Ал-хоразмий номидаги


Sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomo


Download 0.84 Mb.
bet44/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost



Schyot nomi

Hisobot davri boshiga qoldiq

Hisobot davri oboroti

Hisobot davri ohiriga qoldiq

Dt

Kt

Dt

Kt

Dt

Kt

1

2

3

4







7

8


0100

2500




0

350

2150





1010







290

320








1030







0

0








2010







1237

1240








2800







1200

250








5010







690

690








5110

2800




500

2220

1080





4010







250

0








4890







0

0








8300







350

0








8710







0

0








8720







0

0








6810







230

430








6410







400

22








6510







650

205








6710







642

712








6990




60

250

250




60




Jami

9415

9415

6689

6689

8512

8512

Sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomostga hisobot davri boshiga qoldiq o`tgan davrdagi sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomostning ohirgi qoldig`idan ko`chirib olinadi. Hisobot davri davomida bo`lgan oborotlar summasi analitik schyotlar bo`yicha tuzilgan aylanma vedomostning jamisi ko`chiriladi va hisobot davri ohiriga qolgan qoldiq topiladi. Yuqorida keltirilgan aylanma vedomostdagi uchta juft umumiy summalarni tengligini qo`yidagicha tushuntirish mumkin. Birinchi tenglik (3- va 4-ustunlar) davr boshidagi balans aktiv va passiv qismlaridagi umumiy summaning tengligidan hamda xo`jalik mablag`lari va xo`jalik jarayoni umumiy summasini tashkil topish manbalariga teng bo`lishidan kelib chiqadi. Ikkinchi juft summalarining tengligi (5-va 6-ustunlar) xo`jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida ikkiyoqlama yozish usuliga asosan aks ettirilishi natijasida kelib chiqadi. Uchinchi tenglik (7- va 8-ustunlar) esa birinchi va ikkinchi tengliklarning natijasidan iboratdir. Shu bilan birga, bu ikki sonning teng kelishi hisobot davri ohirida qolgan xo`jalik mablag`lari va xo`jalik jarayoni summalari ularning tashkil topish manbalarining summasiga teng bo`lishiga asoslangandir.


Shunday qilib, birinchi juft tenglikni boshlang`ich balans aktiv va passiv qismlarining tengligi shart qilib kuyadi. Ikkinchi juft tenglik xo`jalik muomalalarining buxgalteriya schyotlariga ikkiyoqlama yozish usuli bilan aks ettirilganligi bilan shartlanadi. Boshlang`ich balans aktiv va passivining tengligi hamda davr davomidagi xo`jalik muomalalarining debeti va krediti bo`yicha aylanma summalarining tengligi uchinchi juft tenglikni taqoza qiladi.
Sintetik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlardan tashqari ayrim sintetik schyotlar bo`yicha ochilgan va yuritilgan analitik schyotlar bo`yicha ham umumlashgan ma’lumotlar olib turiladi. Analitik hisob schyotlari bo`yicha bunday ma’lumotlar sintetik schyotlarda hisobga olingan mablag` va manbalarning har bir turi bo`yicha hisobot davrining ma’lum sanasiga to`g`ri aks ettirilganligini aniqlash uchun zarur. Shuning uchun ham, analitik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlar tuzilib, sintetik hisob schyotlari bo`yicha tuzilgan aylanma vedomosti bilan taqqoslanadi. Talabalarga tushunarli bo`lishi uchun analitik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostning tarxi keltiriladi.


Analitik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost





Mate-rial-lar nomi

O`lchov bir-ligi

Ba-hosi

Hisobot davri boshiga qoldiq

Hisobot davri ichida bo`lgan oborotlar

Hisobot davri ohiriga qoldiq

Kirim

Chiqim

M

S

M

S

M

S

M

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12








































Jami































Aylanma vedomostning hamma ustunlari analitik schyotlardagi ma’lumotlarga asosan to`ldiriladi. Boshlang`ich qoldiq avvalgi hisobot davrining ohiriga tuzilgan aylanma vedomostdan yoki analitik schyot kartochkasidan olinishi mumkin. Hisobot davri mobaynidagi oborot analitik schyotlarda aks ettirilgan xo`jalik muomalalarini jamlash yo`li bilan topiladi va ohirgi qoldiq aniqlanadi. Analitik schyotlarni aylanma vedomostlari xo`jalik mablag`larining ayrim turlari va ularning tashkil topish manbalari harakati ustidan nazorat olib borish imkonini beradi va mulkning butligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, aylanma vedomostlar sintetik va analitik schyotlardagi yozuvlarning to`g`rilinigi, o`zaro bir-biriga bog`langanligini solishtirib chiqish hamda analitik hisobning ma’lumotlarini iqtisodiy tahlil qilish va korxona xo`jalik faoliyatiga ta’sir ko`rsatish uchun foydalanish imkonini beradi.


Analitik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlarning o`ziga hos hususiyati analitik schyotlar bo`yicha aylanma vedomostlarning qoldig`i va oborotlari umumiy summasi huddi shu analitik schyotlarni birlashtirgan sintetik schyotlar qoldig`i va oboroti summasiga teng kelishidir. Bu tenglik shuni bildiradiki, sintetik schyotlar bilan analitik schyotlar o`rtasida doimo aloqa saqlanib qoladi, bu narsa yozuvlarni taqqoslash imkoniyatini beradi. Aylanma vedomost (sintetik va analitik) qoldiqlari va oborotlari taqqoslanganda summalar bir-biriga to`g`ri kelmasa, yozuvlarda yoki hisoblanganda xatolikka yo`l qo`yilgan bo`ladi. Bu xatoliklar tezda tuzatilishi shart.
Sintetik hisob schyotlari aylanma vedomostlarning ohirgi ikki (7- va 8-) ustunlari ma’lumotlariga asoslanib, buxgalteriya balansi tuziladi. Chunki aylanma vedomostning bu ustunlaridagi ma’lumotlar sintetik schyotlardagi hisobot davri ohirida qolgan qoldiqni aks ettiradi. Sintetik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlardan tashqari amaliyotda sintetik schyotlar bo`yicha shaxmatli aylanma vedomostlaridan ham foydalaniladi. Ularning mohiyati shundaki, bu vedomostlar schyotlardagi qoldiqlar va oborotlar yig`indisini ko`rsatibgina qolmay, ularning mazmunini va schyotlarning o`zaro bog`lanishini ham aks ettiradi. Ammo shaxmat aylanma vedomostlar amalda kam qo`llaniladi. Chunki korxonadagi har bir schyot bo`yicha shaxmat aylanma vedomostlar qo`llanilsa, u holda ishlash juda noqulay va murakkab bo`ladi. Shunga qaramasdan, buxgalteriya hisobida shaxmatli yozish asoslari keng qo`llanilmoqda. Ular ko`proq guruhlovchi vedomostlarda foydalaniladi. Hisobning jurnal-order shaklini yuritishda ham bu yozuvlarning asosini ko`rish mumkin. Shuning uchun ham shaxmat aylanma vedomostlarining asoslarini kengroq nazariy o`rganish amaliyotda undan unumliroq foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Shuni ham qayd qilib o`tish kerakki, buxgaleteriya hisobining ilg`or shakllari jurnal-order va jadval-avtomatlashtirilgan shakllarda sintetik va analitik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlar tuzishga zaruriyat yo`q. Chunki bu shakllardan foydalanilganda ko`pincha sintetik va analitik hisob schyotlarining ma’lumotlari bir vaqtda bir joyda aks ettiriladi. Natijada ularning oborot va qoldiqlarini bir vaqtda olish va nazorat qilish ta’minlanadi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling