Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI VA SHAKLLARI. 1. Buxgalteriya hisobi registrlari. 2. Buxgalteriya hisobi shakllari.
Masalan. Yo`qlama qilish natijasida korxona kassasida 30.000 so`m kamomad aniqlandi. Bu kamomad summasiga buxgalteriya hisobida qo`yidagi provodka beriladi:
Dt "Moddiy qiymatliklarning va nobudgarchiliklar" Kt "Kassa" 30.000 so`m Agar bu kamomad moddiy javobgar shaxs oylik moashidan ushlansa, unda: Dt "Moddiy zararlarni qoplash bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar" Kt "Kamomad va qiymatliklar natijasida sodir nobudgarchiliklar" 30.000 so`m Agar yo`qlama qilish natijasida kassadagi mavjud pul summasining buxgalteriya hisobidagi summadan ortiqcha ekanligi aniqlansa: Dt "Kassa" schyoti Kt "Budjet bilan hisob-kitoblar" schyoti 30.000 so`m. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI VA SHAKLLARI. 1. Buxgalteriya hisobi registrlari. 2. Buxgalteriya hisobi shakllari. Buxgalteriya hisobi registrlari Hisob registrlari deb, buxgalteriya hisobi yozuvlarini yuritishga mo`ljallangan turli shakddagi jadvallarga aytiladi. Ular tashqi ko`rinishi, yozuvlarining turlari va ma’lumot hajmiga ko`ra turkumlanadi. Buxgalteriya hisobi registrlari o`z tashqi ko`rinishiga ko`ra kitob-daftar, varaqlar (vedomostlar) hamda ko`p ustunli kartochkalar shaklida bo`lishi mumkin. Kitob shaklidagi hisob registrlari deb maxsus ravishda grafalangan varaqlarni muqovalab, kitob shakliga keltirilgan ko`rinishga aytiladi. Masalan, «kassa daftari», «bosh daftar» va boshqalar. Xo`jalik muomalalarini qayd qilishdan oldin buxgalteriya daftarining har bir sahifasi nomerlanadi. Ohirgi sahifa orqasiga nomerlangan sahifalarning umumiy soni yozilib, bosh buxgalterning imzosi qo`yiladi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Daftarning muqovalasiga korxonaning nomi, olib borilayotgan schyot nomi va registrning boshlangan sanasi yozib qo`yiladi. Buxgalteriya daftari har yil 1 yanvardan boshlab ochiladi. Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining daftar registrlari barcha korxona va tashkilotlarda eng ko`p qo`llaniladiganidir. Kitob shaklidagi hisob registrlari buxgalteriya xodimlari o`rtasida mehnat taqsimotini qiyinlashtiradi. Shuning uchun xo`jalik muomalalarini hisob registrlarida qayd qilish ishlarini avtomatlashtirish va hisob registrlaridan buxgalteriya xodimlarining foydalanishini osonlashtirish maqsadida alohida varaqlar yoki ko`p ustunli kartochkalar shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb uylaymiz. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling