Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy jarayonlarga tasiri


Download 1.22 Mb.
bet135/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy jarayonlarga tasiri. Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikrotexnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi:
— o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron sxemalarni tayyorlash;
— nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish;
— alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida mikroobektlarni yig‘ish.
Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida atomlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. SHundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab chiqarish, jumladan, DVD disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas.
Ko‘pgina mutaxassislar mikrotexnologiya tarixi Richard Feynmanning 1959 yili Amerika fiziklar jamiyatida o‘qigan mashhur maruzasidan so‘ng boshlangan degan fikrda. U mikrotexnologiya potentsialini boy bo‘yoqlarda tasavvur etadi. Maruzalarida kompyuterlar, axborotni saqlash qurilmalari, elektron qismlar va robotlar mitti holatda tasvirlangan edi. Feynmanning mikroelektronika borasidagi bashoratlari tez (aniqrog‘i, 1960-70 yillarga keliboq) amalga oshdi. 1980 yilda esa etakchi universitetlar va davlat laboratoriyalarida nisbatan arzon usullarda mitti mexanik detallar yaratila boshlandi. Buning uchun mikroelektromexanik sistemalar (MEMS) texnologiyasi ishlab chiqildi.
Amalda MEMSning ilk tijorat mahsuloti paydo bo‘lishi uchun 30 yil kerak bo‘ldi. Keng tarqalgan dastlabki MEMS texnologiyalari tezlanish sensorlari xorijda har bir avtomobilga o‘rnatilib, to‘qnashuvni payqash va havo yostiqchasini ishga tushirish uchun ishlatilardi. Hozir yiliga 50 millionta bu kabi sensorlar ishlab chiqariladi. SHuningdek, «Sandiya» firmasi ham samarali mikroskopik sensorlar yarata boshladi. 1990 yili yaratilgan avtonom robot MARV 1 kub dyuym hajmda bo‘lgan, 2000 yilga kelib esa uning o‘lchamlarini 4 marta kichiklashtirishga imkon tug‘ildi. Bu kabi robotlar kompyuter orqali boshqariladi, bajaradigan vazifalari esa turli-tuman. Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, ularning asosiy vazifalari bomba va minalarni, xavfli biologik, kimyoviy va radioaktiv moddalarni qidirib topish hamda zararsizlantirishdan iborat. SHu bilan birga, robotlardan inson faoliyatini nazorat qilish, razvedkada va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Jahon miqyosida olib qaralganda, bugun nanotexnologiyalarni axborotkommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, ekologiya, energetika, mashinasozlik, samolyotsozlik va kosmonavtika, tabiiy boyliklarni izlab topish hamda qazib olish kabi ustuvor sohalarda ko‘proq qo‘llashga bo‘lgan intilishlar yuqori. Bu tarmoqlarning rivojlanishi elektronika va mikroelektronika sohalarida qo‘llaniladigan yangi nanomateriallar (ko‘p qatlamli tizimlar, nanonaychalar) olish bilan belgilanadi. CHindan ham, mazkur yuz yillikda aqliy salohiyatni har qachongidan ko‘ra faolroq namoyon etishga to‘g‘ri keladi. Nanotexnologiyalarga oid ishlanmalarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotda kengroq qo‘llashga bo‘lgan say-harakatlarning ortib borayotgani zamirida ana shu ezgu maqsad mujassamdir.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling