Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
SO`Z BOSHI O`zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o`tishi va faol ravishda tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borishi korxonaning oldiga bir qancha yangi vazifalarni qo`ymoqda. Bunday sharoitda korxonalarning samarali faoliyat olib borishi boshqaruv qarorlarini to`g`ri qabul qilishga bog`lik. Buxgalteriya hisobi tadbirkorlik faoliyatini boshqaruvchi elementlaridan biri hisoblanadi. Fanning asosiy maqsadi, korxonalar mablag`lari va ularning tashkil topish manbalarini to`g`ri hisobga olishdan iborat. Bozor iqtisodiyotiga o`tish malakali hisobchilar va iqtisodchilarga bo`lgan talabni yanada oshirdi. Bunday iqtisodchilar davlat korxonalari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda muvaffaqiyatli ish olib borishlari, korxona faoliyatini boshqarishda to`g`ri va aniq qarorlarni qabul qilishlari lozim. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida quyidagilarni o`rganish ko`zda tutilgan: buxgalteriya hisobi usullari; hisobni axborot manbalari bilan ta’minlash, hisob sintetik va analitik usullarini shakllantirish; boshqaruv va moliyaviy hisobning asosiy tamoyillarini o`rganish va h.k. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani tarkibida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga katta o`rin beriladi. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi – bu mulk shaklidan qatiy nazar barcha muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning mulki haqidagi ma’lumotni hisobga olish va umumlashtirishning tartiblangan tizimidir. Boshqacha aytganda, buxgalteriya hisobi korxonaning moliyaviy va mulkiy holati haqida to`liq ma’lumot beradi. Xalqaro talablarga mos keluvchi hisobni shakllantirish O`zbekistonda amal qilayotgan korxonalar uchun xalqaro kapital bozorlariga qo`shilish imkoniyatini ochuvchi muhim qadamlardan biridir. Yangi xo`jalik yuritish sharoitida korxonalar faoliyatlarini nazorat qilish va uni takomillashtirishida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan faol foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi va audit bo`yicha mutahassislarning roli beqiyosdir. Shu munosabat bilan ularni tayyorlash ham yaxshilanishi zarur. Buxgalteriya hisobi va audit bo`yicha mutahassislar samarali xo`jalik yuritishga ko`maklashishlari, iqtisodiy vaziyatlarida tez va xatosiz mo`ljal olish, bozor iqtisodiyotining tendentsiyalarini tushunishlari zarur. Shunday ekan, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» kursi bo`yicha tayyorlangan ushbu ma’ruza matnlari korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish asoslari mavzularini yoritgan. Ushbu mavzularda buxgalteriya hisobining predmeti, usullari, buxgalteriya balansi, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozuv, hisobot kabi masalalar ko`rib chiqilgan. Ushbu ma’ruza matnlari iqtisodiy yo`nalishlar bo`yicha bakalavr mutaxassisligi talabalari uchun mo`ljallangan. IQTISODIYOTDA BUXGALTERIYA HISOBINING O`RNI, UNING MOHIYATI VA AHAMIYATI Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling