Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet48/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Elementli xarajatlar bir turdagi xarajatlardan iborat bo`ladi. Masalan, hom-ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, ish haqi, amortizatsiya, ijtimoiy sug`urta ajratmalar va shu kabilar.
Kompleks xarajatlar bir nechta turdan iborat bo`lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari va shu kabilar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi xarajatlarga korxonaning tovar mahsulotini ishlab chiqarishi bilan bog`liq bo`lgan barcha xarajatlar kirib, ular tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxini hosil qiladi.
Noishlab chiqarish xarajatlarga mahsulotni xaridorga sotish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya’ni mahsulotni ortish, jo`natish va boshqa sotish xarajatlari hamma transport xarajatlari (agar u xaridor hisobidan qoplanmasa) kiradi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish maqsadida korxona xarajatlari mahsulot turlari buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish bo`limlari hamda kalkulyatsiya moddalari bo`yicha guruhlanadi. Xarajatlarni bunday umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig`ma hisobi deb ataladi. Mahsulotning haqiqiy tannarxini to`g`ri aniqlashda bu yig`ma hisobni korxonadagi ishlab chiqarishning hususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish xarajatlarini guruhlab tartibga solish, hamda ularni ayrim mahsulotlar o`rtasida taqsimlash uchun yig`ib taqsimlovchi "Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyoti xizmat qiladi.
Xarajatlar to`g`risidagi Nizomga muvofiq xo`jalik sub’ektlarini boshqarish va xizmat ko`rsatish xarajatlari "Davr xarajatlari" schyotida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar oy davomida yig`ib boriladi va davr ohirida moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi.
Hom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi va shu kabi to`g`ri xarajatlar bevosita "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining debetiga yoziladi, qolgan bilvosita xarajatlar avval yig`ib taqsimlovchi schyotlarga davr mobaynida yig`ilib, davr ohirida kalkulyatsiya schyotlariga, ya’ni "Asosiy ishlab chiqarish" va "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlariga komlpeks summalarda o`tkaziladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobini yuritishda jurnal orderining yuqori tomonda gorizontaliga kreditlanuvchi schyotlar, chap tomonga esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi. Masalan, kreditlanuvchi schyotlar "Materiallar", "Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar eskirishi", "Mehnatga haq to`lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar", "Ijtimoiy sug`urta va ta’minotga doir hisob-kitoblar" va boshqa schyotlardan iborat. Bu schyotlarning kreditiga asosan jurnal-orderdan debetlanuvchi schyotlar qatorida keltiriladigan "Asosiy ishlab chiqarish", "Korxonani o`zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar", "Yordamchi ishlab chiqarishlar", "Umumishlab chiqarish xarajatlari", "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar", "Kelgusi davr xarajatlari" schyotlari bilan karrespondentsiyada bo`ladi. Davr tamom bo`lgandan so`ng jurnal-orderdan hisoblab chiqilgan umumiy summalar bosh daftardagi schyotlarga o`tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni topish uchun bu jurnal-orderdan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog`liq bo`lgan "Kassa", "Hisob-kitob schyoti", "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar" va shu kabi schyotlarning kreditlari bo`yicha yuritiladigan jurnal-orderlarga ham murojaat qilinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish jurnal-orderini to`ldirish uchun asosan ayrim tsexlardagi xarajatlarning analitik hisobi uchun yuritiladigan yordamchi vedomostdan, kelgusi davr xarajatlari hamda kelajakdagi xarajatlar va to`lovlar rezervi hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan yordamchi vedomostdan foydalaniladi. Jurnal-order shunday tuzilganki, undagi barcha ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlari bo`yicha yakunlangan summalar shu ishlab chiqarish xarajatlarining ayrim elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo`yicha tegishli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi hisobotlarni tuzishga moslashgan bo`lib hisobot shakllarini tuzishni osonlashtiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari bo`yicha aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari o`rtasida sodir bo`lgan o`zaro sarflarni umumiy xarajatlar summasidan chiqarib tashlash kerak.
Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ushbu ishlab chiqarish hususiyati hamda unda qo`llanilayotgan kalkulyatsiya qilish usuliga bog`liq. Bunda ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilayotgan buyumlarning bir turdagi guruhlari, mahsulotning ayrim turlari, ayrim buyurtmalar va ishlab chiqarishning ayrim bo`linmalari bo`yicha hisob qilinishi mumkin. Mahsulotning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar ba’zi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim korxonalar va tsexlar bunday xarajatlarni maxsus daftarlarda yuritishlari mumkin. Bu registrlarning asosiy ko`rsatkichlari xo`jalik muomalasining qisqacha mazmuni, sanasi, xarajatlarining kalkulyatsiya moddalari bo`yicha summalari va ishlab chiqarish mahsulot miqdoridan iborat.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini aniqlash xo`jalik sub’ektlaridagi buxgalteriya hisobining eng asosoiy qismlaridan biridir. Sub’ektlarda mahsulot tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat ko`rsatkichlaridan biri bo`lib hisoblanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling