Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb qilish fazilati bobi hadislari
- Kasb qilish va haromdan hazar etish bobi hadislari
- Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi 281 qora dog‘ bo‘ladigan, uni faqat olov o‘chiradigan tilanchilikdan yaxshi emasmi?” Hakimlarning ba’zilari shunday deydilar: “Oqil kishi besh narsasi bo‘lmagan shaharga tushmaydi: qat’iyatli sulton, odil qozi, muqim bozor, oqar daryo, mohir tabib”. Hakimlarning biridan: “Kasblarning yaxshisi nima?” deb so‘rashdi. U kishi shunday deb javob qildi: “Dunyo kasblarining yaxshisi ehtiyojni qondirish uchun haloldan talab qilingani, uning bilan ibodat hozirligi ko‘rilgani va ortiqchasi qiyomat kuniga zaxira qilib qo‘yilgani. Oxirat kasblarining yaxshisi esa, amal qilinadigan ilmni tarqatish, solih amallar qilish va yaxshi odatni joriy etish”. Keyin: “Kasblarning yomoni nima?” deb so‘rashdi. “Dunyo kasblarining yomoni haromdan mol to‘plash va uni gunoh ishlarga sarflash hamda Parvardigoriga itoat qilmaydigan kishiga ergashish. Oxirat kasblarining yomoni esa, hasad qilib, haqni inkor etish, qasddan ma’siyat qilish va adovatli yoki zulmkor yomon odatni joriy etish”, deb javob qildi. _____________________ Kasb qilish fazilati bobi hadislari 696-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 697-hadis. Hasan. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 698-hadis. Isnodi noma’lum. 699-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 700-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan. 701-hadis. Bazzor rivoyat qilgan va roviylarini ishonchli, degan. 702-hadis. Mursal. 703-hadis. Tabaroniy rivoyat qilgan. Xaysamiy roviylarini sahih, degan. 704-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 705-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 706-hadis. Zaif. Abu Dovud, Ibn Mojja rivoyat qilgan. OLTMISH IKKINCHI BOB KASB OFATI VA HAROMDAN HAZAR QILISH 707. Faqih Abu Lays Samarqandiy Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlarga Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar xohlasanglar, qasam ichamanki, savdogar fojirdir”, deb aytdilar». 708. Yana Qatodadan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunduzni qasam ichib o‘tkazib, kechasi uni hisob-kitob qiladigan savdogardan ajablanaman”. Ahli ilmlarning aytishlaricha, din va dunyo to‘rt narsa bilan qoyim bo‘ladi: olimlar, amirlar, askarlar va kasb egalari. Faqih aytadilar: “Bu gapni bir zohid tafsir qilgan. Amirlar xalqning tartibini saqlashadi. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari. Ular xalqqa oxiratni anglatib turishadi va odamlar ularga ergashadi. Qurolli askarlar – Allohning askarlari. Ular musulmonlarning tinchligini saqlash uchun kerak. Ammo cho‘pon bo‘riga aylansa, podani kim boqadi, kim saqlaydi?! Olimlar ilmni tashlab, dunyo bilan shug‘ullanib ketishsa, xalq kimga ergashadi?! Askarlar yuqori mansabga intilsa va tama’ uchun chiqsa, xalqni dushmandan qanday himoya qiladi?! Kasb egalari xiyonat qilsalar, odamlar ulardan qanday omonlik topishadi?!” Hakimlardan biri dedi: “Agar savdogarda uch xislat bo‘lmasa, ikki dunyoda kambag‘al bo‘lib qoladi: tili uch narsadan – yolg‘ondan, ortiqcha so‘zdan va qasam ichishdan saqlanmasa, qalbi uch narsadan – ko‘z bo‘yamachilikdan, xiyonat qilishdan va hasaddan pok bo‘lmasa, o‘zida uch narsani – juma va jamoat namozlarini, ilm uchun vaqt ajratishni va Alloh taolo roziligini har narsadan ustun qo‘ymasa”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 282 Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Savdogar din ilmida faqih bo‘lmasa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi”. Umar ibn Xattob (r.a.) dedilar: “Kim dinda faqih bo‘lmasa, bozorlarimizda savdo qilmasin”. Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: “Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida bo‘rilari bordir”. Yana Sufyoni Savriy aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, bozorlarning qorisi va amirlarning olimi bo‘lishdan saqlaninglar”. Muhammad ibn Abu Shamol bozorga kirib aytar edilar: “Ey bozor ahllari, bozorlaringiz kasod, sotishlaringiz fasod, qo‘shnilaringiz hasad qiluvchi va joylaringiz do‘zax (bo‘lib qolmasin)”. Ibn Abbos (r.a.) aytdilarki: “Halol kasb qilish tog‘ni toqqa ko‘chirishdan og‘irdir”. Yunus ibn Ubayd (r.a.) dedilar: “Bugungi kunda infoq qilinayotgan dirhamlarning pokizasi juda kam, bajarilayotgan amallarning islomiyi tansiq, sunnatga amal qiluvchi olimlar juda oz. Dunyo kamchilliklari ichida bulardan-da ozini bilmayman. Ular ko‘paymaydilar, ko‘paysa ham, ozgina ko‘payadi. Agar halol dirham topganimizda, dardlarimizni davolagan bo‘lardik”. 709. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: “Har bir banda qiyomat kuni Alloh taologa ro‘baro‘ qilinadi va qadami uzilmasdan to‘rt narsa – jasadini nimaga urintirgani, umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmiga qanday amal qilgani va mol-dunyosini qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida so‘raladi”. Hakimlardan biri aytadi: “Munofiq kishi dunyoni hirs bilan oladi, shubha qilib, (zakotni) man’ etadi, riyo bilan sadaqa beradi. Uzoqni ko‘zlovchi mo‘min dunyoni qo‘rqinch bilan oladi, shukr qilib saqlaydi, Alloh taolo uchun xolis sarflaydi». Yahyo ibn Maoz (r.a.) aytadilar: “Toat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning kaliti duo. Kalitning tishlari halol luqma. Ibn Shabrama deydilar: “Ajabo, shunday kishilar borki, kasallikdan qo‘rqib, haloldan tiyiladi. Nima uchun do‘zaxdan qo‘rqib, haromdan saqlanmaydi”?! 710. Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ey odamlar, hech biringiz rizqingizni mukammal olmaguningizcha o‘lmaysiz. Rizqda shoshilmanglar, Allohdan qo‘rqinglar, chiroyli talab etinglar. Sizlarga nima halol qilingan bo‘lsa, uni olinglar va Alloh harom etgan narsani tashlanglar”. Hakim aytadilar: “Odamlar kasb-korlariga qarab, besh toifadir. Birinchi toifa rizqni kasbdan deb biladi. Ular kofirlardir. Ikkinchisi Allohdan va kasbdan deb biladi. Ular mushrikdir. Uchinchi toifa unga rizq beriladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Ular munofiqlardir. To‘rtinchi toifa rizqni Allohdan biladi. Ammo kasbi tufayli gunoh qiladi va uning haqqini ado etmaydi. Ular fosiqlardir. Beshinchi toifa rizqni Allohdan deb bilib, kasbni sabab ko‘radi, haqqini ado etadi va Allohga osiylik qilmaydi. Ular ixlosli mo‘minlardir”. 711. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Abu Bakr Siddiqning (r.a.) bir xizmatkorlari bo‘lib, u topgan pulidan har kuni taom keltirardi. Abu Bakr Siddiq Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 283 (r.a.) uni qaerdan topganini so‘rab bilmagunlaricha yemas edilar. Bir kuni xizmatkor bir joydan ovqat olib keldi. U zot odatlariga qarshi taomni surishtirmasdan turib, bir luqma oldilar. G‘ulom: “Har kuni mendan so‘rar edingiz, bu safar so‘ramadingiz”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shunda aytdilar: “Sening holingga voy. Meni ochlik chalg‘itdi. Endi xabar ber-chi, bu taomni qaerdan keltirding?”Xizmatkor: “Men johiliyat davrida bir necha kishilarni dam solib davolagan edim. Ular menga ish haqimni berishni va’da qilgan edilar. Bugun ularning uylariga borib, o‘sha va’dalarini eslatdim. Ular mana shu taomni berishdi”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shu zahoti qo‘llaridagi taomni tashladilar va qayt qila boshladilar. Qiynalib bo‘lsa-da, o‘sha yutganlari birgina luqmani chiqarib tashlashga harakat qildilar. Ammo unga erisha olmadilar. Hatto ko‘karib, qorayib ketdilar. So‘ngra harakat qilib, yana qodir bo‘lmadilar. Shu yerda ahvolni ko‘rib turgan kishilar: “Ustidan bir kosa suv iching”, deyishdi. So‘ng u kishiga bir idishda suv olib kelishdi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) suvni ichib, keyin qayt qildilar. Yeganlarining barchasini chiqarib tashlamagunlaricha to‘xtamadilar. Odamlar: “Bir luqma uchun shuncha azobmi?” deyishdi. Shunda u zot (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo harom narsalar bilan ozuqlangan har bir jasadni jannatdan mahrum qiladi”, deb aytganlarini eshitganman”, dedilar”. Faqih aytadilar: “Kim kasbini yaxshi qilishni istasa, beshta narsani o‘zida saqlasin: kasbi tufayli Allohning farzini orqaga surmaslik va kamaytirmaslik, kasbi tufayli Allohning bironta maxluqiga ozor bermaslik, kasbi bilan oilasining iffatini saqlashni niyat qilish va uni mol-dunyo jam qilishga, ko‘paytirishga vosita etmaslik, nafsini kasbi sababidan juda qiynab yubormaslik, rizqini kasbidan emas, balki Allohdan bilib, kasbini sabab ko‘rish”. 712. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlari rivoyat qilingan: “Kim mol-dunyoni gunoh yo‘llar bilan topsa, so‘ngra undan sadaqa qilsa yo u bilan qarindoshchilikni bog‘lasa yoki Alloh yo‘lida ishlatsa, qilganlarining hammasi jamlanib, do‘zaxga tashlanadi”. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Alloh taolo ribo, poraxo‘rlik, xiyonat, g‘ulul yoki o‘g‘irlik orqasidan haj qilgan kishining haj va umrasini, jihodini, sadaqasini, qul ozod qilishini va nafaqasini qabul qilmaydi”. Keyin: “Besh narsa besh narsa bilandir”, deb qo‘ydilar. 713. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar banda haloldan kasb qilib, undan sadaqa va infoq qilsa, ajr va barakotga erishadi. Ammo haromdan mol topib, bu ishlarni (sadaqa, infoq) qilsa yoki uni (topganini) ortidagilarga qoldirsa, unga faqatgina do‘zax olovi ziyoda bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan emas, yaxshilik bilan o‘chiradi”. 714. Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, haqiqiy mol narsalarni tashib keltirib sotganning molidir. Tijoratchilaringizning yomoni oralaringizda muqim turib, (ya’ni, safar qilmay) sizlar bilan talashib-tortishadiganlaridir”. 715. Payg‘ambar (s.a.v.) yaxshi kasb to‘g‘risida so‘ralganlarida shunday deganlar: “Kishining o‘z qo‘li bilan qilgan mehnati va har bir mabrur savdo», ya’ni, shubha va xiyonat bo‘lmagan savdo. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 284 716. Qatoda (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Aytishlaricha, rostgo‘y tijoratchi qiyomat kunida arshning soyasi ostida bo‘ladi”, dedilar. ________________ Kasb qilish va haromdan hazar etish bobi hadislari 707-hadis. Isnodi zaif. 708-hadis. Juda zaif. Uqayliy rivoyat qilgan. 709-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “As-sahih”ga qarang. 710-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ibn Moja rivoyat qilgan. 711-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 712-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Abu Dovud rivoyat qilgan. 713-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 714-hadis. Zaif. 715-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. “Sahihul-jame’”ga qarang. 716-hadis. Mavzu’ marfu’. Asbahoniy “At-tarhibu vat-tahib”da keltirgan. OLTMISH UCHINCHI BOB TAOM BERISh VA HUSNI XULQ FAZILATI 717. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Bizga Muhammad ibn Abdulvahhob ibn Muhammad Ahmad ibn Alidan, u kishi Abu Sobitdan, Abu Sobit Abu Bakr ibn Amrdan, u Jarirdan, Jarir A’mashdan, u zot Atiyya Avfiydan Jobir ibn Abdullohning (Alloh otabola ikkovidan ham rozi bo‘lsin) shunday deganlarini rivoyat qiladi: “Ey Atiyya, mening vasiyatimni yoding da tut. Menimcha, sen bilan boshqa hamsuhbat bo‘lmasak kerak. Muhammad (s.a.v.) oilasini va sahobalarini yaxshi ko‘r, Muhammadning (s.a.v.) oilasini yaxshi ko‘rganlarni ham yaxshi ko‘r. Garchi gunoh va xatolar qilgan bo‘lsalar ham. Muhammad (s.a.v.) oilasini yomon ko‘rganlarni yomon ko‘r, garchi kunduzlari ro‘za tutib, kechalarida namozga qoim bo‘lsalar ham. Ochlarga taom ber, salomni yoy, odamlar uxlaganda namoz o‘qi. Men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo Ibrohimni (alayhissalom) ochlarga ovqat berganlari, salomni oshkora etganlari, odamlar uxlaganda namoz o‘qiganlari uchun o‘ziga do‘st qilib oldi”, deganlarini eshitganman”. 718. Faqih (rahmatullohi alayh) G‘ayron ibn Harisning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga kelib: “Anavi muhojirlar va ansorlar bizlarda hech bir amal yo‘q, deb aytishyapti, dedi. Ibn Abbos (r.a.): “Yo‘q, agar namoz o‘qisang, zakot bersang, ro‘za tutsang, Allohning uyini xaj qilsang, mehmon kutsang, jannatga kirasan”, dedilar. Abu Shurayh Xuzo’iy aytadilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonini ikrom qilsin, uning joiz bo‘lgani bir kun, ziyofati uch kundir. Undan keyingilari sadaqadir”, deb aytganlarini eshitganman”. Ato (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar: “Ibrohim (alayhissalom) ovqatlanishni xohlasalar va ovqatlanishga sherik topmasalar, bir-ikki mil yurib, birga ovqatlanish uchun sherik izlab kelardilar”. Ikrima ( r.a.) aytadilar: “Ibrohimni (alayhissalom) mehmonlarning otasi, deb atashardi. U kishining uylarida to‘rt eshik bor edi, qaysi eshikdan biror kishi kelarkan, deb qarab o‘tirardilar”. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) deydilar: “Bir-ikki so’ bug‘doydan taom tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 285 Abdulloh ibn Umar (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) biron ovqat tayyorlatsalar, ko‘chadan hay’atli kishi o‘tsa, chaqirmasdilar, miskin o‘tsa, chaqirar edilar va: “Ovqatga ishtahasi yo‘q kishini chaqirib, ovqatga muhtoj bandani tark qilasizlarmi?” derdilar. 719. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): “Odamlarni ko‘proq jannatga kiritadigan narsa nima?” deb so‘rashdi. U zot: “Allohdan qo‘rqish va yaxshi xulq”, dedilar. So‘ng do‘zaxga odamlarni ko‘proq kirgizadigan narsa haqida savol berishdi. “Ikki bo‘sh (qo‘yilgan) narsa – og‘iz va farj hamda yomon xulq”, deb javob qildilar. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq, yaxshi qo‘shnichilik va qarindoshlar bilan bog‘lanib turish yurtlarni obod etadi, umrlarni ziyoda qiladi, garchi qavm fojir bo‘lsa ham 720. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: “Men Nabiy (s.a.v.) masjidlarida Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Abdurahmon, Ibn Mas’ud, Maoz, Huzayfa, Abu Said Xudriylar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) bilan birga o‘tirgan edim. Madinalik bir yigit kelib, Payg‘ambarga (s.a.v.) salom berdi. So‘ng o‘tirib: “Mo‘minlarning qaysisi afzal?” deb savol qildi. Nabiy (s.a.v.): “Xulqi yaxshirog‘i”, dedilar. Keyin: “Mo‘minlarning qaysisi ziyrakroq?” deb so‘radi. “O‘limni ko‘p eslaguvchilar va o‘lim kelmasidan oldin unga hozirlik ko‘ruvchilar, ana o‘shalar ziyrakdirlar”, deb javob qildilar Rasuli Akram (s.a.v.). Yigit boshqa hech narsa so‘ramadi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga yuzlanib aytdilar: “Ey muhojirlar va ansorlar jamoasi, beshta xislat borki, men ularni sodir etishlaringizdan Allohdan panoh tilayman: qaysi qavmda fohisha ish oshkoralik darajasigacha borsa, oralarida bo‘lmagan vabo kasalligi va ochlik yoyiladi, tarozi va o‘lchovdan urib qolsalar, qahatchilik bilan jazolanadilar va ularga zolim podsho sultonlik qiladi, mollarining zakotini bermasalar, osmonning yomg‘iridan mahrum qilinadilar, agar hayvonlar bo‘lmasa edi, ularga yomg‘ir yog‘masdi, Alloh va Uning rasuliga bergan ahdlarini buzsalar, Alloh taolo dushmanlarini ulardan ustun qilib qo‘yadi, agar imomlari Allohning kitobi bilan hukm qilishni tark etsalar, oralarida ixtilof paydo qiladi”. 721. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: “Sizlar odamlarni mol -dunyoingiz bilan yig‘a olmaysizlar. Balki yaxshi xulq va ochiq yuz bilan (atrofingizga) to‘play olasizlar”. 722. Abdurahmon ibn Jubayr otasidan, otasi Navos ibn Sam’on Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishi aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida so‘radim. “Yaxshilik – go‘zal xulqdir. Gunoh –ko‘nglingda paydo bo‘lib, uni odamlarga oshkor qilishni yomon ko‘rgan narsangdir”, deb javob qildilar”. 723. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Kishining saxovati – uning dini, muruvvati – aqli, nasl-nasabi – xulqidir 724. Abu Sa’laba Xoshaniy Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Menga sizlarning sevimlirog‘ingiz va oxiratda menga eng yaqin turadiganingiz xulqi go‘zal bo‘lganlaringizdir. Menga yoqimsizingiz va oxiratda mendan uzoq turadiganingiz xulqi yomonlaringizdir”. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq quyosh qorni eritganidek, xatolarni eritadi, yomon xulq ham asalni sirka buzganidek, amalni buzadi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 286 725. Maoz ibn Jabal (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Menga Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari oyog‘imni otning uzangisiga qo‘yayotganimda aytgan gaplaridir”, deb ushbu hadisni rivoyat qildilar: “Odamlar bilan (muomalada) xulqingni chiroyli qil, ey Maoz ibn Jabal”. 726. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Yaxshi xulq kishining burnidagi Allohning rahmatidan bo‘lgan jilovdir. Jilov esa, farishtaning qo‘lida, uni yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik o‘z navbatida jannatga boshlaydi. yomon xulq esa, Allohning azobidan bo‘lgan jilovdir. Jilov shaytonning qo‘lida. Shayton uni yomonlikka boshlaydi, yomonlik do‘zaxga qarab tortadi”. 727. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Albatta, bu dinni nafsim uchun qabul qildim. U ikki narsa bilan to‘g‘ri bo‘ladi: saxiylik va yaxshi xulq. Dinni u ikki sifat bilan qodir bo‘lganingizcha mukarram qilinglar”. Aytiladiki, agar kishi mehmon chaqirsa, uy egasiga ham, mehmonga ham uchtadan narsa vojib bo‘ladi. Uy egasiga vojib bo‘ladigani quyidagilar: mehmonni toqati yetmaydigan narsaga taklif qilmaslik va mehmondorchilikni sunnatdan oshirib yubormaslik, mehmonga faqat haloldan taom qo‘yish, mehmonga namoz vaqtlarini eslatib turish. Mehmon uchun vojib narsalar: ko‘rsatilgan joyga o‘tirish, keltirilgan taomga rozi bo‘lish, chiqayotganda uy ahlining barakoti uchun duo qilish. 728. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim molining zakotini ado qilsa, mehmon kutsa va musibat vaqtida qavmiga saxovat qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi”. _______________ Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari 717-hadis. Sanadida zaiflik, uzilish bor. 718-hadis. Muttafiqun alayh. 719-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan. 720-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 721-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, Bazzor, Abu Na’im, Hokim, Asbahoniy rivoyat qilgan. 722-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 723-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim, Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 724-hadis. Sahih. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 725-hadis. Sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 726-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 727-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qligna. 728-hadis. Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyat qilgan. OLTMISH TO‘RTINCHI BOB ALLOHGA TAVAKKUL Faqih Abu Lays Samarqandiy: “Solim ibn Jo’ddan rivoyat qiladilar. Iso ibn Maryam aytdilar: “Ertangi kunni o‘ylab, taomni yashirmanglar. Chunki ertangi kun rizqi bilan keladi. Chumoliga kim rizq berayotganini qaranglar, agar chumolining qorni kichkina desanglar, qushlarga qaranglar, qushlarning qorinlariga e’tiroz bildirsanglar, hayvonlarning kattaligi va semizligiga qaranglar”. Abu Majlaz rivoyat qiladilar. Umar (r.a.) aytdilar: “Qaysi holatda – yaxshi ko‘rgan narsamdami, yomon ko‘rgan narsamdami tong ottirganimga parvo qilmayman. Chunki Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 287 yaxshilik yomon ko‘rgan narsamdami yoki yaxshi ko‘rgan narsamdami, qaysisida ekanini bilmayman”. 729. Matlab ibn Xontabdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo buyurgan narsalarning hammasini sizlarga buyurdim, birontasini tark qilmadim, Alloh qaytargan narsalarni ham qoldirmay aytdim. Ogoh bo‘linglar, Jabroil har bir jon o‘ziga yozilgan narsalarni olmasdan turib o‘lmasligini qalbimga soldi. Kimda mana shu (yozilgan)lardan biron narsa kechiksa, uni chiroyli talab qilsin. Chunki sizlar Alloh huzuridagi narsaga uning mislicha bo‘lgan toat bilan erisholmaysizlar”. 730. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimni odamlarning kuchlisi bo‘lish xursand qilsa, Allohga tavakkal qilsin. Kimni odamlar ichida taqvodor bo‘lish xursand qilsa, Allohdan taqvo qilsin. Kimni odamlarning boyrog‘i bo‘lish xursand qilsa, Allohning huzuridagi narsaga bo‘lgan ishonchi qo‘lidagi narsaga bo‘lgan ishonchidan kuchliroq bo‘lsin”. Dovuddan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi o‘g‘illari Sulaymonga (alayhissalom) aytdilar: “Ey o‘g‘lim, kishining taqvodorligiga uch narsa dalolat qiladi: yetishmagan narsasida Allohga chiroyli tavakkal qilish, yetishgan narsasiga chiroyli rozi bo‘lish va ketgan narsasiga chiroyli sabr qilish”. Abu Munti’ Balxiydan zikr qilinadi. U kishi Hotamul Asamga (Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin) aytdilar: “Menga sizning sahrodan hech bir zahirasiz, Allohga tavakkal qilib o‘tishingiz ma’lum bo‘ldi”. “Yo‘q, zaxira bilan o‘taman, – deb javob qildilar Hotam, – mening to‘rtta zaxiram bor”. “Ular qanaqa narsalar?” deb so‘radilar. Aytdilarki: “Dunyoning hamma joyini Allohning mamlakati bilaman, maxluqotlarning barchasini Allohning boqimondasi bilaman, barcha sabab va rizqlarni Allohning qudratidan bilaman, Allohning qazosini hamma yerda amalga oshuvchi bilaman”. Abu Muti’ aytdilar: “Ey Hotam, sizning zaxirangiz qanday yaxshi ekan. Siz bular bilan, dunyo sahrosi nima bo‘libdi, oxirat sahrosidan ham o‘tib ketasiz”. Zikr qilishlaricha, bir kishi Shaqiqning oldlariga kelib: “Menga nasihat qiling”, dedi. Shaqiq aytdilar: “Uch narsani saqla: Allohga ibodat qil, U seni sobitqadam qiladi. Allohning dushmani bilan urush, Alloh senga yordam beradi. Allohning va’dasini tasdiq qil, U va’dani senda ro‘yobga chiqaradi”. 731. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Agar ilm ahllari ilmlarni saqlab, uni ahliga sarflaganlarida, zamondoshlarining hammasi baxtli bo‘lardi. Lekin ular ilmni dunyo ahllariga ularning dunyosiga ega bo‘lish uchun sarfladilar va uning (ilmning) ahliga beparvo bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Kimning g‘ami bitta (ya’ni, oxirat g‘ami) bo‘lsa, Alloh taolo uning dunyoviy ishlariga kifoya bo‘ladi. Kim dunyo ishlarini muhim bilib, shug‘ullanib qolsa, jahannamni qaysi vodiysida halok bo‘lishiga, qaysi vodiysida azoblanishiga Alloh taolo parvo qilmaydi”, deganlarini eshitganman”. Aytishlaricha, Tavrotda bir narsa yozilgan: “Qo‘lingni harakatlantir, rizqing keng bo‘ladi, senga buyurgan narsalarimga itoat qil va seni isloh qiluvchi narsa haqida menga o‘rgatma”. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Islom to‘rtta narsaning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling