Ал-хоразмий номли урганч давлат университети
Download 1.96 Mb.
|
kontakt xodisalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN O’QUV QO’LLANMA Urganch-2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI U.O.Kutliyev, I.U.Tangribergenov, U.P.Asatova, K.U. Otabayeva YARIMO’TKAZGICHLARDAGI KONTAKT HODISALAR FANIDAN O’QUV QO’LLANMA Urganch-2023 Mazkur o‘quv qo‘llanma “Yarimo’tkazgichlar elektronika asoslari” fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, 5140200 (60530900) – fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo’lib, namunaviy dasturda ko‘rsatilgan mavzularini deyarli qamrab olishga erishilgan. Ushbu o’quv qo’llanmada metall-yarimo’tkazgichlarda kontakt sohasida yuz beradigan fizik jarayonlar, hamda bitta p-n o’tishga ega bo’lgan yarimo’tkazgich diodlar va ularning qo’llanilishi yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanmadan fizika ta’lim yo‘nalishi talabalaridan tashqari, undan nofizik ta’lim yo‘nalishlari talabalari, hamda “Yarimo’tkazgichli elektronika asoslari” fani bilan qiziquvchilar, magistrtlar, tayanch doktorantlar ham foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanmaga Urganch davlat universiteti rеktоrining 2023 yil 26 iyundagi 91-sonli buyrug’iga asosan O‘zbeksiton Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruhsat berildi (Ro‘yxatga olish raqami №33). SO‘Z BОSHI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan Respublikamizda fizika fanini o’qitish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ta’lim muassasalari orasida, hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan o’zaro hamkorlikni oshirish chora- tadbirlar belgilab berilgan. Ushbu qarorning asosida fizika fanining yutuqlaridan sanoatda keng qo’llash bo’yicha qilinishi lozim bo’lgan ishlar ham belgilangan. Shuning uchun yrimo’tkazgichlar fizikasi sohasida qilingan ishlarni talabalarga sodda tilda etkazish maqsadida ushbu qo’llanmani yozishga ahd qilindi. Amerikalik fiziklar Dj.Bardin va V.Bratteyn 1948 yilda ikkita yarimo’tkagich p-n o’tish orasida elektr tokining kuchaysh jarayonini kuzatishgan. Bu esa Shotki diodining yaritilishiga olib keldi. Shu bilan elektronika juda tez rivojlana bordi va juda ko’p sohalarda almashtirib bo’lmaydigan qismga aylandi. Haqiqatdan ham bugungi elektronikaning asosini -yarimo’tkazgichli elektronika tashkil qiladi. Buning isboti sifati juda kichik yarimo’tkazgich kristaliga minglab elektr qurilmalari(elementlari) joylanmoqda va mikrochiplar yarilmoqda. Oxirgi yillarda olib borilayotgan izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, yarimo’tkagichli elektronikaning keyingi bosqichi bu – funktsional elektronikadir. Ushbu “Yarimo’tkazgichlardagi kontakt hodisalar” deb nomlangan o’quv qo’llanma fizika ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yozilgan bo’lib “Yarimo’tkazgichli elektronika asoslari” faning dasturiga muvofiq shu fanning birinchi qismini o’z ihciga qamrab olgan. Bu fanning ikkinchi qismi bir va bir nechta p-n o’tish asosida yaratilgan qurilmalarga bag’ishlangan bo’lgani uchun bu qo’llanmaga kiriltilmadi. Mazkur o’quv qo’llanma fizika ta’lim yo’nalishi talabalari bilan bir qatorda “Elektrotexnika“, “ Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanlaridan ham bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatini tagdim etadi. Chunki ushbu fanlarning elektronikaga tegishli qismida asosan elektron qurilmalar (diodlar, tranzistorlar va boshqalar)ning ishlash printsiplari ochib berilishi kerak. Ushbu o’quv qo’lllanma Urganch davlat universiteti “Fizika” kafedrasi o’qituvchilari jamoasi tomonidan tagdim etilmoqda. O’quv qo’llanmada metall-yarimo’tkazgich va p-n kontakt sohasida energetik sathlarni o’zgarishi, bu sohalarda yuz beradigan jarayonlar haqida to’liqroq ma’lumot berish va bu jarayonlarni fizik parametrlar orqali ifodalash imkoniyatlari ochib berilgan. Shu bilan birgalikda bitta p-n otish asosida yaratilgan diodlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mualliflar Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling