Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet56/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Rejali ro`yhatga olish xo`jalik mablag`larini ma’lum vaqtga belgilangan tartibda hisobga olish bilan izohlanadi. Masalan, asosiy vositalar bo`yicha ro`yhatga olish bir yilda bir marta, birinchi noyabrdan kechiktirmay o`tkaziladi. Kassadagi naqd pullar bir oyda kamida ikki marta ro`yhatga olinishi talab qilinadi.
Tusatdan ro`yhatga olish korxonalarda ma’lum bir sabablarga ko`ra o`tkaziladi. Masalan, moddiy javobgar shaxsni almashtirish yoki tashqi nazorat organlari tomonidan tekshiruv ishlarini olib borish taqozo etilgan vaqtlarda o`tkaziladigan ro`yhatga olish to`satdan ro`yhatga olish tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari, korxonalar mulki hajmi va o`tkazish tartiblariga ko`ra ham ashyoviy ro`yhatga olishni qo`yidagi turlarga bo`lish mumkin.
- korxona barcha mulkini ro`yhatga olish;
- komissiya tasdiqlanib, oldindan buyruqlashtirilgan mulki ro`yhatga olish.
Har bir xo`jalik ob’ektidagi mol-mulkni ro`yhatga olishdan oldin moddiy javobgar shaxsdan tilxat olinadi. Bu tilxat mazkur ob’ektda o`z vaqtida kirim qilinmay qolgan hech qanday moddiy qiymatliklar yo`qligi va boshlang`ich hujjatlar o`z vaqtida rasmiylashtirilayotganligi to`g`risida ma’lumot beradi.
Demak, ashyoviy ro`yhatga olish deb, xo`jalik mablag`larini haqiqiy miqdorini tekshirish yordamida, uning natijalarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish asosida aniqlashga aytiladi. Ashyoviy ro`yhatga olish natijasida mol-mulkning kamomadi yoki ortiqcha ekanligi aniqlanadi. Agar haqiqiy ma’lumotlar buxgalteriya ma’lumotlaridan kam bo`lsa, u holda mol-mulkning kamomadi aniqlangan bo`ladi, uning aksi bo`lsa, u holda ortiqcha deb hisoblanadi.
Joylarda qiymatliklar va pul mablag`larini yo`qlama qilish, korxona buxgalteriyasi bilan birgalikda yo`qlama qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashinuvi natijasida sodir bo`lgan kamomad bilan har bir ortiqchaliklarni o`zaro berkitish va tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo`yicha takliflar ishlab chiqish, tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari hamda me’yordan ortiq va foydalanilmayotgan moddiy qiymatliklarni sotish haqida takliflar qilish, yo`qlama qilishni korxona buyrug`ida ko`rsatilgan muddatda o`tkazish va uni o`tkazish tartibini saqlash, ro`yhatga yozilgan ma’lumotlarning haqiqatga to`g`ri kelishini ta’minlash va yo`qlama qilish materiallarini to`g`ri va o`z vaqtida rasmiylashtirish uchun korxonada qiymatliklarni yo`qlama qiluvchi ishchi yo`qlama qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyaning raisi shu korxona rahbarining vakili bo`ladi. Komissiya tarkibiga mutaxassislar, muxandis-texnologlar, mexanik va ishni amalga oshiruvchilar, iqtisodchi-buxgalter xodimlar va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni yo`qlama qilish, baholarni va boshlang`ich va hujjatlarni yaxshi biladigan korxona xizmatchilari qo`shilishi kerak. Bir moddiy javobgar shaxs javobgarligidagi mulkni yo`qlama qilish uchun bir kishini birin-ketin ikki marta ishchi yo`qlama qilish komissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas. Yil davomida yo`qlama qilishlar o`rtasida korxonalarda muntazam ravishda tovar-moddiy zahiralarni saqlanish joylarida tekshirib turish va saralab yo`qlama qilish komissiyassi tuziladi. Bu komissiya yo`qlama qilish davrlari o`rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarini bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o`rnatilgan boshlang`ich hisob yuritish tartibining bajarilishini ustidan nazorat olib boradi.
Doimiy harakat qiluvchi yo`qlama qilish komissiyasi, ishchi yo`qlama qilish komissiyalari, tekshirish va saralab yo`qlama qilish komissiyalarining tarkibi korxona rahbarining buyrug`i bilan tasdiqlanishi yuqorida ham ta’kidlangan edi. Komissiya tarkibida xodimlar belgilangan ob’ektdagi mol-mulkni yo`qlama qiladilar. Yo`qlama qilish davrida moddiy qiymatliklarning har biri o`lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari yo`qlama qilish ro`yhatiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar yo`qlama qilinayotgan bo`lsa, yo`qlama qilish tugashi bilan yo`qlama qilish ro`yhati ohiriga komissiya a’zolarining imzosidan so`ng moddiy javobgar shaxs "Ushbu yo`qlama qilish ro`yhatida ko`rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko`z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiy qiymatliklarni o`z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda yo`qlama qilish komissiyasiga mening hech qanday davoim yo`q" deb imzo chekadi.
Yo`qlama qilish ro`yhati rasmiylashtirilib, korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Yo`qlama qilish bo`yicha taqqoslash vedomosti tuziladi. Taqqoslash vedomostini tuzish va yo`qlama qilish natijalarini aniqlash ishlari boshlangunga qadar korxona buxgalteriyasi yo`qlama qilish ma’lumotlari keltirilgan hamma hisob-kitoblarning to`g`riligini tekshirib chiqadi. Yo`qlama qilish ro`yhatining ohirgi betida baholar va summalar to`g`riligi tekshirib chiqilganligi haqida yozib qo`yiladi va shu tekshirishni o`tkazgan shaxs imzo chekadi.
Yo`qlama qilish natijalarini aniqlash uchun tegishli taqqoslash vedomosti tuziladi. Taqqoslash vedomostlariga yo`qlama qilishda hisob ma’lumotlari bilan yo`qlama qilish ro`yhati ma’lumotlari o`rtasidagi farq qayd qilinadi.
Yo`qlama qilish farqlarini tartibga solish va yo`qlama qilish natijalarini rasmiylashtirish tartibi barcha kamomad, ortiqcha hamda debitor qarzlar, da’vo qilish muddatining o`tkazib yuborilganligi natijasida ko`rilgan zarar summalari bo`yicha ishchi yo`qlama qilish komissiyasi tegishli xodimlardan yozma tushuntirish hatlarini oladi. Bu tushuntirish hatlari va boshqa hujjatlar asosida doimiy harakat qiluvchi yo`qlama qilish komissiyasi aniqlagan kamomad, nobudgarchilik, qiymatliklarning buzilishi va ortiqcha chiqishining tavsifini o`rganadi. Bu komissiya taqqoslash vedomostlari tuzilishining to`g`riligini tekshirib chiqadi va yo`qlama qilish natijalari bo`yicha o`zining hulosa va takliflarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
Qiymatliklar bo`yicha buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan yo`qlama qilish ma’lumotlari o`rtasidagi farq qo`yidagicha tartibga solinadi:
- qiymatliklarning me’yoriy kamayishi korxona rahbarining buyrug`i bilan ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga qo`shiladi. Agar kamayish me’yori o`rnatilmagan bo`lsa, u holda kamomad kamayish deb qabul qilinadi;
- qiymatliklar bo`yicha me’yordan ortiqcha kamayish kamomad deb qabul qilinadi. Bunday kamomad va qiymatliklar buzilishidan ko`rilgan talofat aybdorning zimmasiga yuklanadi;
- qiymatliklar bo`yicha me’yordan ortiqcha kamayish va qiymatliklarning buzilishdan ko`rilgan talofatlarning aniq aybdorlari topilmasa, u holda talofat va kamomadlar korxonaning ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga qo`shiladi;
- ortiqchalik va navlar almashinuvi sababli sodir bo`lgan qiymatliklar kamomadi va ortiqchaligini o`zaro qoplash natijasida aniqlangan ortiqcha summalar tegishli schyotlarga qabul qilinadi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling