkorlarni xursand qil va siddiqlarni ogohlantir!” So‘radi: “Gunohkorlarni qanday xursand qilib, siddiqlarni qanday ogohlantiraman?” “Gunohkorlarga xursandchilik xabarini bergin, ularning gunohlarini kechirmoqlik Menga katta ish emas! Va ogohlantir siddiqlarni, qilgan amallari bilan gerdaymasinlar. Men biror kishiga o‘zimning o‘lchov- hisobimni qo‘ysam, uni halok qilgayman”. Ba’zi ahli kitoblardan aytiladi: “Alloh taolo: “Albatta Mening o‘zimgina Allohman! Podshohlarning podshohiman! Podshohlarning qalblari Mening qudratimdadir va taqdirlari qo‘limdadir. Qaysi qavmdan rozi bo‘lsam, ularga podshohlarning qalbini rahmli qilib qo‘ydim. Qaysi qavmga g‘azabim tushsa, ularga podshohlarning qalbini o‘t-g‘azabli qilib qo‘ydim. Podshohlarni la’natlash bilan o‘zlaringni mashg‘ul qilib qo‘ymanglar. Menga tavba qilinglar va sizlarga mehribonlik va yumshoqlik qilgayman”. 85. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar mo‘minlar Alloh huzuridagi azobni bilganida edi, jannatiga hech kim tama’ qilmagan bo‘lar edi va agar kofirlar Allohning huzuridagi rahmatini bilganida edi, uning rahmatidan hech kim noumid bo‘lmas edi” 86. Ahmad ibn Saql aytdi: “Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim va: “Senga Rabbing nima qildi!” deb so‘radim. Dedi: “Meni chaqirdi va aytdi: “Ey yomon chol, nima qilgan bo‘lsang, qilib bo‘lding!” Aytdimki: “Ey Rabbim, Sendan bir so‘z eshitgan edim”. So‘radi: “Nima eshitding?” Aytdim: “Menga Abdurazzoq Mu’ammardan, Zuhriydan, Urvadan, Oyishadan, Payg‘ambardan (s.a.v.) Jabroil alayhissalomdan rivoyat qilinishicha, Sen aytibsanki: “Qaysi bir muslim Islomda sochi oqarsa, Men uni azoblashdan uyalgayman”, deb. Men esa juda keksaman”. “Abdurazzoq to‘g‘ri aytdi. Mu’ammar, Zuhriy, Urva, Oyisha, Muhammad va Jabroil to‘g‘ri aytibdilar. Men ham to‘g‘ri aytganman! Ey Yahyo, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 51 Men Islomda sochlari oqargan kishini azoblamayman!” dedi va meni jannatga kirishga buyurdi”. 87. Umar Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning oldilariga kirgan vaqtida, yig‘lab turgan ekanlar. “Nega yig‘layapsiz, yo Rasululloh?” deb so‘radi. “Menga Jabroil keldi va aytdi: “Albatta, Alloh taolo Islomda qarib, sochi oqargan mo‘minlarni azoblashdan uyaladi”. Endi mo‘min ham Islomda sochi oqargan paytida Alloh taologa gunoh qilishlikdan qanday uyalmasin!” Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: qariyalarga bu ikrom-karomatlarni bilmoqligi va Allohga shukr qilmoqligi, kiroman kotibinlardan (ikki farishtadan) uyalishi, gunohlardan qaytishi va Alloh taoloning itoatiga doim tayyor bo‘lishligi vojibdir! Chunki u qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, agar ekin o‘rimga kelib qolsa, kutib o‘tirilmaydi. Shuningdek, yigitlarga ham Allohdan qo‘rqmoqligi, gunohlardan saqlanmoqligi, toatda bardavom bo‘lishliklari vojibdir! Chunki hech kim qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, yigit Alloh taoloning ibodatlarini qabul qiluvchi bo‘lsa, gunohlardan qaytsa, Alloh taolo uni qiyomat kunida Arshning tagida soyalantiradi! 88. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo yetti kishini, qiyomatda faqatgina arshning soyasidan boshqa soya yo‘q vaqtda uning soyasida soyalantiradi: 1) odil imomni; 2) Allohning ibodatida ulg‘aygan yigitni; 3) hami-sha qalbi masjidga bog‘langan, agar masjiddan chiqsa, yana qaytadigan kishini; 4) Alloh yo‘lida bir-birini do‘st tutgan kishilarni va Alloh yo‘lida yig‘ilib, Alloh yo‘lida tarqaladiganlarni; 5) Allohni xoli holda zikr qilib, ko‘zidan yosh oqizgan kishini; 6) sadaqa berganida yashirib beradigan kishini, qaysiki o‘ng qo‘li berganini chap qo‘li bilmaydi; 7) chiroyli, nasabli ayol o‘ziga chorlaganida, “Men Allohdan qo‘rqaman”, deb bormagan kishini”. ______________ VII bob. Allohning rahmatidan umid qilish bobi hadislari 1. Abu Hurayra. «Alloh taolo rahmatini yuz bo‘lak qildi...» Muttafaqun alayhi*. Al-Buxoriy (6000/10) va Muslim (2757/4). 2. Hasan. «Alloh taoloda yuzta rahmat bor...» Sahih*. Hokim (57/1). 3. Abu Said Xudriy. «Bir odam jannatga amalsiz...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3481/6) va Muslim (2755/4). 4. Abdulloh ibn Amr Os. «Albatta Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3470/6) va Muslim (2766/4). 5. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy. «Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Ahmad (384/3) va Termiziy (2436). 6. Anas ibn Molik. «Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Abu Dovud (4739), Termiziy (2435), «Sahihul-jome’» (3714). 7. Jobir ibn Abdulloh. «Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar...» Bu hadisning sahihligiga ulamolar ixtilof qilishadi. Hokim va Zahabiy sahih deganlar, Uqayliy «Az-zuafo»da zaif deganlar (638). 8. Hasan. «O‘lim vaqtida musulmon...» Hasan*. Abdu ibn Hamid (1370) va termiziy (983), Ibn Moja (3261) va Nisoiy, «Al-yavmu vallaylau» (1062). 9. Abu Hurayra. «Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6463/11) va Muslim (1734/3). 10. Hadis. «Qiyomat kunida Arshning tagida nido qiluvchi...» Mavzu’*. «Ihyo» (530/4) va «Itxofis sodatul-muttaqiin» (571/10). 11. Abu Hurayra. «Agar mo‘min Alloh huzuridagi...» Sahih*. Muslim (2755/4) va boshqalar. 12. Oyisha. «Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim...» «Kashful-xafo» (284/1) ga qarang. 13. Abu Hurayra. «Alloh taolo yetti kishini...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (660) va Muslim (1031/2). VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON ISHLARDAN QAYTARISH Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi. Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo hammani bitta xos amal bilan azoblamaydi, lekin gunohlar zohir bo‘lsa, o‘shandan qaytarmasalar, o‘sha qavmning hammasi azobga haqli bo‘ladi”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 52 90. Zikr qilindi: “Alloh taolo Yusha’ ibn Nun alayhissalomga vahiy qildi: “Albatta, Men sening qirq mingta yaxshi ummatingni o‘z ixtiyori bilan halok qiluvchiman va yomon ummatingdan ham oltmish mingtani!” Yusha’ alayhissalom aytdilar: “Yo Rabbim, yomonlarni jazolashing mumkin, yaxshilarga nima uchun jazo berasan?” Alloh aytdi: “Ular Mening g‘azabim keladigan ishlardan g‘azablanmadi, o‘shalar bilan birga yeyishdi va ichishdi”. 91. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta olimlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir. Odamlarning ba’zisida yaxshilikni yopuvchi yomonlik kalitlari bordir. Yaxshilik kalitlarini Alloh ularning qo‘llariga tutgan kishilar qanday ham yaxshi odamlardir! Vayl (azob) bo‘lgay Alloh taolo yomonlik kalitlarini qo‘llariga tutgan kishilarga!” Ya’ni kishilarki, yaxshilikka buyuradilar, yomon ishlardan qaytaradilar. Shu yaxshilikni ochuvchi va yomonlikni yopuvchi kalitlardir. Bu toifadagi kishilar mo‘minlardan bo‘ladi. Alloh taolo aytadiki: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling