Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri


Download 1.22 Mb.
bet9/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri. Falsafa tarixi sohasida Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri tushuniladi. Bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining Uyg‘onish davri yoki “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi7. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda Bag‘dod shahriga asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan. Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib kelgan edi.
Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyoni Tohiriylar (821-873), Safforiylar (873904), Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-1186), Qoraxoniylar (999-1212) va Xorazmshohlar (1077-1231) kabi sulolalar boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga kelib, bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga oladilar8. Ma’lumki, saljuqiylar sulolasi ilgarigi mavqei yo‘qolgan xalifalikni boshqarayotgan Bag‘dod xalifasining rasmiy hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid G‘azzoliy va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. U Bag‘dodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni to‘playdi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur, Samarqand, Bag‘dod kabi shaharlarda “Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib, Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors adabiyotining taraqqiyot davri bo‘lgan. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalarda ko‘plab o‘zgarishlar falsafa, tabiiy-ilmiy bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni vujudga keltirgan. O‘z navbatida Movarounnahr diyorida ham ilmfan ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling