Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish bobi hadislari
- "Yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda (barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda
- "...gunohni mag‘firat qiluvchi, tavba-tazarru’ni qabul qiluvchi, azobi qattiq"
- "Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar"
- "Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot bo‘lur"
- "Ehson – yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir"
- "La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi 253 salovot aytadi, darajasini o‘n marta ko‘paytiradi va o‘nta gunohini o‘chiradi". Faqih aytadilar: Otam bunday hikoya qilar edilar: "Sufyoni Savriy tavof qilib yurganlarida, oyog‘ini har ko‘tarib qo‘yganida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytayotgan kishini ko‘rdilar. "Ey Allohning bandasi, tasbeh, tahlillarni tark qilib, Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot o‘qiyapsan. Bunga biron hujjating bormi?" dedilar u zot. Haligi kishi: "Alloh ofiyat qilsin, siz kim bo‘lasiz?" deb so‘radi. "Men Sufyoni Savriyman", dedilar. Haligi kishi: "Agar siz zamonimizning g‘aribi bo‘lmaganingizda, holimning xabarini aytmasdim, sirimni bildirmasdim", dedi. So‘ng ushbularni so‘zladi: "Otam ikkimiz Allohning baytini ziyorat qilish uchun chiqdik. Bir manzilga yetganimizda otam kasal bo‘lib qoldi. Men u kishini davolashga tushdim. Xullas, bir kuni tepasida turganimda otam vafot etdi va yuzi qorayib ketdi. Men: "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", deb yuziga ro‘mol yopib o‘rab qo‘ydim. Ko‘zimga uyqu kelib uxlab qolibman. Tushimda bir kishini ko‘rdim, hayotimda hali bunchalik yuzlari chiroyli, kiyimlari pok va hidlari iforli kishini ko‘rmagan edim. Ohista yurib, otamning oldiga keldi. Yuzidan ro‘molni olib, qo‘llari bilan siladi. Otamning yuzi oppoq bo‘lib qoldi. Keyin ketmoqchi bo‘lib burildi. Kiyimidan ushlab: "Ey Allohning bandasi, siz kim bo‘lasiz, nechuk siz tufayli bu musofirlikda otamni Alloh bunchalik siyladi?" dedim. Aytdilar: "Meni tanimayapsanmi, men Muhammad ibn Abdulloh, Qur’on sohibiman. Ammo otang nafsiga zarar qilib qo‘ygan edi. Lekin menga ko‘p salovot aytardi. U mana shu holga tushgach, mendan yordam so‘radi, men ko‘p salovot aytuvchilarga yordam beraman". So‘ng uyg‘onib ketdim. Bu payt otamning yuzi oppoq bo‘lib qolgan edi". 627. Amr ibn Dinor Abu Ja’fardan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga salovot aytishni unutsa, u jannat yo‘lidan adashibdi". 628. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘rtta narsa jafodir: Tik turib siymoq, namozdan chiqmasdan peshonasini artmoq, azonni eshitib turib, muazzin shohidlik berganidek shohidlik bermaslik, men zikr qilinsam, menga salovot aytmaslik". 629. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Menga salovot aytinglar, chunki menga salovot aytish sizlar uchun zakotdir. Va Allohdan men uchun vasila so‘ranglar". Sahobalar so‘rashdi: "Vasila nima, yo Rasululloh?" Aytdilar: "Jannatdagi oliy daraja. Unga faqat bir kishi yetadi va o‘sha kishi men bo‘lishimni xohlayman". Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sizlar uchun zakotdir", deganlarining ma’nosi sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiluvchi, poklovchi deganidir. Agar Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot aytganga u zotning shafoatlaridan boshqa savob berilmasa ham, shuning o‘zi kifoya qiladi. Salovotda mag‘firat va Allohdan rahmat bordir, u bilan shafoat umid qilinadi. Demak, oqil kishi bu narsadan g‘ofil bo‘lmasligi kerak. 630. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga bir marotaba salovot aytsa, unga Alloh taolo o‘n marta salovot yuboradi va undan o‘nta xatosini o‘chiradi". Agar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish boshqa ibodatlardan afzalroq ekanini bilishni xohlasang, Alloh subhonahu va taoloning ushbu so‘zlarini Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 254 tafakkur qil: "Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambariga duoyu salovotlar ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar" (Ahzob, 56). Boshqa ibodatlarda Alloh taolo bandalariga buyurib qo‘ya qolgan. Ammo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishda esa, Allohning o‘zi avval salovot o‘qidi, so‘ngra maloikalarini buyurdi. Undan keyin mo‘minlarga u kishiga salovot yo‘llamoqni amr etdi. Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qish ibodatlarning afzalidir. 631. Ka’b ibn Ujra aytadilar: "Ey Rasululloh, sizga qanday salovot aytaylik?" deb so‘radik. Aytdilar: "Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad. Va barik ‘ala Muhammad va ‘ali Muhammad, kama sollayta va barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym. Innaka hamidum majid", deb aytinglar". Ba’zilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotni "Allohumma sollaytu kama sollayta anta va maloikatuka ‘ala Muhammad", deyishadi. Ayrimlar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotni "Allohumma inni ushhiduka va ashhidu maloikataka anni usolli ‘ala Muhammad", deb aytishadi. Ba’zilar: "Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Nabiyyil ummiyyi va ‘ala alihi", deyishadi. ______________ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish bobi hadislari 622-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahih”ga qarang. 623-hadis. Hasan. Termiziy va boshqalar rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 624-hadis. “Sahihul jome’”ga kirgan. 625-hadis. Ibn Munda rivoyat qilgan. Abu Muso Madiniy, g‘arib hasan, degan. 626-hadis. Sahih. Nasoiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. Shu o‘rinda Sufyoni Savriydan rivoyat qilingan naql-ning sanadi yaxshi emas. 627-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 628-hadis. Zaif. Ibn Adiy va Bayhaqiy rivoyat qilgan. 629-hadis. Zaif. Ahmad va Asbahoniy rivoyat qilgan. 630-hadis. Sahih. Nasoiy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyat qilgan. 631-hadis. Muttafaqun alayh. ELLIK BESHINCHI BOB "LA-A ILAHA ILLALLOH" KALIMASINING FAZILATI HAQIDA 632. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abulloh ibn Amr ibn Osdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So‘ngra to‘qson to‘qqizta metin daftari chiqariladi. Har daftarning uzunligi ko‘z nuri yetgunchadir. Unda xatolari, gunohlari yozilgan. Ularni torozining bir pallasiga qo‘yiladi, so‘ng barmoqning uchidek bir varaq chiqariladi. Unda shahodat kalimasi – "la-a ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh" yozilgan bo‘ladi. Uni torozining ikkinchi pallasiga qo‘yiladi va u xatolardan og‘ir keladi". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 255 633. Mutallib ibn Hantab Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Men va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning eng afzal so‘zi la-a ilaha illallohdir". 634. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Jabroil (a.s.) kelib: "Yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda (barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" (Ibrohim, 47-48), oyatini tilovat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo‘ladilar?" Jabroil aytdi: "Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo‘ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar. Har bir farishta: "Ey Alloh, faqat o‘zimizning nafsimizni Sendan so‘raymiz", deydi. Tog‘lar esa titilgan jundek bo‘lib jahannamning qo‘rqinchidan osmonda uchib yuradi. So‘ngra jahannam keltiriladi. U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, har bir arqonda yetmish mingta farishta bo‘ladi, keyin Alloh oldida to‘xtaydi. Alloh taolo: "Ey jahannam, gapir", deydi. Jahannam aytadiki: "La-a ilaha illalloh, Sening izzating va pokligingga qasamki, bugun Sen bergan rizqni yeb, boshqaga ibodat qilgan kishidan, albatta, o‘ch olaman. Mening huzurimdan faqat o‘tish huquqi bo‘lgan kishilargina o‘tadi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, qiyomat kunidagi o‘tish nima?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib, guvohlik bergan bo‘lsa, jahannam ko‘prigidan o‘tadi", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasi bilan ilhomlantirgan Zotga hamdu sano bo‘lsin". Ato ibn Abu Raboh aytadilar: "Ibn Abbosdan "...gunohni mag‘firat qiluvchi, tavba-tazarru’ni qabul qiluvchi, azobi qattiq" (Fofir, 3) oyati haqida so‘radim. Ibn Abbos javob berdilarki: "Gunohni mag‘firat qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, tavba-tazarru’ni qabul qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, azobi qattiq, kim la-a ilaha illallohni aytmasa". Faqih aytadilar: Har bir inson la-a ilaha illalloh kalimasini ko‘paytirmog‘i va Allohdan kecha va kunduz uni imondan ayirmasligini so‘ramog‘i, shuningdek, gunohlardan o‘zini saqlamog‘i lozimdir. Ko‘p kishilar bu kalimani aytib yurishadi, keyin umrlarining oxirida yomon amallari tufayli bu kalima ulardan olib qo‘yiladi. Bu dunyodan kofir holatida chiqadilar. Allohdan panoh tilaymiz. Bu musibatdan kattaroq musibat yo‘q! Bir kishining ismi butun hayotida musulmonlar ichida bo‘lib, qiyomat kuni kofirlar ismi bilan tursa. Bu hasrat-nadomatdan kattaroq nadomat bo‘ladimi?! Cherkov yoki majusiylar ibodatxonasidan chiqib, so‘ngra jahannamga kirgan kishining holi hasrat- nadomatli emas, balki masjiddan chiqib, do‘zaxga tashlangandagi holat hasratlidir. Bularning hammasi yomon amallari va yashirin holatdagi harom gunohlaridandir. Ko‘pincha, kishining qo‘liga musulmonlarning mollari tushib qoladi, ularni ishlatib, keyin qaytaraman, deydi yoki egasini rozi qilaman deb, rozi qilmasdan o‘lib ketadi. Yana, kishining xotini va o‘zi orasiga taloq tushib qoladi. U kishi, qanday qilib uni tark etaman, axir oramizda bolalar bor, deydi. So‘ngra shu holda unga o‘lim keladi, u harom ustidadir. Ko‘pincha, mana shunday sabablar kishidan imon olinishiga sabab bo‘ladi. Ey birodar, qarang, o‘lim kelmasdan oldin ishlaringizni isloh qilib oling. Chunki siz Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 256 qachon o‘lim kelishini bilmaysiz. Bilingki, umr ozgina, hasrat esa uzoqdir. Sizga la-a ilaha illaloh so‘zini ko‘paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim. Shukr ulug‘ ne’mat uchundir. Chunki ne’mat shukr bilan boqiy. Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir". 635. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishidan: "Ey Allohning elchisi, jannatning qiymati bormi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Ha, u la-a ilaha illallohdir". 636. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Ey Allohning elchisi, sizning shafoatingiz birinchi kimlarga bo‘ladi?" deb so‘radim, u zot aytdilar: "La-a ilaha illalloh"ni ixlos bilan aytgan kishiga". Mujohid "Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar" (Hijr, 2), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illalloh kalimasini aytgan kishilar do‘zaxdan chiqarilganda kofirlar: "Koshki bizlar ham musulmonlardan bo‘lsak edik", deyishadi". Ato aytadilar: "Alloh taolo: "Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot bo‘lur", deb aytgan, ya’ni, kim la-a ilaha illalloh, desa, unga jannatdir. "Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do‘zaxga tashlanur" (Naml, 89-90), ya’ni, kim shirk bilan kelsa, u do‘zaxga tashlanadi". Hasan Basriy "Ehson – yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir" (Rahmon, 60), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illallohning mukofoti jannatdir". 637. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi va: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Rabbingiz sizga salom yubordi, u Zot aytdiki, nima uchun (sizni) xafa holda ko‘ryapman?" dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni qiyomat kunidagi ishini fikrlayapman". Jabroil: "Ey Muhammad, kufr ahlining ishinimi yoki Islom ahlining ishini?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, ey Jabroil, balki la-a ilaha illalloh ahlining ishini aytyapman". Jabroil Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qo‘llaridan ushlab, Bani Salama qabristoniga olib bordilar. Bir qabrning chetiga o‘ng qanotlarini urib: "Allohning izni bilan turgin", dedi. Qabrdagi o‘lik yuzlari oppoq bo‘lib turdi va: "La-a ilaha illallohu Muhammadur-Rasullulloh, alhamdulillahi robbil ‘alamin", dedi. Jabroil (a.s.) unga: "Qaytgin", dedi. Oldingi holatiga qaytdi. Keyin chap qanotlari bilan urdi va: "Alloh izni bilan tur", dedi. Yuzlari qorayib, ko‘zlari ko‘karib ketgan kishi turdi. U: "Vah, pushaymon, vah, hasrat, vah, yomon", derdi. Jabroil: "Qayt", dedi. U o‘z holatiga qaytdi. So‘ng Jabroil aytdi: "U kalimada o‘lgan insonlar qiyomat kunida mana shunday tiriladi". 638. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘liklaringizga la-a ilaha illallohni sekin aytib turingiz. Chunki u gunohlarni parchalab tashlaydi". So‘radilarki: "Ey Allohning Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 257 elchisi, agar uni hayotligida aytsa-chi?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "U (gunohlarni) parchalaydi, parchalaydi". 639. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘limi yaqinlashgan kishilarning oldida la-a ilaha illalloh kalimasini aytib turinglar va jannatning xushxabarini beringlar. Chunki erkak va ayollarning hakim va olimlariga uzilish vaqtida u qo‘shni bo‘ladi. Iblis Allohning dushmani ham bandaga eng yaqin joyda, dunyodan uzilayotgan va yaxshilarini tark qiladigan vaqtda o‘sha joyda bo‘ladi. Ularni noumid qilmangiz, chunki g‘am qattiq. Ish esa ulug‘dir. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Malakul mavtning muolajasi ming marta qilich bilan urgandan qattiqroqdir". Xabarda rivoyat qilinishicha, bani Isroildan bir kishi boshqalardan ko‘ra ko‘p ibodat qilar edi. Yana bir kishi fojir edi. So‘ngra obid o‘ldi va Musoga aytilindiki: "U do‘zaxda". Fojir ham o‘ldi, Musoga (a.s.) aytilindiki: "U ahli jannatdir". Muso (a.s.) obidning ayoliga aytdilar: "Uning nima amali bor edi?". Xotini: "Sizlarga yashirin emas, u odamlarning eng ko‘p ibodat qiluvchirog‘i edi", dedi. Muso (a.s.) aytdilar: "Yana qaysi amali bor edi?" Ayoli aytdiki: "Joyiga yotayotganida, Muso keltirgan narsa agar haq bo‘lsa, bizga qanday ham yaxshi", deb aytardi. Muso (a.s.) fojirni ayoliga: "Eringning amali nima edi?" dedilar. "Odamlarning eng buzg‘unchisi edi", dedi uning xotini. Muso (a.s.) aytdilar: "Undan boshqa nima amali bor edi?" Ayol: "Joyiga yotayotgan paytda la-a ilaha illalloh Musoga (a.s.) kelgan narsa uchun Alloh taologa hamd-sano bo‘lsin", derdi", dedi. 640. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim la-a ilaha illalloh desa, uning og‘zidan ko‘k qush chiqadi. Uning ikki oq qanoti dur va yoqut bilan qoplangan bo‘ladi. So‘ngra osmonga ko‘tariladi va undan asalarining tovushi kabi g‘ung‘illash eshitiladi, unga: "Jim turgin", deyiladi. So‘ngra u: "Yo‘q, sohibimning gunohi kechirilmaguncha jim turmayman", deydi, shunda u aytgan kishining gunohi kechiriladi. So‘ng u qushda yetmishta til paydo bo‘lib, qiyomat kunigacha egasining gunohini kechirishini so‘raydi. Qiyomat kuni bo‘lsa, u qush keladi va egasining qo‘lidan ushlab, unga jannatni ko‘rsatuvchi va yo‘l boshlovchi bo‘ladi". Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qildi va Musoni (a.s.) qutqardi. Muso aytdilar: "Ey Alloh, menga bir amalni dalolat etginki, uni qilsam, Sen menga bergan ne’matga shukr qilay. Alloh aytdi: "Ey Muso, la-a ilaha illalloh, deb ayt. Muso (a.s.) ziyoda qilishni so‘radilar. Alloh aytdiki: "Ey Muso, agar yetti osmon va yetti yerni torozining bir pallasiga qo‘ysang, la-a ilaha illalloh kalimasini bir pallasiga qo‘ysang, albatta, la-a ilaha illalloh kalimasi og‘ir keladi". Mujohid aytadilar: "Uchta narsa borki, uni Alloh taolodan hech narsa to‘solmaydi: La-a ilaha illalloh kalimasi, ijobat bo‘lishiga ishongan holda qilingan duo, otaning farzandi haqqiga va mazlumning zolimga qarshi qilgan duosi". 641. Bir sahobiydan rivoyat qilindi: "Kim ixlos bilan la-a ilaha illalloh desa, ulug‘lab ovozini ko‘tarsa, Alloh uning to‘rt mingta katta gunohini kafforat qiladi". Aytildiki: "Agar unda to‘rt mingta gunoh bo‘lmasa-chi?" deb. Aytdilar: "Unda ahli va qo‘shnilarining gunohlari kechiriladi". Faqih aytadilar: Kim yetti kalimani yodlasa, u odam Allohning nazdida ulug‘, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 258 maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti ham yaxshi holda bo‘ladi. 1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa. 2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa. 3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin astag‘furulloh, desa. 4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa. 5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil azim, desa. 6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi roji’un, desa. 7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa. 642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan (r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, – dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar". 643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi". 644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi". 645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib, ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar". 646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa, jannatga kiradi". Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin. Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga – muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 259 berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga berilgan narsada tadbir yo‘qdir. 647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning kalitidir", deyilgan. Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til, hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir". 648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot. 649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi. "Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.). _____________ "La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari 632-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 633-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. 634-hadis. Juda zaif. “Al-mezon”ga qarang. 635-hadis. Juda zaif. Abu Na’im “Sifatul-junna”da keltirgan. 636-hadis. Sahih. Imom Buxoriy rivoyat qilgan. 637-hadis. Sanadi topilmadi. 638-hadis. Avvalgi jumlasi sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 639-hadis. Zaif. Abu Na’im “Al-hulya”da keltirgan. 640-hadis. Ibn Javziy shunga o‘xshagan hadisni “Mavzu’ot”ga kiritgan. 641-hadis. Botil. Daylamiy rivoyat qilgan. 642-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 643-hadis. “Kanzul ‘ummol”da keltirilgan. 644-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 645-hadis. Zaif. Abd ibn Hamid rivoyat qilgan. Oxiri sahih. Muslim rivoyat qilgan. 646-hadis. Sahih. 642-hadisning izohiga qarang. 647-hadis. Zaif. 648-hadis. Sanadida bir zaiflik bor. Ahmad rivoyat qilgan. 649-hadis. Sahih marfu’. Ibn Mojja rivoyati. Hokim sahih sanagan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling