Ал-хоразмий номли урганч давлат университети


p-n o‘tishni teskari yo‘nalishda ulash


Download 1.96 Mb.
bet23/28
Sana26.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1722936
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
kontakt xodisalar

p-n o‘tishni teskari yo‘nalishda ulash - o‘tishni shunday ulashki, bunda qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida potensial to‘siqning balandligi ortadi.
p-n o‘tishning teshilishi - p-n o‘tishga teskari yo‘nalishda qo‘yilgan kuchlanish muayyan kritik qiymatga erishganda o‘tish differensial o‘tkazuvchanligining keskin ortishi hodisasi.
p-n o‘tishning elektrteshilishi - erkin zaryad tashuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payishi yoki tunnel hodisasi tufayli p-n o‘tishning qaytma teshilishi.
p-n o‘tishning ko‘chkisimon teshilishi - erkin zaryad tashuvchilarning p-n o‘tishdagi kuchli elektr maydoni ta’sirida ko‘chkisimon ko‘payishi tufayli sodir bo‘ladigan elektr teshilishi. Bunda zaryad tashuvchilar valent elektronlarni qo‘zg‘otish hisobiga yangi elektron-kovak juftlar hosil qilish uchun yetarli energiyaga ega bo‘ladilar.
Siljigan o‘tish - elektr kuchlanish qo‘yilishi bilan elektr muvozanati buzilgan o‘tish.
Tunnel diod - aynigan yarimo‘tkazgich asosidagi diod. To‘g‘ri yo‘nalishda ulangan bunday diodning VAXida tunnel hodisasi tufayli manfiy differensial o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan bo‘lak paydo bo‘ladi
Tunnel hodisasi - erkin zaryad tashuvchilarning to‘liq energiyasi potensial energiyasiga nisbatan kichik bo‘lgan sohadan boshqa sohaga o‘tishidan iborat kvant mexanikasi hodisasi.
Tunnel teshilish -p-n o‘tishning tunnel hodisasi, ya’ni elektronlarning r-yarimo‘tkazgich valent zonasidan n-yarimo‘tkazgich o‘tkazuvchanlik zonasiga potensial to‘siq orqali o‘tishi tufayli sodir bo‘ladigan teshilish. Bunda potensial to‘siqning balandligi shunday qiymatga erishadiki, n-yarimo‘tkazgich o‘tkazuvchanlik zonasining zonasining pastki chegarasi r-yarimo‘tkazgich valent zonasining yuqori chegarasidan pastga tushadi.
Elektr o‘tish -ikkita turli xil elektr o‘tkazuvchanlikka yoki solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning turli xil qiymatlariga ega bo‘lgan sohalar orasidagi o‘tish qatlami bo‘lib, u fazoviy zaryad tufayli vujudga kelgan ichki elektr maydonining mavjudligi bilan tafsivlanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling