Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUJJATLASHTIRISH VA ASHYOVIY RO`YHATDAN O`TKAZISH
HUJJATLASHTIRISH VA ASHYOVIY RO`YHATDAN O`TKAZISH 1. Hujjatlarning huquqiy mohiyati, ularni to`ldirish, turkumlash va xatoliklarini tuzatish. 2. Xo`jalik mablag`larini ashyoviy ro`yhatdan o`tkazish. Hujjatlarning huquqiy mohiyati, ularni to`ldirish, turkumlash va xatoliklarini tuzatish Amalga oshirilayotgan har bir xo`jalik muomalasini albatta tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish shart. Ana shundagina xo`jalik muomalasi huquqiy kuchga ega bo`ladi. Har qanday korxona buxgalteriya hisobini tashkil etishda hujjatlar muhim ahamiyatga egadir. Hujjatlarning asosiy hususiyati shundaki, har bir korxona va tashkilotda har kuni o`tkaziladigan barcha xo`jalik muomalalari hujjatlar orqali yalpi, uzluksiz va dastlabki qayd qilinadi. Hujjatlar xo`jalik muomalalari mazmunini ifodalaydi. Buning natijasida ularning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish mohiyati aniqlanadi. Shuning uchun hujjat deb amalga oshirilgan xo`jalik muomalalari sodir bo`lganini dalillarga va ularning yozma holdagi isbotiga aytiladi. Hujjatlashtirish esa, xo`jalik muomalalarini aks ettirish va xo`jalik faoliyati ustidan doimiy nazorat o`rnatishning hujjat yordamida rasmiylashtirish usulidir. Har bir hujjat o`z vazifasiga to`la javob berishi uchun u ma’lum ko`rsatkich va belgilarga ega bo`lishi kerak. Hujjatlarda qayd qilingan va hujjatlarga huquqiy kuch beradigan xo`jalik muomalalarini tavsiflovchi ko`rsatkich va belgilar shu hujjatlarning rikvizitlari deyiladi. Rikvizitlar soni va mazmuni hujjatlarning qaysi maqsadda tuzilganligi, bu hujjatlar aks ettirgan muomalalarni bajarish shartlari bilan belgilanadi. Xo`jalik muomalalarini turli-tumanligiga qaramasdan bir xil rikvizitlar ko`pchilik hujjatlar uchun umumiydir. Har qanday hujjatda uning qanday maqsadga belgilanganligidan qat’iy nazar qo`yidagi rikvizitlar bo`lishi shart: - hujjat nomi; - hujjat tuzilgan vaqt; - muomalaning mazmuni va asosi; - muomala o`lchov birliklari; - muomala amalga oshirilishi va rasmiylashtirilishiga javobgar shaxslar imzosi. Qolgan rekvizitlar hujjat tuzilgan muomalaning tavsifi bilan aniqlanadi. Korxona xo`jalik faoliyatida yuz beradigan ko`p sonli muomalalar hujjatlashtirish uchun turli-tuman hujjatlar qo`llaniladi. Muomalalarni to`g`ri hujjatlashtirish uchun ularning mazmuni va shakllarini to`la-to`kis aks ettirish maqsadida buxgalteriya hisobida qo`llaniladigan hujjatlarni turkumlash zarurdir. Hujjatlar qo`yidagi bir qancha belgilari bo`yicha turkumlarga ajratiladi: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling