Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistematik hisob registrlari
- Sintetik hisob registrlari
Yozuv turlariga ko`ra xronologik, uzluksiz va kombinatsiyalashgan registrlar farqlanadi:
Xronologik hisob registrlari xo`jalik muomalalarini xronologik tartibda, ya’ni muomalaning qisqacha mazmuni, bo`lgan vaqti va summasini yozib borish uchun mo`ljallangan. Masalan, hisob-kitobning memorial-order shaklida ko`llaniladigan «Muomalalarni ro`yhat qilish jurnali» xronologik hisob registrlariga misol bo`la oladi. Sistematik hisob registrlari muomalalarni sistematik tarzda yozish uchun mo`ljallangan. Bunda muomalalar ma’lum belgilariga ko`ra guruhlangan holda ma’lum tizim bilan aks ettiriladi. Sistematik registrlarga «Bosh daftar» misol bo`la oladi. Kombinatsiyalashgan registrlarda xronologik yozuv sistematik yozuv bilan ko`shilgan holda aks ettiriladi. Ularning ko`llanilishi ishlarni ixchamlashtiradi, hisobda ko`llaniladigan registrlar sonini kamaytiradi. Bunga jurnal-order registrini misol qilib keltirish mumkin. Hisob registrlari xo`jalik muomalalarini o`zida qayd qilish mazmuni va ulardan olinayotgan ma’lumotlar hajmiga ko`ra analitik va sintetik hisob registrlariga bo`linadi. Analitik hisob registrlari hisob ob’ektlari detallangan tarzda qayd qilinadi, ular analitik schyotlar bo`yicha ochiladi. Analitik registrlardan analitik hisob yuritishda foydalaniladi. Masalan «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar», shuningdek boshqa schyotlar bo`yicha yuritiladigan kartochkalar va x.k. Sintetik hisob registrlarida xo`jalik muomalalari faqat pul hisobida umumlashtirilgan tarzda qayd qilinadi. Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettiradi. Masalan bosh daftar, muomalalarni ro`yhat qilish jurnali va x.k. Bunda har bir sintetik schyotning aktiv yoki pasivligiga qarab yozilgan boshlang`ich qoldiq va xo`jalik muomalalari ta’siridagi o`zgarishlarni ushbu schyotlarda aks ettirish mumkin. Buxgalteriya hisobi registrlariga sodir etilgan xo`jalik opertsiyalarini yozish tartibini buxgalteriya hisobining shakllari belgilaydi. Buxgalteriya hisobida ko`llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning o`zaro bog`liqligi, xo`jalik muomalalarini ularda ketma-ket yozish usullari hamda hisobda ko`llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini belgilaydi. Bunda korxona, tashkilot va muassasa buxgalteriya hisobida sodir bo`lgan har xil xo`jalik muomalalari o`z vaqtida, to`g`ri va izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minlanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling