Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet7/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Statistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, kuzatish materiallarni yig`ish, ma’lumotlarni guruhlash, ko`rsatkichlarni hisoblash va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo`jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyat xayotidagi siyosiy va madaniy rivojlanishning miqdoriy ko`rsatkichlarini beradi. Shuning uchun ham xo`jalik hisobi tizimi statistik hisob talablariga mos holda umumiy uslubiyot asosida yuritiladi. Statistik hisob xo`jalik faoliyatining ijtimoiy hodisalarini o`rganishda ma’lum darajada buxgalteriya hisobining kuzatish natijalaridan foydalaniladi.
Statistik hisob – ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni kuzatish, o`rganish va umumlashtirish uchun ishlatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealiklarni miqdor va sifat tomonlarini birga bog`lab o`rganish statistik hisobning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, tovar oborotining bajarilishini nazorat qilish, ish haqi, mehnat unumdorligi va boshqa ko`rsatkichlar statistik hisobining ob’ekti bo`lib hisoblanadi. Statistika ma’lumotlari turli jarayonlarning natijalarini tahlil qilishga yordam beradi, hamda ularning rivojlanish istiqbolini belgilaydi. Statistik hisob sodir etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ommaviy tarzda kuzatib, miqdor jihatdan o`lchab hujjatlarda qayd qiladi. Statistik hisobning hisobga olish ob’ektiga misol qilib aholini ro`yhatdan o`tkazish to`g`risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Bunda axborot ma’lum bir kuzatish, guruhlash, hisoblash hamda tahlil qilish orqali to`planadi va boshqaruv uchun zarur bo`lgan ma’lumot sifatida xizmat qiladi.
Statistik hisobning maxsus shakllaridan mahsulotning hajm va sifati ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va uning unumdorligi, ish haqi, korxonalarda ishlovchi xodimlarning soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi va boshqalar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlardan korxonalar ishlab chiqarish va moliya-xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda keng foydalaniladi.
Statistik hisob xo`jalik jarayonida sodir bo`lgan hodisalarnigina o`rganib qolmasdan, balki jamiyatdagi siyosiy va madaniy hodisalarni ham o`rganadi. Masalan, statistik hisob yordamida aholining harakati, tug`ilishi va o`lishi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishidagi o`zgarishlar va h.k.lar o`rganiladi.
Statistik hisob o`rganayotgan ob’ekti va qo`yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o`lchovlaridan, umumlashgan ko`rsatkichlarni olish uchun esa operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng ma’noda foydalanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling