Ал-хоразмий номидаги


Buxgalteriya yo`li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar


Download 0.84 Mb.
bet54/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Buxgalteriya yo`li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar xo`jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya bo`limida mutaxassislar tomonidan tuziladi. Bunday hujjatlar buyruq beruvchi va dalil bo`luvchi hujjatlarning ma’lumotlariga ko`ra buxgalteriya hisobi schyotlariga yozuvlarni amalga oshirishga tayyorgarlik qilish, shuningdek bu yozuvlarni osonlashtirish va tezlashtirish uchun tuziladi.
Aralash (kombinatsiyalashgan) hujjatlarga bir vaqtning o`zida yuqorida keltirilgan turli xil (buyruq beruvchi, dalil bo`luvchi va buxgalteriya yo`li bilan rasmiylashtiriluvchi) hujjatlarning belgilarini mujassamlashtiradigan hujjatlar kiradi. Aralash hujjatlar turkumiga kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob to`lov vedomostlari va boshqalar kiradi. Masalan kassa kirim orderida birinchidan pul berish uchun farmoyish ikkinchidan, kassadan pul berilganligi haqida tegishli shaxslarning imzolari mavjud bo`lib, ular ushbu muomalani bajarilganligini isbotlaydi va uchinchidan, buxgalteriya yo`li bilan rasmiylashtirish uchun maxsus ko`rsatkichlarga ega.
Boshlang`ich hujjatlar xo`jalik muomalalari amalga oshirilayotgan paytda tuzilib, ushbu muomalaning bajarilganligi to`g`risida dastlabki dalil hisoblanadi. Boshlang`ich hujjatlarga kassa kirim-chiqim orderlari, schyot-faktura, yuk hati kabi hujjatlar misol bo`la oladi. Masalan korxona kassirining hisobotini ko`rib chiqadigan bo`lsak, u kassa kirim-chiqim orderlari asosida tuzilib, ma’lum bir hisobot davrida kassaga qancha miqdorda pul tushganligi va qancha miqdorda sarflanganligi to`g`risida umumlashgan ma’lumotni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlarida o`chirib yozishlar va aytib qo`yilmagan tuzatishlarga yo`l qo`yilmaydi. Qilingan tuzatishlar mazkur tuzatishlar kiritilgan sana ko`rsatilgan holda ana shu tuzatishlarni kiritgan shaxs imzosi bilan, kassada esa – korxona bosh buxgalteri yoki uning o`rnini bosuvchi shaxs imzosi bilan ham tasdiqlanadi.
Bank hujjatlarini (bank ko`chirmalari, to`lov topshiriqlari, cheklar va h.k.) tuzatishlarga yo`l qo`yilmaydi.
Buxgalteriya yozuvlarini tuzatishning bir necha usuli mavjud, ya’ni:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling