Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet11/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Mulkiy alohidalik tamoyili qonunlarga binoan xo`jalik sub’ektiga (korxona, tashkilot va h.k.) tegishli bo`lgan mol-mulknigina aks ettiradi. Bunday yondoshuv bozor munosabatlari turli sub’ektlari mol-mulkining alohidaligini aks ettirib, ayni vaqtda ularning o`z mulkiy va moliyaviy ahvolini belgilashi uchun asos hisoblanadi, ya’ni mazkur qoida asosida har qanday korxonada buxgalteriya hisobi mulkdor sifatida xo`jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki mulkiy holatini mustahkamlash bo`yicha xo`jalik muomalalarini yozishdan boshlanadi. Mulkka egalik huquqini mustahkamlash xo`jalik yurituvchi sub’ektning hayotiy faoliyat jarayonida uchta huquqiy vaqolat beradi, ya’ni:

  • egalik qilish huquqi – buyumdan haqiqatda foydalanish imkoniyati;

  • foydalanish huquqi – daromad olish maqsadida mulkdan foydalanish imkoniyati;

  • tasarruf etish huquqi – o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk taqdirini belgilash va o`z hoxishiga qarab biror bir harakat qilish imkoniyati.

Aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholash tamoyili aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholashning negizi ularni harid qilish tannarxi bo`lishini taqozo etadi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili iqtisodiy mazmunning huquqiy shakldan ustunligi bo`lib, moliyaviy hisobotda axborot aks ettirilganda ustunlik huquqiy shakl oldida uning iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi.
Ratsionallik tamoyili buxgalteriya hisobini tashkilotning xo`jalik faoliyati shartlari va hajmidan kelib chiqqan holda ratsional va tejamkorlik bilan yuritish zarurligini anglatadi.
Zid emaslik tamoyili tahliliy hisob ma’lumotlarining jamlama hisob schyotlari bo`yicha har bir oyning birinchi kunidagi oborotlar va qoldiqlarga, shuningdek, buxgalteriya hisobi ko`rsatkichlarining jamlama va tahliliy hisob ma’lumotlariga aynan bo`lishiga binoan amalga oshiriladi.


KORXONALARNING XO`JALIK MABLAG`LARI

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling