Ал-хоразмий номидаги
Tranzit (o`tkazuvchi) schyotlar (T)
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
Tranzit (o`tkazuvchi) schyotlar (T) – moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda ko`rsatiladigan, hisobot davri ohirida yopiladigan va qoldiq summasiga ega bo`lmaydigan, hisobot davri davomida foydalaniladigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlar bo`lib, ular xo`jalik jarayonlarining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir. Bu schyotlarning ma’lumotlari «Moliyaviy natijalar to`g`risidagi» hisobotda akslantiriladi. Ularga quyidagi schyotlar kiradi:
9000 asosiy (operatsion) faoliyatdan olinadigan daromadni hisobga oluvchi schyotlar; 9100 sotilgan mahsulotlarning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar; 9200 asosiy vositalar va boshqa aktivlar chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar; 9300 asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar; 9500 moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar; 9600 moliyaviy faoliyat bo`yicha harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar; 9700 favqulodda foydalar (zararlar)ni hisobga oluvchi schyotlar; 9800 soliq va yig`imlarni to`lash uchun foydani ishlatishni hisobga oluvchi schyotlar; Taqsimlovchi schyotlar korxonaning alohida harajatlarini nazorat qilish va ularning to`g`ri taqsimlanishini ta’minlash uchun mo`ljallangan. Bu schyotlar aktiv hisoblanadi, chunki ularda ishlab chiqarish harajatlari akslantiriladi. Bu schyotlarda yig`ilgan summalar berilgan ob’ekt bo`yicha barcha harajatlar hisobga olinadigan schyotlarga taqsimlanadi. Yig`ib taqsimlovchi schyotlar birinchidan, harajatlarni hisobning birqancha ob’ektlari o`rtasida to`g`ri taqsimlash va ikkinchidan, harajatlar smetasining bajarilishini nazorat qilish uchun zarurdir. Davr harajatlari schyotlari (9400) – ma’lum hisobot davri harajatlari holatini akslantirib, davr tugaganidan keyin qoldig`ini yakuniy moliyaviy natijalarga o`tkazish yo`li bilan yopiladigan, vaqtinchalik schyotlardir. Nazorat maqsadida harajatlarning alohida schyotlari harajatlarning har bir turi bo`yicha yuritiladi. Taqsimlovchi schyotlar: 2300 yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar; 2500 umum ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar; 2600 ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisobga oluvchi schyotlar; 2700 xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar; 3100 kelgusi davr harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar; 3200 muddati kechiktirilgan harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar; 9400 davr harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar; Kalkulyatsiya schyotlari xo`jalik mablag`lari, ishlab chiqarilgan mahsulot, qurilish va h.k. lar tannarxini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu schyotlarning debeti bo`yicha harajatlar yig`ilib, krediti bo`yicha esa ishlab chiqarish harajatlari zarur schyotlarga hisobdan chiqariladi. Kalkulyatsion schyotlar debeti bo`yicha material harajatlari, mehnatga haq to`lash harajatlari va mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxiga qo`shiladigan ishlab chiqarish ustama harajatlari akslantiriladi. Kalkulyatsiya schyotlari aktiv bo`lib, ularga quyidagilar kiradi: 0700 jihozlarni o`rnatishni hisobga oluvchi schyotlar; 0800 kapital qo`yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar; 1500 materiallarni tayyorlash va sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar; 1600 materiallar qiymatidagi og`ishlarni hisobga oluvchi schyotlar; 2000 asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar; 2100 o`zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar; Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling