Ал-хоразмий номидаги
Taqqoslanuvchi schyotlarga
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobi Schyotlar Rejasi (BHMS № 21)
- Schyotlar Rejasi
Taqqoslanuvchi schyotlarga yakuniy moliyaviy natija schyotlari misol bo`ladi.
Balansdan tashkari schyotlar (BT) – korxona mulki bo`lmagan, lekin vaqtincha korxona ixtiyorida bo`lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlarning mavjudligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan, bir tomonlama yoziladigan schyotlar. Korxona (birlashma)ning o`ziga tegishli bo`lmagan mablag`lari ular qaysi korxona, tashkilot, muassasaning mablag`i bo`lsa, o`sha korxonaning balansida aks ettiriladi. Shuning uchun ham bunday mablag`lar vaqtincha o`z ixtiyorida saqlab turgan korxona balansining tashqarisida ko`rsatiladi. Balansdan tashqari schyotlarda yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Bu schyotlar boshqa hech qanday schyotlar bilan aloqa qilmaydi. Ularda ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlashga qabul qilingan hom-ashyo va materiallar, vaqtincha saqlashga qabul qilingan moddiy boyliklar hisobga olinadi: 001 Qisqa muddatli ijara bo`yicha olingan asosiy vositalar; 002 Javobgarlikda saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar; 003 Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar; 004 Komissiyaga qabul qilingan tovarlar; 005 Montaj qilish uchun olingan asbob-uskunalar; 006 Qat’iy hisobda turuvchi blankalar; 007 To`lov qobiliyati yo`q debitorlar qarzlarini zarar hisobida hisobdan chiqarish; 008 Olingan majburiyatlar va to`lovlarni ta’minlash; 009 Berilgan majburiyatlar va to`lovlarni ta’minlash; 010 Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha topshirilgan asosiy vositalar; 011 Ssuda shartnomasi bo`yicha olingan mol-mulk; 012 Keyingi davrning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan harajatlar; 013 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo`yicha); 014 Inventar va foydalanishdagi xo`jalik ashyolari; Xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobi Schyotlar Rejasi (BHMS № 21) Korxona, tashkilot, uyushma, kontsern va muassasalar buxgalteriya hisobida ko`llaniladigan schyotlarning bir tizimga solingan ro`yhati buxgalteriya hisobi Schyotlar Rejasi deb ataladi. U muhim hujjat hisoblanadi va uning asosida buxgalteriya hisobi ustidan uslubiy rahbarlik olib boriladi. 1961 yilda sobiq SSSR hududi bo`yicha birinchi Yagona Schyotlar rejasi qabul qilingan. Sobik ittifoq Moliya vazirligi 1991 yil 1 noyabrdagi 56-sonli buyrug`i bilan buxgalteriya hisobining yangi Schyotlar rejasini tasdiqladi. Korxona, qurilish va xo`jalik tashkilotlarining ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida schyotlar nomi, ularning shifrlari hamda schyotlar ko`llaniladigan xo`jalik faoliyatining turlari ko`rsatiladi. Schyotlar rejasi to`qqiz bo`limdan iborat bo`lib, har bir bo`limda u yoki bu hisob ob’ektini hisobga olishga mo`ljallangan schyotlar keltirilgan. Schyotlar rejasining birinchi-sakkizinchi bo`limlarining joylashishi buxgalteriya balansini (1-shakl hisobot) tuzish tarkibiga, to`qqizinchi bo`lim moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot (2-shakl hisobot) shakliga mos keladi. Schyotlar korxona ehtiyojlariga mos holda egiluvchanlikni va yangi schyotlar bilan to`ldirishni ta’minlovchi to`rt xonali raqamlanishga ega. Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar Schyotlar rejasi xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobining Ishchi Schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ishchi Schyotlar rejasida schyotlar soni ko`p yoki kam bo`lishi mumkin, lekin bunda schyotlarni raqamlash tartibi haqiqiy Schyotlar rejasiga mos bo`lishi shart. Schyotlar rejasida «Balansdan tashqari schyotlar» deb nomlangan bo`lim ham mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`llanilayotgan yagona schyotlar rejasiga qator qo`shimcha schyotlar kiritildi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling