Ал-хоразмий номидаги


Xo`jalik hisobi turlari; buxgalteriya hisobi


Download 0.84 Mb.
bet6/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Xo`jalik hisobi turlari; buxgalteriya hisobi

Yuritilayotgan halq xo`jaligi hisobning yagona tizimini yaratishni talab qiladi. Xo`jalik faoliyati juda murakkab va ko`p qirrali bo`lganligi sababli hisobning shunday bir tizimini yaratish talab qilinadiki, bu yagona tizim korxonalarda hamda butun halq xo`jaligida sodir bo`layotgan turli-tuman xo`jalik faoliyatlari va muomalalarini qamrab olsin hamda halq xo`jaligiga rahbarlik qilish va uni boshqarish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar bilan ta’minlay olsin. Hisobning bu tizimiga operativ yoki operativ-texnika hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblarni bir-biriga chamcharchas bog`liq holda qo`llash bilan erishiladi. Bu uchala hisob turining yig`indisi xalq xo`jaligi hisobi deyiladi.



  • operativ-texnik (tezkor) hisob;

  • statistik hisobi;

  • buxgalteriya hisobi.

Hisobning uch turi: operativ, buxgalteriya va statistika hisoblari birgalikda halq xo`jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bir turdagi hisobning ma’lumotlarini ikkinchisi to`ldiradi yoki umumlashtiradi. Hozirgi paytda xo`jalik hisobini tashkil qilishda hisobning ikki turini qo`shib olib borish hollari hayotga kirib kelmoqda. Analitik hisobni soddalashtirish, zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarini qo`llash asosida operativ hisob bilan buxgalteriya hisobini birgalikda olib borish xarakterlidir.
Hisobning ushbu turlari bajaradigan vazifasi, qaerda qo`llanishi va o`ziga hos uslublariga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
Operativ (tezkor) hisob – korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim ko`rsatmalarini joriy nazorat qilish maqsadida qo`llaniladi. Operativ hisob ishlab chiqarishning ayrim bo`limlarida sodir bo`layotgan xo`jalik jarayoni va muomalalari haqida zarur ma’lumotlarni tezda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Bu hisob ma’lumotlari xo`jalik faoliyati va muomalalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Operativ hisob ma’lumotlariga hujjat tuzmasdan og`zaki, telefon, telegraf yoki internet orqali habar qilish mumkinligi va o`zining oddiyligi blan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi. Shunday qilib, operativ hisobda barcha aloqa vositalari ishlatiladi. Operativ hisob sodir etilgan hodisa va voqealiklarni tezkorlik bilan kuzatib, miqdor jihatdan o`lchab boshqaruv uchun axborot berishga xizmat qiladi. Operativ hisobning hisobga olish ob’ektiga misol qilib, paxta-yig`im teriminining kundalik ahvoli to`g`risidagi ma’lumotni keltirish mumkin. Bunda axborot zudlik bilan og`zaki yoki yozma tarzda aloqa vositalari yordamida jamlanadi va boshqaruv uchun zarur bo`lgan qaror qabul qilinadi.
Operativ hisob yordamida mol yetkazib beruvchilar shartnomalarni bajarishi, ishchi va xizmatchilar ishga o`z vaqtida kelishi, mollar jo`natilishi, to`lov muddatlari bo`yicha majburiyatlar bajarilishi va boshqalar to`g`risida ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar xo`jalik jarayoni va ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi ustidan nazorat qilishda keng qo`llaniladi.
Operativ hisobning o`ziga hos hususiyati shundaki, bunda xo`jalik jarayonidagi ma’lumotlar tezlik bilan qayd qilinadi va tegishli joyga tezda yetkazib beriladi. Bunday ma’lumotlardan esa muayyan korxonada xo`jalik jarayoni, shuningdek butun halq xo`jaligiga operativ rahbarlik qilish uchun foydalaniladi. Operativ hisobda aniq ob’ektdan qat’iy nazar natura, mehnat va pul o`lchovlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining har bir qayd etilgan yozuvi, amalga oshirilgan xo`jalik muomalasi yoppasiga hujjatlashtirishga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi hisobning hujjatli turi deyiladi.
Biz yuqorida qayd qilganimizdek, buxgalteriya hisobida natura o`lchovi, mehnat va pul o`lchovlaridan foydalaniladi. Har qanday xo`jalik muomalasi, albatta, pulda ifodalaniladi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi pulli hisob turi deb ham yuritiladi, ya’ni sodir bo`lgan xo`jalik jarayoni va muomalalarini umumlashtirish faqat pul ifodasida olib boriladi.
Buxgalteriya hisobi hodisalarni o`rganish va nazorat qilish tizimidir. Uning ob’ekti alohida korxona, tashkilot va muassasa, umuman halq xo`jaligi yoki uning biror tarmog`i bo`lishi mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling