Ал-хоразмий номидаги


Schyotlarda xo`jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozish


Download 0.84 Mb.
bet35/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Schyotlarda xo`jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozish

Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo`jalik mablag`lari va ularning manbalari, shuningdek, xo`jalik jarayonlarini to`g`ri hisobga olib borishni o`z vaqtida nazorat qilib borish uchun ularning o`zgarishini aks ettiradigan har bir xo`jalik muomalasi bir vaqtda ikkita schyotning qarama-qarshi tomoniga yoziladi. Bu narsa shuning uchun kerakki, buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlarda xo`jalik mablag`larini holati, joylanishi olib borilsa-da, ularning xo`jalik muomalalari ta’sirida biridan ikkinchisiga o`tganligini bitta schyotni debetlash yoki kreditlash bilan isbotlab bo`lmaydi. Masalan, «Materiallar» schyotidagi materiallardan bir qismi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga o`tkazilgan bo`lsa, u holda bir vaqtda «Materiallar» schyotidagi materiallarning kamayganligini va «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida xarajatlarning ko`payganligini aks ettirish talab qilinadi.


Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozishning mohiyati shundaki, har bir xo`jalik muomalasi u qanday turdagi balans o`zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda, o`zaro aloqador holda, bir xil summada, bir schyotning debet tomonida va ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, ikkiyoqlama yozish deb, xo`jalik muomalalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi bilan o`zaro aloqador holda aks ettirishga aytiladi:
Birinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun korxonaning bakndagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1.178.000 so`m naqd pul olindi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida kassada pul mablag`i ko`payib, bankdagi hisob-kitob schyotida pul mablag`larining qoldig`i kamayadi. Ikkala schyot ham balansning aktiv tomonida ya’ni aktivdir. Demak, bu muomala natijasida schyotlarning o`zaro qo`yidagi bog`lanishi sodir bo`ladi va schyotlarning shartli tarxida qo`yidagicha aks ettiriladi:
Dt «Kassa» schyoti
Kt «Hisob-kitob» schyoti



Dt «Hisob-kitob» schyoti Kt




Dt «Kassa» schyoti Kt




1) 1178000 naqd pul olindi 1) 1178000




Ikkinchi muomala. Bankdan korxonaning xo`jalik ehtiyojlari uchun 2.850.000 so`mlik qisqa muddatli ssuda olinib, korxonaning «hisob-kitob» schyotiga o`tkazildi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida korxonaning pul mablag`i summasi ko`payib, shunga bog`liq holda bank oldida qarz summasi ham ko`paydi. Demak, bu muomalaga «Hisob-kitob» schyoti debetlanib, «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» schyoti kreditlanadi. Bu muomala ta’siridagi bog`lanish qo`yidagi aks ettiriladi:
Dt «Hisob-kitob» schyoti
Kt «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» schyoti 2.850.000 so`m
Keyingi muomalalar schyotlarining shartli tarxini mustaqil yozing.
Uchinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga korxona kassasidan 1.175.000 so`m ish haqi berildi. Bu muomala korxonaning pul mablag`i qoldig`i kamaytirib, shunga mos holda korxonaning ishchi va xizmatchilarga ish haqi yuzasidan qarz summasini ham kamaytirdi. Natijada, aktiv «Kassa» schyoti kreditlanib, passiv «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyoti debetlanadi:
Dt «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyoti
Kt «Kassa» schyoti 1.175.000 so`m.
To`rtinchi muomala. Mol yetkazib beruvchi tashkilotdan 3.706.400 so`mlik hom-ashyo va materiallar aktsept qilingan schyot-fakturaga muvofiq korxonaning ta’minot bo`limi omboriga qabul qilindi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida ta’minot bo`limi omborida materiallar qoldig`i ko`payib, bir vaqtning o`zida korxonaning materiallar bilan ta’minlovchi tashkilot oldidagi qarz summasi ham ko`payadi:
Dt «Materiallar» schyoti 3.706.400 so`m
Kt «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti
Beshinchi muomala. O`z vaqtida korxona kassasidan olinmay qolgan 30000 so`mlik ish haqi summasi deponentga o`tkazildi. Chunki hisob-kitob to`lov vedomostlari o`z vaqtida buxgalteriyaga topshirilishi kerak. Bu xo`jalik muomalasi natijasida to`lanmay qolgan ish haqi summasiga korxonaning qarzi saqlanib qoladi. Lekin qarz balansning passiv tomonidagi bir moddadan ikkinchisiga o`tkazilib qo`yiladi. Shunga ko`ra passiv schyot «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotida kamayish bo`layotganligi uchun debetlanib, bir vaqtning o`zida passiv schyot «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» schyotida ko`payish bo`lgani uchun kreditlanadi:
Dt «Xodimlar b-n mehnat haqi bo`yicha hisob-kitoblar» schyoti
Kt «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» schyoti 30.000 so`m
Oltinchi muomala. Kassir ishchi va xizmatchilarga berilmagan 30.000 so`mlik ish haqi summasini korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirdi. Bu xo`jalik muomalasi kassadagi naqd pul qoldig`ini kamaytiradi va hisob-kitob schyotidagi summani ko`paytiradi. Natijada balansning aktiv tomonidagi aktiv «Kassa» schyoti kreditlanib, aktiv «Hisob-kitob» schyoti debetlanadi:
Dt «Hisob-kitob» schyoti Kt «Kassa» schyoti 30.000 sum
Ettinchi muomala. Korxonaning ijtimoiy sug`urtaga doir qarzidan 236.000 so`m korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidan o`tkazib berildi. Bu muomala natijasida korxonaning aktiv «Hisob-kitob» schyotida qoldiq mablag` kamaytirilib, huddi shu summaga ijtimoiy sug`urta organiga korxonaning qarz summasini hisobga oluvchi passiv schyot «Ijtimoiy sug`urta va ta’minotga doir hisob-kitoblar» schyotida ham qarz summasida kamayish sodir bo`ladi:
Dt «Ijtimoiy sug`urta va ta’minotga doir hisob-kitoblar» schyoti
Kt «Hisob-kitob schyoti» schyoti 236.000 so`m
Sakkizinchi muomala. Mol yetkazib beruvchi tashkilotdan aksiya bo`yicha keltirilgan 1.133.600 so`mlik asosiy materiallarning qiymati korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidan to`landi. Bu muomala korxonaning pul mablag`i saqlanadigan aktiv «Hisob-kitob schyoti»da pul qoldig`ining kamayishiga, shu bilan birga mol yetkazib beruvchi tashkilotlardan bo`lgan korxonaning qarzini hisobga oluvchi passiv «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyotida qarz summasi kamayishiga olib keladi:
Dt «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
Kt «Hisob-kitob schyoti» 1.133.600 so`m
To`qqkizinchi muomala. Ishlab chiqarishda qatnashgan ishchilarga 2.250.000 so`m ish haqi hisoblandi. Ishlab chiqarish jarayonida ishchilar mahsulot ishlab chiqargani uchun ish haqi oladi. Mahsulot tayyorlash bo`yicha xarajatlar ortdi, shu bilan birga, huddi shu summaga korxonaning ishchilarga ish haqi yuzasidan qarzi ham oshdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti aktiv bo`lib, xarajatlarning ko`payishi uning debet tomonida yoziladi, ishchilarga bo`lgan korxona qarzi summasiga «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» passiv schyoti kreditlanib, ko`paytiriladi:
Dt «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti 2.250.000 so`m
Kt «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyoti
O`ninchi muomala. Korxona ekspeditoriga har xil xo`jalik mollari sotib olish uchun kassadan 50.000 so`m naqd pul berildi. Bu muomala eskpeditorning hisobiga pul o`tkazishni va korxona kassasidan naqd pul kamayishini aks ettirishni talab qilinadi. Kassadan naqd pul kamayishini aks ettirish uchun aktiv «Kassa» schyoti kreditlanadi, shu bilan birga ekspeditor hisobi aktiv «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schyotida olib borilishi hisobga olinib, olingan qarz summa uchun u debetlanib, ko`payishi aks ettiriladi:
Dt «Hisobdor shaxslar bilan h-k» schyoti Kt «Kassa» schyoti 50.000 so`m
O`n birinchi muomala. Mahsulot ishlab chiqarish uchun asosiy ishlab chiqarishga 11.862.300 so`mlik hom-ashyo va materiallar sarflandi. Bu muomalada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning ko`payishini, shu bilan birga materiallar zahirasining kamayishini aks ettirish zarur. Ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarning ko`payishini balansning aktiv tomonidagi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetida, materiallar zahirasining kamayishni esa «Materiallar» schyotining kreditida ko`rsatiladi:
Dt «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kt «Materiallar» schyoti 11.862.300 so`m
O`n ikkinchi muomala. Asosiy ishlab chiqarishdan 40.000.000 so`mlik tayyor mahsulot omborga qabul qilindi. Bu muomalada tayyor mahsulot ko`payadi va tugallanmagan ishlab chiqarish kamayadi. Ikkala schyot ham balansning aktiv tomonidadir. Shuning uchun ham «Tayyor mahsulot» schyoti debet va «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti kreditlanishi kerak:
Dt «Tayyor mahsulot» schyoti Kt «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti 40.000.000 so`m
Yuqorida keltirilgan schyotlarning shartli tarxidagi yozuvlarni umumlashtirish uchun aktiv va passiv sintetik schyotlar ochilib, ularga boshlang`ich qoldiq summalari yoziladi va keltirilgan 12 ta xo`jalik muomalalari schyotlarga tarqatiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling