Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet17/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Nomoddiy aktivlar korxonaning nizom fondiga ta’sischilar (qatnashuvchilar) tomonidan o`zining ulushi hisobiga qo`shilgan ob’ektlar, huquqiy shaxslar va fuqarolardan sotib olingan ob’ektlar hamda huquqiy shaxslar va fuqarolardan tekinga olinganlardan iborat bo`ladi. Ta’sischi o`z mol-mulkini muayyan aksiyali jamiyatga foydalanishga berish bilan aksiyaning qiymatini to`lasa, u holda bu mol-mulk kelishilgan foydalanish muddati tugagandan keyin uni egasi bo`lgan aksiyadorga qaytarib beriladi. Foydalanishga berilgan mol-mulk uchun kelishilgan muddat davomida to`lanishi mo`ljallangan ijara haqi hajmi bilan aksiyaning qiymati to`langan deb hisoblanadi. Ta’sischi boshqa nomoddiy aktivlar (erdan, suvdan va boshqa tabiiy zahiralardan foydalanish huquqlari; mualliflik huquqlari; ihtirolardan foydalanish huquqlari; mol tamg`alari va savdo belgilaridan foydalanish huquqlari; patentlar; «nou-xau» (xo`jalik jarayonida manfaat keltiradigan yangi texnologiya, texnika va boshqa yechimlar, yashirin ma’lumotlar va imtiyozlar)dan foydalanish huquqlari; axborotdan va elektron hisoblash mashinalari uchun tuzilgan dasturlardan foydalanish huquqlari; ma’naviy mulkdan foydalanish huquqlari; firma bahosi va boshqalar) berish bilan ham aksiyaning qiymatini to`lashi mumkin.
Aylanma mablag`lar har bir ishlab chiqarish siklida to`la iste’mol qilinadi, o`zining boshlang`ich tabiiy shaklini o`zgartiradi va shuning uchun ham uning qiymati ishlab chiqarish xarajatlariga to`la kiradi. Shu sababga ko`ra ham kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlarning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning tannarxiga o`ziga hos bo`lgan tartibda qo`shiladi.
Korxona aylanma mablag`lari me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtirilmaydigan mablag`larga bo`linadi. Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag`larning ehtiyot miqdori maxsus me’yorlashtirish hisob-kitoblariga asosan aniqlanadi va shu belgilangan ehtiyot miqdori chegarasida korxonada doimo aylanma mablag`larning bo`lishi zarur.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag`larning qoldiqlari ma’lum me’yor bilan chegaralanmaydi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag`larga kassadagi, hisob-kitob schyotidagi banklardagi har xil schyotlardagi va boshqa pul mablag`lari, xaridorlarga jo`natilgan mollar, qarzdorlardagi pul va boshqa mablag`lar kiradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling