Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet9/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Buxgalteriya hisobi korxonalar mablag`larini hamda ularning xo`jalik jarayonlaridagi harakatini pul ifodasida umumlashtirib aks ettirish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Buxgaleteriya hisobi korxonalar xo`jalik jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, o`lchashi va qayd qilishi bilan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi. Buxgalteriya hisobida aks ettirilgan jarayonlar albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi, bu esa ularga huquqiy kuch beradi, xo`jalik faoliyatni nazorat qilishda hisobning ahamiyatini oshiradi.
Buxgalteriya hisobining balans va boshqa hisobotlar shaklida beriladigan umumlashtirilgan ma’lumotlardan korxona faoliyati yakunlarini, moliyaviy ahvolini va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish uchun foydalanish mumkin.
Buxgalteriya hisobi barcha korxona, tashkilot va firmalarda O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot takdim qilish to`g`risida»gi qonunga muvofiq yuritiladi (1996 yil, 16 mart). Buxgalteriya hisobining predmeti korxonaning xo`jalik faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyatni boshqarish va mamlakatimizdagi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga moslashtirish, ma’lum bir tamoyil va qoidalarga amal qilishni taqozo etadi.
Hisobot yili uchun korxonada hisob siyosati ishlab chiqiladi va u buxgalteriya hisobining qo`yidagi asosiy tamoyillarga muvofiq bo`lishi kerak:



- uzluksizlik (davom etadigan faoliyat);
- xo`jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;
- ishonchlilik;
- hisoblab yozish;
- ko`rsatkichlarni qiyoslanishi;
- ehtiyotkorlik;

- hisobot davri daromad va xarajatlarining muvofiqligi;
- mulkiy alohidalik;
- aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholash;

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling