Ал-хоразмий номидаги


Xo`jalik mablag`lari va majburiyatlarini baholash


Download 0.84 Mb.
bet50/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Xo`jalik mablag`lari va majburiyatlarini baholash

Buxgalteriya hisobida boshqa metodlar qatorida baholash metodi ham muhim o`rin egallagan. Uzluksiz kuzatishlar natijasida amalga oshirilgan xo`jalik muomalalari ta’sirida xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari tarkibida qanday o`zgarishlar bo`lganligini bilishdan oldin, bu muomalalarni pul qiymatida o`lchash zarur. Xo`jalik muomalalarini pul birligida o`lchash uchun buxgalteriya hisobida baholash metodidan foydalanamiz.


Baholash metodi bu buxgalteriya hisobi ob’ektlarini pul birligidagi qiymat o`lchovidir. Baholash natijasida tannarx, foyda, xarajatlar kabi iqtisodiy ko`rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo`lamiz.
Baholash xo`jalik jarayonlari to`g`risidagi muhim ko`rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarni yetkazib beruvchi buxgalteriya hisobining asosiy metodlaridan biridir.
Korxonani ish faoliyatini aniqlovchi ko`rsatkichlar bo`lgan foyda va tannarx haqidagi ma’lumotlar ishonchli bo`lishi uchun xo`jalik mablag`larini to`g`ri baholash muhim ahamiyatga egadir. Xo`jalik mablag`larini noto`g`ri baholash, sub’ekt ish faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlarning noaniqgidan dalolat beradi. Xo`jalik mablag`larini to`g`ri baholash, baholashning reallik va birlik tamoyillariga asoslanadi.
Real baholash – bu sarf qilingan barcha xarajatlarni pul birligidagi haqiqiy o`lchovidir. Bu tamoyil barcha natural va mehnat ko`rsatkichlarini baholar yordamida pul birligidagi o`lchovga o`tkazishni ta’minlaydi. Baholashning realligi korxonadagi barcha mavjud resurslar hajmini aniqlashga hamda moliyaviy natijalar haqida aniq ma’lumotlar olishga ta’sir etadi.
Ishlab chiqarishga sarf qilingan mahsulotlarni noto`g`ri baholash, mehnat qurollarini eskirishi uchun ajratmalarni mahsulot tannarxiga noto`g`ri qo`shish, ish haqini noto`g`ri aniqlash, bular hammasi xo`jalik sub’ektlarini real faoliyatini aniqlashga to`sqinlik qiladi.
Baholashning birlik tamoyili – bu har xil sub’ektlarda bir xil nomdagi mablag`larni bir xilda baholashdir. Buning ma’nosi barcha xo`jalik sub’ektlarining balansidagi bir xil nomdagi mablag`lar, bir xil tartibda baholanishini anglatadi.
Barcha xo`jalik sub’ektlari uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti haqidagi qonunga ko`ra mablag`larni baholashda umumiy qoidaga amal qilinadi.
Misol uchun, asosiy vositalar boshlang`ich qoldig`i bo`yicha baholanadi. Bu boshlang`ich qoldiqqa asosiy vositani sotib olish bahosi, transport va boshqa xarajatlar kiradi. Vosita qiymati bu xarajatlar birga qo`shilgan bahoda aniqrog`i haqiqiy tannaxda baholanadi. Balansda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi bo`yicha, tovarlar esa sotish bahosida baholanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlar bahosi doim bir xil bo`lmaydi, u doimo o`zgarib turadi. shu sababli mahsulot va tovar zahiralarini baholash bir oz murakkablashadi. Buning natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va shu mahsulotni sotishdan ko`radigan daromad ko`rsatkichlari ham o`zgaradi. Mahsulot zahiralari haqiqiy sotib olingan (o`rtacha) tannarx bo`yicha hisobot davriga to`g`ri kelgan bozor bahosida baholanadi. Yangi schyotlar rejasida mo`ljallangan hisobga ko`ra balansda mahsulot zahiralari bir necha usulda baholanishi mumkin. Bu usullarda baho o`zgarishi natijasida korxonalardagi mahsulot zahiralari qiymat jihatidan kamayishining ta’siri ham inobatga olingan.
Bunday baholash usullariga qo`yidagilar kiradi:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling