Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo`jalik jarayonlarining o`zaro bo
- Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya hisobi
- Ishlab chiqarish xarajatlari
- Asosiy xarajatlar
- Ustama xarajatlar
- Bevosita (to`g`ri) xarajatlari
- Bilvosita (egri) xarajatlar
- O`zgaruvchan xarajatlar
Taqsimlash koeffitsienti – xarajatlar qiymatining ulgurji bahoga nisbati ko`rinishida topiladi.
"A" va "B" materiallarga tegishli yetkazib kelish harajatlari:
Materiallarning haqiqiy tannarhini hisoblaymiz: A = 1.100.000 + 674.192 = 1.774.192 B = 450.000 + 275.808 = 725.808 JAMI 2.500.000 Material qiymatliklarning haqiqiy tannarhini kalkulyatsiya qilish tartibi:
Xo`jalik jarayonlarining o`zaro bog`lanishi
Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya hisobi Xo`jalik sub’ektlari faoliyatida mahsulot ishlab chiqarish asosiy o`rin egallaydi. Ularning xo`jalik mahsulot ishlab chiqarish faoliyati ma’lum miqdordagi mehnat buyumlarini sarflash, mehnat vositalarining eskirishi va jonli mehnatga haq to`lash bilan bog`liq bo`lib, bu ishlab chiqarish jarayoni bir vaqtning o`zida, ham ishlab chiqarish iste’moli jarayonini anglatadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini aniqlash uchun buxgalteriya hisobida tegishli schyotlar ajratilgan bo`lib, bu schyotlardan qanday va qaerda foydalanish ishlab chiqarishning texnologik jarayoni hususiyatlariga, ishlab chiqarish turlariga, uning tashkiliy hususiyatlariga va shu kabilarga bog`liqdir. Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidagi ifodasiga aytiladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni insonning unumli faoliyati ya’ni jonli mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalarining birikishidan iborat. Ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish xodimlari ish haqi, mahsulot qiymatiga kiritilgan hom-ashyo sarflari ammortizatsiya ajratmalari sarflari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan va boshqa xarajatlar kiradi. Ular to`g`ri rejalash va hisobga olish maqsadida ma’lum tartibda turkumlanadi: Asosiy xarajatlar – deb mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlarga aytiladi. Bularga hom-ashyo, asosiy materiallar, texnologik maqsadlarda sarflanadigan yoqilg`i, elektr energiyasi, suv va ishlab chiqarishda ishlaydigan ishchilarning asosiy va qo`shimcha ish haqi, yangi mahsulot ishlab chiqarishni joriy qilish xarajatlari va mahsulotning yangi turlarini o`zlashtirish bilan bog`liq xarajatlari kiradi. Ustama xarajatlar – deb ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga xizmat qilish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarga aytiladi. Tsex yoki uchastkada zarur mehnat sharoitini yaratish uchun qilingan boshqaruv va xizmat ko`rsatish xarajatlariga umumtsex, umumuchastka, ya’ni umumishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Bevosita (to`g`ri) xarajatlari – deb tegishli kalkulyatsiya ob’ektining tannarxiga to`g`ridan - to`g`ri, ya’ni bevosita yoziladigan xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlar mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarishga tegishli bo`lib ular ko`pincha shu mahsulotning miqdoriga bog`liq bo`ladi, ya’ni mahsulot miqdori oshgan sari xarajatlar ham oshib boradi. Bilvosita (egri) xarajatlar – bir vaqtning o`zida bir necha mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan va aniq mahsulotning tannarxiga bevosita yozib bo`lmadigan xarajatlarga aytiladi. Bu xarajatlar hisobot davri mobaynida yig`ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olib boriladi, so`ngra davr ohirida ayrim mahsulot yoki ob’ektning tannarxiga dastlab qabul qilingan shartli belgiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Lekin bilvosita (egri) xarajatlari mahsulotlar o`rtasida taqsimlash ko`pincha mahsulot tannarxini aniq va to`g`ri hisoblab topishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashda mumkin qadar bevosita xarajatlar salmog`ini oshirib, bilvosita xarajatlar hissasini qisqartirish choralarini ko`rish lozim. O`zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorining ko`payishi yoki kamayishi bilan ko`payishi yoki kamayishi mumkin. Ularga hom-ashyo materiallar, texnologik maqsadlarga sarflanadigan yoqilg`i va elektr energiyasi, ishchilarning ish haqi, asbob-uskunalarni saqlash va ularni ishlatish xarajatlari kiradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling