Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Passiv schyotlar (P)
- Kontr-aktiv schyotlar (KA)
- Kontr-passiv schyotlar (KP)
Doimiy schyotlar – hisobot davri ohirida qoldiqqa ega bo`lgan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir;
Aktiv schyotlar (A) – xo`jalik aktivlarini o`zida aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshidagi qoldig`ini hamda davr ichidagi ko`payishini debet tomonida va kamayishini kredit tomonida akslantiruvchi schyotlar; Passiv schyotlar (P) – xo`jalik majburiyatlari va kapitalini aks ettiradigan, ularning hisobot davri boshidagi qoldig`ini hamda davr ichidagi ko`payishini kredit tomonida va kamayishini debet tomonida akslantiruvchi schyotlar; Tartibga soluvchi schyotlar asosiy schyotdan u bilan bog`liq bo`lgan tartibga solinuvchi schyot summasini ayirib tashlash yo`li bilan ayrim buxgalteriya schyotlarida hisobga olinadigan xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalarining bahosini tartibga solishga mo`ljallangan schyotlardir. Tartibga soluvchi schyotlarni qo`llash hisob ob’ektlarini ikki bahoda dastlabki va qoldiq qiymatlarida baholash imkonini beradi. Bundan tashqari tartibga soluvchi schyotlar to`liq va haqiqiy ma’lumot beradi. Tartibga soluvchi schyotlar kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga ajratiladi: Kontr-aktiv schyotlar (KA) – ma’lum davrga tuzilgan moliyaviy hisobotda akslantirilgan aktivning sof (foydalanishga yaroqli) qiymatini ko`rsatish uchun hisobot davri ohiridagi qoldiq summasi ushbu schyot bilan bog`langan aktiv schyotdagi qoldiq summasidan chegirib qoldiriladigan schyotlardir. Ularga quyidagilar kiradi: 0200 asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish schyotlari; 0500 nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar; 2980 savdo ustamasi schyotlari; 4900 dargumon qarzlar bo`yicha zahiralar schyotlari; Kontr-passiv schyotlar (KP) – moliyaviy hisobotda akslantirilgan majburiyatlar yoki kapitalning sof qiymatini ko`rsatish uchun hisobot davri ohirgi qoldig`i summasi u bilan bog`langan passiv schyotning qoldiq summasidan chegirib qoldiriladigan schyotlar: 8600 sotib olingan hususiy aksiyalar schyotlari; 9040 sotilgan tovarlarning qaytarilishi schyotlari; 9050 xaridorlarga berilgan chegirmalar schyotlari; Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling