Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashgan hisob
- Markazlashmagan hisob
- Bosh hisobchi
Moliya-hisob bo`limi sotilgan tovarlar bo`yicha, mol yetkazib beruvchilar va haridorlar bilan hisob-kitoblar, pul-kredit muomalalari hisobini yuritadi, kassa ishini tashkil qiladi.
Buxgalteriya apparati korxonaning boshqa bo`limlari bilan uzviy bog`langan: - ishlab chiqarish bo`limidan me’yorlar va smetalarni oladi; - moliya bo`limidan – hisob hujjatlari va h.k. Buxgalteriya ishini optimallashtirish uchun hisobni avtomatlashtirish, hisob xodimlaridan samarali foydalanish, vazifalarni taqsimlash va qarorlarni qabul qilish bo`yicha barcha sharoitlarni yaratish zarur. Markazlashgan hisob deganda dastlabki hujjatlarni qayta ishlash, analitik va sintetik hisob yuritish, hisobot tuzish bilan birga barcha hisob ishlari yagona hisob markaziga jamlangan tizim tushuniladi. Hisobni markazlashtirish uni yuritish harajatlarini qisqartirish, hisoblash texnikasidan samarali foydalanish, mehnatni unumli taqsimlash va tarkibiy tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Markazlashmagan hisob buxgalteriya apparatining xo`jalik muomalalari sodir bo`lish joyiga yaqinlashishi sababli, ishlab chiqarish operativ boshqaruvi joriy nozoratini kuchaytirish hisobiga, tarkibiy tuzilmalar xo`jalik faoliyatini nisbatan to`laroq ochishga imkon yaratadi. Hisobni markazlashtirmaslik alohida hisob vazifalari mos operativ xizmatlarga beradi: ta’minot, tijorat, moliya va ishlab chiqarish va h.k. Har birining tarkibida shu bo`limning barcha muomalalarini ro`yhatga oluvchi hisob xodimlari mavjud va ular hamma dastlabki hujjatlarni tekshiradilar. Nazariya va amaliyotda uchta tushuncha umumlashgan: markashlashgan, markazlashmagan va aralash holat. Rahbar buxgalteriya hisobini to`g`ri yuritish uchun zarur sharoitlarni yaratishga hamda hisobga aloqador bo`lgan barcha xo`jalik yurituvchi sub’ekt bo`linmalari va ishchilari tomonidan rasmiylashtirish va hisobga olish uchun hujjatlar va ma’lumotlarni berish borasidagi bosh hisobchining talablarini e’tirozsiz bajarishlarini ta’minlashga majburdir. Bosh hisobchi, hisob vazifalarini yuritishga mas’ul shaxs sifatida, bevosita xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari (direktor, rais va h.k.)ga bo`y sunadi. Bosh hisobchi qonunda belgilangan tarbida xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan, yuqori tashkiloti mavjud bo`lganda esa, uning boshqaruvi bilan kelishilgan holda o`z vazifasiga qabul qilinadi va undan ozod qilinadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling