Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Bioenergoinformatsion almashinuv


Download 1.22 Mb.
bet57/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Bioenergoinformatsion almashinuv axborotni qabul qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishning murakkab mexanizmini nazarda tutadi. Informatsiya yoki axborot tushunchasining o‘zi ancha sermanodir. Informatsion jarayonlar aksariyat hollarda aks ettirish, inikos jarayonlari bilan bog‘liq holda yoki ularga muvofiq tushuntiriladi. Inikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai nazaridan qaralishi mumkin. Darhaqiqat, sirtqi (aks ettirilayotgan) real predmet g‘oyib bo‘lganidan so‘ng inikosning o‘zi aks ettirish jarayonining mahsuli sifatida yo‘q bo‘lmaydi, balki aks ettirayotgan predmetda iz sifatida mavjud bo‘lishda davom etadi. SHunday qilib, sirtdan ko‘rsatilgan tasir aks ettiruvchining tarkibidan o‘rin oladi va unda saqlanib qoladi. SHunga muvofiq axborotning atributiv konsepsiyasi tuziladi.
«Axborotning predmet sohasi to‘g‘risidagi masalaga bag‘ishlangan falsafiy munozaralarda kamida uch nuqtai nazar vujudga kelgan. Birinchidan, axborot muloqot sohasi va umumiy ilmiy refleksiya vositasi sifatida talqin qilinadi.
Ikkinchidan, u o‘z-o‘zidan tashkil topuvchi tizimlarning o‘zaro tasirlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan xossasi sifatida tushuniladi. Uchinchidan, axborot materiya va energiya taqsimlanishining turli jinslilik mezoni, dunyoning azaliy turli jinsliligini qayd etuvchi barcha moddiy tizimlar xossasi sifatida namoyon bo‘ladi. Axborotning yuqorida zikr etilgan uch xil talqini hozirgi zamon nazariyasidan axborot kommunikativ, funksional va atributiv konsepsiyalari degan nomlar bilan o‘rin olgan.
Atributiv konsepsiya axborotning jonli va jonsiz tabiatdagi har qanday obektlar va jarayonlarda rang-baranglikning inikosi sifatidagi keng talqiniga tayanadi. Unda axborot umuman olganda materiya va energiyaning dunyoda yuz beruvchi barcha jarayonlarga yo‘ldosh bo‘lgan makon va vaqtda taqsimlanishining turli jinsliligi mezoni sifatida tavsiflanadi..
Universal kosmik gologramma. XX asrning 70-80-yillarida amerikalik olimlar fizik David Bom va neyropsixolog Karl Pribram universal kosmik gologramma konsepsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu konsepsiya kvant-mexanik o‘zaro tasirlar natijasida Koinot energoinformatsion o‘zaro tasirlarning vaqtda va makonda Cheksiz bo‘lgan yagona, ko‘p darajali sabab va oqibatlar tarmog‘ini tashkil etishini, bu tarmoqda hamma narsalar turli xil darajadagi faollik bilan o‘zaro tasirga kirishishini tan oladi.
Mazkur nazariyadan energoinformatsion maydonning har bir nuqtasi makon va vaqtning boshqa barcha nuqtalari haqida malumotlarni o‘z ichiga oladi va, o‘z navbatida, makon-vaqt kontinuumining qolgan barcha qismlarida informatsion
«vakolatxona»ga ega bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi. Ushbu kontekstda Spinozaning: «Inson tanasi Cheksiz ko‘lamlilikning ayrim ko‘rinishidir», «inson aqli Cheksiz tafakkur shakllaridan biridir», degan fikrlari yangicha mazmun kasb etadi. SHu narsa diqqatga sazovorki, zamondoshimiz professor B.Iskakov jonni «mikroleptonli gologrammalar yig‘indisi» deb nomlashni taklif qiladi.
Malumki, «golografiya» tushunchasi har doim obekt haqida Yorug‘lik to‘lqinlari interferensiyasiga (lot. – ko‘chirish) asoslangan to‘liq hajmdor-obrazli axborot olish metodini anglatgan. Ushbu metod yorug‘likka tasirchan emulsiyaga eslab qolinayotgan obektdan qaytgan tarqalgan lazer nuri va bevosita lazerdan keluvchi tayanch nurning birvarakay tasirini qayd etishni nazarda tutadi.
Ko‘rsatilgan o‘zaro tasir natijasida vujudga keladigan manzara eslab qolinayotgan obekt haqida to‘liq obrazli axborotni o‘z ichiga oladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling