Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet55/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

- korrektura;
- qo`shimcha yozuvlar;
- stornolash yozuvlari.
Korrektura – o`chirilganini o`qish mumkin bo`lishini ko`zlab, ilgari ko`rsatilgan summa yoki matnni bir chiziq bilan o`chirib, o`chirilgan raqam yoki matn ustida to`g`ri yozuvni qayd etishdir. Mazkur tuzatishga "tuzatilgani to`g`ri" degan yozuv ilova qilinib, tuzatish sanasi ko`rsatiladi. Ushbu usul ilgari juda ko`p qo`llanilgan.
Qo`shimcha yozuvlar xato aniqlangan holda amalga oshiriladi, jumladan, agar buxgalter birorta xo`jalik muomalasini tasodifan unutganda yoki schyotlar bo`yicha murakkab provodkalarni amalga oshirishda qandaydir muomala o`tkazilamasa yoki xo`jalik muomalasini baholash xato ravishda pasaytirilmasa, buxgalteriya provodkasi ikki tomonlama yozuv usuli bilan o`tkazilamagan ayrim hollar ham bo`ladi. Bunday hollarda buxgalter aniqlangan xatolar to`g`risida kichik ma’lumotnoma tuzadi. Buxgalteriya schyotlari bo`yicha qo`shimcha provodkalar o`tkaziladi.
Stornolash yozuvlari (buxgalteriya tilida "Storno" deyiladi) qo`shimcha manfiy sonlarni qizil siyohda yozishdan iborat. Buxgalteriya hisobida faqat ana shu holda qizil siyohdan foydalaniladi. Moliyaviy hisobotlarda va buxgalteriya balansida hech qanday o`chirib yoki tuzatib yozishlar bo`lmasligi kerak. Xatolar tuzatilganda tegishli qaydlar qilinadi, ularni balans va hisobotni imzolagan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko`rsatadilar. Hisobot tasdiqlanganidan keyin joriy yildagi va o`tgan yildagi hisobot ma’lumotlarini tuzatish ma’lumotlar buzilganligi aniqlangan davr uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi. Bunda tuzatishlar hisobot davri ma’lumotlarigagina kiritaldi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida xarajatlarni kiritish sababli daromadni yashirish yoki moliyaviy natijalarni pasaytirish hollari aniqlanganda, o`tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va hisobotiga tuzatishlar kiritilmaydi, balki hisobot davriga aniqlangan o`tgan yillar foydasi sifatida joriy yilda aks ettiriladi.
Xo`jalik mablag`larini ashyoviy ro`yhatdan o`tkazish

Xo`jalik jarayonlari bilan bog`liq muomalalarni buxgalteriya hisobi hujjatlarida yoppasiga aks ettirib borish tartibi amalda mavjuddir. Shu xo`jalik muomalalari xo`jalik mablag`larining holati va harakati bilan bog`liqdir. Barcha xo`jalik mablag`lari vaqti-vaqti bilan ashyoviy ro`yhatga olishni talab etadi. Ashyoviy ro`yhatga olish, buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo`lib, uning yordamida xo`jalik mablag`larining haqiqiy miqdori aniqlab boriladi. Amalda ashyoviy ro`yhatga olishni tashkil qilish uchun ma’lum bir tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Ashyoviy ro`yhatga olish turli xil sun’iy o`g`irliklarning oldi olinadi. Hozirgi kunda ashyoviy ro`yhatga olishning ikki turi mavjud, rejali va to`satdan ro`yhatga olish.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling