Ал-хоразмий номидаги
Buxgalteriya hisobi shakllari
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
Buxgalteriya hisobi shakllari
Buxgalteriya hisob shakllari, buxgalteriya hisobini yuritish texnikasi va uni tashkil qilish borgan sari rivojlanib, o`zgarib kelmoqda. Buxgalteriya hisobining qator shakllari mavjud. Ular qo`yidagi asosiy tamoyillarga ko`ra bir-biridan farq qiladi: - registrlarning soni, vazifalari va tashqi ko`rinishiga ko`ra; - registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va analitik hisobning ko`shib olib borilish tartibiga ko`ra; - registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasiga ko`ra. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq vaqt hisobda asosiy o`rinni egallab keldi. Hisobning bu shakli har tomonlama tekshirilgan dastlabki hujjat asosida yoziladi. Keyinchalik memorial-orderlarning raqamlari va summalari muomalalarni ro`yhat qilish jurnaliga (xronologik registr) tartib bilan yozib boriladi. U qo`yidagi ko`rinishga ega:
Ro`yhatta olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi ustidan va tartib bilan raqamlanishini nazorat qilib turish uchun hamda oy davomida bajarilgan barcha xo`jalik muomalalarining umumiy summasini aniqash uchun xizmat qiladi. Undan tashqari, har oyning ohirida jurnaldagi xo`jalik muomalalarining jami summasi sintetik schyotlar bo`yicha oy ohiriga tuzilgan oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan solishtiriladi. Bu usulda sintetik schyot bo`yicha muntazam registrlarda aks ettirilgan xo`jalik muomalalarining to`plamini tekshirish hamda ikki yoqlama yozish qoidasiga qanday rioya qilinganligini tekshirish mumkin. Ro`yhatga olingan memorial-orderdan sintetik schyotlar bo`yicha muntazam registr – bosh daftarga muomalalarni yozish uchun foydalaniladi. Unda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi. Memorial-order shakli qo`llaniladigan korxona, tashkilot va muassasalarda analitik hisob registrlari sifatida kartochkalar ishlatiladi. Memorial-orderga ilova qilinadigan kartochkalardagi yozuvlar boshlang`ich va yig`ma hujjatlarga asoslangan bo`ladi. Hisobot oyining ohirida analitik schyot registrlari bo`yicha jami summa yig`iladi va shunga muvofiq oborot yoki qoldiq vedomosti tuziladi. Ulardagi ma’lumotlar sintetik schyotlar jami summasi bilan solishtiriladi va shunday qilib yo`l qo`yilgan xatoliklarni aniqlash yoki uning oldini olish imkoni yaratiladi. Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining kamchiliklaridan biri shundaki, bunda har bir xo`jalik muomalasi uchun memorial-order tuzilishi va u registrlarga yozilishi, ya’ni har bir muomala 7-8 marta hujjat va registrlarda aks ettirilishi kerak. Bu narsa hisob ishlarini ancha murakkablashtiradi. Bu shaklning yana bir kamchilik tomoni shundaki, u hisoblash mashinalarini ko`llashga moslashmagan bo`lib, ishning asosiy qismi ko`lda bajariladi. Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shakli ham memorial-order shaklining bir turi hisoblanadi. Unda sintetik hisob registri bosh jurnal (bosh schyotlar daftari) orqali yuritiladi. Bu shaklning hususiyatlaridan biri xronologak va sistematik yozuvlarning bir hisob registrida, ya’ni bosh jurnalda olib borilishidir. Yuqorida keltirilgan bosh jurnal shaklidan ko`rinib turibdiki, bunda har bir sintetik schyot bo`yicha yozuvlar jami schyot oborotini tashkil qiladi. Undan tashqari, schyotda har bir schyot bo`yicha oy boshiga va ohiriga bo`lgan qoldiq ham ko`rsatiladi. Bundan kelib chiqadiki, undagi ma’lumotlar asosida balans tuzish mumkin. Hisobning bu shaklida har bir xo`jalik muomalasiga dastlabki hujjatlar asosida memorial-order yoziladi va unga asoslanib yozuv bosh jurnalga ko`chiriladi. Har bir memorial-order va unga ilova qilingan dastlabki hujjat asosida analitik schyotlarga yozuvlar yoziladi. Hisobot oyining ohiriga analitik schyotlar bo`yicha oborot vedomostlari tuziladi. Ushbu vedomost jami bosh jurnaldaga tegishli sintetik schyotlar oboroti bilan solishtiriladi. Summalarning tengligi hisobning to`g`ri yuritilganligidan dalolat beradi. Hisobning bu shakli sintetik schyotlar unchalik ko`p ko`llanilmaydigan muassasa va tashkilotlarda yuritiladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli yuqorida ko`rib o`tilgan hisob shakllaridagi mavjud kamchiliklarni yo`qotish va hisob shakllarini takomillashtirish natijasida vujudga kelgan. Uning hususiyatlaridan biri shunki, bunda yozuvlar hisobot oyi davomida jamlash va guruhlash vedomostlarida shu jurnalda guruhlanib boradi. Jurnal-orderdan tashqari yordamchi vedomostlar ham yuritiladi. Ayrim xo`jalik muomalalari avval yordamchi vedomostlarda jamlanib, so`ngra ulardan muomalalar jamisi jurnal-orderga yoziladi. Boshlang`ich hujjatlardagi ma’lumotlar to`g`ridan-to`g`ri, avvaldan schyotlar korrespondentsiyasi ko`yilgan jurnal-orderga yoziladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli deb aytilishi ham shu registrlarning nomidan kelib chiqqan. Bu shaklning asosiy sintetik hisob registri jurnal-orderlar hisoblanib, undagi yozuvlar shaxmat usulida, ya’ni ikki yoqlama yozish tamoyili asosida korrespondentsiyalanuvchi schyotlarning debet va krediti bo`yicha bir vaqtda olib boriladi. Shakl har bir sintetik schyot uchun yoki iqtisodiy mazmuni bir-biriga mos bo`lgan bir necha sintetik schyotlar uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalarning eskirishi» va «Ustav fondi» schyotlarining kredit oboroti bo`yicha tegishli xo`jalik muomalalari jurnal-orderga ro`yhat qilinib, jurnal-orderlarning bir oylik yakunlari bosh daftarga yoziladi. Bosh daftar hisobning bu shaklida bir oyga emas, balki bir yilga mo`ljallanib ochilgan bo`ladi. Shaklning hususiyatlaridan yana biri – hisob registrlarining buxgalteriya hisoboti tuzishga moslanganligidir. Yana unda «memorial-order», «bosh jurnal» shakllariga qaraganda hujjatlarning aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik hisoblar ko`shilib ketadi, hisobotning ko`shimcha ishlarini bajarmasdan, to`g`ridan-to`g`ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo`ladi va h.k. Shaklning kamchiligi hisoblash mashinalaridan foydalanish chegaralanganligidadir. Yuqorida ko`rib o`tilgan buxgalteriya hisobining shakllari asosan qo`l mehnatidan foydalanishga asoslangan. Keyingi paytda hisob ishlarining takomillashuvi va mexanizatsiyalashuvi natijasida hisob-kitobning yangi shakllari paydo bo`la boshladi. Buxgalteriya hisobining har tomonlama takomillashgan shakli – bu EHMni qo`llashga mo`ljallangan shakl hisoblanadi. Hisoblash texnikasidan foydalanish qo`yidagi afzalliklarga ega: - hisob ma’lumolarini qayta ishlashni tezlashtiradi va buxgalteriya ma’lumotlari operativligini oshirish uchun zarur sharoit yaratadi; - iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashda band bo`lgan xodimlar soni kamayadi; - buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog`liq xarajatlarni kamaytiradi; - moddiy javobgar shaxslar ishi va mulklar havfsizligi ustidan nazorat kuchayadi. EHM dan foydalanish hisobda yangi imkoniyatlar ochib, boshqarishning avtomatik tizimini ko`llash bilan amalga oshiriladi. Boshqarishning avtomatik tizimi deganda iqtisodiy-matematik usullar va ma’lumotlarni qayta ishlash vositalaridan foydalanish asosida korxona (birlashma) va tashkilotni samaraliroq boshqarishni ta’minlaydigan usullar hamda texnik vositalar yig`indisi tushuniladi. Boshqarishning avtomatik tizimi korxona miqyosida IChBAT (ASUP) deb yuritiladi. IChBAT boshqarishning shunday tizimiki, bunda korxona (birlashma) xo`jalik faoliyatini boshqarishdagi asosiy vazifalarni xal qilish iqtisodiy-matematik usullar va ma’lumotlarni qayta ishlashda hozirgi zamon avtomatik vositalarini va kompyuterlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda hisoblash texnikasi vositalaridan, ayniqsa kompyuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobini tashkil qilishning yangi usullarini vujudga keltirdi. Buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shakllari ishlab chiqildi. Shaklning asosiy hususiyati kompyuter dasturlari asosida avtomatlashtirilgan tartibda hisob registrlarini tuzish imkoniyati yaratilganligidadir. Bu registrlarda hisob ma’lumotlarini korxonani boshqarish, nazorat, taxdil qilish va buxgalteriya hisobotini belgilangan tartibda tuzish uchun zarur bo`lgan asosda umumlashtirish, guruhlash mumkin bo`ladi. Hozirgi paytda korxonalar kompyuterlashtirilgan. Ular ma’lumotlarni to`g`ridan-to`g`ri hisob registrlarida (kartochkalar, varaqlarda) yoki ma’lumot tashuvchilarida to`playdilar. Korxonalar buxgalteriya hisobining qaysi usuli va shaklini qo`llashni o`zlari hisob-kitob ishlari hajmi va boshqa hususiyatlariga qarab mustaqil ravishda tanlaydilar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling