Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet49/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Mahsulot tannarxi deb shu mahsulotni tayyorlash uchun ishlab chiqarish vositalari, ishchilarning mehnat haqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlar haqini to`lash hamda mahsulotni sotish xarajatlari yig`idsiga aytiladi. Mahsulot tannarxida iste’mol qilingan aylanma kapitallar, asosiy vositalarning ishlab chiqarish jarayonida amartizatsiya ajratmalari shaklidagi eskirishi, ish haqi tarzida xodimlarga to`lanadigan jonli mehnatning ma’lum bir qismi hamda jamiyat uchun vujudga keltirilgan mahsulotning ijtimoiy sug`urta ajratmalari ko`rinishidagi qismi o`z ifodasini topadi. Shuning uchun mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining pul shaklidagi ko`rinishi bo`lib, u xo`jalik sub’ektlariga mahsulot ishlab chiqarish necha pulga tushganligini ko`rsatadi.
Buxgalteriya hisobi ishlab chiqarishga sarflanayotgan xarajatlarni aks ettirishi va nazorat qilib turishi kerak. Buning uchun ishlab chiqarishni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni yaxshi yo`lga qo`yish lozim. Chunki, ishlab chiqarishga ketgan haqiqiy xarajatlarni va mahsulot tannarxini ayrim xarajatlar turlari bo`yicha aniq bilmasdan turib, korxonaga to`g`ri rahbarlik qilish, uning iqtisodiy faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yish, mahsulot tannarxini pasaytirish va foydani oshirish uchun kurashish mumkin emas.
Sotish jarayonining buxgalteriya hisobi

Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish halq xo`jaligi va aholining ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.


Tayyor mahsulot deb korxonadagi barcha ishlov muomalalarini o`tab bo`lgach, oldindan tasdiqlangan standart va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnik nazorat bo`limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi.
Mahsulotni sotish ko`rsatkichi korxonalarning barcha faoliyatini tavsiflab beruvchi eng muhim ko`rsatkichlarning biri bo`lib hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga baho berishda tovar va mahsulotlarni sotish hajmi muhim ahamiyat kasb etadi.
Sotish jarayoni takror ishlab chiqarish jarayonining yakunlovchi bosqichidir. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot omborga topshirilishi mumkin. Lekin bu mahsulotning sotilganligini anglatmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgunga qadar takror ishlab chiqarish jaaryoni yakunlanadi deb bo`lmaydi. Shu sababli takror ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozorda, bozor baholarida sotilib, korxonaning hisob-kitob schyotiga pul kelib tushgandan keyingina tugallangan hisoblanadi.
Bundan tashqari, mavjud qoidalarga binoan, xo`jalik sub’ektlarida mahsulot sotish ko`rsatkichi mol yetkazib berish topshiriqlari va majburiyatlarini bajarish bo`yicha ham hisoblanadi. Bunda mahsulot sotish ko`rsatkichi sotilgan mahsulotning miqdori, sifatidan tashqari xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ko`rsatilgan mahsulot assortimenti hamda jo`natish muddatlarini bajarilishiga ham bog`liq bo`ladi.
Mahsulotning sotilganligi shu mahsulotning o`z qiymati, sifati va boshqa belgilariga ko`ra ijtimoiy ehtiyoj va iste’molchilarning talablariga javob berishdan dalolat beradi.
Mahsulotning sifati qanchalik yaxshi bo`lsa, u bozorda shunchalik tez raqobatga kiradi va sotiladi hamda pirovard xo`jalik sub’ktlari ko`zlagan maqsadga yeta oladi.
Sotish maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish jarayonida xaridorlarga jo`natilgan va ular tomonidan qabul qilib olingan mahsulot uchun shartnomada kelishilgan ulgurji yoki erkin narxda pul mablag`i olinadi.
Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya hisobini ko`rib chiqqanimizda, aytib o`tilganidek, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot omborda ishlab chiqarish tannarxida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir qancha xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlar, ya’ni tijorat xarajatlari bo`lib hisoblanadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish tannarxiga uni xaridorlarga yetkazish bilan bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlarni qo`shish yo`li bilan mahsulotning to`la tannarxi aniqlanadi. Bunday ko`rsatkichlar xo`jalik sub’ektlarini ichki ma’lumotlari bo`lib hisoblanadi. Chunki, mulk egasi o`z sarf-xarajatlari qanchaga to`g`ri kelganini bilishi lozim.
Xo`jalik jarayonlarining ushbu sotish jarayonida, bajarilayotgan ta’minot hajmi aniqlanishidan tashqari, mahsulot va qiymatliklarni sotish natijalari ham aniqlanadi. Sotish natijalari ijodiy yoki salbiy bo`lishi mumkin. Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar sotiladi, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar hamda qurilish, loyixa tadqiqot, geologiya va ilmiy-tekshirish ishlari buyurtmachilarga topshiriladi, lekin shunga qaramasdan bu jarayonni sotish jarayoni deb atash maqsadga muvofiqdir.
Sotish jarayonida tayyor mahsulotlar xaridorlarga jo`natiladi. Xaridorlarga jo`natilgan tayyor mahsulotlar, bajarib topshirilgan ish va qilingan xizmatlar uchun pul olinadi. Hisobot yilining ohirida sotish natijalari aniqlanadi. Xo`jalik sub’ektlari mahsulotlarni sotish va o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bir qator sintetik schyotlardan foydalanadilar.Mahsulotlarni sotish xo`jalik sub’ektlarining barcha faoliyatlarini tavsiflab beruvchi eng muhim ko`rsatkichlardan biridir.
Xo`jalik sub’ektlari jo`natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlarini xaridorlarga taqdim etgandan keyin, bu muomalaga qo`yidagicha provodka tuziladi:
D-t "Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar" schyoti
K-t "Mahsulotlarni sotish" schyoti.
Mahsulotlarni sotish bilan bog`liq xarajatlar hozirgi kunda "Davr xarajatlari" schyotida yuritilmoqda.
Yuqoridagi schyotlardan tashqari "Budjet bilan hisob-kitoblar" schyoti ham mavjud. Bu schyotni ham sotish schyoti bilan aloqadorligi bor. Ushbu schyot xo`jalik sub’ektlari to`laydigan hamda sub’ekt xodimlaridan olinadigan soliqlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblar ma’lumotlarini umumlashtirish uchun tayinlanadi.
Xo`jalik sub’ektlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning sotilishiga qarab ham ularning rivojlanish imkoniyatlariga baho berish, xo`jalik sub’ekti rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko`proq e’tibor berishga chakiradi. Sub’ektning bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga imkon beradi. Xaridorlar tomonidan to`langan pul mol yetkazib beruvchi korxona hisob-kitob schyotiga borib to`shadi. Agar xaridorlar tomonidan pul to`langanu, ammo tayyor mahsulot ularga jo`natilmagan bo`lsa, bunda uning qiymati sotilgan mahsulotlar qiymati miqdoriga qo`shilmaydi, ya’ni sotilgan deb hisoblanmaydi.
Sotish jarayonining analitik hisobi sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar ichida ularning turi bo`yicha yuritilgan va sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi, har birining rentabelligi va boshqa ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling