Ал-хоразмий номидаги


Rahbar quyidagilarni ta’minlashga majbur


Download 0.84 Mb.
bet62/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Rahbar quyidagilarni ta’minlashga majbur:
- ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqishni;
- xo`jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini;
- to`liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritishni;
- hisob hujjatlarining saqlanishini;
- tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni;
- soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlashni;
- hisobning o`z vaqtidaligini.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish rejasi korxonada xo`jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini ishlab chiqishni taqozo etadi. Hisob siyosati deganda xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish uchun qo`llanilayotgan usullarning hisob tamoyillari va asoslari bilan muvofiqligi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga ularni guruhlashtirish va xo`jalik faoliyati dalillarini baholash, aktivlar qiymatini qoplash, hujjatlar aylanishini tashkil qilish yo`llari, ashyoviy ro`yhatdan o`tkazish, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo`llash yo`llari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa shu kabi yo`llar, usullar va uslublar kiradi. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan sub’ektning hisob siyosati turli yillarning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan xo`jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy ko`rsatkichlari taqqoslanuvchan bo`lishi uchun shakllantiriladi. Hisob siyosati xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobot tayyorlash va tuzish uchun qo`llaniladigan maxsus tamoyillar, konventsiyalar, qoidalar va amaliy yondashuvlarni o`zida akslantiradi.
№1 BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» (O`zR Moliya vazirligi 26.07.98. № 17-17/86) hisob siyosatini ishlab chiqish tartibini belgilovchi asosiy hujjatdir. Hisob siyosati uchun xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari zimmasiga qonunda belgilangan tartibda javobgarlik yuklatiladi. Hisob siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, natijada moliyaviy hisobot amaldagi barcha BHMS asosida shakllanishi mumkin bo`lsin. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobot tuzishning aniq bir yo`nalishi bo`yicha sub’ekt hisob siyosatini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi qonunchiligi doirasida amal qilish lozim. Xo`jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan zaruriy tashkiliy-taqsimot hujjatlari (buyruq, farmoyish va h.k.)ni yuritishni talab qiladi. Sub’ekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirishda belgilangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari zaruriy tashkiliy-taqsimot hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyingi yilning 1 yanvar sanasidan qo`llaniladi, ammo hisobot yili mobaynida yangidan tashkil qilingan xo`jalik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasno. Bunda ular xo`jalik yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy tuzilmalarida (alohida balansga ajratishlarda ham) qaerda joylashganligidan qat’iy nazar foydalaniladi. Yangidan tashkil qilingan xo`jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan hisob siyosatini moliyaviy hisobotining birinchi chop qilinishidan oldin, lekin huquqiy shaxs huquqini olgan (davlat ro`yhatidan o`tgan) kunidan boshlab 90 kundan ortiq kechiktirmasdan rasmiylashtiradi. Sub’ekt tomonidan belgilangan hisob siyosatidan huquqiy shaxs huquqini olgan (davlat ro`yhatidan o`tgan) kundan boshlab foydalanish mumkin hisoblanadi. Kalendar yili mobaynida hisob siyosati o`zgarmaydi. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt hisob siyosatiga quyidagi hollarda o`zgartirishlar kiritilishi mumkin:
- sub’ektni qayta shakllantirish (shaklini o`zgartirish, bo`linish, birlashish);
- mulkdorlar almashishi;
- O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimiga o`zgartirishlar kiritishi;
- buxgalteriya hisobining yangi usullarini ishlab chiqish.
Hisob siyosatidagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o`zgartirishlar kiritilishi bilan bog`liq bo`lmagan o`zgarishlar natijalari buxgalteriya hisobini yuritish usullarining o`zgarishlari kuchga kiradigan sanasi (oyning birinchi kuni)ga sub’ekt tomonidan yuzaga chiqarilgan ma’lumotlar asosida qiymat birligida baholanishi lozim.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling