Ал-хоразмий номли урганч давлат университети
§11. P-N O’TISHNI KAMBAG’ALLASHGAN
Download 1.96 Mb.
|
kontakt xodisalar
§11. P-N O’TISHNI KAMBAG’ALLASHGAN
SOHASINING SIG’IMI Kambag’allshgan soha – bu p-n o’tish sohasida asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar yig’ilib qolgan sohadir. P-n otish sohasida yuzaga keladigan sig’im to’siq(bar’er) yoki differentsial sigi’m bo’lishi mumkin. P-n o’tishga tashqaridan kuchlanish berilsa kontakt qilingan p va n sohaning chegarasida zaryadlarning hajmiy zichligi ortishi yoki kamayishi mumkin. Shuning uchun p-n otish sohasi sig’m vazifasini bajaradi. Bu sig’imni bar’er(yoki zaryad) sig’im deyiladi. Chunki bu sig’im p va n soha orasidagi potentsial to’sirning o’zgarishga, hamda zaryadlarning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. U quyidagi ifodadan topiladi: (11.1) Bu ifodada dQ –p-n o’tishda bir belgi zaryadning o’zgarishi, dU – p-n otish sohasida potentsiallar farqining o’zgarishi. Zaryadlarning o’zgarishi fazoviy zaryadlar sohasining chekkasida yuz bergani uchun p-n o’tishni tekis kondensator deb qarash mumkin. U holda p-n o’tishning to’siq sig’imini xuddi tekis kondensatorni sig’imini aniqlash ifodasidan foydalaniladi: (11.2) bu ifodada - yarimo’tkazgichning nisbiy dielektrik o’tkazuvchanligi, S -p-n o’tish maydoni, d-xajmiy zaryad qalinligi va u tashqi kuchlanishga bog’liq holda o’zgarib turadi: (11.3) (+) ishora to’g’ri ulanishga (-) ishora esa teskari ulanishga mos keladi. Agar p soha n sohaga nisbatan kuchliroq musbat zaryadlar bilan legirlangan bo’lsa (3) ifoda quyidagi ko’rishga o’tadi: (11.4) Bu esa deyarli barcha xajmiy zaryad p-n o’tishning n sohasiga yig’ilgan bo’lib va u bu sohada donor kirishmalarning kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. U holda to’siqning sig’imi quyidagi ifodadn topiladi (11.5) Ushbu ifodadn ko’rinadiki, p-n o’tishning to’sig’ining sig’imi kuchlanishning nochiziqli funktsiyasi ekan. P-n o’tishda yana bir turdagi sig’im kuzatiladi. U diffuzion sig’im deb yuritiladi. Diffuzion sig’im p-n o’tish to’g’ri ulanganda ushbu sohasida asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarni sonini o’zgarishi bilan aniqlanadi: (11.6) Bu erda Inp- to’g’ri ulanishdagi tok kuchi, - elektron va kovaklarning yashash vaqti. Shuni ta’kidlash lozimki, p-n otishni to’g’ri ulansih holatida diffuzion sig’im, teskari ulanish holatida esa to’siq(bar’er) sig’im ustunlik qiladi(rasm.11.1). Rasm.11.1. Diffuzion sig’im va to’siq(bar’er) sig’imni grafik ifodalanishi. Nazorat savollari 1. Yarimo`tkazgich-yarimo`tkazgich kоntakti. p-n o`tishning hоsil bo`lishi. 2. Zaryad tashuvchilarning p-n o`tishdagi taqsimоti. 3. p-n o’tish chegarasida potentsial bar’er. 4. Idеal o`tish kеngligini hisоblash. 5. p-n o`tishdagi diffuziyaviy va drеyf tоklari. 6. p-n o’tishdan tokni to’g’rilashda foydalanish. Diffuzion sig’im qayday aniqlanadi? 7. p-n o’tishdan o’zgaruvchan resistor sifatida foydalanish. 8. p-n o’tishni kambag’allashgan sohasini sig’imi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling