MANTIQNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
antiqni o‘rganish mantiqiy tafakkur madaniyatini shakllantirish va o‘stirishning samarali vositasidir. Mantiq to‘g‘ri muhokama yuritish usullarini nafaqat ishlab chiqadi, balki ularni sistemaga ham soladi, muhokamada yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolarni aniqlaydi va tartibga soladi. U fikrlarni aniq ifodalash vositalarini taqdim etadi. Busiz talimdan tortib ilmiy tadqiqot ishlarigacha bo‘lgan fikrlash faoliyati kam samara beradi.
Uning talim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi malum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida geosiyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy axborot-kommunikatsiya sohalarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan, g‘oyaviy kurash keskin tus olayotgan, globallashuv jarayonining mafkuraviy tasir o‘tkazish quroliga aylanayotgan, axborot xavfsizligi masalasining dolzarbligi ortayotgan sharoitda sog‘lom tafakkur, to‘g‘ri fikrlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yoshlarda ularning ongiga singdirilmoqchi bo‘lgan turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun-mohiyati, maqsadini o‘z vaqtida anglash qobiliyatini mustahkamlash , mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish, jaholatni marifat bilan engish malakalarini rivojlantirishda mantiqiy fikrlash shakllari, qonun-qoidalarini bilish, ulardan oqilona foydalanish yaxshi samara beradi. Buning ahamiyatini birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov qiyoslash asosida sodda va lo‘nda qilib quyidagicha tushuntirgan edi: davlat chegaralarining daxlsizligini saqlash uchun harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar qanchalik zarur bo‘lsa, yosh avlod manaviy dunyosining daxlsizligini saqlash uchun yuksak aql-idrok va mantiqiy tafakkur kuchidan qurol sifatida foydalaniladigan manaviy tarbiya shunchalik zarur148.
Do'stlaringiz bilan baham: |