Aylanishdan tashqaridagi mablag`larga muayyan korxonaning xo`jalik mablag`lari aylanishidan chetda bo`lgan barcha mablag`lar kiradi. Bular chegirilgan mablag`lar va zararlardir.
I. Asosiy vositalar
Imoratlar;
Inshootlar;
O`tkazuvchi qurilmalar;
Mashina va asbob-uskunalar;
Hisoblash texnikasi va unga tuzilgan dastur vositalari;
Transport vositalari;
Ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari;
Ishchi va mahsuldor hayvonlar;
Ko`p yillik daraxtlar;
II. Nomoddiy aktivlar
Erdan, suvdan va boshqa tabiiy zahiralardan foydalanish huquqlari;
Mualliflik huquqlari;
Ixtirolardan foydalanish huquqlari;
Mol tamg`alari va savdo belgilaridan foydalanish huquqlari;
Patentlar;
«Nou-xau»dan foydalanish huquqlari;
Axborotdan foydalanish huquqlari;
EHMlar uchun tuzilgan dasturlardan foydalanish huquqlari;
Ma’naviy mulkdan foydalanish huquqlari;
Firma bahosi;
Ta’sischilar tomonidan ma’lum muddatga foydalanish uchun berilgan mol-mulk;
III. Aylanma mablag`lar
Kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar;
Hom-ashyo va materiallar;
Yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, qurilmalar va detallar;
Ehtiyot qismlar;
Yoqilg`i;
Qurilish materiallari;
Idish va idish materillari;
Tugallanmagan ishlab chiqarish;
Kelgusi davr xarajatlari;
Tayyor mahsulot;
Mollar;
O`stirilayotgan va bo`rdoqiga boqilayotgan hayvonlar;
Pul mablag`lari;
a) kassadagi mablag`lar;
b) hisob-kitob schyotidagi mablag`lar;
d) valuta schyotidagi mablag`lar;
e) banklardagi har xil schyotlardagi mablag`lar;
Hisob-kitobdagi mablag`lar:
a) jo`natilgan mol, bajarib topshirilgan ish va xizmatlar summasi;
b) debitorlik qarzlar summasi;
d) hisobdor shaxslar tomonidan hisobot berilmagan bo`nak summasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |