Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Harakat borliqning yashash sharti


Download 1.22 Mb.
bet61/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Harakat borliqning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi «keng» manoda umuman har qanday o‘zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, o‘zaro tasirga kirishayotgan elementar zarralar ham, ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo‘ladi. Agar biz biron-bir tabiiy obekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab etmoqchi bo‘lsak, «harakat» tushunchasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtai nazaridan bu noto‘g‘ri, zero, aytaylik, Alp tog‘lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo‘lib, bu erda bizning sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bo‘lgan elementar zarralardan tashkil topadi. Temperatura o‘zgarishlari, kimyoviy tarkib o‘zgarishlari va shu kabilar bunday harakatning tashqi ko‘rinishlari hisoblanadi. SHuningdek, atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya jarayonlari mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin hozirlagan Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon geografiyasi qitalar birbiriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz bo‘laklari kabi Erning qaynoq magmasi bo‘ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi.
Shunday qilib, harakat abadiy va yo‘q bo‘lmas, materiyadan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy bo‘lib, o‘tkinchi xususiyatga ega. Harakat Shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan farqli o‘laroq) biron-bir tashqi omilga bog‘liq bo‘lmaydi. Oqilona nuqtai nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmaydi va zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning o‘z-o‘zidan harakati sifatida amalga oshadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling