Uzte16m teplovozni tuzilishi


Download 461.08 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi461.08 Kb.
#1371199
Bog'liq
1-2 UzTE16M


UZTE16M TEPLOVOZNI TUZILISHI

Teplovozning bosh ramasi yuk ko‘tarish va ko‘makchi uskunalar uchun asos hisoblanadi. SHunga binoan har qanday asos sifatida, unga o‘rnatilgan uskunalar mustahkamligi ta’minlanishi bilan hizmat qiladi.


SHuningdek bosh rama gorizontal, ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlarni uzatish uchun xizmat qilib, juda mustahkam va pishiq bo‘lishi lozim.
Teplovozning quvvat darajasi ko‘payishi bilan ham ramaga vertikal og‘irlikda (bir dizel-generatorga tushadiga og‘irlik 27...29 t), ham kuch bo‘ylamada (tortuv, tormoz, inersiya) oshib boradi. Barcha holatlarda bosh rama teplovozning katta va og‘ir uzellarini muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Poezd teplovozlarining bosh ramasi va kuzovi vertikal statik va dinamik yuklama ta’siri ostida egilishi, hamda rama uchlarida o‘rnatilgan avtotirkama o‘ylari bo‘ylab o‘rnatilgan bo‘ylama siquv va tortib turuvchi kuchlari hisobga olingan. YUk teplovozlari uchun bo‘ylama yuklanish miqdori 2500 kN, yo‘lovchilar uchun 2000 kN belgilangan.
Zamonaviy teplovozlarda turli konstruksiyadagi kuzov va ramalardan foydalaniladi.
Vagon tipidagi kuzovda “O‘TY” DATKda foydalaniladigan TEP70 yo‘lovchi lokomotivlari mavjud.
UzTE16M yuk teplovozlarida bosh rama va vagon tipidagi kuzovlardan iborat. Manevr teplovozlarida yuk ko‘taruvchi ramada kapot tipidagi ajratiluvchi kuzov o‘rnatilgan.
Teplovoz ramasining har bir seksiyasi (1.1-rasm) po‘lat prokatbir butun holda payvandlangan (St3). Uning asosini №45a qo‘shtavrli prokatdan bo‘lgan ikkita katta bo‘ylama (“tizma” xrebet) balkalardan 15 iborat (1.1.b-rasmga qarang). Balkalar o‘zaro qalinligi 10-12 mm bo‘lgan listli bo‘ylama to‘sinlar 9, uchlari bo‘ylab esa – oldi va orqa qutisimon kesimlar 8 bir-biri bilan birlashtirilgan (1.1,a-rasmga qarang).
Tizma (xrebet) balkalari o‘zining yuqori va pastki tokchalari o‘ta enli bo‘lgan (340 mm) qalinligi 18-20 mm bo‘ylama qoplanuvchi po‘lat tasmalar 14 bilan kuchaytirilgan. Pastki tasmalar balkaning barcha uzunligi bo‘yicha, yuqorisi esa – mashinist kabinasigacha o‘tadi. Tizma (xrebet) balkalari yuqori va pastki tomondan o‘zaro bir-biri bilan gorizontal listli to‘shamalar 14 kuchaytiruvchi tasmalarga payvandlangan. Listlarning qalinligi teplovoz uzunligi bo‘yicha turlicha: pastki tomoni 6-8 mm, yuqorisi esa 8-14 mm.
SHuningdek rama bo‘ylama kronshteynlarga 22 ega bo‘lib, qalinligi 6 mm li shtamplangan listlar uning tashqi tomonidan tizma (xrebet) balkalariga payvandlangan. 850 mm li kronshteynlar rama enini kengaytiradi, chunki unga kuzovni joylashtirish uchun, bunda tizma (xrebet) balkalari (1380 mm)orasidagi eni bir muncha katta bo‘ladi (3080 mm). Tashqi tomonidan hajmi bo‘yicha (kronshteyn uchlari bo‘ylab) ramani №16 shvellerdan bajarilgan va kuzov uchun asos bo‘lgan bo‘ylama (uzuna) kamar 16 o‘raladi. Kamarning bo‘ylama elementi (bo‘ylama (uzuna) balkalar) bo‘ylama kronshteyn 22 yon tayanchlariga payvandlangan. Ramaga ta’mirlash vaqtida teplovozni ko‘tarish uchun to‘rtta tirgak payvandlangan. Rama ichida tizmi (xrebet) balkalari orasida to‘shama listining pastki tomonida, hamda balkaning vertikal devorlarida quvir (“konduit”)lar 23 mahkamlangan bo‘lib, bunda elektr sxemaning kabellari uzatilgan. Bundan tashqari, unda tortuv elektr dvigatellarini sovitish uchun havo o‘tkazish kanallari mavjud.



1.1-rasm. Teplovoz ramasi:
1 – zarb-tortuv asboblari; 2, 3 – ballastlar; 4 – domkratlarda ko‘tarish uchun tirgak; 5 – yoqilg‘i bakini mahkamlash, uchun kronshteyn; 6 – akkumulyatorlar uchun qutilar; 7 – tarnov; 8 – tortuv qutisi; 9 – bo‘ylama to‘sinlar; 10 – shkvoren; 11 – tiqin; 12 – shkvoren halqasi; 13 – kuchaytiruvchi qoplama; 14 – kuchaytirish tasma; 15 – tizma (xrebet) balkasi; 16 – bo‘ylama (uzuna) shvelleri; 17 – gardish; 18 – stakan; 19 – tayanch halqasi; 20 – yo‘l tozalagichni mustahkamlash uchun kronshteyn; 21 – qo‘shimcha ballast; 22 – bo‘ylama kronshteyn; 23 – konduitlar; 24 – ramaning sferik tirgagi.

Ramaning o‘rta qismida tizimli va bo‘ylama (uzuna) balkalari orasida ikki tomonidan oraliq (quti)lar 6 payvandlangan bo‘lib, unda akkumulyator batareyalari joylashtiriladi. Ramaning bo‘ylama o‘qining ikki tomonida (bir-birining orasi 8600 mm bo‘lgan) pastki qismida aravacha bilan ramani birlashtiruvchi shkvoren 10 payvandlangan. Har bir shkvorenning atrofida ramada to‘rttadan sferik tirgaklar 24 o‘rnatilgan bo‘lib, bunda teplovoz ramasi aravacha ramasiga tayanadi.


SHkvoren diametri 280 mm li po‘latdan tayyorlangan silindrsimon stakan shaklida quyilgan tayanch-plita asosini tashkil etadi. Uning ishchi yuzasida qayta ishlangan po‘latdan rostlash halqalari kiygizilgan va ulanma choklari bilan payvandlangan.
Avtotirkama qurilmasi teplovoz seksiyalarini va vagon tarkibi bilan teplovozlarni o‘zaro tirkash, barcha birlikdagi vagon tarkibini tutib turish, bir-biridan ma’lum masofada harakatdagi tarkibning barcha birshiklarini ushlab turish, bo‘lama va tortuv yuklmalarini uzatish, tirkash va harakatlanish vaqtida urilishlarni engillashtirish uchun mo‘ljallangan.
Avtotirkama qurilmalari xususiyati bo‘yicha o‘zaro ta’sir ostida muayyan va muayyan bo‘lmagan qismlarga bo‘linadi. Muayyan bo‘lmagan qurilmalarga bir-biriga nisbatan vertikal bo‘ylab maxsus avtotirkama bo‘yicha cheklanmaganligi aytiladi. Bunda tirkalgan avtotirkama bo‘ylama o‘qlari parallel holda bo‘ladi. Muayyan tirkamalar egilgan holda siljishiga yo‘l qo‘ymaydi (rama bilan sharnirlarni o‘zaro birlashtirilishi hisobiga). SHuningdek yarim muayyan tirkamalar mavjud bo‘lib, ular ham muayyan bo‘lmagan tirkamalar kabi ishlaydi, biroq ularning vertikal joylashuvi cheklanmagan.
Teplovozning avtotirkamali qurilmalari kesimli qutilarda 8 ramaning bosh qismida joylashib (1.1, a -rasm), reja bo‘yicha ularning bo‘ylama o‘qiteplovozning bo‘ylama o‘qi bilan mos keladi. Biroq tirkama va ramaning vertikal bo‘ylab bo‘ylama o‘qi turli balandlikda joylashgan: 1.1-rasmda keltirilgan yuqori proeksiyasida kesimli qutilar teplovoz ramasining tizma (xrebet)li balkalari ostida joylashtirilgan. Bu temir yo‘lda texnik foydalanish Qoidalariga muvofiq tarzda turli tipdagi harakatdagi tarkiblarni mustahkam ravishda tirkash imkoniyatidan kelib chiqib o‘qlarining joylashish balandligi ularning avtotirkamasidan rels kallagigacha ma’lum masofa oralig‘ida yotishi kerak (qayta ishla chiqilgan teplovoz va vagonlarning bo‘sh holati uchun 1080 mm dan oshmagan va 1040 mm dan kam bo‘lmaganda: to‘liq ekipirovka qilingan teplovozlar uchun ekspluatatsiyada 980 mm dan oshmasligi kerak). UzTE16M teplovozida ushbu balandlik 1055 mm ni tashkil etadi, ya’ni uning g‘ildirak diametrlariga qisman teng. Ushbu teplovozlarning ramasidagi bo‘ylama o‘qi, 450 mm balandlikka ega bo‘lgan tizma(xrebet)li balkalari g‘ildirakdan bir muncha yuqorida joylashgan.
Teplovozning avtotirkama qurilmasi apparatni qamrab oluvchi,tortuv xomuti, tyanchi, asboblarni markazlashtiruvchi va ajratuvchi uzatmali avtotirkamalardan iborat.
Teplovozlarda muayyan bo‘lmagan SA-3 tipidagi avtotirkama qo‘llaniladi. Uning asosiy qismi quyma po‘lat korpusidan iborat bo‘lib, tirkovchi mexanizmlar detallari o‘rnatilgan. Korprusning bosh qismi reja bo‘yicha katta va kichik tishlariga ega, ularning orasida chuqurcha (“og‘iz”) bo‘lib, unga korpus tanasidan harakatlanuvchi qulf va qulf ushlagich turtib chiqqan. Tirkash vaqtida har bir tirkovichning kichik tishi siljuvchi tirkamaning “og‘izi”ga qulf va qulf ushlagichni ostida qoldirgan holda kiradi. Keyingi harakatlanish vaqtida kichik tishlar katta tishlarning ichki qirralariga tegib turadi. Qamrab oluvchi apparat o‘zining yurish doirasida avtotirkama qurilmasining elastik zvenosi hisoblanadi. Teplovozlarda prujina-friksiyalikamrab oluvchi appratlardan foydalanilib, bunda tarkibning bo‘ylama tebranishida yoki zarb-urilishida asosan apparat korpusiga klinlarning mexanik ishqalanish kuchi kinetik energiyaga va qisman pruinalarning siqilishi potensial energiyagaaylanadi. Qamrab oluvchi apparatning prujinalari har vaqt siqilgan holatda ishlaydi. O‘zining korpusi asosida bo‘lgan apparat orqa tayanchiga tayanadi, tayanch plita orqali bosiluvchi konus esa – oldingi tayanchga tayanadi.
Ajratuvchi uzatma ajratuvchi richag va zanjirdan iborat bo‘lib, avtotirkama qulfi bilan ulangan. U qulfni korpus “og‘zi”dan qo‘l yordamida ochish hamda avtotirkamalarni ajratish imkonini beradi.
Teplovoz kuzov (1.2-rasm) tarkiblidir. Uning asosiy qismi: old “peshona”qismi, unga mashinist kabinasi 1 va yuqori voltli kamera hamda kompressorlar (“prostavka”) uchun bo‘linma 2 kiradi, o‘rta qism 3 (dizel-generator ostidagi kuzov) va orqa qism 6, u o‘z ichiga muzlatish qurilmali kamera (muzlatgich shaxtalari) 7 olgan.
Po‘lat prokatli to‘rt burchak panjara ko‘rinishidagi karkaskuzovning asosiy konstruksiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Karkas bo‘ylab 2.5 va 1.5 mm qalinlikdagi po‘lat listlar tashqi tomoni obshivka qilingan. Ichki obshivka ham po‘latdan, uning listlari o‘z navbatida karkasdagi shpilkali taxta bruslarga mahkamlanadi.

1.2-rasm. UzTE16M teplovozining kuzovi

Kuzovning dizel-generator ostidagi yuqori qismi 4 ajratiluvchi. Gorizontal ajratgich kuzov asosidan 1000 mm balandlikda o‘tadi. Kuzovning barcha ajratilmaydigan qismlari (prostavka, muzlatkich kamerasi va dizel-generator ostidagi kuzovning yon devorlari 3) o‘zaro bir-biri bilan birlashtirilgan va va bosh ramaga payvandlangan.


Kuzovni obshivka qilish turli katta miqdorda belgilangan ochiq joylariga ega. Ular soniga quyidagilar kiradi: havo to‘siqli joylar, jalyuzilar yoki temir to‘rlar bilan to‘silgan joylar va dizel, dizelni sotish tizimi va elektr tortuv mashinalari hamda shu kabilar uchun mo‘ljallangan havo chiqarish, shuningdek muzlatkich ventilyatoridan issiq havoni chiqarib yuborish joylari; xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishi bilan bog‘liq bo‘lgan ekspluatatsiya joylari (kabinadagi, dizel-generator usti kuzovining yuqori qismidagi va muzlatkich kameralaridagi deraza-romlar; prostavkadagi eshiklar); texnologik va ta’mirlash joylari – kuzovni qismlarga ajratmagan holda ularni chiqarib olish imkonini beruvchi zarur apparat va uzellar bilan jihozlangan teplovoz ustidagi kuzov qopqoq lyuki.
UzTE16M teplovozining mashinist kabinasi briagdaning dizel shovqinidan saqlash va zarb-urishda hamda tebranishda engil bo‘lishi uchun kuov alohida (ajratilgan) holda bajarilgan. U prostavkali kuzovning ko‘ndalang perimetri bo‘yicha (rezinali prokladkalarga boltlar bilan) birlashtirilgan, ramada esa rezinali o‘nta konussimon amortizatorlar o‘rnatilgan.
Kabinaning tashqi obshivkasi 2 mm qalinlikdagi listlardan bajarilgan.
UzTE16M teplovozini boshqarish operatsiyalarini bajarish uchun quyidagi texnik echimlar amalga oshirildi (1.3-rasm):

1.3-rasm

    • zamonaviy sertifikatlangan konstruksiyali va pardoz beruvchi materiallarni qo‘llash;

    • alohida panellarda funksional guruhlarni axborot va boshqaruv elementlarini birlashtirish (funksional zonali axborot vositasi);

    • elektron boshqaruv organlari va ma’lumotlarni tasvirlovchi vositalarni qo‘llash;

    • tashqi ko‘rinish burchagini tanlash va ma’lumotlarni etkazishni yaxshilash uchun rang-grafik ishlarini xal qilish;

    • o‘ta muhim bo‘lgan asboblarni boshqarish uchun mashinistga qulay sharoit yaratish;

    • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga xavf tug‘iruvchi turtib chiqqan qirra va burchaklarni bartaraf etish;

    • boshqaruv kabinasining umumiy ko‘rinishining o‘ziga xos bo‘lishi.

Kabinaning old “peshona” va en devorlarida ko‘rishni yaxshi ta’minlash maqsadida katta deraza-oyna o‘rnatilgan. Nurlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishini oldini olish maqsadida yon oynalari burchak tomonga o‘rnatilgan (1.4-rasm). YOn oynalarida oyna tozalash moslamalari o‘rnatilgan. Kabina tashqarisida yon oynalarda tarkibni ko‘rish uchun oynalar o‘rnatilgan. YOn oynalari harakatlanadi. Oyna shisha zarrachalisiz.
Orqa devorni izolyasiya qilish qalingiligi 45 mmli ikki qatlamli shisha plitalar 2 va uch millimetrli fanera qoplamasi bilan o‘ralgan. Devorning yon va old “peshona” qismi tashqi obshivka orasida joylashgan 55 mm qalinlikdagi kapronsimon tola 3 bilan va ichki devorlari 2 mm qalinlikdagi teshib chiqilgan alyumin list bilan izolyasiya qilingan. Kabinaning orqa devor eshigi10 mm qalinlikdagi ikki qatlamli fanera listlari bilan qonplanib, ular orasidagi bo‘shliq 50 mm qalinlikdagi kapronsimon tola qatlami bilan to‘ldirilgan. Eshiklar oynasi ikki tabaqali.



1.4-rasm.
Kabina konstruksiyasida dizel xonasidan uni issiqlik va izolyasiya qilish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Kabinaning barcha devorlari, uning shipti va poli zamonaviy sertifikatlangan konstruksiyali va pardoz beruvchi materiallar bilan to‘silgan (1.5-rasm).



1.5-rasm. UzTE16M teplovozining mashinist kabinasini issiqlik va shovqindan to‘sish sxemasi.
Download 461.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling