Ал-хоразмий номидаги
Buxgalteriya apparati, uning tarkibi va vazifalari
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamlov-balans bo`limi
Buxgalteriya apparati, uning tarkibi va vazifalari.
Xo`jalik rahbari va bosh hisobchining majburiyatlari, huquq va javobgarligi Korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlar faoliyati O`zbekison Respublikasi «Buxgalteriya hisob to`g`risida»gi Qonuni va Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari (BHMS) bilan tartibga solinadigan buxgalteriya apparati tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya apparati, odatda, korxonaning boshqa xizmat bo`limlari tarkibiga kirmaydigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Buxgalteriya apparati zimmasiga: - aktivlar holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlar holati to`g`risida to`liq va ishonchli ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirish; - samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umulashtirish; - moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish yuklatilgan. Buxgalteriya apparati tarkibi turli tarmoq korxonalarida hisob ishlarining hajmiga muvofiq o`zgaradi. Yirik korxonalarda buxgalteriya turli bo`limlar, asosiy vositalar hisobi, materiallar hisobi, mehnat harajatlari hisobi va h.k. bo`limlardan iborat bo`ladi. Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya apparati tarkibiy tuzilishi (bosh hisobchi o`rinbosarlari)ning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagicha: - mehnat va unga haq to`lash guruhi;- moddiy resurslarni hisobga olish guruhi; - ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish guruhi; - tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish guruhi; - hisob-kitob muomalalarini hisobga olish guruhi; - soliq, ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini hisobga olish guruhi; - axborotlarni mashinalarda hisoblash guruhi; - yig`ma-tahlil guruhi. Bosh hisobchi butun buxgalteriya apparati ishining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi hamda jamlov-balans va moliya-hisob bo`limlarini bevosita boshqaradi. Jamlov-balans bo`limi Bosh kitobni yuritadi, buxgalteriya balansi va boshqa hisobot shakllarini tuzadi, mustaqil balansga ega bo`lgan alohida tarkibiy tuzilmalardan hisobotlarni qabul qiladi, buxgalteriya arxivi ishini (buxgalteriya hujjatlari va registrlari, mikrofilmlar yoki kompyuterlashtirilgan hisobning moliyaviy ma’lumotlari kamida 3 yil, moliyaviy hisobot esa qonunda belgilangan muddat mobaynida saqlanadi) tashkil qiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling