Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


ELLIK OLTINCHI BOB 
QUR’ON FAZILATLARI HAQIDA 
 
650. Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) aytadilar: Abdulloh ibn 
Mas’ud (r.a.): "Qur’on shafoat qiluvchi va mushaffi’, mohil va tasdiqlovchidir, kim uni 
o‘ziga imom qilib olsa, Qur’on uni jannatga yo‘llaydi. Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa, 
do‘zaxga haydaydi", dedilar. 
 
Faqih aytadilar: "Shafoat qiluvchi va mushaffi’" egasini shafoat qilishni so‘raydi, degani. 
"Mohil"ning ma’nosi – harakat qiluvchi, ya’ni, egasi uchun harakat qiladi va uning so‘zini 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
tasdiqlaydi. "Kim uni o‘ziga imom qilsa", ya’ni, uni o‘qisa, unga amal etsa, "Qur’on uni 
jannatga yetaklaydi". "Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa", ya’ni, unga jafo qilib, uni 
o‘qimasa, amal etmasa, qiyomat kuni uni "do‘zaxga haydaydi". 
 
651. Nofe’ ibn Abdulhars Umarning (r.a.) Makkadagi ish boshqaruvchisi edi. U Hazrati 
Umarni kutib olish uchun chiqdi. Hazrati Umar unga: "Makkaga kimni hokim qilib 
kelding?" dedilar. "Abdurahmon ibn Abu Abzoni", deb aytdi. Umar (r.a.): 
"Qurayshiylarga qullari bo‘lgan kishini hokim qilib keldingmi?" deb so‘radilar. "Ey 
mo‘minlarning amiri, – dedi u, – men odamlarning ichida eng yaxshi Qur’on o‘qiydigan 
kishini o‘rnimga qo‘ydim". Umar (r.a.) aytdilar: "Ha, albatta, Alloh taolo Qur’on bilan 
kishilarning darajasini ko‘tardi va ba’zi kishilarning darajasini past qildi. Albatta, 
Abdurahmon ibn Abu Abzo ham Alloh taolo Qur’on bilan darajasini ko‘targanlardandir". 
 
652. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Albatta, bu Qur’on Allohning ziyofatidir. 
Allohning ziyofatidan qodir bo‘lganlaringcha olinglar. Albatta, bu Qur’on Allohning 
mustahkam arqoni, nuri mubin, shifoi nofe’, kim uni ushlasa, saqlanadi, unga ergashgan 
kishi najot topadi. Egri emaski, to‘g‘rilansa, xato emaski, to‘g‘ri yo‘lga solinsa. Uning 
ajoyibotlari tugamaydi, takror qilishlik bilan eskirmaydi. Uni tilovat qilinglar, chunki Alloh 
taolo har bir harfining tilovati uchun sizlarga o‘nta savob beradi. Men "Alif-lom-mim"ga 
o‘n savob beriladi, demayman, balki "alif"ga o‘nta, "lom"ga o‘nta, "mim"ga o‘nta savob 
beriladi". 
 
653. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning naql qiladilar: "Kim 
mo‘min birodaridan dunyo g‘amining bittasini ketkizsa, Alloh taolo undan oxirat 
g‘amlaridan bir g‘amni ketkizadi. Kim dunyoda qiyinchilik tushgan kishining ishini yengil 
qilsa, Alloh taolo uning dunyoyu oxiratdagi ishini yengillashtiradi. Alloh bandaga 
yordamda bo‘ladi, modomiki, u muslim birodariga yordamda bo‘lsa. Kim ilm izlanadigan 
yo‘lda yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi. Qaysi qavm Alloh uylaridan birida 
Allohning kitobini tilovat etish uchun yig‘ilishsa va o‘zaro dars qilishsa, ularning ustiga 
sakinat tushadi, rahmat qoplaydi, ularni maloikalar halqa qilib o‘rab oladi va Alloh taolo 
o‘z huzuridagilar orasida ularni zikr qiladi". 
 
654. Yazid ibn Abu Hubayb Payg‘ambar alayhicsalomdan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar 
alayhicsalom aytdilar: "Kim Qur’onni yod olsa, Alloh taolo uning ota-onasidan azobni 
yengillashtiradi, garchi ular kofir bo‘lsalar ham". 
 
655. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni o‘qisa, uning ikki 
tomonidan nubuvvat chiqqandek bo‘ladi, lekin unga vahiy qilinmaydi. Kim Qur’onni 
o‘qisa, so‘ngra Allohning bandalaridan biriga berilgan narsani o‘ziga berilgan narsadan 
afzal bilsa, Alloh taolo ulug‘ qilib bergan narsani haqir sanabdi". 
 
Qur’on yodlagan kishi johillik qilganga johillik, dushmanlik qilgan kishiga dushmanlik 
qilishi joiz emas, balki afv etish va kechirib yuborish lozimdir. 
 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Qur’onni yodlagan kishi quyidagi narsalar bilan 
boshqalardan farq qilishi kerak: Kechalari odamlar uxlagan vaqtda bedor bo‘lishi, 
kunduzi odamlar og‘zi ochiq bo‘lganlarida ro‘za tutmog‘i, odamlar xursand bo‘lganlarida 
u mahzun bo‘lmog‘i, odamlar kulganlarida yig‘lamog‘i va odamlar mutakabbirlik 
qilganlarida o‘zini past olmog‘i". 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
 
Qur’onni ko‘targan kishi yig‘laydigan, mahzun, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. 
Zulm qilishi, g‘ofil bo‘lishi, baqirishi va qattiq qo‘l bo‘lishi joiz emas. 
 
656. Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Uch narsa dunyoda g‘aribdir: Zolimning ichidagi Qur’on, yomon qavm ichidagi yaxshi 
kishi, uyda o‘qilmay turgan Mushaf". 
 
Muhammad ibn Ka’b Qarziy: "Kim Qur’onni o‘qisa, guyoki Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamni ko‘ribdi", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar: 
"Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish 
uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi" (An’om, 19). 
 
657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on 
o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi 
bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi. 
 
658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan 
rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa, 
o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har 
bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga 
har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har 
harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan 
bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi". 
 
659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim 
yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod 
olgan qorining". 
 
660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni 
Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on 
qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni 
taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat 
qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing 
Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga 
keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji 
boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi 
dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga 
amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni 
o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim". 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni, 
Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari 
bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi". 
 
So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish 
hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi". 
 
Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
bo‘lsa, uni unutmagan va uning orqasida rizq yemagan bo‘lsa, o‘shanday kishigadir". 
 
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni kunduz xatm qilgan bo‘lsa, unga 
maloikalar kechasigacha salovot o‘qiydi. Kim kechasi xatm qilgan bo‘lsa, maloikalar 
ertalabgacha salovot o‘qiydi. Kishilar kunduzi xatm qilishni yaxshi sanardilar". 
 
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Salaflar salovotlar ko‘p bo‘lishi uchun yozda kunning 
avvalgi vaqtida, qishda kechaning avvalida xatm qilishni mahbub ko‘rishar edi". 
 
661. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.), u zot Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat 
qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qur’on o‘quvchi mo‘min 
utrujjaga (mevali o‘simlik) o‘xshaydi. Uning hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on 
o‘qimagan mo‘min esa, xurmo kabidir, uning mazasi yaxshi, ammo hidi yo‘q. Qur’on 
o‘quvchi fojirning misoli rayhonga o‘xshaydi, uning hidi yaxshi, ta’mi achchiq. Qur’on 
o‘qimaydigan fojirning misoli hanzalaga o‘xshaydi, mazasi ham achchiq, hidi ham yo‘q". 
 
662. Uqba ibn Omir Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot 
aytdilarki: "Qur’onni ichida o‘quvchi sirli holda sadaqa qiluvchi kabidir, jahr qilib (ovoz 
chiqarib) o‘quvchi sadaqani oshkor beruvchi kabidir". 
 
Demak, jahr bilan qiroat qilishlik juda yaxshi, ammo maxfiy o‘qish undan afzaldir. 
 
663. Valid ibn Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalladanm rivoyat qiladilar: 
"Menga gunohlarning hammasi ko‘rsatildi, unda Qur’onni ko‘tarib, keyin uni tashlab 
yuborganning gunohidan kattarog‘ini ko‘rmadim". 
 
664. Ibn Hutab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan naql etadilar: "Kim 
Qur’onni o‘rganib, keyin uni hech bir uzrsiz unutib yuborsa, har bir (unutgan) oyati 
tufayli uning darajasi pasayadi va qiyomat kunida mahzun holatda keladi". 
 
665. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Qur’onni ta’lim olib, keyin 
unutib yuborsa, qiyomat kuni qo‘li kesilgan holda keladi". 
 
Zahhok aytadilar: "Qaysi kishi Qur’onni ta’lim olib, keyin unutsa, qiyomat kuni gunohkor 
holatda keltiriladi". So‘ng: 
"(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – 
gunoh sababli (etur) va yana ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib 
yuborur" (Sho‘ro, 30), oyatini o‘qidilar. Qaysi musibat Qur’onni unutishdan kattaroq 
ekan?!" 
 
666. Faqih aytadilar: Hasan ibn Ziyoddan Abu Hanifaning (r.a.) bunday deganlarini 
eshitdim: "Kim Qur’onni yilda ikki marta o‘qib chiqsa, uning haqqini ado etgan bo‘ladi, 
chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni Jabroil alayhissalomga har yili bir 
marta o‘qib o‘tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o‘qib berganlar". 
 
____________ 
Qur’on fazilatlari bobi hadislari 
 
650-hadis. Sahih. Tabaroniy, Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
651-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 
652-hadis. Isnodi yaxshi. “As-sahiha”ga qarang. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
653-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
654-hadis. Mavzu’. Ibn Hibbon “Majruhun”da rivoyat qilgan. 
655-hadis. Hasan marfu’. Hokim sahih sanagan. 
656-hadis. Mavzu’. “Az-zaifa”ga qarang. 
657-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
658-hadis. “Kanzul ‘ummol”ga qarang. Daylamiy rivoyat qilgan. 
659-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 
660-hadis. Sahih. Ahmad, Dorimiy rivoyat qilgan. 
661-hadis. Muttafaqun alayh.  
662-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
663-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
664-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga kiritilgan. 
665-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 
666-hadis. Sahih. “Sahihul Buxoriy”ga qarang.
 
 
 
ELLIK YETTINCHI BOB 
ILM TALAB QILISH FAZILATI 
 
667. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Kasir ibn Qays rivoyat qildilar: "Abu 
Dardo (r.a.) bilan Damashqdagi masjidda birga o‘tirgan edim. Bir kishi kelib: "Ey Abu 
Dardo, men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaharlaridan siz Nabiy sollallohu 
alayhi vasallamdan rivoyat qilgan bir hadisni so‘rash uchun keldim", dedi. Abu Dardo: 
"Tijorat uchun emas, ehtiyoj uchun emas, faqat shu uchun keldingmi?" dedilar. Haligi 
kishi: "Faqat mana shu ish uchun keldim", dedi. "Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamdan eshitdimki, "Kim ilm talab qilinadigan yo‘lni tutsa, Alloh taolo unga jannat 
yo‘llaridan bir yo‘lni yengil qilib qo‘yadi va Allohning maloikalari tolibi ilm uchun 
qanotlarini uning qilayotgan ishidan rozi bo‘lib qo‘yadilar, olim uchun osmon va yerdagi 
hamma narsalar, suvdagi baliqlargacha istig‘for so‘raydilar. Olimning obiddan afzalligi 
badr (to‘lin oy) kechasidagi oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar 
payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor-dirham meros qoldirmadilar. 
Ilm-ni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, katta nasiba olibdi", deganlar u zot sollallohu 
alayhi vasallam". 
 
668. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilarki: "Ikki ochko‘z hech to‘ymaydi: Tolibi ilm va 
dunyoni talab qiluvchi. Ular barobar emaslar. Ilm tolibi Alloh roziligini ziyoda qilaveradi, 
ammo dunyo tolibi tug‘yonda ziyoda bo‘laveradi". So‘ng ushbu oyatlarni o‘qidilar: 
"Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur" (Fotir, 28), 
 
"Darhaqiqat, inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar – 
haddidan oshar" (Alaq, 6–7). 
 
Muhammad ibn Sirin hikoya qiladilar: "Basradagi masjidga kirdim. Asvad ibn Sari’ 
odamlarga qissa aytardilar. U kishining oldida odamlar yig‘ilgan edi. Ularning orqasida 
fiqh sohiblari boshqa halqa qilib o‘tirishardi va fiqhdan muzokara qilishardi. Ikki rak’at 
namoz o‘qib, forig‘ bo‘lganimdan keyin ichimda, Asvadga borsam, ularga yetgan ijobat, 
rahmat ular bilan menga ham yetadi, dedim. So‘ng, faqihlarning halqasiga borsam, 
shoyad ularning so‘zini eshitib, amal qilsam, deb o‘yladim. Shu holda ikkilanib, o‘tib 
ketdim. Hech qaysilarining oldiga o‘tirmadim. O‘sha kecha tush ko‘rdim. Tushimda bir 
kishi kelib aytdi: "Fiqh darsi bo‘layotgan halqada o‘tirganingda, Jabroilni topar eding. U 
zot ular bilan birga o‘tirgan edi", dedi". 
 
669. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Kim do‘zaxdan ozod qilinganlarga qarashni yaxshi ko‘rsa, ilm oluvchilarga qarasin. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qaysi bir ta’lim oluvchi olimning 
eshigiga kelsa, Alloh taolo uning har bir qadamiga bir yillik ibodatni yozadi va har bir 
qadamiga jannatda bir bino barpo qilinadi. Yerda yursa, unga istig‘for so‘rashadi. 
Kechasi va kunduzda gunohlari kechirilgan holda bo‘ladi. Unga maloikalar guvohlik 
beradilar va: "Ana ular Allohning do‘zaxdan ozod qilgan bandalaridir", deb aytadilar". 
 
670. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot sollallohu alayhi 
vasallam masjidga kirib, u yerda ikki majlisni ko‘rdilar, bittasi Allohni zikr qilayotgan
ikkinchisi fiqhdan ta’lim olayotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Ikki majlis ham yaxshilikdadir, ammo bittasi ikkinchisidan afzalroq. Ana ular Allohga 
duo qilishyapti, Alloh xohlasa, ularga beradi, xohlasa, man’ qiladi. Ana ular esa, ilm 
o‘rganishyapti va bilmaganga o‘rgatishyapti. Men ham muallim qilib yuborilganman va 
bular afzalroqdir". So‘ng (ta’lim olayotganlar) bilan o‘tirdilar. 
 
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir masalani o‘rganmog‘im menga kechasi turib ibodat 
qilishdan yaxshidir". 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Sizlar amal qilish zamonidasizlar, bunda amal qilish ilm 
olishdan yaxshidir, yaqinda ilm zamoni keladi, ilm unda amaldan afzal bo‘ladi". 
 
671. Said ibn Musayyab Abu Said Xudriydan, u zot (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi 
vasallamdan rivoyat qiladilar. Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Yer 
yuzidagi amallarning afzali uchtadir. Ilm olish, jahd va kasb qilish, chunki ilm tolibi 
Allohning habibi, g‘oziy Allohning avliyosi va kasb qiluvchi Allohning do‘stidir". 
 
672. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan 
rivoyat qiladilar. Aytdilar: "Kim ilmni Allohdan boshqasi uchun talab qilsa, dunyodan 
ketmasdan unga shunday ilm keladiki, u Alloh uchun bo‘lib qoladi. Kim ilmni Alloh uchun 
talab qilsa, kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim kishi kabidir. Albatta, ilm olinadigan 
eshik Qubays tog‘idek tilloni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir". 
 
Abdulloh ibn Muborakdan so‘rashdi: "Kishi qachongacha ilmni o‘rgangani yaxshi?" "Unga 
johillik yomon ko‘rinib, ilm olish yoqimli bo‘lgunicha". 
 
Ibn Muborakdan (rahmatullohi alayh) hikoya qilinadi. U kishiga o‘lim yaqinlashgan edi. 
Oldilarida bir odam yozib o‘tirardi. U zotga: "Shu holatda ilm yozyapsiz?" deyishdi. 
Aytdilar: "Ehtimol, hozirgacha bilmaganim bir kalima menga foyda berib qolar". 
 
673. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Ilmni ta’lim olinglar, chunki ta’lim olish Allohdan 
qo‘rqish, uni talab qilish ibodat, muzokarasi tasbeh, bilmagan kishiga o‘rgatish sadaqa, 
uni ahliga sarflash qurbatdir (Allohga yaqinlik). Chunki ilm jannat ahllarining manzillari 
sari yo‘ldir. U tanho paytida hamroh, safarda sohib, xilvatda suhbatdosh, sirlarda dalil, 
qiyinchiliklarda yordamchi, bezaklar oldida ziynat beruvchi, dushmanlarga qarshi 
quroldir. U bilan Alloh qavmlarni yuksaltiradi, demak, ular yaxshi ishlarda imom, 
yo‘lboshlovchilik qiladi. Ularning izidan boshqalar ergashadi, amallariga iqtido etadi va 
maloikalar ularning sifatlarini targ‘ib qiladi, ularni qanotlari bilan silaydi. Tolibi ilmga bor 
ho‘lu quruq va dengizdagi baliqlar, yerdagi hasharotlar, quruqligu suvdagi vahshiylar, 
hayvonlar salovot o‘qiydilar. Chunki ilm qalblarni jaholatdan tiriltiradi, qorong‘ulikda 
ko‘zlarning chirog‘i, zaiflikda badanlarga quvvat, u bilan abrorlar va ahrorlar manziliga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
yetadi, oxirat va dunyoda baland darajalarga erishadi. Unda fikr qilish ro‘zadorlikka, 
muzokara qiyomga tengdir, u bilan qarindoshchilik bog‘lanadi, u bilan harom va halol 
bilinadi, u imomdir, amal unga ergashadi, u saodatmandlarga ilhom beradi, baxtsizlarni 
mahrum qiladi". 
 
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Ilm olishni Alloh yo‘lida jihod qilishdan 
afzal deb bilaman. Ha, ilm Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzaldir. Kim uyidan ilmning 
talabida chiqsa, uni maloikalar qanotlari bilan o‘rab oladilar, unga osmondagi qushlar, 
quruqlikdagi hayvonlar, dengizdagi baliqlar salovot aytadilar. Alloh taolo unga yetmish 
ikkita siddiqning ajrini beradi. Odamlar, ilmni egallanglar va ilm olish uchun sokin, 
muloyim, viqorli bo‘linglar, ta’lim olayotgan va ta’lim berayotganlarga tavozu’li 
bo‘linglar. Olimlik bilan faxrlanmanglar, ahmoqlar bilan tortishmanglar va ilm bilan 
amirlarga aralashib ketmanglar. U bilan Allohning bandalaridan o‘zingizni baland 
tutmanglar, agar unday qilsangiz, Allohning g‘azabida qolgan, jahannamga yuztuban 
tashlanadigan zulmkor ulamolardan bo‘lib qolasizlar. Ilmning Allohga ibodatda xalal 
bermaydiganini talab qilinglar, shuningdek, Allohga ibodat etinglar, ilmlaringizga zarar 
bermaydigan bo‘lsin. Ilm foyda bermaydi, magar yuqoridagi gaplarga amal qilinsagina 
foyda beradi. Ilmni tashlab, faqat ibodatga yuz tutgan qavmdek bo‘lmanglar. Ularning 
terilari badanlariga yopishib ketsa ham, odamlarning oldiga qilichlari bilan chiqadilar. 
Agar ular ilmni talab qilsalar edi, ilmlari qilgan ishlaridan to‘sgan bo‘lardi. Ilmsiz amal 
qiluvchi yo‘ldan adashgan kishiga o‘xshaydi. U g‘ayratni kuchaytirmaydi, balki 
qiyinchilikni ziyoda qiladi, islohidan fasodi ko‘p bo‘ladi". U kishidan: "Ey Abu Said, bu 
gaplarni kim aytgan?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Badr urushida qatnashgan yetmishta 
kishi bilan uchrashdim, ilm talabida qirq yil safar qildim". 
 
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ey odamlar, sizlarning olimlaringiz ketayotganini va 
johillaringiz ta’lim olmayotganini ko‘ryapman! Bas, ilm ko‘tarilib ketmasidan oldin ta’lim 
olib qolinglar, chunki ilmning ko‘tarilishi olimlarning ketishi bilandir". 
 
674. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo bandalaridan ilmni tortib 
olish bilan ko‘tarmaydi, balki ilmni olimlarni olish bilan ko‘taradi, hattoki bironta olim 
qolmaydi. Shunda odamlar johil boshliqlarni ushlaydilar, ulardan so‘raydilar, ular javob 
beradilar, o‘zlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar". 
 
Ibn Muborakdan (r.a.): "Agar sizga Allohdan, bugun peshingacha o‘lasan, degan xabar 
kelsa, o‘sha kuni nima amal qilar edingiz?" deb so‘rashdi. U zot: "Ilm talab qilardim", 
deb javob berdilar. 
 
Ibrohim Naxa’iy (r.a.): "Faqih kishi hamisha namozda bo‘ladi", dedilar. "Qanday qilib?" 
deyishdi. Aytdilar: "Chunki siz u bilan uchrashgan paytingizda tilida Allohning zikri 
bo‘ladi, halolni halol, haromni harom deydi". 
 
Aytiladiki, olimlar zamonning chirog‘i. Har bir olim zamonasining chirog‘idir va u bilan 
davrining ahli ziyo oldi". 
 
Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Xo‘jayinim meni uch yuz 
dirhamga sotib oldi, keyin ozod qildi, shunda o‘zimga o‘zim, qaysi kasbni qilsam ekan, 
dedim, so‘ng ilmni ixtiyor etdim, ko‘p o‘tmay xalifa mening ziyoratimga keldi, men unga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
kirishga izn bermadim". 
 
Solih Marriydan (r.a.) zikr qilinadi: U kishi amirul mo‘mininning oldiga kirdilar va uning 
yostig‘i ustiga o‘tirdilar. So‘ngra: "Hasan aytib to‘g‘ri aytdi", dedilar. Amirul mo‘minin: 
"Hasan nimani aytdi?" deb so‘radi. "Hasan, ilm sharaflining sharafini ziyoda qiladi, qulni 
ozodlar manziliga yetkazadi, degan edi. Yo‘qsa, Solih Marriy kim bo‘libdiki, amirul 
mo‘mininning yostig‘iga o‘tirsin?!" dedilar. 
 
675. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Ilmni Xitoyda bo‘lsa ham talab qilinglar. Chunki 
ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdir". 
 
Avn ibn Abdulloh rivoyat qiladi: "Bir kishi Abu Zarr Fiforiyning (r.a.) oldilariga kirdi va 
aytdiki: "Men ta’lim olmoqni xohlagan edim, lekin uni zoe’ qilib, unga amal qilmay 
qolishimdan qo‘rqaman". Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytdilar: "Sening ilm bilan o‘ralib 
qolishing johillikka o‘ralib qolishingdan ko‘ra yaxshidir". U odam keyin Abu Dardoning 
(r.a.) oldilariga borib, boyagi gapni aytdi, Abu Dardo: "Albatta, odamlar qanday holatda 
o‘lsalar, shu holatda tiriladilar. Olimni olim holatida tiriltiradi, johilni johil holatida", deb 
javob qildilar. Keyin Abu Hurayra (r.a.) huzurlariga borib, ikkalasiga aytgan boyagi gapni 
aytdi. Abu Hurayra (r.a.): "Mavjud narsani tashlab qo‘yishdan ko‘ra uni zoe qiluvchi 
bo‘lmaysan", dedilar. 
 
676. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. 
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga ibodat qilishda dinning faqihi 
bo‘lishdan afzalroq narsa yo‘qdir. Bitta faqih shaytonga mingta obiddan qattiqroqdir. Har 
bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni fiqhdir". 
 
Xabarda zikr qilinishicha, Basra ahllari ixtilof qilishdi. Ba’zilari, ilm moldan afzal, 
deyishsa, ba’zilari, mol ilmdan afzal, deyishdi. So‘ngra Ibn Abbosga (r.a.) bir kishini 
yuborishdi. Elchi kelib, u kishidan shu masalani so‘radi. Ibn Abbos aytdilar: "Ilm 
afzaldir". Elchi: "Agar mendan hujjat so‘rashsa, nima deb javob berayin?" dedi. Ibn 
Abbos: "Ularga ayt, ilm payg‘ambarlarning merosi, mol esa, fir’avnlarning, ilm seni 
qo‘riqlaydi, sen molni qo‘riqlaysan. Albatta, ilmni Alloh yaxshi ko‘rganigagina berur, 
molni esa yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beraveradi. Ko‘proq yaxshi 
ko‘rmaydiganiga beradi. Allohning ushbu so‘ziga qaramaysanmi: 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling