Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet3/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Ichki foydalanuvchilar:

  • korxona menejerlari;

  • korxona mutaxassislari;

  • korxona tarkibidagi sub’ektlar.

Hisob kishilik jamiyatining barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarida mavjud bo`lgan. Ammo bu hisob o`zining mazmuni, ahamiyati, vazifasi, texnikasi va shakllari bilan turli tuzumda turlicha bo`lib, o`sha tuzumning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan. Shuning uchun ham hisob har bir tuzumda shu tuzumning o`ziga hos hususiyatlarini aks ettirgan.
Jamiyat taraqqiyotining asosi moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bo`lgani uchun ham kishilarning ijtimoiy hayotida sodir bo`layotgan hodisalarni kuzatish, jamiyatda bor bo`lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlarini, shuningdek mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadida hisobdan foydalanilgan.
Hisobga bo`lgan talab ayniqsa tovar ayriboshlash davriga kelib kuchaydi. Chunki bu jarayonning o`zi tovar almashtirish va uni hisoblash uchun umumiy ekvivalent bo`lishini talab qilardi. Bundan almashtirishning teng baholanishi uchun almashtirish maqsadida ishlab chiqarilgan tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini bilish talab qilingan. Bunday ma’lumotni esa faqat hisobni yuritish yo`li bilangina olish mumkin bo`lgan. Shunday qilib, ishlab chiqarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni miqyosining o`sishi natijasida xo`jalik faoliyatiga rahbarlik qilishning murakkablashishi bilan moddiy ishlab chiqarish asosida paydo bo`lgan hisobning roli oshib, jamiyatning hamma soxalaridagi mulklarni hisobga olish vazifalari kengayib borgan.
Hisob moddiy ishlab chiqarish taraqqiyotining barcha bosqichlarida qo`llanilgan va tobora takomillashib borgan. Hisob xo`jalik jarayonini hisobga olish bilan birga unga faol ta’sir qiladi va to`g`ri yo`nalishda rivojlanishga imkon yaratib beradi.
Shunday qilib, jamiyatda hisob asosan qo`yidagi funktsiyalarni bajaradi:
- korxona, tashkilot va muassasalarning xo`jalik faoliyatida sodir bo`layotgan jarayonlarni kuzatib borish;
- kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko`rsatkichlarda ifodalash;
- korxona, tashkilot va muassasalar xo`jalik faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd qilish;
- maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo`jalik muomalalarini umumlash va guruhlash;
- korxona, tashkilot va muassasalarning xo`jalik jarayoni va muomalalari ustidan nazorat olib borish va unga ta’sir etish.
Yuqorida sanab o`tilgan hisob funktsiyalari ayrim korxona, tashkilot va muassasalarning va butun halq xo`jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va istiqbolli rejalarini tuzishda, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, hisob takror ishlab chiqarish jarayonini miqdoriy aks ettirish va unga sifat jihatdan tavsif berishga mo`ljallangandir.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling